11.2. Gazkondensat konlarining qisqacha tavsifi
Bosim va haroratni tushishi natijasida qatlamlarda, quduq tanasida va yer usti jihozlarida kondensatni cho‘kib qolishi mumkinligi gazkondensat konlari qatlam flyuidlarining o‗ziga xosligidir. Quduqdan kelayotgan mahsulotni ko‗p fazaligi va kondensatni imkoni boricha to‗laroq ajratish zarurligi gazkondensat konlarini ishlatishni xususiyatlaridandir. Bundan kelib chiqib, gazkondensat konlarini ishlashni loyihalashtirishni toza gaz konlarini loyihalashtirishga nisbatan bir qator o‗ziga xos tomonlari bor. Shuningdeq kondensatni yer bag‗ridan to‗laroq olish nuqtai-nazaridan qatlamni oqilona ishlash sharoitlarini ta‘minlovchi gazkondensat konini ishlashni turli usullarini ko‗rib chiqish zarur. Gazkondensat koni (uyumi) barqaror kondensatni miqdoriga qarab quyidagi guruhlarga bo‗linadi:
I - axamiyatsiz miqdordagi kondensatli (10 sm3/m gacha); II - kam kondensatli (10-100 sm3/m3 gacha);
III - o‗rtacha kondensatli (150 - 300 sm3/m3);
IV - yuqori kondensatli (300 - 600 sm3/m3);
V - juda yuqori kondensatli (600 sm3/m3 dan yukori).
Barqaror kondensatning miqdoriga, termodinamik tavsifiga, geologik sharoitlarga, gaz va kondensat zahirasiga, mahsuldor qatlamlarning kon-geologik tavsifiga va yotish chuqurligiga, konnning geografik joylashishiga va boshqa omillarga bog‗liq holda gazkondensat konini toza gaz koni kabi so‗nish tarzlarida yoki qatlam bosimini saqlash bilan ishlash mumkin.
11.3. Uyum so’nish tarzlarida ishlanishi shartlarining tavsifi
Gazkondensat konlarini ishlash malakasi ko‗rsatadi-ki, ba‘zi holatlarda konni ishlash usuli masalasi bir yo‗la yechiladi. Gazkondensat konini, gaz tarkibidagi
kondensat miqdoriga va uning qatlamda yo‗qotilishiga, qaramasdan, so‗nish tarzlarida ishlash shartlarini ko‗rib chiqamiz.
1. Boshlang‗ich qatlam bosimi. Boshlang‗ich qatlam bosimlari kondensatsiyalanish bosimidan ancha yuqori bo‗lgan gazkondensat konlaridan uzoq vaqt kondensat chiqishi o‗zgarishsiz bo‗lgan gaz olish mumkin. Faqatgina qatlamda bosim kondensatsiyalanish bosimiga teng bo‗lgandan keyingina kondensatsiyalanish boshlanadi va qatlamning g‗ovaklarida suyuq kondensat paydo bo‗ladi. O‗z-o‗zidan ma‘lumki, kondensat birinchi navbatda kuduq tubi atrofida ajraladi. Qatlamda bosim tushishi bilan kondensat ajralish hududi kengayadi va butun mahsuldor qatlamni ishlatish ko‗payib boradigan yo‗qotishlar bilan olib boriladi. Biroq ishlatishning birinchi davrida (kondensatsiyalanishdan yuqori bosimda) jami kondensat qazib olish yetarli darajada yuqori bo‗lishi mumkin.
2. Uyumning o‗lchamlari. Agarda gazkondensat uyumining o‗lchamlari kichik bo‗lsa, unda ma‘lumki, gazni qatlamga qayta haydash natijasida olinadigan qo‗shimcha kondensat haydovchi quduqlarni qazishga va kompressor stansiyasini qurishga ketgan xarajatlarni qoplamaydi. Bunday konlar so‗nish tarzlarida ishlatiladi.
Misol sifatida Zafar gazkondensat konini keltirish mumkin (G‗arbiy O‗zbekiston,
«Shurtanneftgaz» USHKsi). Aytilgan fikrlar tektonik buzilishlar tufayli bir qator bir-biridan ajralgan, uncha katga bo‗lmagan o‗lchamlardagi bloklarga bo‗linib ketgan katta konlarga ham tegishlidir. Kon bo‗yicha kondensatning notekis tarqalishi ham so‗nish tarzida ishlatilishiga sabab bo‗lishi mumkin, chunki bu holatda kondensatni boshlang‗ich zahirasini to‗g‗ri baholashni va suv bostirish tizimini tanlashni tasavvur qilib bo‗lmaydi.
3. Qatlam gazidagi kondensat miqdori. Qatlam gazida yuqori qaynovchi uglevodorodlarni miqdori kamligi bilan farq qilgan, uncha katta bo‗lmagan potensial gaz zahirasiga ega bo‗lgan gazkondensat koni. Bu konlar qoidaga binoan yengil, zichligi yuqori bo‗lmagan kondensatga ega, shuning uchun bunday konlarni so‗nish tarzlarida ishlatishda anchagina yuqori kondensat olishga erishiladi. Buiday turdagi konlar uchun qatlam bosimini saqlashdan olingan samara, jarayonni amalga oshirish bilan bog‗liq bo‗lgan xarajatlarni qoplay olmaydi. Shuning uchun bunday konlarni so‗nish tarzlarida ishlanadi.
4. Geologik sharoitlar. Har qanday gazkondensat konni ham uyumga quruq gazni qayta haydash yoki suv haydashni amalga oshirish uchun mos geologik sharoitlarga ega bo‗lavermaydi. Noma‘qul geologik sharoitlarga qatlamning o‗tkazuvchanligi va qabul qiluvchanligini pastligi, uyumni joylashish chuqurligini yuqoriligi, qatlamni litodogik tarkibini tezda o‗zgaruvchanligi, yoriqlikni tarqalishini turliligi, uyumni alohida ajratilgan bloklarga tektonik bo‗linganligi va b. kiradi.
Litologik turlilik tezda o‗zgaruvchan bo‗lganda yoki yoriqlikni tarqalishi bir tekis bo‗lmaganda quruq gazni qatlamga qayta haydash uyumni ta‘sir bilan yetarli darajada qamrash imkonini bermaydi. Bu esa quruq gazni tez-tez yorib o‗tishiga olib keladi.
Uyumni bir-biridan ajratilgan ko‗plab bloklarga bo‗luvchi tektonik buzilishlar tizimini bo‗lishi har bir blokda qatlam bosimini saqlashni tashkil qilish uchun haydovchi quduqlar sonini bir qancha ko‗paytirishni talab qiladi. Bunday konlar kondensat zahiralari katta bo‗lganda ham iqtisodiy va texnologik nuqtai-nazardan so‗nish tarzida ishlatiladi.
5.
Kollektorlarning
o‗tkazuvchanligi
yuqori
bo‗lganda
chegara
tashqarisidagi suvning tazyiqi. Yuqori o‗tkazuvchan kollektorli gazkondensat konlari.
Odatda yuqori tazyiqli, faol chegara suvlari bo‗ladi. Bu uyumlarni so‗nish tarzida ishlashda suv uyumga kiradi, uni tabiiy suv bostirishni keltirib chiqaradi, buning natijasida qatlam bosimini tushish sur‘ati bir qancha sekinlashadi, shunining uchun qatlam bosimini sun‘iy saqlashga bo‗lgan ehtiyoj yo‗qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |