O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
QARSHI MUHANDISLIK IQTISODIYOT INSTITUTI
IQTISODIYOT FAKULTETI
“INNOVATSION IQTISODIYOT” KAFEDRASI
I-161-18 guruh talabasi
To’raxo’jayeva Azizabonu Ilxom qizining
Mavzu: Transmilliy korporatsiyalarni jahon iqtisodiyotining globallashuvidagi o’rni
GLOBAL IQTISODIY RIVOJLANISH
FANIDAN
KURS ISHI
Ilmiy rahbar: O.Dj.Xusainov
QARSHI – 2022 yil
I bob Globallashuv va transmilliy korporatsiyalarning nazariy asoslari va rivojlanish bosqichlari 5
1.1. Jahon iqtisodiyotida baynalmilallashuv, transmilliylashuv va globallashuv jarayonlari 5
1.2. Transmilliy korporatsiyalarning vujudga kelishi omillari va rivojlanish bosqichlari 16
II bob. Jahon iqtisodiyotida rivojlangan TMKlarning zamonaviy holatini analitik tahlili 27
2.1. Rivojlangan davlatlardagi TMK larning tarkibiy tuzilishi va ularning tahlili (AQSh va Yaponiya misolida) 27
2.2. Top-10 TMKlar daromadining Jahon YaIMisini shakllantirishdagi roli va ahamiyati 37
III.bob O’zbekiston iqtisodiyotidagi TMKlar faoliyatining zamonaviy holati 40
3.1.O’zbekistonda Respublikasida faoliyat yuritayotgan TMKlarning joriy holati 40
3.2. O’zbekiston iqtisodiyotiga TMKlarni jalb qilish va ularning faoliyatini yanada rivojlantirish yo’nalishlari 46
To’rtinchidan, zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini aksiyadorlik jamiyatlariga tadbiq qilish va ularning samaradorligini oshirish orqali To’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar(TTXI)ni jalb etish mumkinligini bilib oldik.Xulosa 54
Zamonaviy globallashgan jahon iqtisodiyotida o’z rivojlanish tendensiyalariga ega bo’lgan transmilliy korporatsiyalarning jahon iqtisodiyotidagi tutgan o’rni, uning o’ziga xos xususiyatlari va ko’lamini tahlil qilish muhimligi TMKlarning 500 tasi hozirgi jahon iqtisodiyotining qo’l ostida xususiy ishlab chiqarish fondlarining taxminan 50 %i, xalqaro savdoning 60 %ga yaqini mujassamlanganligi bilan tavsiflanadi. Ular hissasiga ilm-fan va texnika sohalarida patentlangan va tadbiq etilgan barcha yangiliklarning 80%i to’g’ri keladi. Transmilliy korporatsiyalar tomonidan jahon bozorlaridagi deyarli butun xom-ashyo savdosi, shu jumladan bug’doy, kofe, jo’xori, o’rmon materiallari, tamaki, temir rudasi jahon savdosining 90 %, mis va boksitning 85 %, choy va qalayning 80 %, banan, tabiiy kauchuk va xom neftning 75 % nazorat qilinadi. Ular hissasiga ilm-fan va texnika sohalarida patentlangan va tadbiq etilgan barcha yangiliklarning 80 % to’g’ri keladi. TMKlarning umumiy valyuta zahirasi jahonning barcha markaziy banklarining birgalikdagi zaxirasidan bir necha barobar ko’p.
Xususiy sektorda bo’lgan pul miqdorining 1-2%ga siljishi istalgan ikkita milliy valyutalarining o’zaro paritetini o’zgartirishga qodir.
Xalqaro kompaniyalar butun dunyoni yagona bozor deb qarashadi, ko’pchilik mamlakatlarda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiradilar, xorijiy sarmoyalar lokomotivi bo’lib qatnashadilar va milliy chegaralardan qat’iy nazar strategik qarorlar qabul qiladilar.
Islohotlar natijasida investitsiya faoliyatini tartibga soluvchi 50 dan ortiq me’yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilindi va bu hujjatlar globallashuvning yangi bosqichiga qadam qo’yishga asos bo’ldi. “Konsessiyalar to‘g‘risida”gi, “Erkin iqtisodiy zonalar to‘g‘risida”gi, “Chet el investitsiyalari to‘g‘risida”gi, “Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to‘g‘risida”gi, “Investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi, “Tashqi iqtisodiy faoliyat to‘g‘risida”gi qonunlar ana shular jumlasidandir.
Yuqorida keltirib o’tilgan raqamlardan ham bilib olish mumkinki, hozirgi mamlakatlarning milliy iqtisodiyotlari bir-birlari bilan aloqa o’rnatishlari juda ham oson bo’lib, ular hatto qaysidir ma’noda bir-biriga bog’liq iqtisodiyot bo’lib chiqishi tabiiy holga aylanmoqda. Buning uchun albatta nafaqat hukumatlar doirasida balki, yirik xalqaro korporatsiyalar – Transmilliy korporatsiyalarning bosh ofisi va ularning boshqa mamlakatlardagi filiallari orasidagi munosabatni belgilab bermoqda.
Albatta, jahon iqtisodiyotining baynalmilallashuvi, transmilliylashuvi va globallashuvi xalqaro iqtisodiy munosabatlarning chuqurlashuviga sabab bo’lmoqda va kerak bo’lsa, ushbu munosabatlarni belgilab berayotgan jarayonlar hisoblanadi. Suhbu munosabatlarning boshlanishida birlamchi ishtirokchilar bo’lib faqat davlatlar bo’lgan bo’lsa, hozirgi kunga kelib, yirik TMKlar, transmilliy banklar, xalqaro investitsiya va kreditning asosiy obyektlari bo’lmish – xalqaro tashkilotlar hisoblanadi.
Har bir bozor iqtisodiyoti tizimida faoliyat yurituvchi mamlakatlar ushbu jarayonlardan chetda qolishi mumkin emas. Aksincha har bir mamlakat globallshuv jarayoninig ijobiy tomonlarini o’zida singdirishga harakat qiladi: yirik TMKlar, xalqaro tashkilotlar tomonidan kiritiluvchi manfaatli investitsiyalarni o’z mamlakati iqtisodiyotiga jalb qilinishini xohlaydi va bunga harakat qiladi.
Oxirgi yillarda shakllanish va o’z mavqeini mustahkamlash bosqichida turgan Rossiya TMKlari jahon tovar va xizmat ko’rsatish bozorida o’z faoliyatini faollashtirmoqda. Zamonaviy TMKlarga o’xshash bir qator Rossiya xalqaro kompaniyalari Sovet Ittifoqi davridayoq shakllangan edi.
Xalqaro xo’jalik aloqalarining TMK kabi samarali shaklining imkoniyatlari MDH mamlakatlari kompaniyalarining moliyaviy, texnik va ilmiy resurslarini birlashtirish uchun yana ham kengroq qo’llanilmoqda. Bu kabi TMKlarni tuzish uchun moliyaviy sanoat guruhlari (MSG) asos bo’lmoqda. MDH mamlakatlariga tegishli yuridik shaxslarni birlashtiruvchi bu guruhlar transmilliy MSG – TMSG sifatida ro’yxatga olinadi. Ular yagona texnik struktura, marketing, moliyaviy siyosat o’tkazish maqsadida tashkil etiladi. Hukumatlararo kelishuvlar asosida TMSG tashkil etilganda ularga davlatlararo moliyaviy sanoat guruhlari – DMSG maqomi beriladi.
Yuqoridagi sabablarni hisobga olgan holda, ushbu, hozirgi kunda rivojlanib borayotgan va dolzarbligi oshayotgan transmilliy korporatsiyalarning faoliyatini tahlil qilish va uning kelajakdagi rivojlanish tendensiyalarini o’rganish iqtisodiyotimizni yanada rivojlantirib, jahon miqyosida o’z o’rnimizni mustahkamlash uchun zarur ko’nikmalarga ega bo’lishimizni taqazo etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |