Qarshi muhandislik iqtisodiyot institui neft va gaz fakulteti «texnologik mashinalar va jihozlar» kafedrasi


Aralashtiruvchi issiqliк almashgichlar



Download 6,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/163
Sana25.04.2022
Hajmi6,47 Mb.
#581207
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   163
Bog'liq
neftkimyo va neft - gazni qayta ishlash jihozlari fani boyicha maruzalar matni

Aralashtiruvchi issiqliк almashgichlar 
Bunday issiqlik almashish uskunalari yuqori samarali texnologik 
uskunalar qatoriga kiradi. Issiqlik tashuvchi agentlarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
kontakti asosida issiqlik almashinish yuz beradi, bunda uskuna devorining 
termik qarshiligi bo‘lmaydi. Shu sababdan aralashtiruvchi uskunalarda issiqlik 
almashinish jarayonlari jadal sur’atlar bilan boradi. Ushbu issiqlik 
almashgichlardan issiqlik tashuvchi agentlarni o‘zaro aralashtirish mumkin yoki 
texnologik shart-sharoit bo‘yicha issiqlik tashuvchi muhitlarni aralashtirish zarur 
bo‘lgan holatlarda foydalaniladi. 
Кo‘pincha 
aralashtiruvchi 
issiqlik 
almashgichlar 
suv 
bug‘ini 
kondensatsiya qilish, suv va gazlarni (odatda havoni) isitish va sovitish uchun 
ishlatiladi. Bunday uskunalar tuzilishiga ko‘ra bir necha turga bo‘linadi: 
barbotajli, tokchali, nasadkali, ichi bo‘sh (suyuqlikni sochib beradigan). 
Bug‘ yoki gazning suyuq holatga o‘tish jarayoni kondensatsiya deyiladi. 
Neft va gazni qayta ishlash sanoatida kondensatsiya jarayoni keng tarqalgan. 
Кondensatsiya jarayoni olib boriladigan uskunalar kondensatorlar deyiladi. 
Sovituvchi agent vazifasini ko‘pincha suv, ayrim hollarda havo va boshqa sovuq 
tashuvchi agentlar bajaradi. Кondensatorlar yuzali va aralashtiruvchi bo‘ladi. 
Yuzali konden-satorlarda kondensatsiyalanayotgan bug‘ va sovituvchi suv 
o‘zaro issiqlik o‘tkazuvchi devor orqali ajratilgan bo‘ladi. Aralashtiruvchi 
kondensatorlarda esa bug‘ suv bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aralashishi natijasida 
kondensatsiyaga uchraydi. 
Bug‘ va suvning o‘zaro harakatiga ko‘ra aralashtiruvchi kondensatorlar 
qarama-qarshi va to‘g‘ri yo‘nalishli bo‘ladi. 9-rasmda to‘g‘ri yo‘nalishli 
aralashtiruvchi kondensator ko‘rsatilgan. Кondensator qobig‘i (1) ga qopqoq (2) 
dagi patrubka (3) orqali kondensatsiyalanish lozim bo‘lgan bug‘ kiritiladi. 
Sovituvchi suv soplo (4) orqali sochib beriladi. Isitilgan suv kondensat va havo 
bilan birgalikda patrubka (5) orqali nam-havo nasosi (6) yordamida tashqariga 
chiqariladi. 
10-rasmda qarama-qarshi yo‘nalishli barometrik kondensator ko‘rsatilgan. 
Qobiqda 5–7 ta tokchalar bo‘lib, ularda bug‘ va suv o‘zaro bevosita kontaktga 
o‘chraydi. Tokchalarda suvning balandligi 40 mm ga yaqin bo‘lib, tokchalar 
chekkasidagi to‘siqlar yordamida ushlab turiladi. Tokchalarning yuzasi yaxlit 
yoki g‘alvirsimon bo‘ladi. Кo‘pincha yaxlit tokchalar ishlatiladi. Bug‘ pastki 
tokchaning tagiga beriladi va yuqoriga qarab harakat qiladi. Bug‘ tokchalar 
orasida suv bilan aralashishi natijasida kondensatsiyaga uchraydi. Tokchalar 
o‘rtasida masofa pastdan yuqoriga qarab kamayib boradi, chunki bug‘ning 
miqdori ham yuqoriga ko‘tarilgan sari kamayadi. Кondensatorga bug‘ va
sovituvchi suv bilan birmuncha havo ham kirishi mumkin. 


130 
9-rasm
. To‘g‘ri yo‘nalishli aralashtiruvchi kondensator: 
1–kondensator qobig‘i; 2–qopqoq; 3–bug‘ning kirishi uchun patrubka;
4–sochib beruvchi soplo; 5–suv, kondensat va havoni chiqarish 
uchun patrubka; 6–nasos. 
Havo kondensatorning yuqorigi qismidan tomchi ushlagich orqali so‘rib 
olinadi. Tomchi ushlagichda havodan suv tomchilari ajratiladi; ajralgan suv 
tomchilari barometrik quvurga tushadi. Barometrik quvurda kondensatordagi 
vakuumning qiymatiga to‘g‘ri keladigan suv ustuni ushlab turiladi. Barometrik 
quvur tashqaridagi havoning uskunaga kirmasligiga to‘sqinlik qilib, gidravlik 
zatvor vazifasini bajaradi. Кondensat va suv barometrik idishga tushadi, so‘ngra 
tashqariga chiqarib yuboriladi. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
10-rasm.
Qarama-qarshi yo‘nalishli barometrik kondensator: 
1–kondensator; 2–tomchi ushlagich; 3–tokchalar; 
4–barometrik quvur; 5–barometrik idish. 


131 

Download 6,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish