Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti neft va gaz fakulteti «neft va gaz olishning texnologiyasi va texnikasi»



Download 1,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/129
Sana29.12.2021
Hajmi1,89 Mb.
#82226
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   129
Bog'liq
neft va gaz olishning texnologiyasi va texnikasi

va mexanizmi. 
 
Tadqiqotlar  ko‗rsatadiki,  qatlam  ichra  yonish  jarayonining  rivojlanishida 
qatlamning  g‗ovak  muhitida  asosan  koks  nomini  olgan  neftning  og‗ir  cho‗kindisi 
yonadi,  shuningdek  neftning  bir  muncha  yengil  fraksiyalari  haroratning  yuqoriligi 
natijasida yonish hududi oldida bug‗lanadi va gaz oqimi bilan qatlam bo‗ylab oldinga 
oluvchi  quduqlar  yo‗nalishi  tomonga  olib  ketiladi.  Neft  konini  qatlam  ichra  yonish 
usuli  bilai  ishlash  jarayonida,  qatlamga  maxsus  havo  haydovchi  quduqlar  orqali 
haydalayotgan  havo  oksidlovchi  sifatida  qo‗llaniladi.  Neft  oluvchi  quduqlardan 
yonish  mahsulotlari  va  suv  bilan  birga  olinadi.  Olingan  suvni  yana  o‗sha  havo 
haydovchi yoki maxsus suv haydovchi quduqlar orqali qatlamga haydash mumkin. 
Qatlam  ichra  yonish  jarayonini  qatlamda  hosil  qilish  uni  o‗yg‗otish, 
qo‗zg‗otish  bilan  boshlanadi.  Buning  uchum  yonish  jarayonini  boshlash 
mo‗ljallangan  quduqqa  qizdirish  qurilmasi  (chuqurlik  gorelkasi  yoki  elektrisitgich) 
tushiriladi  va  havo  haydaladi.  Havo,  qatlamni  to‗yintirgan  neft  va  suvga  nisbatan 
qovushqoqligini bir necha bor kam bo‗lganligi uchun neft va suvni ichidan o‗tadi, bu 
jarayonda  ularni  oluvchi  quduqlar  tubi  tomonga  qisman  siqadi.  Mana  shunday  qilib 
havo  haydovchi  va  mahsulot  oluvchi  quduqlar  o‗rtasida  aloqa  o‗rnatiladi.  Keyin 
chuqurlik  isitgich  qurilmasi  qo‗shiladi  va  qatlamga  issiqlik  kiritiladi.  Natijada unda 
harorat ko‗tariladi, neftniig oksidlanish tezligi oshadi va oksidlanish yonishga o‗tadi. 
Soddaroq  qilib  aytganda  bu  usulning  mohiyati  quyidagicha:  neft  qatlami 
tayyor  gazgeneratori  sifatida  qaraladi.  Unda  u  yoki  bu  usul  bilan  neft  yoqilgandan 
keyin yondiruvchi (haydovchi) quduq tubida, doimiy havo oqimi sharoitida, qatlamda 
harakatlanuvchi  yonish  o‗chog‗i  hosil  qilinadi.  yonish  hududining  oldida  paydo 
bo‗lgan  gazlar  va  neft  bug‗lari,  shuningdek  qovushqoqligi  pasaygan  qizigan  neft 
ishlatuvchi quduqlar tomonga harakat qiladi va ular orqali yuqoriga chiqarib olinadi. 
QIXYOO‗ ning ko‗proq o‗rganilgan texnologik tarxi: besh nuqtali, o‗rtada haydovchi 
quduq  bo‗lgan  quduqlar  to‗rili,  neft  to‗g‗riga  oquvchi  tarx  hisoblanadi.  Neft  konini 
ishlatish uning alohida hududlarni ketma-ket qo‗shish bilan olib boriladi.  


Bunday  tarxda  quyidagi  jarayonlar  amalga  oshiriladi.  Haydovchi  quduq 
tubida  qizdirish  qurilmasi  orqali  qatlam  qismi  qizdiriladi  va  yuqori  haroratli  hudud 
yuzaga  keltiriladi.  Yonish  hududi  hosil  qilish  uchun  turli  chuqurlik  qizdirish 
qurilmalari, odatda elektrik va gazli qurilmalar ishlatiladi. 
Quduq tubi atrofi qizdirilgandan keyin qatlam ichidagi neftni alangalatish va 
boshlang‗ich  yonish  o‗chog‗ini  qo‗zg‗otish  uchun  quduqqa  oksidlovchi  agent 
yuboriladi. Oksidlovchi agent sifatida havo, havo va tabiiy gaz aralashmasi, kislorod 
bilan boyitilgan havo va boshqalar qullanishi mumkin. 
Oksidlovchini  uzluksiz  yuborilishi  natijasida  uning  yo‗nalishida  yonish 
o‗chog‗ining  qatlamda  harakati  boshlanadi.  Yonish  o‗chog‗i  yetarli  darajada 
barqarorlashib,  ishlatuachi  quduqlar  tomonga  harakatlana  boshlagach,  yondiruvchi 
quduq  faqat  haydovchi  quduqqa  aylanadi,  uning  tubi  soviydi,  qizdiruvchi  chuqurlik 
agregati esa yuqoriga chiqarib olinadi. 
 

Download 1,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   129




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish