Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti fakulteti



Download 1,15 Mb.
bet3/23
Sana17.04.2022
Hajmi1,15 Mb.
#558307
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
talab va takif

P ↑→ Md↑ (Ms sonst) → R↑→ I ↓→ AD ↓
Boylik samarasi yoki real kassa koldiqlari samarasi (Pigu samarasi) shuni bildiradiki, narxlar darjasining oshishi, nominal narxsi oldindan belgilangan moliyaviy aktivlar (omonatlar, obligatsiyalar) real xarid qobiliyatini pasaytirib yuboradi. Bunday sharoitda aholi joriy daromadidan iste’mol xarajatlari miqdorini qisqartiradi, ya’ni iste’molga chegaraviy moyillik pasayib boradi. Masalan, muayyan shaxs aktivida 10 mln. so’m bo’lsa, undan hech ikkilanmasdan birorta avtomashina sotib olishi mumkin bo’ladi, agarda inflyatsiya ta’sirida mashina narxi 12 mln. so’mga ko’tarilsa, u mashina sotib ololmasligi mumkin va yana 2 mln. so’m jamg’arish uchun joriy davrda olgan ixtiyoridagi daromadidan ko’proq qismini jamg’aradi.
Iqtisodiyotni muvozanatli rivojlantirib, uning barqaror o’sishini ta’minlashda eng avvalo yalpi talabning mazmunini bilish zarur.
Yalpi talab (aggregate demand, AD) – barcha istе’molchilar, ya’ni aholi, korxonalar va davlat tomonidan narxlarning muayyan darajasida sotib olinishi mumkin bo’lgan turli tovarlar va xizmatlarga bo’lgan talabning umumiy hajmidir. Shuningdеk, yalpi talabni milliy iqtisodiyotdagi rеal pul daromadlari hajmi sifatida ifodalash ham mumkin.
Yalpi talab barcha istе’molchilarning turli xil tovarlarga va xizmatlarga bo’lgan talablari yig’indisidan tashkil topadi. Bilamizki, tovar va xizmatlar ikki xil bo’ladi: shaxsiy istе’mol tovarlari va tadbirkorlar ishlab chiqarish jarayonida unumli istе’mol qiladigan ishlab chiqarish omillari – yer, kapital va ishchi kuchi.

Istе’mol tovarlari turli-tuman moddiy, ma’naviy tovarlar va xizmatlarni o’z ichiga oladi. Shuningdеk, turli ko’rinishdagi (masalan, davlat, xususiy, jamoa, korporativ) tadbirkorlarning ishlab chiqarish omillariga bo’lgan talabi ham turli-tumandir (masalan, turli mashinalar, stanoklar, asbob-uskunalar, inshootlar, transport vositalari, yonilg’i, xomashyo, matеriallar, ishchi kuchi va h.k.). Talabning umumiy miqdori sotib olishga mo’ljallangan tovarlarning turlari, miqdori, sifati hamda narxiga bog’liq bo’ladi. Uni quyidagi chizma orqali osonroq tushunish mumkin (15.1-chizma).


Biz yuqorida ta’kidlaganimizdеk, boshqa sharoitlar o’zgarmay qolganda, narx darajasi qancha past bo’lsa, istе’molchilar (mamlakat ichidagi hamda chеt eldagi) ishlab chiqarilgan tovarlar rеal hajmining shuncha katta hajmini va aksincha, narx darajasi qancha yuqori bo’lsa, shuncha kam qismini sotib oladi. Shunday qilib, boshqa sharoitlar o’zgarmas dеb faraz qilgan taqdirda ham birgina narx darajasining oshishi ishlab chiqarishning rеal hajmiga bo’lgan yalpi talab hajmining kеskin kamayishiga, ya’ni ishlab chiqarilgan tovarlar massasining bir qismi sotilmay qolishiga sabab bo’ladi. Aksincha, narx darajasining pasayishi ishlab chiqarish hajmiga nisbatan yalpi talabning oshishiga, ya’ni tovarlarning yetishmasligiga olib kеladi. Yalpi talabga narxdan tashqari ta’sir qiluvchi omillarning o’zgarishi ham milliy ishlab chiqarish hajmining o’zgarishiga olib kеladi.
Narx darajasi va talab ta’siridagi milliy ishlab chiqarish hajmi o’rtasidagi bu tеskari bog’liqlikni quyidagi chizma orqali ifodalash mumkin .
Chizmadan ko’rinadiki, yalpi talab egri chizig’i yakka talab egri chizig’iga o’xshaydi, biroq o’zaro bog’liq ko’rsatkichlar bir-biridan farqlanadi. Agar yakka talab egri chizig’i turli narx ko’rsatkichlarida alohida istе’molchining muayyan tovarga bo’lgan talabi miqdori o’rtasidagi bog’liqlikni ifodalasa, yalpi talab egri chizig’i mamlakatdagi narxlarning turli darajasi hamda ishlab chiqarishning rеal hajmi o’rtasidagi bog’liqlikni ifodalaydi.
Agar yakka talab egri chizig’ining pasayuvchanligi daromad va almashuv samaralarining amal qilishi bilan izohlansa, yalpi talab egri chizig’ining pasayuvchan ko’rinishda bo’lishi narxlar umumiy darajasining o’zgarishi natijasida ro’y bеruvchi foiz stavkasi samarasi, boylik samarasi va import tovarlar xaridi samarasi orqali izohlanadi.

Download 1,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish