noqonuniy qurol-yarog4 savdosi va narkobiznesdan keladigan moliyaviy
m anbalardan foydalanilishi uning xalqaro terrorchilik xuruji ekanini
ko‘rsatuvchi asosiy belgilardan hisoblanadi.
Muayyan mamlakat hududida sodir etilgan terrorchilik xurujida qayd
etilgan u yoki bu belgilarning bo‘lishi, unga xalqaro maqom berilishi va
shundan kelib chiqib, unga mos choralar ko'rilishiga olib keladi.
Terrorizmning moliyaviy manbalari.
Zamonaviy terrorizm xilma-
xil moliyaviy manbalardan oziqlanishi hisobiga faoliyat qamrovini
kengaytirishga, moddiy-texnik bazasini m ustahkamlashga harakat
qilmoqda. Bunda, shartli ravishda ichki va tashqi manbalarni ajratish
mumkin.
Ichki m anbalar sirasiga terrorchi tashkilotlarning ochiq, rasmiy
faoliyat yurituvchi tuzilmalaridan keladigan daromadini ham da jinoiy
yo‘l bilan topilgan va uyushma a ’zolarining badal to ‘lashi hisobiga
olinadigan mablagMarni kiritish mumkin.
T errorchi guruhlar ko'pgina hollarda ikkinchi bir shaxs yoki
tashkilotlar nom idan kapital tez aylanadigan (bank ishi, savdo,
restoranlar ochish, qurilish, transport) sohalarda faoliyat ko‘rsatuvchi
korxonalar ochishga e ’tibor qaratmoqdalar. Jumladan, manbalarda «al-
Qoida» tashkiloti Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika mamlakatlarida
transport, qimmatbaho metall qazib olish, baliqchilik kabi yo‘nalishlarda
darom ad manbalarini shakllantirgani qayd etiladi.
Ayni paytda, terrorchi tashkilotlar daromad orttirish maqsadida
bosqinchilik, tovon undirish, giyohvand m oddalarning noqonuniy
savdosi, qim m atbaho metall va toshlar kontrabandasi, soxta pul va
qimmatli qog‘ozlar ishlab chiqish, shuningdek, fohishabozlik uylari
va qimorxonalar ochish ham da totalizatorlar tashkil qilish kabi jinoiy
usullardan ham keng ko‘lamda foydalanishini ta’kidlash zarur.
1999-yilda Qirg‘izistonga bostirib kirgan, o ‘zini « 0 ‘zbekiston
islomiy harakati» deb ataydigan tashkilot jangarilari m uzokara olib
borish uchun kelgan vakillarni 50 ming dollar hisobiga q o ‘yib
yuborgani, 2003-yilning 27-m artida «Sharqiy Turkiston ozodlik
tashkiloti»ga m ansub terro rc h ila r Q irg 'izisto n d a 19 ta xitoylik
savdogarni o ‘ldirib, ularning katta miqdordagi pulini o ‘zlashtirganlari
bunga misol bo‘la oladi23
Shu bilan bir qatorda, BM T m a’lumotlariga ko‘ra, transmilliy
jinoiy guruhlar giyohvand m oddalar savdosidan yiliga 400 milliard
dollar darom ad oladi va ushbu mablag'ning bir qismi terrorchilik
guruhlari ixtiyoriga o‘tkaziladi24
Do'stlaringiz bilan baham: