110
yo‘qotilishi 35...40 mm suv ust. dan oshmaydi.
Suyuqlik miqdorini o‘lchaydigan tezlik
hisoblagichlari harakatdagi
oqimning o‘rtacha tezligini o‘lchash prinsipiga asoslangan.
Suyuqlik miqdori oqim harakati tezligi bilan quyidagi nisbat orqali
bog‘langan:
Q=
v
o‘rt
·S (20.2)
bu yerda, Q — hajmiy sarf m
3
/s; v
o‘pt
— oqimning o‘rtacha tezligi, m/s; S — oqimning ko‘ndalang kesim
yuzi, m
2
.
Oqim yo‘liga o‘rnatilgan parraklarning aylanish
soniga qarab asbobdan
o‘tgan suyuqlik mikdorini aniqlash mumkin. Parraklar ailanishining tezligi oqim
tezligiga mutanosibdir:
n=K·
v
o‘rt
(20.3)
bu yerda, п - parraklarning aylanish soni, 1/s; К — asbobning geometrik hajmiga bog‘liq
bo‘lgan doymiysi, m
-1
.
Agar (20.2) tenglamani nazarda tutsak:
S
Q
K
n
(20.4)
Parraklarning τvaqt ichidagi aylanishlar soni asbobdan shu vaqt ichida
o‘tgan modda sarfiga mutanosib:
Q
S
K
n
N
(20.5)
20.4 – rasm. Spiralsimon parrakli suyuqlik hisoblagichi.
Parraklarning shakliga ko‘ra tezlik hisoblagichlari ikki guruhga bo‘linadi:
spiralsimon va qanotli.
111
Spiralsimon parraklar o‘lchanayotgan
oqimga nisbatan parrallel, qanotli
parraklar esa oqim o‘qiga perpendikulyar joylashadi.
Spiralsimon parrakli tezlik
hisoblagichlari ko‘p miqdordagi suv sarfini o‘lchashda ishlatiladi. 20.4- rasmda
spiralsimon (gorizontal) parrakli suv hisoblagich ko‘rsatilgan.
Suyuqlik oqimi
asbobning korpusiga kelib, sharra to‘g‘rilagich 5 orqali ko‘p
kirimli vint shaklida
ishlangan parrak kurakchalari 2 ga yo‘naladi. Parrakning aylanishi chervyakli juft
6 va uzatish mexanizmi 3 orqali hisoblash mexanizmi 4 ga uzatiladi.
Bu hisoblagichlar 50...200 mm shartli o‘tishga mo‘ljallanib, sarfini 70...1700
m
3
/soat va ±2...3% xato bilan o‘lchaydi. Muhitning bosimi 0,98 mPa (10 kgk/sm
2
)
dan oshmasligi kerak.
Suyuqlikni parrakka uzatish usuliga ko‘ra qanotli hisoblagichlar bir sharrali
va ko‘p sharrali bo‘ladi.
20.5-rasmda bir sharrali (а) va ko‘p
sharrali
(б)
hisoblagichlar
sxemasi
ko‘satilgan. Bu hisoblagichlarda suyuqlik
asbobning
parraklariga
tangensial
ravishda
yo‘naltiriladi.
Parrakli
hisoblagichlar
agressiv
bo‘lmagan
oqimda ishlasa va oqim harorati 30°С
dan oshmasa,
ularning parragi plast-
massadan tayyorlanadi. Oqim harorati
90°С dan yuqori bo‘lsa,
parraklar jezdan
tayyorlanadi.
NAZORAT SAVOLLARI
1. Hajm hisoblagichlarining ishlash prinsipi.
2.Ovalsimon shesternyali hisoblagich sxemasi.
3.Rotatsion hisoblagich sxemasining ishlash prinsipi.
4.Spiralsimon parrakli suyuqlik hisoblagichi.
5.Bir sharrali (a) va ko‘p sharrali (b) hisoblagichlar.
а
б
Do'stlaringiz bilan baham: