Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti «kasb ta'limi»



Download 1,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/99
Sana08.01.2022
Hajmi1,1 Mb.
#330676
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   99
Bog'liq
kasbiy talim metodikasi oqituvchi nutq madaniyati

10.4.Kasbiy ta'lim mazmuni 

Ta'lim  jarayoni  –  o'zining  mazmuni  bilan  bo'lajak  mutaxassis  shaxsini 

shakllantirishga  qaratilgan  vazifani  amalga  oshiradi.  Ta'lim  sifatida  bilimlar, 

ko'nikmalar  va  malakalarning  yig'indisini  faoliyat  va  munosabatda  o'zlashtirishga 

qaratilgan maxsus ishlarning tashkil qilinishidir. 

Ta'lim  jarayoniga  ilmiy  yondashuvlar  esa  ta'lim  mazmunini,  bilimlar,  malaka, 

ko'nikmalar,  qarashlar  hamda  e'tiqodlar, shuningdek,  bilish  nazariyasi  kuchi, amaliy 

tayyorgarliklar  rivojlanishining  muayyan  darajasi  –  ta'lim  tizimi  yig'indisi 

hisoblanadi.  Ta'lim  mustaqil  tizim  bo'lib,  uning  vazifalari  –  jamiyat  a'zolarini 

muntazam  ravishda  o'qitish  va  tarbiyalash  orqali  ularni  ma'lum  ilmiy  boyliklar, 

ko'nikma va malakalar hamda ahloq normalari bilan qurollantirishdir. 

Ta'lim mazmunining mohiyati unga bo'lgan turli xil ko'rinishdagi yondashuvlar 

bilan  belgilanadi.  Hozirgi  davr  ta'limi  insonparvarlashtirish  va  ta'lim  mazmunining 

mohiyatini  shaxsga  yo'naltirilgan  yondashuvini  maydonga  olib  chiqdi.  Bunday 

yondashuv  ta'lim  mazmunini  erkin  tanlash  imkoniyatini  beradi.  Shaxsga 

yo'naltirilgan  yondashuvni  amalga  oshirish  jarayonida  shaxsning  ta'limiy,  ma'naviy, 

madaniy  va  hayotiy  talablari  qondiriladi.  Eng  muhimi  shaxsga  nisbatan 

insonparvarlik munosabati namoyon bo'ladi, ta'limiy sharoitda o'qish individualligi va 

mustaqil  harakat  qila  olish  imkoniyati  shakllanadi.  Jamiyat  rivojlanishining  har  bir 

bosqichida ta'lim mazmuni muayyan maqsad va vazifalarga ega bo'ladi. 

Ta'lim  mazmuni  davr  talabi,  nazariy  bilim  va  ishlab  chiqarish  taraqqiyoti 

darajasiga mos ravishda o'zgarib turadi. Bunga misol qilib hozirgi davr talabiga mos 

ravishda  iqtisodchi-pedagog  tayyorlashni  olsak  bo'ladi.  Bo'lajak  iqtisodchi-pedagog 

mutaxassislik  fanlari  bilan  birgalikda  pedagogika,  psixologiya,  kasb  ta'limi  uslubi 

fanlarini  ham  chuqur  bilishi  talab  qilinadi.  Ta'lim  mazmuni  ijtimoiy  hodisa  sifatida 

maydonga  keladi  va  u  o'zining  boshlang'ich  davrida  amaliy  ahamiyat  kasb  etgan, 

ya'ni insonlarning hayotiy ehtiyojlari uchun zarur hisoblangan bilimga bo'lgan talabni 

qondiradi.  Demak  ta'lim  mazmuni  bo'lajak  iqtisodchi-pedagoglarga  iqtisodiy  ta'lim, 

iqtisodiy nazariya, iqtisodiy ma'lumot berish hisoblanadi. 

Ta'lim mazmunini shakllantiruvchi tamoyillarga quyidagilarni kiritish mumkin. 




1.

 

Ta'lim  mazmunining  jamiyat,  fan,  madaniyat  va  shaxs  muvofiqligi, 



tamoyili.  Bunda  ta'lim  mazmuniga  zarur  bo'lgan  bilim,  malaka  va 

ko'nikmalarni,  shuningdek,  jamiyat,  madaniyat  va  shaxs  imkoniyatlari 

rivojlanishining  zamonaviy  darajasini  aks  ettiruvchi  bilimlarni  kiritishni 

ko'zda tutiladi. 

2.

 

O'qitishning  mazmuniy  jihatlarining  yagonaligi  tamoyili. Bu tamoyil  o'quv 



jarayonining  aniq  xususiyatlari,  uning  tamoyillari,  ularni  amalga  oshirish 

texnologiyalari va o'zlashtirish darajasi birligini aks ettiradi. 

3.

 

Turli  darajadagi  ta'lim  mazmuni  tuzilmasining  yagonaligi  tamoyili.  Buni 



shakllantirish nazariy tasavvur, o'quv materiallari, ta'lim oluvchining shaxsi 

kabi qismlarning muvofiqlash-tirilishini taqozo qiladi. 

4.

 

Ta'lim  mazmunini  insonparvarlashtirish  tamoyili.  Bu  tamoyil  shaxsning 



umuminsoniy madaniyati, uning ma'naviy ehtiyoji va qobiliyatlarining faol 

ijodiy va amaliy o'zlashtirilishiga shart-sharoit yaratishni taqozo qiladi. 

5.

 

Ta'lim  mazmunining asoslanganligi tamoyili. Bu gumanitar va tabiiy-ilmiy 



bilimlarni  jipslashtirish  (integrasiyalash),  uzviylik  va  fanlararo  aloqalarni 

o'rnatishni talab qiladi. 

6.

 

Ta'lim  mazmunini  asosiy  tashkil  etuvchilar  tuzilmasiga  muvofiqligini 



ta'minlash  tamoyili.  Ta'lim  mazmunini  tashkil  etuvchilarga  quyidagilar 

kiradi: 


1)

 

Shaxsning  tabiat,  jamiyat,  tafakkur,  texnika  to'g'risidagi    bilimlar  tizimini 



o'z ichiga oluvchi – kognitiv tajribasi. 

    Bu asosiy tashkil etuvchi hisoblanadi, chunki shaxs shakllanishining asosini 

bilim  tashkil  etadi.  Bilimlar  borliqni,  tabiat,  jamiyat,  tafakkurning 

rivojlanish  qonunlarini  bilim      natijasi  sifatida  belgilanadi.  Bilimlarning 

asosiy funksiyasi dunyoning umumiy manzarasini yaratish, bilim va amaliy 

faoliyatni ta'minlash, yagona ilmiy dunyoqarashni yaratishdan iboratdir. 

2)  Amaliy  faoliyat  tajribasi.  Bunga  asosan  malaka  va  ko'nikmalarni 

shakllantirish kiradi. Malaka va ko'nikmalar tashqi yoki amaliy, ichki yoki 

intellektual  bo'lishi  mumkin.  Malaka  va  ko'nikmalar  barcha  o'quv  fanlari 

uchun  umumiy  bo'lishi  mumkin,  har  bir  o'quv  fani  uchun  o'ziga  xos  va 

xarakterli bo'ladi. Malaka va ko'nikmalar muayyan faoliyat turining asosini 

tashkil  etadi.  Faoliyatning  esa  bilish,  mehnat,  badiiy,  ijtimoiy,  iqtisodiy, 

qadriyatlarga yo'naltirilgan turlari bo'lishi mumkin. 

3) Ijodiy faoliyat tajribasi. U yangi muammolarni hal qilish va voqelikni ijodiy 

qayta yaratishga tayyor bo'lishda namoyon bo'ladi. 

4)  Shaxs  munosabatlari  tajribasi.  Bu  asoslash  –  baholash,  xissiylik,  irodalilik 

munosabatlari.  Bu  tajriba  dunyoga,  voqelikka,  odamlarga  baho  berish 

munosabatidaa namoyon bo'ladi. 




Download 1,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish