92
bir qiymatli bog‘langan bo‘ladi. Agar bunday asbob faqat ko‘rsatuvchigina bo‘lsa
edi, unda bosimni aniqlash uchun strelkani membrana
markazi bilan kinematik
aloqa yordamida ulash yetarli bulardi. Bosimni masofadan o‘lchashda mexanik
kattalikni —
X siljishni, uni aloqa liniyasi 4 bo‘yicha ikkilamchi asbob 5 ga
uzatish uchun, proporsional elektr signalga o‘zgartish zarurati tug‘iladi. Bu
o‘zgartishni birlamchi asbob 3 ning oraliq o‘zgartkichi 2 yordamida bajariladi.
Chiziqli siljishni unifikatsiyalangan chiqish signaliga o‘zgartish uchun
differensial-transformatorli va magnit kompensatsiyali o‘zgartkichlar keng
qo‘llana boshlandi. Burchak siljishlarni o‘zgartish
uchun ferrodinamik va
chastotali, kuchlarni o‘zgartish uchun kuchli kompensatsiyali (elektr va pnevmatik)
o‘zgartkichlar qulay. Uzgartkich turi o‘zgartirilayotgan signalning ko‘rinishi va
aloqa liniyasi bo‘yicha uzatiladigan signalning berilgan ko‘rinishiga bog‘liq (tok,
kuchlanish, bosim va h.).
Zamonaviy o‘zgartknchlar va asboblarning muhim xususiyati ularning
chiqarish signallarining unifikatsiyalanganidir. Bu o‘lchov vositalari o‘zaro
almashinuvchanlikni, markazlashtirilgan nazorat qilishni ta’minlaydi va ikkilamchi
asboblar nomenklaturasini qisqartishga imkon beradi.
Uzgarmas tokning unifikatsiyalangan chiqarish signaliga ega bo‘lgan
o‘zgartkichlar eng istiqbollidir. Shu bilan birga o‘zgarmas
tok kuchlanishining
chiqish signaliga, chastotali elektr chiqish signaliga ega bo‘lgan o‘zgartkichlar ham
qo‘llaniladi. Uzgaruvchi tokning chiqish signaliga ega bo‘lgan o‘zgartkichlar keng
qo‘llanayapti. Bunday signal yo o‘zaro induksiyaning o‘zgarishi ko‘rinishida yoki
o‘zgaruvchan tok kuchlanishining o‘zgarishi ko‘rinishida namoyon bo‘ladi.
Ximiya sanoatida unifikasiyalangan pnevmatik chiqish signaliga ega bo‘lgan
o‘zgartkichlardan foydalaniladi. Pnevmatik chiqish signallari o‘zgarishining ish
diapazoni ta’minlash bosimining nominal qiymati 140 kPa bo‘lganda 20–100 kPa
chegarasida bo‘ladi.
Normalashtiruvchi o‘zgartkich tabiiy chiqish signalini unifikatsiyalangan
signalga o‘zgartiradi. Normalashtiruvchi o‘zgartkich
alohida mustaqil qurilmadan
iborat.
DAS
sistemasida
o‘zaro
almashinuvchan
pnevmatik
va
elektr
o‘zgartkichlarning blok tipidagi unifikatsiyalangan qatori ishlab chiqilgan.
Shunday turdagi o‘zgartkichlar katta sondagi turli o‘lchanayotgan parametrlarni
nisbatan soddalik va yetarli aniqlik bilan bitta chiqarish kattaligiga —
kuchga
o‘zgartiradi.
Unifikatsiyalangan o‘zgartkichlarning aniqlik klassi 0,6; 1,0 va faqat ba’zilari
uchungina 1,6; 2,5.
Do'stlaringiz bilan baham: