Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti


Hozirgi zamon energetikasi va atrof muhit muxofazasi muammolari



Download 1,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/61
Sana08.05.2021
Hajmi1,97 Mb.
#63850
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   61
Bog'liq
issiqlik taminoti tizimida aktiv va passiv quyosh qurilmalarining samaradorligini asoslash

 
1.2 Hozirgi zamon energetikasi va atrof muhit muxofazasi muammolari 
 
Aholi  sonining о‘sib borishi natijasida energiyaga bо‘lgan talab  yildan-yilga 
ortib  bormoqda.  Hozirgi  kunda  tejamkorlikka  e’tibor  berish  va  uni  amalga 
oshirish  muhim  vazifalardan  biridir.  Bu  yerda  shuni  ta’kidlab  о‘tish  kerakki, 
yuqoridagilarning  70  %i  neft  va  tabiiy  gaz  energiyalari  hisobiga  ta’minlanadi. 
Ammo,  ularning  butun  dunyodagi  zahiralari  chegaralangan  bо‘lib,  vaqt  о‘tishi 
bilan  tugab  boradi.  Aytish  mumkinki,  hozirning  о‘zidayoq  neft  va  gaz  qazib 
chiqarish qiyinlashib va qimmatlashib bormoqda. 
     Shuning  uchun  ham  hozir  butun  dunyoda  yangi  energiya  manbalaridan, 
jumladan  yadro  energiyasiga  va  qayta  tiklanadigan  noan’anaviy  energiya 
manbalaridan  yer  osti  issiqlik  energiyasi,  dengizlarda  suv  kо‘tarilishi  va 
pasayishi energiyasi va boshqalardan foydalanishga о‘tish bо‘yicha keng amaliy 
ishlar  olib  borilmoqda.  Jumladan,  quyosh  energiyasidan  foydalanishga  katta 
ahamiyat berilmoqda.  
     Quyosh  yerdagi  hayotning  asosiy  manbaidir.  Quyosh  nurlari  ta’sirida 
fotosintez  jarayoni  (о‘simliklarda  oqsil,  uglevodorod  va  boshqa  murakkab 
almashinuv)  yuz  beradi.  Shuningdek,  issiqxonalardagi  о‘simliklarda  ham 
quyosh va elektr lampalarining nuri ta’sirida fotosintez
 hodisasi rо‘y beradi. 
      Fotosintez  jarayonida  quyosh  energiyasining  bir  qismi  kimyoviy 
energiyaga aylanadi. Shuningdek, yerdagi organik yoqilg‘ilar (kо‘mir, neft, torf 
va boshqalar) ham quyosh ta’sirida fotosintez natijasida paydo bо‘lgan. Quyosh 
nuri  ta’sirida  atmosferada  suv  bug‘larini  aylanishi  sodir  bо‘lib,  ular  ulkan 
daryolar  oqimini  yuzaga  keltiradi  hamda  gidroelektrostansiyalarda  energiyasi 
olishni  ta’minlaydi.  Quyida  quyosh  va  uning  energiyasi  haqida  qisqacha 
ma’lumot keltiramiz. 
      Quyosh  sirtida  harorat  6000  °C,  markazida  esa  10  mln  gradusni  tashkil 
etadi.  Quyoshdan  yergacha  bо‘lgan  masofada  150  mln  kilometr  bо‘lib,  uning 


 
13 
I
 
diametri  yer  diametridan  109  marta  katta  va  massasi  esa  2∙10
33
  ga  teng. 
Quyoshning  quvvati  3,83∙10
23
  kVt  bо‘lib,  yerga  har  sоniyada  91·10
24
kal 
energiya  sochadi.  Shuning  uchun  quyoshning  massasi  har  soniyada  4-10

t  ga 
о‘zgarib turadi. Quyoshning har bir daqiqa sochadigan nurli energiyasi 91·10
14
 t 
neft tо‘liq yonganda ajratiladigan energiyaga tengdir. 
   Bunday katta energiya Quyosh markazida, tо‘rtta vodorod yadrosidan geliy 
yadrosi  hosil  bо‘lishidan  iborat  termoyadro  reaksiyasi  natijasida  sodir  bо‘ladi, 
chunki  quyoshda  termoyadro  jarayoni  amalga  oshishi  uchun  hamma  shart-
sharoitlar  mavjud,  birinchidan,  hamma  moddalar  plazma  holatida  bо‘lib, 
ikkinchidan,  harorati  yadrolarni  biriktirish  uchun  yetarlidir.  Aniqlanishicha 
quyosh tarkibining 5 %i gina vodorod tashkil  etadi. 
   Termoyadro reaksiyasi davomida massa deffekti (ortiqcha massa) natijasida 
quyoshdan juda katta energiya ajralib chiqadi. Shu energiyadan 2,5∙10
18
 kal/min 
qismi yerga yetib keladi, undan 40 %i atmosferada va kosmik fazoda sochiladi, 
16 %i esa yutiladi. 
     Quyosh  radiatsiyasi  intensivligining  atmosfera  tashqarisidagi  kattaligi 
quyosh doimiyligi deyiladi. Quyosh doimiyligi о‘rtacha 1,4 kvadrat metrga teng.        
Atmosferaning 
yuqori  qatlamidagi  quyosh  energiyasi  о‘rta  hisobda 
bir  daqiqada  1  kub  santimetrli  suvni 2°C gacha isitish quvvatiga ega.  
     Yer  sirtiga  tushayotgan  quyosh  nurlari  о‘zining  intensivlik  xususiyatiga 
ega bо‘lib, u ikki qismdan iborat: 
1.  Quyosh  nurlariga  nisbatan  perpendikulyar  joylashgan  tiniq  yuzaga 
tushadigan tо‘g‘ri radiatsiya. 
2.  Atmosfera, bulut va atrof-muhit hamda boshqalardan sochilgan radiatsiya. 
Shuni  aytish  kerakki,  quyoshning  og‘ish  burchagi  o‘zgarib  turganligi 
sababli yer yuziga tushadigan energiya miqdori ham o‘zgarib turadi. Bu esa o‘z 
navbatida  geliouylar  va  gelioteplitsalarni  isitishga  salbiy  ta’sir  etadi. 
Ikkinchidan,  yoz  oylarida  kun  uzoq  bo‘lganligi  uchun  quyoshdan  energiya 
tushish  davri  ham  ko‘p  bo‘ladi  (13  soat  davom  etadi).  Qish  oylarida  aksincha 
kecha uzoq, kun qisqa (yer sirti 9 soat davomida yoritilib turadi) bo‘ladi. 


 
14 
Qish oylari quyoshning og‘ish burchagi manfiy qiymatlarni olgani uchun 
uning  balandligi  ham  kamayadi.  Demak,  energiya  ko‘proq  o‘tish  uchun  uni 
qabul  qiluvchi  yuzalarning  gorizontga  nisbatan  qiyaliklarini  o‘zgartirib  turish 
kerak, ya’ni quyosh nurlariga nisbatan tik holatga keltirish zarur. 
Agar  gelioqurilma  tiniq  yuzasining  gorizontga  nisbatan  qiyaligini  texnik 
sabablarga  ko‘ra  o‘zgartirish  imkoniyati  bo‘lmasa,  qish  paytida  ishlash  uchun 
mo‘ljallangan  gelioqurilmalarda,  masalan,  geliouylar,  gelioteplitsalar  tiniq 
yuzalarining  qiyalik  burchaklari  o‘sha  joyning  geografik  kengligiga  qarab 
qishda α
1
= φ+δ , yozda α
2
+ φ-δ deb olinadi.
 
Qarshi tuman geografik kengligi φ=39°da qish oylari uchun α
1
 = 62°, yoz 
oylari α
2
= 16°
 
ga teng bo‘lishi kerak. 
Yoz  oylarida  ishlashga  mo‘ljallangan  moslamalarni,  jumladan,  suv 
isitgichlar, meva quritgichlar va sho‘r suvdan chuchuk suv olish qurilmalarining 
qiyalik burchaklari odatda kichik qilib olinadi. 
Quyosh  energiyasidan  foydalanishning  uchinchi  kamchiligi  uning  ob-
havoga  bog‘liq  bo‘lishidir.  Dastavval  quyosh  energiyasi  miqdoriga 
atmosferaning tiniqligi ta’sir etadi.  
Atmosferaning  quyosh  nurlarini  yutishi,  sochishi  va  qaytarishini  hisobga 
olib  yer  yuzasiga  tushadigan  qismini  Q
m
  ga  teng  deb  olamiz.  Agar  quyosh 
doimiysini  (atmosfera  chegarasidagi  miqdorini)  Q

Download 1,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish