Qarshi kurashning



Download 4,43 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/114
Sana15.07.2022
Hajmi4,43 Mb.
#802293
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   114
Bog'liq
86. Diniy ekstremizm vа terrorizmga qarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy asoslari

Buddaviylik
Eramizdan awalgi VI—V asrlarda Hindistonda yashagan Budda 
Siddhartxa G autam a asos solgan buddaviylik jahon dinlari ichida eng 
qadimiysi hisoblanadi.
M anbalarda uning Shakyamuni (shaklar yoki shakiya qabilasidan 
chiqqan donishm and), Budda(nurlangan), D jipa(g‘olib), Bxagavan 
(tantana qiluvchi), Gautam a (urug‘ nomi) kabi nomlari keltirilgan.
Buddaviylik — diniy-falsafiy ta’limot bo‘lish bilan bir qatorda axloqiy 
m e’yor, urf-odat, an ’ana va san’atning o ‘ziga xos turlari, dunyoga 
munosabat va amaliy harakatlar uslublarini qamrab olgan ijtimoiy- 
madaniy tizim hisoblanadi.
Budda ta’limotining mazmun-mohiyati 
4 haqiqatda
mujassamlash- 
gan, deb aytish mumkin. Jum ladan, 
birinchi haqiqatga
ko‘ra «Azob- 
uqubat mavjuddir». Zero, har qanday hayot qiynoq, azob-uqubatdir. 
Kasallikka uchrash, yomon narsalarga duch kelish, o ‘zi xohlagan narsaga 
ega bo'lolm aslik kabi holatlar ham uning ko‘rinishlaridir. Hech bir 
narsa m a’lum sababsiz yaralmasa-da, muayyan hodisa yoki harakatning 
birlamchi sababini aniqlash mumkin emas. Shundan kelib chiqib, 
buddaviylik dunyoni bor holicha qabul qilishga da’vat qiladi.
Ik k in c h i h a q iq a tn in g
m o h iy a ti « q iy n o q la r s a b a b la rin in g
mavjudligi»dadir. Inson doimo hayotining davomiyligini ta ’minlaydi- 
gan moddiy va m a’naviy ehtiyojlarini qondirishga intiladi. M ana shu 
moddiy va m a’naviy ehtiyojlar «qiynoq»larning sabablari deb talqin 
qilinadi.
Uchinchi haqiqatg&kolra,
«qiynoqlarni tugatish mumkin». Bundan 
bu dunyo ne’matlaridan butunlay forig‘ bo‘lish va «men» degan fikrdan 
ajralib, inson his-tuyg‘ularining to‘la tugashi nazarda tutiladi.
To'rtinchi haqiqat
mohiyatiga ko‘ra, «qiynoqlardan qutulish yo‘li 
mavjud»dir. Bu yo‘I — to ‘g‘ri tushunish, to ‘g‘ri niyat qilish, o ‘zini 
to ‘g ‘ri tutish, to ‘g‘ri anglash, to ‘g‘ri harakat qilish, to ‘g‘ri m uomalada 
bo ‘lish, to ‘g‘ri fikr yuritish, to‘g‘ri gapirish kabi sakkizta bosqichda o ‘z 
ifodasini topgan. Bu yo‘ldan borgan inson Budda yoMini tutadi.
Buddaviylikta’limoti asosan Tripitakada(uch savat, uch qismdan 
iborat b o ‘lgani uchun shunday nom berilgan) mujassamlashgan. 
Buddaviylikning mazkur yozma manbasi hozirgi davrda Shri-Lankada 
saqlanib qolgan. Ular — Budda targ'ibotining haqiqiy bayoni hisoblangan 
sutra matnlari (sutta-pitaka), rohiblik axloqi va xonaqohlar nizomlariga
18


bag‘ishlangan vinaya m atnlari (vinaya-pitaka), buddaviylikning 
falsafiy va ruhiy m uam m olarni bayon qilib berishga bag‘ishlangan 
abxidharm a m atnlari(abxidharm a-pitaka)dan iborat. Shuningdek, 
Buddahayotigategishli rivoyatlar ham T ripitak ad ajam langan.
Bugungi kunda buddaviylar asosan Shri-Lanka, Hindiston, Nepal, 
Butan, Xitoy, Singapur, Malayziya, Mongoliya, Koreya, V etnam , 
Yaponiya, Birma, Tailand, Laos kabi davlatlarda va Rossiyaning 
Buryatiya, Qalmiqiston mintaqalarida istiqomat qiladilar.
Jahon dinlari ichida eng qadimiysi hisoblangan buddaviylik davrlar 
osha o ‘zi tarqalgan hududlar xalqlari qadriyatlariga katta ta’sir o ‘tkazib 
kelgan. Shuningdek, buddaviylikning asl vatani Hindiston bo‘lsa-da, 
hozirda Yevropa va Amerika qit’alarida ham budda jamoalari mavjud.
Hozirda respublikamizda bitta buddaviylik jamoasi rasmiy ro'yxatdan 
o'tib, faoliyat ko‘rsatmoqda.
Islom
Islom dini (arab. — bo'ysunish, itoat etish, o ‘zini Alloh irodasiga 
topshirish) - jahonda keng tarqalgan uch dindan biri hisoblanadi.
U m um an olganda, XX asrda musulmonlar dunyo aholisining 
15—16 foizini tashkil etgan b o lsa , 2000-yilda bu ko‘rsatkich Yer 
yuzidagi har besh kishidan birini tashkil etdi. 2025-yilda esa, dunyo 
aholisining 30 foizini Islomga e’tiqod qiluvchilar tashkil etishi mumkin.
Misr, Kuvayt, Saudiya Arabistoni kabi bir qator mamlakatlarda 
islom davlat dini (yoki rasmiy din) sifatida tan olingan bo‘lsa, ayrimlarida 
«islom» so'zi davlatning rasmiy nomi tarkibiga kiritilgan: Eron Islom 
Respublikasi, Pokiston Islom Respublikasi.
1969-yilda tuzilgan Islom konferensiyasi tashkiloti(Munazzamat al- 
m u’tam ar al-islomiy)ga 57 mamlakat, shu jum ladan, 0 ‘zbekiston 
Respublikasi 1996-yildan a’zodir. Bundan tashqari, xalqaro nohukumat 
m usulm on tashkilotlari orasida Islom olami uyushmasi, Islom olami 
kongressi, Islom olami tashkiloti, Yevropa islom kengashi va boshqalarni 
ko‘rsatish mumkin. Ular, asosan, islomni targ‘ib qilish va yoyish, 
diniy arboblarning xalqaro uchrashuvlarini tashkil etish, turli mamla- 
katlardagi islom jamoalariga yordam berish bilan shug‘ullanadilar.
Tojikistonning Tog‘li Badaxshon hududida tarqalgan shialikning 
ismoiliylik oqimini hisobga olmaganda, mintaqamiz davlatlari aholisi 
asosan sunniylikning hanafiylik mazhabiga e ’tiqod qiladilar.
0 ‘zbekiston Respublikasi aholisining milliy tarkibi to ‘g‘risidagi 
2005-yil 1-yanvar holatiga boigan m a’lumotlarga tayanib, mamlakatimiz 
aholisining taxm inan 92 foizidan ortiqrog‘ini musulmonlar tashkil 
etadi, deyish mumkin.
19


S u n niylik islom dagi asosiy y o 'n a lis h d a n biri b o ‘lib, u n d a 
hanafiylik, molikiylik, shofliylik, hanbaliylik kabi 4 ta fiqhiy ham da 
ash’ariya va moturidiya kabi 2 ta aqidaviy ta’limot bor.

Download 4,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish