Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti texnologiya fakulteti



Download 5,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet33/104
Sana30.05.2023
Hajmi5,01 Kb.
#946289
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   104
Beda qandalasi. 
Qandala bedaga yosh poyalarning uchlari, barg bandlari, ayniqsa, gul va 
g‘unchalardagi shirani so‘rish yo‘li bilan asosan urug‘lik bedaga zarar etkazadi.
Tuxumi cho‘zinchoq shaklda. Tuxumining uzunligi 1,5 mmgacha bo‘ladi. 
Lichinkalarning uzunligi yoshiga qarab 1,25 – 1,5 mmdan (endigina tuxumdan 
chiqqan lichinkalariniki) 3,5 dan 5 mmgacha bo‘ladi. Tanasi cho’zinchoq shaklda, 
rangi qo’ng`ir yoki sarg`ish yashil, erkaklariniki urg`ochilarinikidan qoraroq 
bo’ladi. Beda qandalasi orqa tomonini boshiga yaqin qismida (yelkasida) ikkita 
qora nuqtasi bor. Tuxumi 1,5 mm bo’lib, cho’zinchoq shaklda tuxumining o’rta 
qismi bukilib, pastki uchi torayib va dumaloqlanib turadi, yuqorigi uchi qopqoqcha 
bilan berkitilgan, tuxumlari sarg`ish oq bo’lib, keyinchalik qizaradi. 
Lichinkalarining rangi yashil, qorni qizg`ish tusli bo’lib, uzunligi 3,5-5 mm gacha 
boradi. 
Beda qandalasi oziqlangan o’simligining poyasi ichida tuxumlik bosqichida 
qishlaydi. Imago va lichinkalari barg bandi, barg yaprog`i, poya va g`unchalarni 
so’rib oziqlanadi. O‘zbekistonda bu zararkunanda 3-4 marta avlod berib 
rivojlanadi. 
Beda 
qandalasi 
hammaxo‘r 
bo‘lib, 
dukkaklilar, 
sutlamagullilar, 
soyabongullilar, murakkabgullilar, sho‘ragullilar va gulxayrigullilar oilalariga 
qarashli madaniy hamda yovvoyi o‘simliklarda oziqlanadi; biroq bu zararkunanda 
hamma o‘simliklarga qaraganda bedani yaxshi ko‘radi. 
Bedazorlarda bu qandala butun yoz bo‘yi uchraydi. 
Har bir urg‘ochi qandala 24 dan 37 gacha tuxum qo‘ya oladi. 
Beda barg filchasi yoki fitonomus

Tur – Beda barg filchasi (fitonomus) – Phytonomus variabilis. H. B. 
Oila – uzunburunlilar – Curcylionidae. 
Turkum – qattiq qanotlilar – Coleoptera. 
Markaziy Osiyoda bedaning jiddiy zararkunandalaridan biri bo‘lib, har yili 
eng qimmatli birinchi o‘rim bedani juda qattiq zararlaydi. Fitonomus juda qattiq 
zararlagan beda gullamaydi. 
Qo‘ng‘izning uzunligi (xartumchasidan tashqari) 5-7 mm keladi; kallasi uzun 
naycha shaklida oldinga cho‘zilib turadi. Yosh qo‘ng‘izlar sarg‘ish kulrang tusda; 


~ 43 ~ 
tanasidagi tuklari va tangachalari ishqalib yeyilgan, keksa qo‘ng‘izlar esa qoramtir 
kulrang tusda bo‘ladi.
Tuxumi ellipssimon bo‘lib, uzunligi 0,5-0,65 mm va eni 0,3-0,4 mm keladi. 
Yangi qo‘yilgan tuxumlari och sariq rangli bo‘lib, rivojlangan sari qoraya boradi. 
Lichinkasining uzunligi 10 mmgacha etadi; oyoqlari bo‘lmaydi.
G‘umbagi tipik erkin bo‘lib, yetuk qo‘ng‘izga o‘xshaydi. 
Fitonomus voyaga etgan qo‘ng‘iz holatida sovuqdan himoyalangan joylarga 
kirib qishlaydi. 
Tuxumdan chiqqan lichinkalar bedapoyalarining uchlariga ko‘tarilib, barg 
qo‘ltiqlariga hamda poya uchlaridagi kurtaklarga o‘tadi va bu kurtaklarni kemirib 
shikastlaydi. Dalada lichinkalar ko‘payib ketganida beda butunlay o‘smay qoladi. 
Fitonomus imago holida ko’pincha bedapoyada tuproqning yuza qismida va 
ayrim hollarda dala atrofidagi begona o’tlarda qishlaydi. Qo’ng`izlari o’rtacha 
kunlik harorat 12 C
0
ga yetganda qishlovdan chiqadi. 
Fitonomus bir yilda bir marta avlod beradi. Fitonomus lichinkalari va imagosi 
faqat bedani birinchi o’rimiga katta zarar etazadi. Ular bedaning faqat bargi bilan 
oziqlanadi. 

Download 5,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish