Xulosa qismida – bajarilgan malakaviy ish natijasida olingan xulosalar, kiritilgan tavsiyalar va takomillashtirish yo‘llari qisqacha ko‘rinishda bayon qilinadi. Xulosa qismida talaba tomonidan bajarilgan bitiruv malakaviy ishi mavzusi bo`yicha nazariy va amaliy shart-sharoitlarini o`rganib, mavjud muammolarni bartaraf qilish va jarayonni yanada takomillashtirish borasida qisqa, aniq va lo`nda fikrlar jamlanib bayon qilinadi. Bitiruv malakaviy ishda xulosaning hajmi A4 format varaqda kamida 3 bet ko`pi bilan 6 bet bo`lishi mumkin. Xulosadan kyeyin foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati keltiriladi.
Adabiyotlar – bu bo‘limda bitiruv malakaviy ishini bajarish jarayonida foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati keltiriladi. Bu ikki qismdan iborat bo‘lib, birinchi qismda O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari ikkinchi qismda esa kitoblar, monografiyalar, risola va maqolalar qismlar bo‘yicha alfavit tartibida ketma-ket raqamlangan holda keltiriladi va belgilanishda qismlar alohida ajratilmaydi.
Ilovalar – bu bo‘limda bitiruv malakaviy ishiga tikiladigan hujjatlar, ma’lumotnomalar va jadvallar, raqamlangan tartibda keltiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |