Odamlarni garovga olish
bilan bog‘liq jinoyatlarning keskin o'sishi
m unosabati bilan BMT Bosh Assambleyasi tom onidan 1979-yilning
17-dekabrida maxsus konvensiya qabul qilingan edi. Unda, odamlarni
garovga olish xalqaro jinoyat sifatida qayd etilgan. Mazkur konvensiyadan
tashqari davlatlarning odamlarni garovga olishga qarshi kurash bo‘yicha
hamkorligi qator mintaqaviy bitim lar orqali ham tartibga solinadi.
Xususan, bunday mintaqaviy kelishuv xorijlikdiplom atlar vaulam ing
oila a ’zolari garovga olinishidan birinchilardan bo ‘lib jabr ko‘rgan
Amerika q it’asi davlatlari tom onidan qabul qilindi. Amerika davlatlari
tashkilotlari (ADT) Doimiy q o ‘mitasi tovon olish maqsadida odam
o ‘g‘irlashni qoralovchi rezolyutsiya qabul qildi va bunday xatti-harakatlami
insoniyatga qarshi jinoyat sifatida baholadi.
Shuningdek, 1971-yilda Vashingtonda ADTning Bosh Assambleyasi
tom onidan konvensiya qabul qilinganini ham ta ’kidlash zarur. U nda
odam o ‘g‘irlash, oMdirish, tovon talab qilish va xalqaro muhofazada
b o ig an shaxslarga qarshi kuch ishlatishga qarshi qaratilgan qonunchilik
m e’yorlarini unifikatsiyalash nazarda tutilgan. Qanday maqsadda sodir
etilganidan qat’iy nazar, qayd etilgan jinoyatlar xalqaro ahamiyatga ega
jinoyat sifatida ko‘riladi.
113
Odam larni garovga olishga qarshi kurash yuzasidan muayyan
kelishuvlarga erishish Yevropa Kengashi doirasida ham muhokama qilingan
edi. 1973-yilda uning M aslahat Assambleyasi o'zining 703-sonli
tavsiyanomasida davlatlarga odamlarni garovga olish yoki hayotlariga xavf
tug'dirishni og‘irjinoyatlar qatoriga kiritishni taklif qildi. Yevropa Ken-
gashida uzoq davom etgan muhokamalardan so‘ng 1977-yilda Strasburg-
da «Terrorizmga qarshi kurash to‘g‘risida»gi Konvensiya imzolandi. Unda
boshqa hodisalar qatorida odamlarni har qanday shaklda garovga olish,
o ‘g‘irlash yoki noqonuniy ravishda erkini cheklash ham xalqaro terror
chilik xuruji sifatida ta’riflangan.
Garovga olganlik uchun jinoiy javobgarlik yuqorida qayd etilgan xalqaro
terrorizm ning oldini olish va unga qarshi kurashga qaratilgan xalqaro
huquqiy hujjatlar hamda Urush paytida aholini himoya qilish bo‘yicha
1949-yilda qabul qilingan Jeneva Konvensiyasi va 1977-yilda imzolangan,
uni to'ldiruvchi Qo'shimcha protokollarda ham nazarda tutilgan.
1979-yildagi Konvensiyaning 1-bandiga binoan garovda ushlash
deganda — odamni zo'rlik bilan q o ‘lga olish, ushlab turish orqali uni
noqonuniy ravishda erkinligidan m ahrum etish yo‘li bilan uchinchi
taraf (davlat, boshqa shaxs yoki tashkilotlar)ni muayyan harakatlarni
majburan amalga oshirish yoki amalga oshirmaslik evaziga ozodlikka
chiqarish tushuniladi.
Garovga olish ob ’ekti sifatida nafaqat xalqaro muhofazada bo'lgan
shaxslar, balki jinoyatchini ozod qilish maqsadida qo‘lga olingan jazoni
ij'ro etish muassasalari m a’muriyati vakillari, tovon olish niyatini ko‘zlab
garovga olingan yirik sanoatchilar va tijoratchilar, ularning oila a’zolari
ham chiqishi mumkin.
Garovga olishdan ko‘pincha davlat tomonidan amalga oshirilayotgan
siyosatdan qasd olish vositasi sifatida ham foydalaniladi. Masalan, 1980-
yillarda aqidaparastlar Isroilning Yaqin Sharqdagi siyosatini q o ila b -
quwatlovchi AQSH va boshqa davlatlardan qasd olish maqsadida Bayrut
va boshqa shaharlarda bir qator shaxslarni o ‘g‘irlab ketib, ularning
ko‘pchiligini bir necha yil tutqunlikda saqlab keldilar.
Jinoyatchilar tom onidan garovga olingan kishilar ushlab turilgan
hududdagi davlat ularning ahvolini yengillashtirish, xususan, ozodlikka
chiqarish va ozod etilganidan keyin o ‘z yurtiga yetib olishini ta ’minlash
bo‘yicha barcha zarurchoralarni ko'rishi shart.
K onvensiyaning 5-m oddasida universal yurisdiksiya tam ovili
mustahkamlab qo‘yilgan. Garovga olish:
a) davlat uning hududida yoki uning hududida ro‘yxatga olingan
suv transporti bortida sodir etilganda;
b) davlat fuqarosiga nisbatan amalga oshirilganda;
v) d a v la tn i q a n d a y d ir h a ra k a tla rn i am alga o sh irish yoki
oshirmaslikka majburlaganda;
114
g) garovga olingan odam shu davlat fuqarosi va gumon qilingan
jinoyatchi ham
Do'stlaringiz bilan baham: |