ATROF MUHIT VA TABIATNI MUHOFAZA QILISH SOHALARIDAGI MAXSUS
MUASSASA VA HALQARO TASHKILOTLAR
VMO
– Butunjahon meteorologiya tashkiloti. Suv va havo havzasining ifloslanishini nazorat
qilib, atmosfera himoyasi va barcha turdagi meteorologik ma‘lumotlarni tayyorlaydi.
VOZ
– Butunjahon sog’liqni saqlash tashkiloti. Sakkiz tilda «Jahon sog’lig’i» jurnalini chop
etib aholi o’rtasida tibbiy bilimlarni tashviqot qiladi, inson kasalliklariga qarshi kurashadi,
atrof muhitni sog’lomlashtirish bo’yicha turli tadbirlar o’tkazadi.
VFOP
- Butunjahon tabiatni muhofaza qilish fondi. Dunyo faunasi va ekologik tizimlar
muhofazasi masalalari bilan shug’ullanib, yoshlar orasida tashviqot ishlarini olib boradi, har
xil materiallarni, jumladan, o’quv dasturlarini chop etadi, tabiatni kuzatish dala markazlarini
tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |