4 – rasm Antropogen va tabbiy chang manbalari hajmning taqqoslanishi.
Respublika bo’yicha atmosferaga qattiq zarralar tashlamalari antropogen manbalarining umumiy hajmi tabiiy manbalarga nisbatan ancha past bo’lib, 1,311 mln.t/yilga baholanadi. Antropogen tashlamalarda qattiq zarralar ulushi yuqori emas va sanoat manbalari uchun 16%, ko’chma manbalar uchun esa 2%ni tashkil qiladi (5 – rasm).
Qattiq zarrachalar
boshqalar
5 – rasm Tashlanmalardagi qattiq zarrachalar ulushi: a) – sanoat manbalarda. b) – harakatlanuvchi manbalarda.
Respublikaning atmosfera havosini ifloslantirishda harakatlanuvchi manbalarning tashlamalari asosiy manba bo’lib qolmoqda.1989 yildan boshlab, avtotransportdan ifloslantiruvchi moddalar tashlanishi o’rtacha 3-5%ga kamayishi kuzatilmoqda.2007 yilda mazkur tashlanmalar 1397,42 ming t yoki atmosferaga tashlanayotgan ifloslantiruvchi moddalarning umumiy hajmining qariyb 70%ni, Toshkent shahri va respublikaning boshqa yirik shaharlarida 80% va undan ortiqqa etadi. Shu bilan birga ko’chma manbalar asosiy ulushi avtomobil transportiga to’g’ri keladi, uning tashlamalari 60 foizdan ortig’ini tashkil etadi (6-rasmga qarang).
6 – rasm Ko’chma ifloslantirish manbalardan ifloslantiruvchi moddalar tashlanishining taqsimlanishi.
- avtomobil transporti, - qishloq xo’jalgi transporti, - aviasiya transporti, - temir yo’l transporti, - boshqa ko’chma manbalar.
Xulosa
Birinchi yer ustidagi atmosferaning qobig’i – troposfera bo’lib, u kimyoviy bog’lanishlardan tashkil topgan gazdir.Unda doimo uzliksiz kimyoviy jarayonlar bo’ladi.Ular natijada atmosferaga ta’sir etadi. Bu jarayonlarning mexanizmini va tezlikni bilish atmosferaga chiqadigan antropogen, tabbiy yoki atmosferaning transformasiyasi natijasida uninh monitoringini bemalol qilsa bo’ladi.
Ko’pincha atmosferaga chiqadigan chiqindilar qayta tiklanadigan yoki oksidlanishi natijasida chiqadi ( vodorod sulfid, metan, azot oksidi). Atmosferadagi gazlarning tahlili shuni ko’rsatdi-ki ayniqsa yer yuzasiga yaqin qismida asosan kuchli oksidlovchi moddalar ko’p hosil bo’lgan.Bularga sulfat kislota, azot oksidlari, nitrat kislotalari, uglerod oksidlaridir.
Shunday qilib troposferada asosiy rolni oksidlovchi moddalar o’ynaydi.
Atmosfera havosining monitoring – atmosferadagi zararli gazlar haqida ma’limotlarni beradi, ularning qanchalik darajada zaharliligini, o’simliklarga, hayvonlarga va insonlarga ta’sirini ko’rsatadi. Rivojlangan davlatlarda monitoringni ta’minlash uchun ifloslangan havoni avtomatlashtirilgan tizimlar nazoratini (IHATN) taklif qildi.
Ifloslangan havoni avtomatlashtirish tizimini nazorat qilish masalasini yechish quyidagilar:
Avtomatik kuzatish va ifloslantiruvchi moddalarni konsentrasiyasini registrasiya qilish;
Olingan moddaning analiz qilib, olingan natijalardan asoslab xulosa chiqarish;
Ifloslanishni oldini olishni yo’llarini ishlab chiqish;
Ifloslanish darajasini aniqlash;
Atrof muhitni ifloslanish oldini olish;
Aniq ma’lumotlar olish.
Ifloslangan havoni avtomatlashtirilgan tizim nazorati quyidagi gaz aralashmalari yoki gazlarni aniqlashda ishlatiladi. Masalan; SO2; CO; NOx; O3; CmHn; H2S; NH3; Bundan tashqari temperaturani o’lchaydi, havo namligini ham olchab beradi.
Hozirda ifloslangan havoni avtomatlashtirilgan tizim nazorat yildan – yilga o’sib bormoqda.Sababi uni har xil stansiyalari hamma joylarga qo’yilmoqda.Bu esa barcha joylarni kuzatishga yordam bermoqda.Keyinchalik esa bu sistemani takomillashishi natijasida global monitoringni ham yanada rivojantiradi. Bu esa barcha shaharlar, davlatlar qo’shilishib atmosferani ifloslanishiga kurashishiga yordamlashadi.
Foydalanilgan adabiyotlar
Karimov I.A. O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari.-T.: 1997.
Израэль Ю.А. Экология и контроль состояния природной среды. -Москва: Гидрометеоиздат, 1984.-555 с.
Волков Ю.Г. Как написать диплом, курсовую, реферат. – Ростов-н/Д:Феникс, 2003. –128 с.
Другов Ю.С. и др. Методы анализа загрязнений воздуха. –Москва: Химия, 1984.
Лейти В. Определения загрязнения воздуха в атмосфере и на рабочем столе. - Л.: Химия, 1999.
XojimatovA.N. Ekologikmonitoring. –T.: O’zbekistonyozuvchilaruyushmasiAdabiyotjamg’armasinashriyoti, 2004.
Ayubova I.X., Musayev M.N., Jamgaryan I.A. Atrof-muhit sifat analizi va monitoringi.- T.: Choʻlpon nomidagi nashriyot-matbaa uyi, 2011. – 256 b.
Кузнецов И.Н. Подготовка и оформление рефератов, курсовых и дипломных работ. – Минск: Изд-е ООО «Сэр-Вит», 2000. – 256 с.
O’zbekiston Respublikasida atrof-muhit holati va tabiiy resurslardan foydalanish to’g’risida milliy ma’ruza. – Toshkent: 2008. – 287 b.
Мэннинг, Уильям Дж., Биомониторинг загрязнения атмосферы с помощью растений.1985г.
Бреншнайдер Б. Охрана воздушного бассейна от загрязнении. 1989г.
www.ziyonet.uz
www.uzstudent.uz
www.referat.uz
4- jadval
Quyosh nurlanishi spektari
Quyosh nurlanishi
Ultrabinafsha
(100 – 400 nm)
Ko’zga ko’rinuvchan
(400 – 760 nm)
Infraqizil
(760 – 5000 nm)
UVA
(315 – 400 nm)
UVB
(280 – 315 nm)
UVC
(180 – 280 nm)
turg’un manbalardan tashlanmalar
Ko’chma manbalardan tashlanmalar
Umumiy miqdor
7 – rasm 1997 – 2013 yilgacha O’zbekiston Respublikasi bo’yicha atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalarni tashlash dinamikasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |