Geterotroflar –
(yunoncha heteros– boshqa va trohpe- oziqa) – tayyor organik
moddalardan oziqlanish uchun foydalanuvchilar. Geterotrofga inson, barcha hayvonlar,
ayrim o’simlik va mikroorganizmlar kiradi (3- 4 boblar).
95.
Gidroksidli guruh (gidroksil) –
kimyoviy birikmalar molekulalari tarkibiga kiruvchi
ON-guruhi, masalan; suvda (NON), ishqorda (NaOH), spirtda ( C
2
H
5
OH) (7-bob).
96.
Gipotetik –
gipotezaga asoslangan, hodisalarning qonuniy munosabatlari to’g’risida
taxminiy munozara yuritish (6-bob).
97.
Gipoteza –
(yunoncha hypothesis– asos, faraz) – hodisalarning qonuniy munosabatalari
to’g’risida taxminiy munozara yuritish (kirish).
98.
Global –
(frantsuzcha global– umumiy, lotincha globus- shar) Yer sharini, butun dunyoni
egallovchi (Kirish).
99.
Golotsen
(yunoncha holos– butun, va kainos-yangi) – (muzlik davridan keyin)
zamonaviy geologik davrda tugallanmagan to’rtlamchi (antropogenli) davr qismi.
100.
Golotur –
(dengiz bodringlari) igna terili dengiz umurtqasiz hayvonlar sinfi turi. Tanasi
odatda chuvalchangsimon (2 metrgacha). Dengiz tubida sudralib yuruvchilar shaklida.
101.
Do'stlaringiz bilan baham: |