Qarshi muhandislik iqtisodiyot institui neft va gaz fakulteti «texnologik mashinalar va jihozlar» kafedrasi



Download 6,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/163
Sana25.04.2022
Hajmi6,47 Mb.
#581207
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   163
Bog'liq
neftkimyo va neft - gazni qayta ishlash jihozlari fani boyicha maruzalar matni

 
 
Gaz hamda bug‘-gaz aralashmalaridagi bir yoki bir necha 
komponentlarning suyuqlikda tanlab yutilish jarayoni absorbsiya deb ataladi. 
Yutilayotgan gaz absorbtiv, yutuvchi suyuqlik absorbent deyiladi. Absorbtiv 
bilan absorbentning o‘zaro ta’siriga ko‘ra absorbsiya jarayoni ikki xil bo‘ladi: 
fizik absorbsiya va kimyoviy absorbsiya (xemosorbsiya). Fizik absorbsiyada 
yutilayotgan gaz bilan absorbent o‘zaro bir-biri bilan kimyoviy birikmaydi. Agar 
yutilayotgan gaz absorbent bilan o‘zaro birikib, kimyoviy birikma hosil qilsa
xemosorbsiya deyiladi. Absorbsiya jarayonida gazning yutilmay qolgan qismi
inert gaz deb ataladi. 
Fizik absorbsiya ko‘pincha qaytar jarayondir, ya’ni suyuqlikka yutilgan 
gazni ajratib olish mumkin bo‘ladi, bunday jarayon desorbsiya deyiladi. 
Absorbsiya bilan desorbsiya jarayonlarini uzlyuksiz olib borish natijasida 
yutilgan gazni toza holda ajratib olish va yutuvchi absorbentni bir necha marta 
qayta ishlatish imkoni paydo bo‘ladi. Odatda absorbtiv va absorbent arzon va 
ikkilamchi mahsulot bo‘lgani uchun, ular absorbsiya jarayonidan keyin 
ko‘pincha qayta ishlatilmaydi.
Sanoatda absorbsiya jarayoni turli maqsadlarda qo‘llaniladi: 1) gaz 
aralashmalaridan qimmatbaho komponentlarni ajratib olishda; 2) gaz 
aralashmalarini zaharli moddalardan tozalash uchun; 3) gazlarni quritish; 4) 
tayyor mahsulotlar olishda va hokazo. 
Har bir aniq sharoit uchun tegishli absorbent tanlab olinadi; bunda 
yutilishi lozim bo‘lgan komponentning absorbentdagi eruvchanligi hisobga 
olinadi. Tajriba yo‘li bilan aniqlanganki, absorbsiya jarayonida har doim 
issiqlikning ajralib chiqishi yuz beradi. Gazlarning suyuq absorbentlardagi 
eruvchanligi quyidagi omillardan bog‘liq bo‘ladi: 1) gaz va suyuq fazalarning 
fizikaviy va kimyoviy xossalari; 2) harorat; 3) gazning aralashmadagi bosimi. 
Absorbentlarni tanlashda quyidagi omillarga ahamiyat beriladi: ajratilishi 
lozim bo‘lgan gazning tarkibi; jarayonning bosimi va harorati; uskunaning ish 
unumdorligi; absorbentning tanlab ta’sir qiluvchanligi va uning yutish 
qobiliyati, korroziyaga uchrashish faolligi, narxi, zaharlik darajasi va hokazo. 
Neft va gaz sanoatida absorbsiya jarayoni uglevodorodli gazlarni ajratish, 
quritish va tozalashda ishlatiladi. Tabiiy va yo‘ldosh gazlardan absorbsiya usuli 
bilan etan, propan, butan va benzin komponentlari ajratib olinadi. Absorbsiya 
yordamida tabiiy gazlarni nordon komponentlar (oltingugurt vodorodi, 
oltingugurt uglerodi, uglerod dioksidi, merkaptanlar va hokazo) dan tozalanadi. 
Absorbsiya yordamida piroliz va katalitik kreking gazlari ajratiladi va gazlar 
zararli qo‘shimchalardan tozalanadi. 
Uglevodorodli gazlarni ajratishda absorbent sifatida benzin yoki kerosin 
fraksiyalari hamda gaz kondensati ishlatiladi; bunday gazlarni quritishda esa 
dietilenglikol 
va 
trietilenglikoldan 
foydalaniladi. 
Gazlarni 
nordon 



komponentlardan 
tozalash 
uchun 
N-metil-2-pirrolidon, 
glikollar, 
propilenkarbonat, tributilfosfat, metanol ishlatiladi.
Absorbsiya jarayonini o‘tkazishga mo‘ljallangan uskunalarni absorberlar 
deb yuritiladi.

Download 6,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish