Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti "iqtisodiyot" fakulteti



Download 0,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana18.07.2021
Hajmi0,79 Mb.
#123004
  1   2
Bog'liq
Namuna Eshniyozov Sh.



 

 



О‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI 

OLIY VA О‘RTA  MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI     

 

QARSHI MUHANDISLIK-IQTISODIYOT INSTITUTI  



 

“IQTISODIYOT” FAKULTETI

 

  

 



 

 

“Ishlab chiqarishda buxgalteriya 



hisobi” kafedrasi 

Ro’yxatga olindi №_______ 

“_______”_____________ 2018 yil 

 

 



 

Malakaviy amaliyot bo’yicha 

 

 

 



HISOBOT

     


     

   


___Qashqadaryo viloyati hokimligi huzuridagi moliya boshqarmasi__             

(amaliyot o’tilgan korxona nomi)  

 

Bajardi:  



   2-kurs B-164-16 guruh talabasi

 

Eshniyozov Sherzod Alijonovich



        

 

(kurs, guruh, F.I.SH)  



 

Amaliyot rahbari: 

 

Xasanova Yulduz Murtazayevna 



(F.I.SH., imzo)  

 

 



 

Hisobot himoyasi bo’yicha 

to’plangan ball:_________ball 

Sana: “_____”___________ 2018 yil 

 

Hay’at a’zolari: 



 

 

 



 

 

 



 

Qarshi – 2018 yil     




 

 



 

Mundarija 

 

 

Kirish 



 

I. 


Budjet  xarajatlarining    mazmun-mohiyati,  tarkibi  va 

tuzilishi 

 

 

1.1.  Budjet xarajatlari umumiy moliyaviy kategoriya sifatida 



 

II. 


Davlatning  budjet  xarajatlari  orqali  iqtisodiyotga 

aralashuvi 

 

2.1.  Budjet xarajatlari 



 

2.2.  Budjet tashkilotlarida buxgalteriya hujjatlari 

 

 

 



 

III.  Asosiy 

qism 

(mavzular 



bo’yicha 

topshiriqlarning 

bajarilishi) 

 

3.1.  Budjet daromadlari bajarilishining hozirgi holati tahlili 



 

3.2.  Mahalliy budjet xarajatlari bajarilishining tahlili 

 

 

 



 

 

Xulosa 



 

 

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 



 

 

Ilovalar 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 


 

 



Kirish 

 

Milliy  iqtisodiyotimizning  barqaror  sur’atlarda  о‘sib  borishini  ta’minlashga 



qaratilgan  iqtisodiy  islohotlarni  izchil  amalga  oshirishda  davlat  budjeti  tizimining 

ijrosi samaradorligini oshirish muhim ahamiyat kasb etadi.  

Mahalliy    budjetlar    О‘zbekiston Respublikasi   davlat   budjetida   muhim   

tarkibiy      qismni      tashkil      etadi  va  mahalliy      hokimiyatlarning      faoliyat   

kо‘rsatishlarida   moliyaviy   manba bо‘lib hisoblanadi.    О‘zbekiston    Respublikasi    

Oliy    Majlisining  2000 yil 14 dekabrdagi “Budjet tizimi tо‘g‘risida”gi   qonunida 

“Mahalliy  budjet  -Davlat  budjetining      tegishli      viloyat,      tuman,      shahar      pul   

mablag‘lari jamg‘armasini tashkil   etuvchi   bir   qismi   bо‘lib,   unda   daromadlar 

manbalari   va   ulardan tushumlar   miqdori,   shuningdek,   moliya  yili  mobaynida   

aniq  maqsadlar   uchun ajratiladigan   mablag‘lar   sarfi yо‘nalishlari   va   miqdori   

kо‘zda   tutilishi kо‘rsatilgan. 

Mamlakatimiz  Prezidenti  SH.Mirziyoyevning  mamlakatimizni  2016  yilda 

ijtimoiy-itstisodiy  rivojlantirishning  asosiy  yakunlari  va  2017  yilga  mо‘ljallangan 

iqtisodiy  dasturning  eng  muhum  ustuvor  yо‘nalishlariga  bagishlangan  Vazirlar 

Mahkamasining 

kengaytirilgan 

majlisidagi 

ma’ruzasida 

“Makroiqtisodiy 

barqarorlikni  yanada  mustahkamlash  va  iqtisodiy  о‘sishning  yuqori  sur’atlarini 

saqlab qolish, jumladan, Davlat budjeta barcha darajada mutanosib, milliy valyuta 

va ichki bozordagi narx darajasi barqaror bо‘lishini ta’minlash – eng muhim ustuvor 

vazifamizdir”

1

  degan  ustuvor  vazifani  mamlakatimizni  2017-2021  yillarda 



rivojlantirishning uchinchi eng muhim vazifasi sifatida qayd etdilar. 

Mahalliy  budjetlar  tizimi  mahalliy  talab-ehtiyojlarni  tо‘larok  undirishni 

hamda  davlatning  markazlashgan  tartibda  amalga  oshiradigan  tadbirlarning 

bajarilishi bilan chambarchas bog‘langan holda ijro etishga imkon yaratib beradi. 

 

 

 



 

                                                 

1

Mirziyoyev  SH.M.  “Tanqidiy  tahlil,  kat’iy  tartib-intizom  va  shaxsiy  javobgarlik  -  har  bir  rahbar  faoliyatining 



kundalik qoidasi bо‘lishi kerak”. Toshkent: «О‘zbekiston», 2017. - 104 b. 


 

 



I. Budjet xarajatlarining  mazmun-mohiyati, tarkibi va tuzilishi. 

 

1.1.Budjet xarajatlari umumiy moliyaviy kategoriya sifatida. 



 

Budjet  xarajatlari  umumiy  moliyaviy  kategoriya  bо‘lgan  byud-jetning 

kо‘rinishlaridan  biri  bо‘lib,  unga  tegishli  bо‘lgan  umumiy  xususiyatlarga  egadir, 

ya’ni  ular  taqsimlash  xarakteriga  ega,    ifodalanishning  pul  shakli  xos,  pul 

fondlarining amal qilishi bilan bog‘langan va davlat tomonidan tashkil qilinadi. Shu 

bilan birgalikda Budjet xarajatlari  bir butunning о‘ziga xos qismi bо‘lganligi uchun 

ular  davlatning  markazlashtirilgan  pul  fondlari  mablag‘laridan  foydalanish  va 

tegishli fondlarni shakllantirish bilan bog‘liqdir. Bu taqsimlash munosabatlarining 

moddiybuyumlashgan 

shakli 


turli 

sohalarga 

yо‘naltirilayotgan 

Budjet 


mablag‘larining harakatidan iborat. 

Davlatning  о‘z  funksiyalari  va  vazifalarini  bajarishi  bilan  bog‘liq  ravishda 

vujudga  kelgan  chiqimlar  Budjet  xarajatlari  deyiladi.  Bu  chiqimlar  davlatning 

markazlashtirilgan  pul  fondlari  mablag‘laridan  turli  yо‘nalishlar  bо‘yicha 

foydalanish jarayonida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlarni ifodalaydi. 

Budjet  xarajatlarining  iqtisodiy  mohiyati  uning  turli-tuman  kо‘rinishlari 

(turlari)  orqali  namoyon  bо‘ladi.  Xarajatlarning  har  bir  turi  о‘zining  miqdoriy  va 

sifat  xarakteristikasiga  ega.  Ularning  sifat  xarakteristikasi  voqelikning  iqtisodiy 

tabiatini  ifodalab,  Budjet  xarajatlarining  mо‘ljallanganligini,  miqdoriy  xarakte-

ristika esa ularning о‘lchamini (miqdorini, hajmini) aniqlashga imkon beradi. 

Budjet xarajatlari chiqimlarning konkret turlari orqali namoyon bо‘ladi. Budjet 

xarajatlari konkret turlarining xilma-xilligi esa, о‘z navbatida, quyidagi omillarning 

mavjudligi  bilan  belgilanadi:  davlatning  iqtisodiy  tabiati  va  funksiyalari;  

mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot darajasi; Budjetning milliy iqtisodiyot bilan 

bog‘langanligi; 

iqtisodiy 

munosabatlarning 

rivojlanganlik 

darajasi; 

Budjet 


mablag‘larining namoyon bо‘lish shakllari va h.k. Bu omillarning qо‘shilishi ijtimoiy-

iqtisodiy  taraqqiyotning  ma’lum  bir  bosqichida  har  qanday  davlat  Budjet 

xarajatlarining u yoki bu tizimini vujudga keltiradi. 



 

 



Jamiyatning  iqtisodiy  hayotida  Budjet  xarajatlarining  roli  va  ahamiyatini 

aniqlash uchun ularni ma’lum belgilarga kо‘ra turkumlashtirish maqsadga muvofiq. 

Nazariya  va  amaliyotda  Budjet  xarajatlarini  klassifikatsiya  qilishning  bir  necha 

belgilari mavjud. Ular о‘zlarining iqtisodiy mazmuni, funksionalligi, ijtimoiy takror 

ishlab chiqarishdagi roli, ishlab chiqarish tarmoqlari va faoliyat turlari yoki idoraviy 

bо‘linishi,  ijtimoiy  mо‘ljal-langanligi  bо‘yicha,  hududiy  turkumlanishi,  ma’lum 

maqsadlari  va  yuridik  nuqtai  nazardan  yoki  davlat  boshqaruvi  darajasiga  kо‘ra 

alohida guruhlarga ajratilishi mumkin.  

Iqtisodiy  mazmuniga  kо‘ra  Budjet  xarajatlari  kapital  va  joriy  xarajatlarga 

bо‘linadi.  Bu  xarajatlar  kengaytirilgan  takror  ishlab  chiqarish  jarayoniga  ularning 

qanday ta’sir kо‘rsatishi mumkinligini ifodalaydi. 

Budjetning kapital xarajatlari innovatsion va investitsion faoliyatga yо‘naltirilgan 

xarajatlardir. Bu xarajatlarning tarkibiga:  

a)  tasdiqlangan  investitsion  dasturga  muvofiq  hara-katdagi  yoki  yangidan 

tashkil etilayotgan yuridik shaxslarga investitsiyalar uchun mо‘ljallangan xarajatlar; 

b)  yuridik  shaxslarga  investitsion  maqsadlar  uchun  Budjet  kreditlari  sifatida 

beriladigan mablag‘lar; 

v)  kengaytirilgan  takror  ishlab  chiqarish  bilan  bog‘liq  bо‘lgan  kapital 

ta’mirlashni  amalga  oshirish  xarajatlari  va  shu  bilan  bog‘liq  bо‘lgan  boshqa 

xarajatlar; 

g) amalga oshirilishi davlat mulkiga tegishli bо‘lgan mulkni oshirish yoki uni 

yangidan yaratishga olib keladigan xarajatlar; 

d) Budjet xarajatlarining iqtisodiy turkumlanishiga muvofiq Budjetning kapital 

xarajatlari tarkibiga kiritiladigan boshqa xarajatlar kiradi. 

Budjetining  kapital  xarajatlari  tarkibida  Taraqqiyot  Budjeti  shakllantirilishi 

mumkin. 


Davlat hokimiyat  organlari, mahalliy о‘z-о‘zini boshqarish organlari, Budjet 

tashkilotlarining  joriy  faoliyatini  ta’minlashga  yо‘naltirilgan  Budjet  xarajatlari, 

boshqa  Budjetlar  va  iqtisodiyot  alohida  tarmoqlariga  dotatsiya,  subsidiya  va 

subvensiya  shaklida  kо‘rsatiladigan,  davlat  tomonidan  qо‘llab-quvvatlash  bilan 




 

 



bog‘liq  bо‘lgan  xarajatlar  va  Budjet  xarajatlarining  turkumlanishiga  muvofiq, 

kapital  xarajatlarning  tarkibiga  kiritilmagan  boshqa  xarajatlar  Budjetning  joriy 

xarajatlari deyiladi.  

Aniqroq  ravishda  Budjetning  joriy  xarajatlari  tarkibi  quyidagilardan  iborat 

bо‘lishi mumkin: 

   davlat  iste’moli  xarajatlari  (iqtisodiy  va  ijtimoiy  infratuzilmani,  milliy 

xо‘jalikning  davlat  tarmoqlarini  saqlash,  fuqarolik va harbiy xarakterdagi tovarlar va 

xizmatlarni sotib olish, davlat muassasalarining joriy xarajatlari); 

   hokimiyatning  quyi  organlari,  davlat  korxonalari  va  xususiy  korxonalarga 

joriy subsidiyalar; 

   transfert tо‘lovlari; 

   davlat qarzlari bо‘yicha foizlarni tо‘lash; 

   boshqa xarajatlar. 

Bu xarajatlar oddiy Budjetda yoki joriy xarajatlar va daromadlar Budjetida aks 

etgan chiqimlarga mos keladi. 

Takror ishlab chiqarishdagi roliga kо‘ra Budjet xarajatlari milliy iqtisodiyotga 

(xо‘jalikka) qilinadigan xarajatlar va ijtimoiy soha hamda aholini ijtimoiy qо‘llab-

quvvatlash xarajatlariga bо‘linadi. Bu xarajat-larga, eng avvalo, davlat korxonalari 

va  davlat  ulushi  bor  bо‘lgan  korxonalarning  ustav  kapitalini  shakllantirish,  ularni 

yanada kengaytirish va rivojlantirish, davlat moddiy zaxiralarini yaratish xarajatlari 

kiradi. Budjetning ijtimoiy soha hamda aholini ijtimoiy qо‘llab-quvvatlash xarajatlari 

ham  ijtimoiy  jihatdan  zarur  bо‘lgan  xarajatlardir.  Bu  xarajatlar  iste’mol  fondlarini 

shakllantirish  bilan  bog‘liq.  Ularning  bir  qismi  jamiyat  a’zolarining  individual 

ehtiyojlarini,  boshqa  bir  qismi  esa  butun  jamiyatning  ehtiyojlarini  qondirishga 

mо‘ljallangan.  Bu  yerda  Budjet  xarajatlari  ijtimoiy  iste’mol  fondlarini 

(mamlakatning mudofaa fondi, ilmiy tadqiqotlar fondi va boshqalar) shakllantirishni 

tо‘liq,  shaxsiy  iste’mol  fondlarini  esa  qisman  (nomarkaz-lashtirilgan  moliyaviy 

resurslar  bilan  birgalikda)  ta’minlaydi.  Shu  bilan  birgalikda,  Budjet  mab-

lag‘larining  katta  qismi  shaxsiy  iste’mol  fondlarining  ijtimoiy  iste’mol  fondlariga 

(maorif,  sog‘liqni  saqlash,  madaniyat  va  sport,  fan,  ijtimoiy  sug‘urta  va  ijtimoiy 




 

 



ta’minot,  aholi  uchun  ijtimoiy  ahamiyat  kasb  etgan  xizmatlar  bahosi  о‘rtasidagi 

farqlarni  qoplash,  kо‘p  bolali  va  kam  ta’minlangan  oilalarga  nafaqalar  fondlari  va 

boshqalar) tegishli bо‘lgan qismini shakllantirishda keng foydalaniladi. 

Budjet xarajatlarining tarmoq belgisi bо‘yicha guruhlarga ajratishning asos qilib 

milliy  iqtisodiyot  (xо‘jalik)ning  umume’tirof  etilgan  tarmoqlarga  bо‘linishi  qabul 

qilingan.  Shunga  muvofiq,  Budjet  xarajatlari  sanoat,  qishloq  xо‘jaligi,  qurilish, 

transport, aloqa, maorif, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport, fan, ijtimoiy sug‘urta 

va  ijtimoiy  ta’minot,  davlat  boshqaruvi,  mudofaa  va  h.k.  xarajatlariga  bо‘linishi 

mumkin.  Budjet  xarajatlari  milliy  iqtisodiyot  (xо‘jalik)  tarmoqlarining  pul  fondlarini 

shakllantirishda mustahkam moliyaviy asos yaratish bilan birgalikda  xarajatlarning 

tarmoqlararo bо‘linishi moliyaviy resurslarni taqsimlashdagi nisbatlarni aniqlashga 

ham  imkon  beradi,  milliy  xо‘jalikning  tarmoq  tarkibiy  tuzilishini  kerakli  

yо‘nalishda о‘zgartiradi. Masalan, hozirgi paytda mamlakatimizda yaratilgan milliy 

daromadning hajmi Budjet mablag‘larining  katta qismini ijtimoiy soha va aholini 

bevosita ijtimoiy qо‘llab-quvvatlashga yо‘naltirish imkonini berayapti. Bir vaqtning 

о‘zida  iqtisodiyotning  ustuvor  tarmoqlarining  (mashinasoz-lik,  qishloq  xо‘jaligi, 

elektroenergetika va boshqalar) katta kо‘lamlarda Budjetdan moliyalashtirilishi ham 

ta’min-lanayapti. 

Idoraviy  belgiga  kо‘ra  Budjet  xarajatlarining  klassifikatsiya  qilinishi  Budjet 

assignovaniyalarini oluvchi vazirlik, boshqa davlat muassasasi yoki yuridik shaxsning 

ajratib  olinishiga  imkon  beradi.  Budjet  xarajatlarining  ana  shunday  klassifikatsiya 

qilinishi  natijasida  boshqaruv  tizimining  о‘zgarishi  bilan  bog‘liq  bо‘lgan  xarajatlar 

tuzilmasidagi о‘zgarishlar о‘z vaqtida kо‘rsatiladi. 

Ijtimoiy  soha  va  aholini  ijtimoiy  qо‘llab-quvvatlash  xarajatlari  о‘z  tarkibiga 

maorif,  sog‘liqni  saqlash,  madaniyat  va  sport,  fan,  ijtimoiy  ta’minot,  aholi  uchun 

ijtimoiy ahamiyat kasb etgan xizmatlar baholaridagi farqlarni Budjetdan qoplash va 

oilalarga  ijtimoiy  nafaqalarni  oladi.  Davlatning  ijtimoiy  funksiyasini  о‘zida  aks 

ettirib,  bu  guruhdagi  Budjetning  xarajatlari  xalq  ta’limi  tizimini  rivojlantirish  va 

takomillashtirishga,  fan  va  madaniyatni  moliyalashtirishga,  aholining  tibbiy 



 

 



xizmatga  bо‘lgan  talabini  (ehtiyojini)  qondirishga,  ijtimoiy  sug‘urta  va  ijtimoiy 

ta’minotni amalga oshirishga  keng yо‘l ochib beradi. 

Ta’lim  va  sog‘liqni  saqlashning  tekinligi  hamon  ustuvorligicha  qolayapti. 

Umumiy ta’limni tekin va kasbiy ta’limni tanlov asosida olish kafolatlanganligicha 

qolmoqda. Aholining kam ta’minlangan qatlamlarini ijtimoiy himoya qilishga katta 

e’tibor  berilmoqda.  Ish  haqining  eng  kam  darajasini  oshirish,  ishsizlik  bо‘yicha 

berilishi  lozim  bо‘lgan  nafaqalarning  miqdorini  kо‘pay-tirish,  maktab  yoshigacha 

bо‘lgan  bolalar,  maktab  о‘quvchilari,  studentlarning  ovqatlanish  xarajatlarini 

kompensatsiya  qilish,  Budjet  tashkilotlari  xodimlarining  ish  haqini  tartibga  solish 

bо‘yicha choralar kо‘rilmoqda. 

 

 

II. Davlatning budjet xarajatlari orqali iqtisodiyotga aralashuvi. 



2.1. Budjet xarajatlari. 

 

Rivojlanayotgan  mamlakatlarga  subsidiyalar  va  kreditlar  berish  rivojlangan 



mamlakatlarning  budjetlari  hisobidan  amalga  oshiriladi.  Bunday  yordam  faqat 

iqtisodiy  omillar  bilan  emas,  balki  siyosiy  jihatlari  bilan  xarakterlanadi.  Imtiyozli 

shartlarda  kreditlashtirish  va  qaytarilmaydigan  tarzda  yordam  kо‘rsatish  uning 

kо‘rinishlaridandir. 

Budjetning  barcha  xarajatlari  yuqoridagi  beshta  guruhdan  qaysi  biriga 

kirishidan  qat’i-nazar,  ular  о‘zlarining  ma’lum  aniq  maqsadlarga  mо‘ljallanganligi 

bо‘yicha ham bir necha qismlarga bо‘linadi. Bu qismlar budjet xarajatlarining aniq 

turlaridan tarkib topadi. Kapital quyilmalar, dotatsiyalar, subvensiyalar, sub-sidiyalar, 

budjet  ssudalari,  ish  haqi,  ovqatlanish  xarajatlari,  kapital  va  joriy  remont, 

kanselyariya  va  xо‘jalik  xarajatlarini  budjet  xarajatlarining  konkret  turlari  sifatida 

kо‘rsatish mumkin. Budjet xarajatlarining ma’lum aniq maqsadlarga mо‘ljallanganligi 

bо‘yicha turkumlanishi budjet mablag‘laridan oqilona foydalanishga sharoit yaratadi, 

budjet  assignovaniyalaridan  foydalanish  ustidan  samarali  va  ta’sirchan  moliyaviy 

nazoratni amalga oshirishning zaruriy asosi hisoblanadi. 




 

 



Budjet  xarajatlarini  iqtisodiy  nuqtai  nazardan  turkumlarga  ajratilishi  bilan  bir 

qatorda    tashkiliy  jihatdan  ham  guruhlarga  ajratish  mumkin.  Buning  asosida  budjet 

xarajatlarini  yuqori  tashkilotlar  (vazirliklar,  uyushmalar,  assotsiatsiyalar,  birlashmalar, 

konsernlar,  kompaniyalar  va  h.k.)  va  hududiy  belgilari  yotishi  mumkin.  Budjet 

xarajatlarining yuqori tashkilotlar bо‘yicha guruhlanishi budjet  mablag‘larini aniq 

oluvchilarni kо‘rsatadi va ular tarmoq ichida pul fondlarini shakllantirishda mas’ul 

bо‘lib, ajratilgan budjet assignovaniyalaridan о‘z vaqtida, samarali va  qonuniy foy-

dalanish ustidan javobgardirlar. 

Davlat budjeti xarajatlari quyidagi shakllarda amalga oshiriladi

2



 budjetdan mablag‘ oluvchilarning joriy xarajatlari

 joriy budjet transfertlari; 

 kapital xarajatlar (asosiy fondlar va vositalarni (ular bilan bog‘liq ishlar va 

xizmatlar  ham  shular  jumlasiga  kiradi)ni  davlat  ehtiyojlari  uchun  olish  va  takror 

ishlab  chiqarish,  chet  elda  davlat  ehtiyojlari  uchun  yer  va  boshqa  mol-mulk  olish, 

davlat ehtiyojlari uchun yerga bо‘lgan huquqni va boshqa nomoddiy aktivlarni olish, 

davlat zaxiralarini vujudga keltirish xarajatlari); 

 kapital  xarajatlarni  qoplash  uchun  yuridik  shaxslarga  beriladigan 

transfertlar; 

 rezident-yuridik  shaxslarga  va  chet  el  davlatlariga  beriladigan  budjet 

ssudalari; 

 

  davlat  maqsadli  jamg‘armalariga  beriladigan  budjet  dotatsiyalari  va 



budjet ssudalari; 

 

  qonun hujjatlarida ta’qiqlanmagan boshqa xarajatlar. 



О‘z  navbatida,  Respublika  budjeti  xarajatlarining  tarkibi  quyidagilardan 

iborat (yuqoridagi qonunning 16-moddasi): 

 

  respublika 



budjetidan 

moliyalashtiriladigan 

budjet 

mablag‘i 

oluvchilarning joriy xarajatlari; 

 

  joriy budjet transfertlari; 



                                                 

2

 “Byudjet tizimi tо‘g‘risida”. О‘zbekiston Respubli-kasining qonuni, 14 dekabr 2000 yil. 



 


 

10 


 

 

  kapital xarajatlar (asosiy fondlar va vositalarni (ular bilan bog‘liq ishlar 



va  xizmatlar  ham  shular  jumlasiga  kiradi)  davlat  ehtiyojlari  uchun  olish  va  takror 

ishlab chiqarish,  chet elda davlat ehtiyojlari uchun yer va boshqa mol-mulk olish, 

davlat ehtiyojlari uchun yerga bо‘lgan huquqni va boshqa nomoddiy aktivlarni olish, 

davlat zaxiralarini vujudga keltirish xarajatlari); 

 

  kapital  xarajatlarni  qoplash  uchun  yuridik  shaxslarga  beriladigan 



budjet transfertlari; 

 

  Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlarga budjet 



dotatsiyalari, budjet subvensiyalari va budjet ssudalari; 

 

  rezident-yuridik shaxslarga va chet el davlatlariga beriladigan budjet 



ssudalari; 

 

  davlat  maqsadli  jamg‘armalariga  beriladigan  budjet  dotatsiyalari  va 



budjet ssudalari; 

 

  qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa xarajatlar. 



Shuningdek,  Qoraqalpog‘iston  Respublikasi  budjeti  va  mahalliy  budjetlar 

xarajatlari quyidagi shakllarda amalga oshiriladi (tegishli qonunning 19-moddasi): 

 

  Qoraqalpog‘iston 



Respublikasi 

va 


mahalliy 

budjet-lardan 

moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlarining joriy xarajatlari; 

 

  joriy budjet transfertlari; 



 

  kapital xarajatlar (asosiy fondlar va vositalarni (ular bilan bog‘liq ishlar 

va xizmatlar ham shular jumlasiga kiradi) davlat ehtiyojlari uchun olish va takror ishlab 

chiqarish,  davlat  ehtiyojlari  uchun  yerga  bо‘lgan  huquqni  va  boshqa  nomoddiy 

aktivlarni olish); 

 

  qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa xarajatlar. 



Bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  budjetning  xarajatlari  uning  daromadlari  bilan 

uzviy  bog‘langandir.  Bunday  о‘zaro  bog‘liqlik  xarajatlarning  miqdoriy  jihatdan 

daromadlarga muvofiq kelishi va ularning bir-biriga  о‘zaro ta’sir kо‘rsatishi orqali 

ifodalanadi.  Bir  tomondan,  aksariyat  hollarda,  budjet  xarajatlarining  hajmi  budjet 

daromadlarining  hajmi  bilan  cheklanadi.  О‘z  navbatida,  budjet  daromadlarining 



 

11 


 

hajmi esa davlatning iqtisodiy imkoniyatlari bilan aniqlanadi. Shuning uchun ham 

bu yerda budjet xarajatlarining shunday hajmini va milliy xо‘jalikda pul fondlarini 

shakllantirishda  budjet  mablag‘laridan  foydala-nishning  shunday  muddatlarini 

о‘rnatish kerakki, ular minimal xarajatlar qilib, maksimal samaraga erishish orqali 

davlat  oldidagi  ijtimoiy-iqtisodiy  vazifalarni  muvaffaqiyatli  bajarilishini 

ta’minlasin.  Boshqa  tomondan  esa,  ishlab  chiqarishning  о‘si-shiga  ijobiy  ta’sir 

qilish, ilmiy-texnika taraqqiyotini tezlashtirish va milliy xо‘jalikdagi proporsiyalarni 

optimallashtirish  orqali  budjetning  xarajatlari  uning  daromadlari  darajasining 

ortishiga о‘z ta’sirini kо‘rsatadi. 

Budjet  xarajatlari  hajmining  yildan-yilga  ortib  borishi  ularni    milliy  

xо‘jalikning  samaradorligi  nuqtai  nazaridan  baholashni  juda  dolzarb  muammoga 

aylantirib qо‘yadi. Bunda milliy xо‘jalikning yakuniy natijasini baholab, faqat unga 

tegishli  bо‘lgan  daromadlarning  qо‘shimcha  ravishda  о‘sganligiga  e’tibor  berish 

bilan  cheklanish  maqsadga  muvofiq  emas.  Bu  yerda,  bir  vaqtning  о‘zi-da, 

jamiyatning ijtimoiy taraqqiyot darajasi, ijtimoiy muammolarning qay darajada hal 

etilganligi  ham  nazardan  chetda  qolmasligi  kerak.  Albatta,  milliy  xо‘jalikning 

yakuniy  natijasi  budjet  xarajatlarining  umumiy  hajmiga,  ularning  tarkibiy 

tuzilishiga,  budjet  mablag‘laridan  tо‘g‘ri,  iqtisod  qilib  va  samarali  foydalanishga 

bevosita bog‘liq. Shuning uchun ham hozirgi sharoitda budjet xarajatlarining ilmiy 

asoslangan  holda    rejalashtirilishiga,  budjet  assignovaniyalaridan  foydalanish 

ustidan moliyaviy nazoratning butun tizimiga alohida e’tibor berish lozim. 

Milliy xо‘jalikni moliyaviy tartibga solishning muhim vosi-talaridan biri ham 

budjetning  xarajatlaridir.  Bu  yerda,  odatda,  moliyaviy  tartibga  solish  deyilganda, 

milliy  xо‘jalikdagi  oqilona  proporsiyalarni  ta’minlash  maqsadida  budjet 

mablag‘larini tarmoqlar va hududlar bо‘yicha taqsimlash va qayta taqsimlashning 

shakllari  va  metodlari  majmui  tushuniladi.  Milliy  xо‘jalikni  moliyaviy  tartibga 

solishning  obyektiv  zarurligi  katta  о‘zgaruvchanlik  bilan  xarakterlanadigan  uning 

murakkab  organizmi  bо‘lgan  turli  qismlarida  moliyaviy  resurslarni  jamg‘arish 

sur’atlari-ning  turlichaligi  bilan  izohlanadi.  Budjet  resurslarini  sarf  qilish  orqali 

davlat pul mablag‘larini taqsimlashda vujudga kelgan proporsiyalarni о‘zgartirishi 



 

12 


 

va  buning  oqibatida    ba’zi  bir  tarmoqlarning  (hududlarning)  rivojlanishini 

tezlashtirishi  va  boshqalarining  rivojla-nishini  rag‘batlantirmasdan,  milliy 

xо‘jalikning  rivojlanishini  tartibga  solishi  mumkin.  Budjet  mab-lag‘larining  katta 

qismini  muhim  ishlab  chiqarish-hududiy  komplekslarni  rivojlantirishga  sarflash 

sekin-astalik bilan chuqur sifat о‘zgarishlarining sodir bо‘lishiga – ijtimoiy ishlab 

chiqarishning tarkibiy tuzilmasining о‘zgarishiga olib keladi. 

 

2.2. Budjet tashkilotlarida buxgalteriya hujjatlari. 



Buxgalteriya  hisobining  tezkorligini  va  ishonchligini  ta’minlash  uchun  hujjat 

ma’lum xо‘jalik operatsiyasini tavsiflaydigan ishonchli ma’lumotlarga ega bо‘lishi 

kerak. Har bir hujjat о‘zining tayinlanishiga tо‘la javob berishi va yuridik kuchga 

ega bо‘lishi uchun u ma’lum minimum kо‘rsatkich(rekvizit)larga ega bо‘lishi kerak.  

Hisob registrlarida yozuvlar buxgalteriya hujjatlari asosida qilinadi. Xо‘jalik 

operatsiyalarining amalga oshirilganligini va ularni amalga oshirishga berilgan 

farmoyishlarni qayd qilgan boshlang‘ich hisob hujjatlari buxgalteriya hisobi uchun 

asos bо‘ladi. Boshlang‘ich hisob hujjatlari xо‘jalik operatsiyalari oshirilayotgan vaqtda 

yoki ular amalga oshirilgandan sо‘ng tuziladi.   


Download 0,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish