Muallif:
L.O.Daminov
- Rеspublika hududlari bo’ylab qora mеtall parchalari va chiqindilari tayyorlash
va qayta ishlash sеxlari;
- "O'zmetkombinat" AJ "Ikkilamchiqorametallar" boshqarmasining filiallari;
- Ferroqotishmalar ishlab chiqarish tsexi;
Navoiy kon-metallurgiya kombinatining (NKMK) ko'p yillarga mo'ljallangan
ishlab chiqarish-xo'jalik faoliyati mineral-xom ashyo resurslaridan foydalanish
samaradorligini yanada oshirish, ishlab chiqarilayotgan yuqori likvidli mahsulot
hajmlarini oshirish va ishlab chiqarishning yangi turlarini jadal rivojlantirish yo'li bilan
O'zbekiston Respublikasining iqtisodiy potensiali va ijtimoiy barqarorligini
ta'minlashga qaratilgan.
Oltin va uran NKMK ning sanoat korxonasi sifatida butun faoliyati qurilgan
asosni tashkil etadi. Bundan tashqari kombinat tomonidan fosforitlar, osh tuzi, sirt
qoplash toshlari (gabbro, granit, marmar), qurilish va quymachilik ishlab chiqarishida
ishlatiladigan qum, ohaktosh konlari o'zlashtirilmoqda. Ko'p tarmoqli kon-qayta
ishlash korxonasi bo'lishiga qaramasdan, kombinat O'zbekistonning iqtisodiy qudratini
mustahkamlashga xizmat qiladigan oltin ishlab chiqarishga alohida e'tibor qaratmoqda.
NKMK tarkibiga beshta asosiy kon-metallurgiya korxonalari (ularning negizida
Navoiy, Uchquduq, Zarafshon, Nurobod, Zafarobod shaharlari qurilgan), "Navoiy
mashinasozlik zavodi" ishlab chiqarish birlashmasi va Zarafshon qurilish boshqarmasi
kiradi, ularning ta'sir zonasi respublikaning to'rtta viloyatini qamrab olgan. Barcha
sanab o'tilgan shaharlar kombinat balansida bo'lib, bir-birlari bilan temir yo'l va
avtomobil yo'llari, respublikaning yagona energotizimiga ulangan elektr uzatish
liniyalari bilan bog'langan bo'lib, markazlashtirilgan issiqlik va suv ta'minotini o'z
ichiga oladigan avtonom tizimlar, ijtimoiy ob'ektlarga ega.
“NMZ” ICHB mahsulotlari
- Modelli tokarlik-vint qirqish stanogi 1М63Н
- Ikkitomonlama charxlash-silliqlash modelli stanogi – 3H340
- Maxsus stolli-parmalash modelli stanogi – 21H16 va 21H16M
- Modelli raqamli dastur bilan boshqariladigan universal tokarlik stanogi НТ-
250М
- Rezalash - yo'nib kengaytirish stanogi - НФ630МФ4
- Yog'ochga ishlov beradigan universal modelli stanoklar - СДУ-1 va СДУ-1
“1-GMZ” Kon boshqarmasi mahsulotlari
- Texnik temir kuporosi
- Suyuq natriy silikati
Nazorat savollari:
1. Metallurgiya sohasidagi qaysi yetakchi davlatlarni bilasiz?
2. O’zbekistonning metallurgiya sohasida faoliyat olib boradigan yana qanday
yirik korxonalari mavjud?
3. OTMK ning faoliyati haqida so’zlab bering.
4. NTKM ning faoliyati haqida so’zlab bering.
5. O’zmet kombinat faoliyatini yotib bering.P