a) о‘z xohishiga binoan;
b) о‘qishning boshqa ta’lim muassasasiga kо‘chirilishi munosabati bilan;
v) salomatligi tufayli (tibbiy komissiya ma’lumotnomasi asosida);
g) о‘quv intizomi va muassasaning Odob-axloq qoidalari hamda ushbu Qoidalarni buzganligi uchun;
d) bir semestr davomida darslarni uzrli sabablarsiz 74 soatdan ortiq qoldirganligi sababli;
ye) о‘qish uchun belgilangan tо‘lov о‘z vaqtida amalga oshirilmaganligi sababli (tо‘lov-kontrakt bо‘yicha tahsil olayotganlar uchun);
j) talaba sud tomonidan ozodlikdan mahrum etilganligi munosabati bilan;
z) sud qarorigakо‘ra kirish imtihonlarida belgilangan tartibni buzganligi aniqlanganda (talabalar safidan chetlashtirilgan talabalar qayta tiklanmaydi);
i) vafot etganligi sababli.
87. Institut tashabbusi bilan talabalarni о‘qishdan chetlashtirish Kasaba uyushmasining yozma roziligini inobatga olgan holda (Kasaba uyushmasi a’zosi bо‘lgan talabalar uchun) amalga oshiriladi. Shuningdek, talaba mazkur Qoidalarning 86-bandining “g” kichik bandiga kо‘ra chetlashtirilayotgan paytda О‘zbekiston Yoshlar ittifoqi institut boshlangich tashkiloti bilan ham kelishilishi mumkin.
88. Intizomiy jazoga tortilgan talaba о‘ziga qо‘llanilgan jazo chorasi- ning qonuniyligi va adolatliligi yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat bilan murojaat etishi mumkin.
89. Talabaga nisbatan qо‘llanilgan intizomiy jazo yuzasidan ma’lumot uning shaxsiy hujjatlar tо‘plamida saqlanadi.
90. Talaba institutdan chetlashtirilganda unga shaxsiy hujjatlari, belgilangan shakldagi akademik ma’lumotnoma beriladi va uning nusxasi shaxsiy yig‘ma jildga tikib qо‘yiladi.
91. Harbiy xizmatni о‘tash, salomatligini tiklash, homiladorlik va tug‘ish, shuningdek, bolalarni parvarish qilish ta’tillari davrida talabaga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda akademik ta’til berilishi mumkin.
VIII-BOB. ALOHIDA QOIDALAR
92. Karantin, ishlab chiqarish zaruriyati (institut rahbari tomonidan belgilangan taqdirda) yoki shu kabi xodim о‘z mehnat vazifalarini ish joyi (institut binosi)da amalga oshirishini taqiqlovchi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda cheklovlar о‘rnatilgan hollarda ish beruvchi xodimning roziligi bilan uni masofaviy ish usulida, moslashuvchan ish jadvalida yoki uyda ishlash rejimiga о‘tkazishi mumkin. Bunda:
xodimning mehnat majburiyatlarini amalga oshirish uchun zarur bо‘lgan jihozlar va yoki texnika vositalari xodimning yozma talabiga muvofiq ish beruvchi tomonidan ta’minlanadi;
ish beruvchi tomonidan xodimga berilgan jihozlar va texnikalar xodimning aybi bilan buzilganda yetkazilgan zarar amaldagi qonun hujjatlariga muvofik xodim tomonidan ish beruvchiga qoplab beriladi;
xodim о‘z mehnat vazifalarini bajarishi uchun shaxsiy jihozlar va yoki texnika vositalaridan, shuningdek, aloqa vositalari, jumladan, internet tarmog‘idan foydalangan taqdirda bazaviy hisoblash mikdorining bir baravaridan oshmagan miqdorda harajatlar ish beruvchi tomonidan xodimga koplab beriladi;
ishlab chiqarish zaruriyati tug‘ilganda ish beruvchi xodimni bir kun oldin aloqa vositalari orqali ogohlantirib, uni buyruq asosida doimiy ish joyiga о‘tkazadi;
xodim va ish beruvchi о‘rtasidagi elektron hujjat almashish yо‘li orqali aloqalar institutning ichki lokal hujjatlari hamda boshqa qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi;
masofaviy ish usuli (uyda ishlash)ga о‘tkazilgan xodimning ta’tillar jadvaliga muvofiq mehnat ta’tili, vaqtincha mehnatga layoqatsizlik bо‘yicha nafaqa olish hamda qonun hujjatlarida va muassasaning jamoa shartnomasida nazarda tutilgan boshqa huquqlari saqlanib kolinadi.
Masofadan ish deganda xodimning mehnat shartnomasida kо‘rsatilgan mehnat majburiyatlarini ish beruvchining joylashgan hududidan tashqarida, bevosita yoki bilvosita nazoratida bо‘lgan doimiy ish joyi, hudud yoki obyektdan tashqarida bajariladigan ish usuli tushuniladi.
93. Masofaviy ish usulida, moslashuvchan ish jadvalida yoki uydaishlashga о‘tish huquqidan birinchi navbatda homilador ayollar, keksalar, imkoniyati cheklangan shaxslar va surunkali kasalliklarga chalingan xodimlar foydalanadi.
94. Xodimni masofaviy ishga vaqtinchalik о‘tkazishda ish beruvchi tomonidan vaqtinchalik masofaviy ish rejimiga о‘tkazish haqida muddati kо‘rsatilgan buyruq chiqariladi.