3. Davlat byudjeti daromadlari manbalarining tahlili
Davlat byudjetining daromadlari mamlakat yalpi ichki (milliy) mahsulotini taqsimlash va qayta taqsimlash umumiy jarayonining elementlaridan biri bo’lib,ular oraliq (tranzit) xarakterga ega. Ular yuridik va jismoniy shaxslarga tegishlibo’lgan daromadlar va jamg’armalarning bir qismini byudjetga o’tkazilishinatijasida vujudga keladi. Byudjet daromadlarining moddiy-buyumlashganmazmunini davlatning ixtiyoriga borib tushgan pul mablag’lari tashkil etadi. Bumoliyaviy (byudjet)kategoriyaning namoyon bo’lish shakli byudjetga borib tushuvchi turli soliqlar, to’lovlar, yig’imlar, bojlar va ajratmalardan iborat. Davlat byudjetining daromadlari o’zlarining manbalari, ijtimoiy-iqtisodiyxarakteri, mulkchilik shakli, soliq vato’lovlarning turi, mablag’larning tushish shakliva ularni byudjetga undirish metodlariga muvofiq klassifikatsiya qilinishi mumkin.
Eng avvalo, davlat byudjetining daromadlari o’zlarining manbalariga ko’ra quyidagi uch guruhga bo’linadi:
soliqli daromadlar;
nosoliqli daromadlar;
tiklanmaydigan tarzda o’tkaziladigan pul mablag’lari.
Nosoliqli daromadlar tarkibiga quyidagilar kiradi:
davlat mulkidan foydalanishdan olingan daromadlar (soliqlar va yig’imlar to’g’risidagi qonunchilikka muvofiq to’langan soliq va yig’imlardanso’ng);
byudjet tashkilotlari tomonidan ko’rsatilgan haqli (to’lovli)xizmatlardan kelgan daromadlar (soliqlar va yig’imlar to’g’risidagiqonunchilikka muvofiq to’langan soliq va yig’imlardan so’ng);
fuqarolik-huquqiy, ma’muriy va jinoiy choralarni qo’llash natijasida
olingan mablag’lar, jumladan, jarimalar, konfiskatsiyalar, kompensatsiyalar vadavlat sub’ektlariga etkazilgan zararlarni tiklash bo’yicha olingan mablag’lar;
moliyaviy yordam ko’rinishidagi daromadlar (byudjet ssudalari vabyudjet kreditlaridan tashqari);
boshqa nosoliqli daromadlar.
Hozirgi amaliyotda Davlat byudjetining daromadlari quyidagi tartibdaklassifikatsiya qilinayapti.
Davlat byudjeti daromadlari klassifikatsiyasi
To’g’ri (bevosita) soliqlar (yuridik shaxslarning foydasidan olinadigan soliq; savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari uchun yagona soliq to’lovidan Davlat byudjetiga ajratmalar; yagona soliq to’lovidan (mikrofirmalar va kichik korxonalar bilan birgalikda) Davlat byudjetiga ajratmalar; jismoniy shaxslarning daromadidan olinadigan soliq va tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanayotgan yuridik va jismoniy shaxslarning daromadidan olinadigan qat’iy soliq)
Egri (bilvosita) soliqlar (qo’shilgan qiymat solig’i; aktsizlar; bojxona bojlari; jismoniy shaxslardan olinadigan yagona boj to’lovi; transport vositalari uchun benzin, dizel yoqilg’isi va gaz iste’moliga jismoniy shaxslardan olinadigan soliq)
Resurs to’lovlari va mol-mulk solig’i (mol-mulk solig’i; yer solig’i; yer osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq)
Ustama foydadan olinadigan soliq
Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish uchun soliq
Boshqa daromadlar
Shuni ta’kidlash kerakki, ayrim adabiyotlarda, ma’ruzalarda va boshqa ilmiy ishlarda «davlat budjeti daromadlarining asosiy manbayi so liqlardir», degan bizning nazarimizda birmuncha noto‘g‘ri bo‘lgan fikrlarni uchratish mumkin. Aslida, davlat budjeti daromadlarining asosiy manbayi mamlakat yalpi milliy mahsuloti va milliy daromadi hisoblanadi, davlat markazlashgan pul fondiga mablag‘larni jalb qilish quroli esa soliqlardir.
Budjet daromadlari to‘lovchilariga ko‘ra, soliqqa tortish obyekt lariga ko‘ra, undirish usuliga ko‘ra, to‘lash muddatlariga ko‘ra bir-biridan farq qilishiga qaramasdan, ularning hammasi davlat budjetining daromad qismini shakllantirishga xizmat qiladi. Budjetga to‘lovlar pul shaklida amalga oshiriladi, budjetga tushgan pullar o‘z egasini yo‘qotadi, ya’ni budjetga to‘lov to‘lovchi shaxs aniq bir maqsadni ko‘zlab to‘lov to‘lamaydi, budjet daromadlarining shakl lanishi pul mablag‘larining bir tomonlama ha rakati asosida sodir bo‘ladi. Davlatning umumiy xazinasiga tushgan pullar davlat vajamiyat manfaatlari yo‘lida ishlatiladi. Shu sababli davlat budjeti ning shakllanishi va ishlatilishida davlatning, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning va alohida shaxslarning manfaatlari kesishadi.
Demak, budjet daromadlarining asosiy moddiy manbayi milliy daromaddir. Agar davlatning moliyaviy ehtiyojlarini qondirish uchun milliy daromad yetarli bo‘lmasa, davlat bunday ehtiyojni qondirish uchun milliy boylikni jalb etishi mumkin. Milliy boylik deganda ma’lum bir davrda jamiyatning ixtiyorida bo‘lgan, hozirgi va o‘tgan avlodning mehnatlari evaziga yaratilgan moddiy ne’matlar hamda kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayoniga jalb qilingan tabiiy resurslar majmuyi nazarda tutiladi.Budjet daromadlari haqida gapirar ekanmiz, «davlat daromadlari» degan tushuncha bilan «davlat budjeti daromadlari» tushunchalarini yaxshi farqlab olishimiz kerak. Davlat daromadlari davlat budjeti daromadlari bilan birgalikda, davlatga qarash-
li maqsadli fondlarning daromadlarini, davlat mulkida bo‘lgan korxona va tashkilotlarning daromadlarini, shu ningdek, tashqi iqtisodiy faoliyatdan tushuvchi daromadlarni o‘z ichiga oladi.Davlat budjeti daromadlari soliqli va soliqsiz daromadlardan tashkil topadi.
Davlat budjetining soliqli daromadlari. Bizga ma’lumki, 2007-yilda qabul qilingan (№ O‘RQ-136, 25.12.2007) va2019-yil 30-dekabrdan kuchga kirgan yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi soliq munosabatlarining qonuniy-huquqiy asosini tashkil qiladi. Ushbu kodeksning «Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning turlari» nomli 23-moddasiga binoan:
O‘zbekiston Respublikasi soliqlar tizimi tarkibidagi soliqlarga quyidagilar kiradi:
1) yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i;
2) jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i;
3) qo‘shilgan qiymat solig‘i;
4) aksiz solig‘i;
5) yer qa’ridan foydalanuvchilar uchun soliqlar va maxsus to‘lovlar;
6) suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;
7) mol-mulk solig‘i;
8) yer solig‘i;
9) obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i;
10) transport vositalariga benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq.
Shu bilan birga, soliq solishning soddalashtirilgan tartibida to‘lanadigan quyidagi soliqlar qo‘llaniladi:
– yagona soliq to‘lovi;
– yagona yer solig‘i;
– tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bo‘yicha qat’iy belgilangan soliq.
Soliqli daromadlar bir xil iqtisodiy mazmunga ega bo‘lsa-da, ya’ni davlat tomonidan o‘rnatiladigan, davlat budjeti daromadlarini tashkil qila digan majburiy
pullik to‘lovni bildirsa-da, bir qancha belgilariga (iqtisodiy mazmuniga, soliqqa tortish obyektiga, soliq to‘lovchilariga, budjet tizimi bo‘g‘inlari daromadlarini shakl lantirishiga) ko‘ra guruhlanadi.
Umuman olganda, soliqli daromadlar davlat budjeti daromadlarining qariyb 93-96 foizini tashkil qiladi.Davlat budjetining soliqsiz daromadlari tarkibiga davlatga te-
gishli mulklarni sotishdan va xususiylashtirishdan kelgan daromadlar, tashqi iqtisodiy faoliyatdan kelgan daromadlar, xorijiy davlatlardan olingan moliyaviy yordamlar va davlatning maxsus maqsadli fondlari kiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Budjet kodeksiga muvofiq, davlat budjetining soliqsiz daromadlariga: davlat aktivlarini joylashtirish, foydalanishga berish va sotishdan olingan daromadlar, meros, hadya huquqi bo‘yicha davlat mulkiga o‘tgan pul mablag‘lari, yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek, chet davlatlardan tu shadigan qaytarilmaydigan pul tushumlari, rezident-yuridik shaxslarga berilgan budjet ssudalarini va chet davlatlarga ajratilgan kreditlarni to‘lash hisobidan to‘lovlar kiritilgan. Soliqsiz daromadlarning ko‘pchiligi doimiy, qat’iy belgilangan stavkada undiriladigan xazina (budjet) daromadlari ko‘rinishiga ega bo‘lmaydi. Budjetning soliqsiz daromadlari qat’iy rejalashtirilmasligi kerak, lekin amaliyotda ko‘p hollarda ular, odatda, o‘tgan yildagi tushumlar darajasida rejalashtiriladi. Soliqsiz daromadlar soliq daromadlari kabi O‘zbekiston Respublikasining vakillik organlari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslar uchun joriy qilinadi. Soliqsiz daromadlar ham majburiy, ham ixtiyoriy shakllarda bo‘lishi mumkin.
Soliqsiz daromadlar ro‘yxati hamma darajadagi budjetlar uchun yagona bo‘lib, budjet tasnifi bilan belgilanadi va o‘z ichiga quyidagilarni oladi:
1. Davlat yoki mahalliy hokimiyat egaligida bo‘lgan mulkdan yoki xo‘jalik faoliyatidan olingan daromadlar, shu jumladan:
davlat yoki mahalliy hokimiyat egaligidagi mulkni foydalanishga berishdan olingan daromadlar;
davlatga tegishli aksiyalar bo‘yicha dividendlar;
davlat yoki mahalliy hokimiyat egaligida bo‘lgan mulkni ijara ga berishdan, shu jumladanb qishloq xo‘jaligi va noqishloq xo‘jaligi maqsadlaridagi yerlar uchun ijara to‘lovidan olingan daromadlar;
vaqtinchalik bo‘sh turgan budjet mablag‘larini bank va kredit tashkilotlariga joylashtirishdan olingan daromadlar;
xizmat ko‘rsatish va davlat xarajatlarini qoplashdan olingan daromadlar;
davlat va mahalliy tashkilotlardan to‘lovlar;
davlat yoki mahalliy hokimiyat egaligida bo‘lgan mulkdan yoki xo‘jalik faoliyatidan olinadigan boshqa tushumlar.
2. Davlat yoki mahalliy hokimiyat egaligida bo‘lgan mulkni sotishdan olingan daromadlar, shu jumladan:
– davlat mulki bo‘lgan korxonalar va tashkilotlarni xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarishdan olingan tushumlar;
– kvartiralarni sotishdan tushumlar;
– davlatning ishlab chiqarish va noishlab chiqarish fondlarini, transport vositalari va boshqa uskuna-jihozlarni sotishdan olingan daromadlar;
– musodara qilinib, davlat va mahalliy hokimiyat egaligiga o‘tgan egasiz mol-mulkni sotishdan olingan daromadlar.
3. Davlat zaxiralarini sotishdan olingan daromadlar.
4. Yer va nomoddiy aktivlarni sotishdan olingan daromadlar.
5. Davlatga qarashli bo‘lmagan manbalardan kapital transfertlartizimlari.
6. Jarima-jazolarni qo‘llash, yetkazilgan zararni qoplash, shu jumladan:
– standartlar va texnik shartlardan chetlashgan holda tayyorlangan mahsulotni ishlab chiqarganlik va sotganlik uchun tushumlar summasi;
– narxlarni qo‘llash tartibini buzganlik uchun jazolar;
– jinoyatlar qilish va moddiy boyliklar kamomadida aybdor bo‘lgan shaxslardan undiriladigan summalar.
7. Tashqi iqtisodiy faoliyatdan olingan daromadlar, shu jumladan:
– davlat kreditlari bo‘yicha foizlar;
– davlat zaxiralarini sotishdan olingan daromadlar;
– markazlashtirilgan eksportdan tushumlar summasi;
– tashqi iqtisodiy faoliyatdan olingan boshqa tushumlar.
8. Boshqa turli soliqsiz tushumlar.
Budjetning soliqsiz daromadlari hududiy belgiga ko‘ra (muayyan darajadagi budjetga kiritish), jalb qilish va shakllantirish usuliga ko‘ra (majburiy yoki ixtiyoriy) va soliqsiz tushumlarni undirishning konkret asoslariga ko‘ra (davlat mulkini sotishdan olingan daromadlar) tasnifi
Ko‘rinib turibdiki, 2019 yilda Davlat budjeti daromadlari shakllanishida sezilarli o‘zgarishlar yuz bergan, ya’ni bevosita soliqlar ulushi 19,5 foizdan 28,1 foizgacha, resurs soliqlari ulushi 16,0 foizdan 17,2 foizgacha oshgan bo‘lsa, bilvosita soliqlar ulushi esa 4,3 foiz bandiga kamayib, 45,5 foizni tashkil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |