2.Xom ashyo va tayyor mahsulot tavsifi, sifat baholashlari (standartlar asosida)
Soya (Glycine hispida) – dukkaklilar oilasiga mansub bir yillik o‘simlik hisoblanadi. Soya urug‘i urug‘ qobig‘i, mag‘iz, murtak, prokombial bezchalardan
tashkil topgan. Soya urug‘ining o‘lchamlari: uzunligi – 5,0-10,5mm, eni – 4,0-7,0
mm, qalinligi – 4,5-8,0 mm gacha bo‘ladi. Hajmiy massasi 720-760 kg/m3 . soya
boshqa urug‘lardan oqsil saqlami juda yuqoriligi bilan farqlanadi. Soya oqsillari
tarkibida 6-8% gacha albumin, 25-34% gacha globulin, 13-14% gacha glyutelin
borligi uni to‘laqonli ozuqa va oziq-ovqat qo‘shimchasi sifatidagi qimmatini
a soslaydi.
Oziq-ovqat uchun ishlatiladigan fosfatid konsentrati sig‘imi 30-40 l bo‘lgan
metall bankalarga, ozuqa uchun esa bochkalarga joylashtiriladi. Oxirgi vaqtda
to‘liq gidratatsiya jarayonida firma «Lurgi» (GFR) sxemasi qo‘llanilmoqda.
Yog‘-moy ishlab chiqarishda korxonalarimiz tomonidan qayta ishlanadigan
noan’anaviy yog‘li xomashyolar kundan kunga ko‘proq ahamiyat kasb etmoqda.
Jumladan, bugungi kunda maxsar, kungaboqar va soya moylari ishlab chiqarish
respublikamiz korxonalari uchun odatiy holga aylanmoqda. Soya urug‘i qayta ishlash bo‘yicha paxta chigitidan keyingi o‘rinda turadigan xomashyo hisoblanadi. Soyani odatda forpress-ekstraksiya tizimida qayta ishlanib, undan rafinatsiyalangan va dezodoratsiyalangan iste’mol moylari ishlab chiqariladi. Soya (Glycine hispida) – dukkaklilar oilasiga mansub bir yillik o‘simlik hisoblanadi. Soya urug‘i urug‘ qobig‘i, mag‘iz, murtak, prokombial bezchalardan tashkil topgan. Soya urug‘ining o‘lchamlari: uzunligi – 5,0-10,5mm, eni – 4,0-7,0 mm, qalinligi – 4,5-8,0 mm gacha bo‘ladi. Hajmiy massasi 720-760 kg/m3 . soya boshqa urug‘lardan oqsil saqlami juda yuqoriligi bilan farqlanadi. Soya oqsillari tarkibida 6-8% gacha albumin, 25-34% gacha globulin, 13-14% gacha glyutelin borligi uni to‘laqonli ozuqa va oziq-ovqat qo‘shimchasi sifatidagi qimmatini asoslaydi. Soya oqsillarining 90% gacha miqdori suvda eruvchan oqsillarni tashkil etadi. Soyaning o‘ziga xos tomoni uning tarkibidagi ureaza fermentining borligi hisoblanadi. Ureaza 30-60 ºC harorat oralig‘ida faol ferment bo‘lib, mochevinani ammiakgacha parchalash xususiyatiga ega. U 70ºC dan yuqori haroratda o‘z faolligini yo‘qotadi. Soyadan odatda moy va 50% gacha oqsil saqlamiga ega shrot olinadi. Soyani urug‘ qobig‘idan ajratib qayta ishlanganda uning shrotini oziq-ovqat maqsadlarida ishlatish mumkin. Chorvachilik ozuqasiga esa soyani po‘stlog‘idan ajratmasdan qayta ishlanadi. Soya urug‘i saqlanish jarayonida uning namligi 11% dan oshmasligi talab qilinadi. Chunki soya tarkibida 50% gcha oqsillar mavjudligi uning yuqori namlik sharoitida tez buzilishiga olib keladi. Qayta ishlashdan oldin esa namlanadi, chunki tozalangandan so‘ng uni namligi texnologik jarayonlar uchun mos holatgacha etkaziladi. Buning uchun namlikni konditsiyalash amalga oshiriladi. Konditsiyalash soya urug‘ining namligi ularning mag‘iz namligiga qarab belgilanadi. Bu namlik quruq holat – 12 %, o‘rtacha quruq holati – 12-14 %, nam
holati – 14-16 % va o‘ta nam holati – 16 % dan iborat. Qayta ishlash uchun esa uning maydalanishi yaxshilanishi uchun namligi 10,5% dan 12% gacha bo‘lishiga ruxsat etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |