din va ulamolarning jamiyat hayotidagi ta ’sir kuchining isboti sifatida
qarash mumkin.
Shialik azaldan kuchti mavqega ega bo'lgan
Eronda
ham
XX
asrning
so'nggi choragigacha bo‘lgan davrda bu ta’sir birmuncha susaygan bo‘lsa-
da, aslo yo'qqa chiqmadi. Shialik ruhoniylari davlatda asosiy rahbar
kuchga aylanishiga olib kelgan 1978-79-yillardagi inqilob buni isbotlab
berdi. 1979-yilning m artida o‘tkazilgan umumxalq referendumi esa
Eronning Islom respublikasiga aylanishiga olib keldi. Shundan so‘ng
qabul qilingan yangi Konstitutsiya ruhoniylarning qonunchilikda yak-
kahokimligini yana qaytadan tikladi. Shu tariqa ko‘pchilik shia ruhoniy-
larining diniy va dunyoviy hokimiyatning ajralmas ekani haqidagi
g‘oyalari amalda o ‘z ifodasini topdi.
XX
asrda insoniyat hay otid a so d ir b o ‘lgan keskin ijtim oiy
o ‘zgarishlar, fan-texnika taraqqiyoti din,
uning jamiyat va kishilar
hayotidagi o'rni masalasida ham o‘z ifodasini topdi va ruhoniylar orasida
g'oyaviy jihatdan a n ’anachilar, fundam entalistlar va m odernistlardan
iborat uch yo‘nalishning paydo b o ‘lishiga zamin yaratdi. Ular orasida
muayyan farqlar borligi shubhasiz. Shunga qaramay, masalan, Eron
ulamolari ichida bu ayniqsa yaqqol ko'rinadi, ularning har uchalasiga
ham davlatni boshqarishda asosiy m as’uliyat ruhoniylarning yelkasida
b o ‘lishi lozim degan qarash xosligini ta’kidlash zarur. Shunday bo‘lsa-
da, zamonaviy ilohiyotchilar orasida diniy va siyosiy hokimiyat ruho
niylarning qo‘lida jamlanishi shart emas, eng asosiysi, biri
ikkinchisiga
tazyiq o ‘tkazmasligi uchun diniy institutlar va hukum at orasida
hokimiyatni qat’iy tarzda taqsimlab berish lozim, degan qarashlarni
h am uchratish mumkin.
M intaqa davlatlari hayotida islomning o ‘rni haqida gap ketar ekan,
hozirgi davrda uning davr o'zgarishlariga moslashuv jarayoni davom
etayotganini ham ta’kidlash zarur bo'ladi. M a’lumki, islom sudxo'rlikni
(foiz olishni) taqiqlaydi. Lekin hozirgi
zamon iqtisodiyoti sarmoya
bozorisiz faoliyat ko‘rsata olmaydi. Chunki uni foyda olish tizimi
boshqaradi. Shunday vaziyatda diniy talabni aylanib o ‘tishga xizmat
qiladigan va ayni paytda, foiz vazifasini bajaradigan bank xizmati uchun
badal (vznos) yig‘ish tartibi o ‘yIab topildi.
Shu bilan birga, islomni amalga oshirilayotgan ijtimoiy islohotlarga
hamohang talqin qilishga munosabat hamma mamlakatlarda ham bir xil
deb bo‘lmaydi. Xususan, shia nazariyotchilari,
islomdagi har qanday
islohotlar o ‘rinsiz, deb hisoblaydilar. Chunki ularning fikricha, islom
qonunlari «yuqoridan nozil qilingan», shuning uchun ham, ular isloh
qilinishi mumkin emas. Saudiyada 1930-yillarda asos solingan, ulamolar
rahbarligida jamiyatda axloq m e’yorlarini, odamlarning yurish-turishla-
rini nazorat qiluvchi «ijtimoiy axloq komitetlari»ning hanuz faoliyat
olib borayotganini ham ana shu qatorga kiritish mumkin.
39
Tarixiy tajriba iqtisodiyotda muvozanatning buzilishi, ijtimoiy sohada
esa kuchli tabaqalanishning yuzaga kelishi,
aholining qashshoqlashuvi
kabi om illar diniy ekstremistik harakatlar paydo bo'lishiga zamin
yaratishini ko‘rsatadi. Shuning uchun ham, diniy ekstremistik harakatlar
o ‘z faoliyatining dastlabki davrida ijtimoiy masalalarga alohida e ’tibor
berish orqali o ‘z tarafdorlarini ko'paytirishga intiladi. Keyinroq,
mustahkam oyoqqa turib olgach, ularning asosiy maqsad-muddaolari
o ‘zini namoyon qila boshlaydi. Bu mulohaza yuritilayotgan mintaqaga
ham bevosita daxldordir. Masalan,
Misrda
tashkil topgan «Musulmon
birodarlar» ham ilk davrda kambag‘allarga yordam berish, bepul maktab
ochish va tibbiy yordam ko‘rsatish ishlari bilan shug‘ullangan va bunday
tadbirlar tashkilot a’zolarining ko‘payishiga hamda uning om m a orasida
obro'sining oshishiga olib kelgan edi.
Bugungi kunda keng ijtimoiy tayanchga va o‘z g'oyalarini tashviqot qilish
uchun katta nashr imkoniyatlariga ega diniy ekstremistik harakatlar Saudiya
Arabistoni uchun ham jiddiy tashvishga aylanganini ta’kidlash zarur.
Mintaqa dinning siyosiy omilga aylanishi, diniy ekstremistik harakatlar
salbiy oqibatlarining yorqin misolini berish bilan bir qatorda ular bilan
murosa qilishga intilish nimalarga olib kelishi mumkinligining ham yaqqol
namunasini beradi deyish mumkin. Xususan,
Misr Prezidenti Anvar
Sadat kommunistik g‘oyalar va dahriylikka qarshi kurashda foydalanish
uchun 1971-yilning yozida «Musulmon birodarlar» bilan aloqa o ‘rnatdi
va ushbu tashkilotning asoschisi Hasan al-Banno bilan faxrlanishini
e’lon qildi. Berilgan imkoniyatlar ekstremistlar tomonidan yangidan-
yangi talablarning qo'yilishga zamin yaratdi. Bu o ‘z navbatida diniy
tashkilotlar faoliyatining davlat tomonidan yangidan qat’iy nazorat ostiga
olinishiga, diniy m a’ruzalar ustidan senzura o‘rnatilishiga olib keldi.
Oqibatda Anvar Sadat o‘z raqiblariga qarshi kurashda foydalanishga intilgan
islomiy guruhlar tomonidan o‘limga mahkum etildi.
Islom omili mintaqa mamlakatlarining tashqi siyosatida ham muhim
o ‘rinni egallaydi. Xususan, Falastin muammosini hal qilishda davlatlar
islom omili bilan hisoblashishga majbur boMmoqda. Anvar Sadatning
1977-yil 20-noyabrda Quddusda boMishi va bu joyni «tinchlik shahri,
uch dinning birgalikda mavjudligining yaqqol ramzi» deb ta’kidlashi
misrliklar tomonidan kufr deb qabul qilingani, Isroil bilan o ‘rnatilgan
tinchlik shartnomasi esa islomga xiyonat va arablar ishiga nisbatan sot-
qinlik deb baholangani ham buni tasdiqlaydi.
Afg‘onistonda sho‘ro qo'shinlariga qarshi olib borilgan harakatning
ushbu m intaqa mamlakatlari tom onidan
mujohidlarning islom uchun
«ateizm» va «kommunizm»ga qarshi olib borayotgan kurashi deb qaralgani
va faol qo‘llab-quwatlanganini ham islom omilining ushbu mamlakatlar
tashqi siyosatiga ta’sirini ko'rsatuvchi misol sifatida qarash mumkin.
40
Ayni paytda, ushbu mamlakatlarning o ‘zaro munosabatida m in-
taqa, arab dunyosi va m usulm on olamida yo‘lboshchilik qilish uchun
kurash ham m uhim aham iyat kasb etayotganini ta ’kidlash zarur.
Saudiya—Misr, Saudiya—Eron, Saudiya—Liviyamunosabatlaridabunday
ziddiyatlarni yaqqol ko‘rish mumkin. Bunday ziddiyatlar Eron—Iraq,
Iroq—Kuvayt urushi davrida ayniqsa yaqqol namoyon bo‘lgan edi. Bu
jarayonlarda ham tabiiy ravishda islom omilinmg ta’sirini ko‘rish mumkin.
0 ‘zaro munosabatlarda islom omili vaqti-vaqti bilan jonlanadigan «kim
ko'proq islomga rioya qilmoqda» degan savol atrofidagi bahslarda ham
yorqin ko‘rinadi. Xususan, Liviya va Saudiya rahbarlari bir-birlarini bir
necha bor islom qonun-qoidalaridan chekinishda ayblaganliklarini
ko‘rsatish mumkin.
Payg‘am bar M uham m ad vatani, ikki buyuk muqaddas m akon -
Makka va M adinaning Saudiya Arabistoni yerlarida joylashishi ushbu
m am lak at ra h b a rla rin in g m u su lm o n o lam id a o ‘z m av q elarin i
mustahkamlash va Arab Sharqida yo‘lboshchilik vazifasini o ‘tashga
intilishiga zam in yaratmoqda. M a’lumki,
hozirgi kunda ham
Do'stlaringiz bilan baham: