Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti neft va gaz fakulteti «neft va gaz olishning texnologiyasi va texnikasi»



Download 1,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/129
Sana29.12.2021
Hajmi1,89 Mb.
#82226
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   129
Bog'liq
neft va gaz olishning texnologiyasi va texnikasi

MA’RUZA №11 
Gazkondensat konlarini ishlatish usullsri 
Ma’ruza rejasi 
11.1. Gazkondensat konlarini ishlash tizimlarini loyihalashtirish asoslari  
11.2. Gazkondensat konlarining qiskacha tavsifi 
11.3. Uyum so‘nish tarzlarida ishlanishi shartlarining tavsifi. 
11.4.  Gazkondensat  konlarini  qatlam  bosimini  saqlash  bilan  ishlashning 
o‘ziga xosligi. 
11.5. Saykling-jarayon 
 
Tayanch so‘zlar 
Kondensatsiyalanish, teskari bug‗lanish, barqaror kondensat, xom kondensat, 
qatlamdan gazni siqib chiqarish, ishlatish obyektini. 
  
11.1. Gazkondensat konlarini ishlash tizimlarini loyihalashtirish asoslari 
 
Gazkondensat uyumlarini ishlashda (toza gaz uyumini ishlatishdan farq qilib) 
ko‗pincha  konda  gazni  qazib  chiqarish  va  qayta  ishlash  jarayonlari  birlashtirilgan. 
Shunday  qilib,  geolog,  burg‗ilovchi,  ishlatuvchi  va  qayta  ishlovchi  ish  yuzasidan 
uzluksiz bog‗liq bo‗lgan korxona yuzaga keladi. Gazkondensat konini ishlatish uchun 
barcha  jihozlar  boshlang‗ich  xarajatlar  bo‗yicha  juda  ham  qimmat,  chunki 
yemiruvchi  zarrachalarning  faolligi  kuchli  bo‗lgan  yuqori  bosimda  yuqori  sifatli 
metall  talab  qilinadi.  Bundan  tashqari  jihozlarga  yuqori  kvalifikatsiyadagi  malakali 
mutaxassislar  xizmat  ko‗rsatishi  kerak.  Bu  barcha  xarajatlar  agarda  gaz  tarkibida 
yetarli miqdorda kondensat bo‗lgan hollardagina o‗zini oqlaydi. Gazkondenat konini 
ishlashni loyihalashtirish  - kon geologiyasi, yer osti gazogidromexanikasi va tarmoq 
iqtisodiyoti ma‘lumotlaridan foydalanish asosida yechish mumkin bo‗lgan kompleks 
masala. 
Gazkondensat 
konlarini 
ishlash 
malakasi 
shuni 
ko‗rsatadiki, 
loyihalashtirishni ikki usulini qo‗llash mumkin: 
1) qatlamga ishchi agentni haydash orqali qatlam bosimini saqlash; 
2) qatlam bosimini saqlamasdan. 
Loyihalashtirish usulini tanlashga quyidagilar ta‘sir qiladi: 
 1) xom gazni sanoat ahamiyatidagi zahirasi; 
 2)  bosimni  tushirish  natijasida  xom  gazdan  ajraladigan  kondensatni  miqdori 
va tarkibi; 
 3) qatlamni ishlash tarzi
 4)  qatlamning  g‗ovakliq  o‗tkazuvchanliq  litologik  tarkibi  va  b.  bo‗yicha  bir 
xilligi. 
Kollektorlarning  fatsial  o‗zgaruvchanligi  yuqori,  yoriqlar  va  tektonik 
buzilishlar  bo‗lgan  tarang-suv  siquv  tarzi  sharoitida  va  xom  zahirasi  yetarli 
bo‗lmagan  konni  ishlashni  qatlam  bosimini  saqlashsiz,  ochiq  sikl  bo‗yicha 


loyihalashtiriladi.  Olingan  gazni  30-92%  iga  teng  bo‗lgan  miqdorgacha  qatlamga 
quruq gaz haydaladi. Ko‗pincha ishchi agentni qatlamga haydash quduqlar tubidagi 
bosim to‗yinish bosimiga yaqin qolganda boshlanadi. 
Bosimni  saqlash  uchun  qatlamga  haydaladigan  ishchi  agent  sifatida  quruq 
gaz,  havo  va  suv  haydash  mumkin.  Qatlamga  havo  haydash  quruq  gazga  nisbatan 
ko‗p miqdorda ishlatish xarajatlarini talab qiladi. Gazsimon ishchi agentni qatlamga 
haydash uchun ishlatish xarajatlarini asosan siqish darajasi belgilaydi: 
r =Р
ч

к
 
bu yerda: r - siqish darajasi; Rch/ Rk- mos ravishda kompressordan chiqish va 
kirish bosimlari. 
Quruq  gazni  qatlamga  kompressorlar  orqali  g  =  2  siqish  darajasi  bilan 
qaytariladi,  havoni  esa  ko‗p  bosqiichli  kompressorlar  bilan  g  =  150-300  va  undan 
ham  yuqori  siqish  darajasi  bilan  qatlamga  haydaladi.  Havoni  qatlamga  haydash 
gazkondensat  konini  bir  siklda  ishlashga  va  barcha  quruq  gazni  yoqilg‗i  va  kimyo 
sanoati  uchun  xom-ashyo  sifatida  ishlatishga  imkon  beradi.  Biroq  bunda  havoning 
gaz bilan ko‗shilish hududlarida quruq gaz yo‗qotishlarini baholab bo‗lmaydi.  
 

Download 1,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   129




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish