38
6-rasm.
Uzlyuksiz ishlaydigan rektifikatsion qurilma sxemasi:
1–isitkich; 2–rektifikatsion kolonna; 3–deflegmator; 4–ajratgich; 5–sovitkich;
6–distillyat uchun yig‘gich; 7–qaynatgich; 8–qoldiq mahsulot uchun yig‘gich.
Кolonnaning pastidan yuqoriga qarab bug‘lar harakat qiladi, bu bug‘lar
kolonnaning pastki qismiga qaynatgich orqali o‘tadi. Qaynatgich odatda
kolonnaning tashqarisida yoki uning pastki qismida joylashgan bo‘ladi. Bu
issiqlik almashgich yordamida bug‘ning yuqoriga yo‘nalgan oqimi hosil
qilinadi. Кolonnaning tepasidan pastga qarab suyuqlik harakat qiladi. Bug‘lar
deflegmatorda kondensatsiyaga uchraydi.
Deflegmator sovuq suv bilan
sovitiladi. Hosil bo‘lgan suyuqlik ajratkichda ikki qismga ajratiladi. Birinchi
qism – flegma kolonnaning yuqorigi tarelkasiga beriladi. Shunday qilib,
kolonnada suyuq fazaning pastga yo‘nalgan oqimi yuzaga keladi. Ikkinchi qism
– distillyat sovitilgandan so‘ng yig‘gichga yuboriladi.
Deflegmatorda bug‘lar to‘la yoki qisman kondensatsiyaga uchraydi.
Birinchi holda kondensat ikkiga bo‘linadi. Birinchi qism – flegma kolonnaga
qaytariladi, ikkinchi qism esa distillyat (rektifikat yoki yuqorigi mahsulot)
sovitkichda sovitilgandan so‘ng yig‘ish idishiga yuboriladi.
Ikkinchi holda esa
deflegmatorda
kondensatsiyaga
uchramagan
bug‘lar
sovitkichda
kondensatsiyalanadi va sovitiladi; bu holda ushbu issiqlik almashgich distillyat
uchun kondensator – sovitkich vazifasini bajaradi.
Кolonnaning pastki qismidan chiqayotgan qoldiq ham ikki qismga
bo‘linadi. Birinchi
qism qaynatkichga yuboriladi, ikkinchi qism (pastki
mahsulot) esa sovitkichda sovitilgandan so‘ng yig‘ish idishiga tushadi.
Rektifikatsion qurilmalar odatda nazorat-o‘lchash va boshqaruvchi asbob-
Kondensat
Dastlabki
aralashma
Bug
‘
Suv
Suv
Kondensat
Qоldiq
Distillyat
1
7
8
6
5
2
3
Bug‘
4
39
uskunalar bilan jihozlangan bo‘ladi. Bu asbob-uskunalar yordamida qurilmaning
ishini avtomatik ravishda boshqarish va jarayonni maqbul rejimlarda olib borish
imkoni paydo bo‘ladi.
REКTIFIКATSION КOLONNANING MODDIY BALANSI
Rektifikatsiya jarayonini hisoblash va tahlil qilishda fazalar tarkibi va
miqdori mol ulushlarda ifodalanadi. Hisoblash ishlarini osonlashtirish uchun
quyidagi shartlar qabul qilinadi: 1) kolonnadan chiqib, deflegmatorga kirayotgan
bug‘ning tarkibi (u
d
) va kolonnaga qaytib tushayotgan flegmaning tarkibi (x
d
)
bir
xil qiymatga ega, ya’ni u
d
=x
d
; 2) qaynatgichdan chiqib, kolonnada
ko‘tarilayotgan bug‘ning tarkibi kolonnaning pastki qismi (kub-bug‘latgich) dan
chiqayotgan suyuqlikning tarkibiga teng, ya’ni u
w
=x
w
.
7-rasmda ko‘rsatilgan sxemaga ko‘ra rektifikatsion kolonnaning moddiy
balansini tuzamiz:
– oqimlar bo‘yicha G
F
= G
D
+ G
W
; (1)
– yengil uchuvchan komponentlar bo‘yicha
G
F
x
f
= G
D
x
d
+ G
W
x
w
; (2)
bu yerda, G
F
, G
D
, G
W
–
dastlabki aralashma,
distillyat va qoldiq
mahsulotning massaviy yoki mol hisobidagi sarflari; x
f
, x
d
, x
w
– yengil
uchuvchan komponentning dastlabki aralashma, distillyat va qoldiq
mahsulotdagi massaviy yoki mol ulushlari hisobidagi tarkibi.
7-rasm.
Rektifikatsion kolonnaning moddiy balansini aniqlashga doir: 1–kolonna; 2–kub-
bug‘latgich; 3–deflegmator.