Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti neft va gaz fakulteti «neft va gaz olishning texnologiyasi va texnikasi»


Issiqlik tashuvchilarni qatlamga haydash



Download 1,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/129
Sana29.12.2021
Hajmi1,89 Mb.
#82226
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   129
Bog'liq
neft va gaz olishning texnologiyasi va texnikasi

9.5. Issiqlik tashuvchilarni qatlamga haydash. 
 
Qatlamga  haydash  uchun  issiqlik  tashuvchi  sifatida  qaynoq  suv,  suv  bug‗i, 
bug‗gaz  aralashmasi  va  b.  qo‗llaniladi.  Qatlamga  ko‗p  miqdorda  issiq  suv 
haydalganda isitilgan hudud ham haydovchi quduqdan bir qancha uzoqroq masofaga 
tarqaladi. Qatlam haroratini ko‗tarilishi qovushqoqlikni pasayishiga, sirt-molekulyar 
kuchlarni  o‗zgarishiga  va  qatlam  suyuqliklarini  hajmini  kengayishiga  olib  keladi. 
Neftning  qovushqoqligi  kamayishi  uning  harakatchanligini  ko‗paytiradi.  Haroratni 
ko‗tarilashi bilan kollektor jinsning minerallarini suv bilan ho‗llanuvchanligi oshadi.  
Qatlam suyuqligining va skeletining hajmiy kengayishi qatlamdan olinadigan 
neft  miqdorini  oshishiga  olib  keladi.  Bu  omillarning  barchasi  oxir  oqibatda 
qatlamning  neft  beraolishligini  oshishi  bilan  yakunlanadi.  Suvneftga  to‗yingan 
qatlamga qaynoq suv haydalganda suv o‗z issiqligini qatlamga berib soviydi. Bunga 


mos holda haydovchi va oluvchi quduqlar orasidagi qatlam hududini shartli ravishda 
uch hududga bo‗lsa bo‗ladi: 
1) qaynoq suvlar;  
2) sovigan suvlar (qatlam haroratidagi suvlar);  
3)  harorati  qatlam  haroratiga  teng  bo‗lgan  neftlar  (yuqori  neftga  to‗yingan 
hudud).  
Shuning  uchun  neft  avval  qatlam  haroratidagi  suv  bilan  undan  keyin  esa 
qaynoq  suv  bilan  siqiladi.  Shuningdeq  qaynoq  suv  haydash  hisobiga  neft 
beraolishlikni  o‗sishi  asosan  ishlatishning  suvli  davrida  kuzatiladi.  Qatlamga  suv 
bug‗ini  haydashda  qatlamda  issiqlik  tarqalishi  va  neft  olish  jarayoni  issiq  suv 
haydashga  nisbatan  murakkabroq.  Bu  holatda  qatlamda  neftning  yengil  fraksiyalari 
parlanadi va bug‗ kondensatsiyalanadi. 
O‗ta  qizdirilgan  bug‗ni  haydashda,  qatlamning  qizishi  birinchi  navbatda 
ortiqcha  qizish  hisobiga  sodir  bo‗ladi,  bu  esa  bug‗ning  haroratini  to‗yinish 
bosimigacha  tushishiga  olib  keladi  (shuningdek  amaldagi  bosimda  suvni  qaynash 
haroratigacha).  Bug‗ning  qatlamda  harakati  davomida  ortiqcha  harorat  muhitni 
qizdirishga  yo‗qotilib  boradi  va  bug‗  kondensatsiyalanadi.  Qizdirilgan  bug‗ning 
barcha  ortiqcha  harorati  sarf  bo‗lmas  ekan  bug‗suv  aralashmasining  va  qatlamning 
harorati to‗yingan bug‗ haroratiga teng bo‗ladi. Butun bug‗ kondensatsiyalangandan 
keyin  qatlam  qaynoq  suv  hisobiga  qiziydi.  Jarayon  davomida  esa  uning  harorati 
boshlang‗ich  qatlam  haroratigacha  tushadi.  Undan  tashqari  haroratning  qatlamda 
tarqalish  xususiyatiga  qatlam  usti  va  osti  orqali  issiqlikni  yo‗kotilishi  va  bug‗ 
haydovchi  quduqdan  uzoqlashish  davomida  bosimni  o‗zgarishi  (pasayishi)  ta‘sir 
qiladi.  Qatlamga  issiqlik  tashuvchini  haydash  jarayoning  quyidagi  tarxini  ko‗rib 
chiqamiz.  Avval  ma‘lum  muddat  davomida  qatlamga  qaynoq  agent  haydaladi. 
Qatlamda  ulkan o‗lchamdagi o‗ta  qizdirilgan  hudud  hosil  qilingandan keyin  qaynoq 
agent haydash to‗xtatiladi va sovuq agentni haydash boshlanadi. Qizdirilgan hududga 
sovuq  agent  kirgach  qiziydi  (shuningdek  issiqlik  tashuvchiga  aylanadi)  va  harakati 
davomida  qatlamning  keyingi  hududlarni  ham  qizdiradi.  G‗ovak  muhit  (kollektor) 
issiqlik  almashtirgich  vazifasini  bajaradi.  Qatlamning  birinchi  qizdirilgan  hududini 
sovushi  davomida,  atrofdagi  jinslarga  avval  berilgan  issiqlik  asta-sekin  qatlamga 
qaytadi.  Shunday  qilib  qatlamda  (shuningdek  qisman  uni  atrofini  o‗rab  turuvchi 
jinslarda)  yig‗ilgan  issiqlik  ishchi  agentni  bevosita  qatlamni  o‗zida  qizdirish  uchun 
ishlatiladi. 
 

Download 1,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   129




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish