Sanoatda quyidagi usullar bilan yog‘ kislotalari yo‘qotiladi.
1. Erkin yog‘ kislotalarini ishqor bilan neytrallash (ishqorli rafinatsiya).
2. Yuqori haroratda va vakuum ostida erkin yog‘ kislotalarini yo‘qotish
(distillyasiyali rafinatsiya).
3. Erkin yog‘ kislotalarini yog‘dan selektiv erituvchilar yordamida ajratib
olish (ekstraksiyali rafinatsiya)
Sanoatda asosan ishqorli rafinatsiya va oxirgi yillarda distillyasiyali rafinatsiya ko‘proq ishlatilmoqda. Selektiv erituvchilar yordamida rafinatsiyalash hali amaliy jihatdan yog‘-moy korxonalarida ishlatilgani yo‘q. Ishqorli rafinatsiya-keng tarqalgan usul hisoblanadi. Bu usulda yog‘ kislotalarini yog‘da erimaydigan tuzi, ya’ni sovun hosil bo‘ladi. Bu reaksiya quyidagicha ifodalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |