Qarshi Davlat Universitetning
pedagogika intituti O'zbek tili
va adabiyoti yo'nalishi
202 guruh talabasi Olimova
Mohinurning She’r san’ati
asoslari fanidan yozgan
Mustaqil ta'limi
Bizgacha Lutfiy ijodining XV|-XX asrlar
mobaynida ko'chirilgan 33 nusxasi yetib
kelgan.
Olimlarning hisob-kitibiga ko'ra, shoir
merosining umumiy miqdori-3 ming baytga
yaqin. Buning 75% g'azal janri namunari
tashkil etadi. Shoir g'azal janri namunalari
tashkil etadi. Shoir g'azaldan tashqari,
qit'a,ruboiy,tuyuq va fard janrlarida ham ijod
qilgan
.
Lutfiy lirikasi faqat o'zbek she'riyati
vakillarigina emas, boshqa turkiy xalqlar,
jumladan, turkman, ozarbayjon,usmonli turk
shoirlari ijodida ham sezilarli ta'sir ko'rsatgan
Shoirng, xususan,g'azal va tuyuqlari XV asr
o'zbek adabiyotining go'zal namunalari
hisoblanadi
Tajnisni "jinsdosh" ham deyishadi.
Uning ma'nosi "biror narsa bilan
o'xshash bo'lmoq"dir. Jinos esa
"hamjins"dega ma'noni bildiradi
Atama sifatida u talaffuz va
shaklda bir-biriga yaqin so'zlarni
turli ma'nolarda qo'llashni
anglatadi.
Bo'yung sarv-u sanubartek, beling qil,
Vafo qilg'on kishilarva vafo qil.
Dastlabki "qil"-"ingichka,nozik" ma'nosini bildirsa, keyingisida" qilmoq "
fe'lini anglatadi.
Ey bag'ritosh, ko'nglim evin aylama xarob,
Kim surating chizilmish aning ich-u toshinda
Bu yerda "tosh" dastlab "bag'ir" bilan bog'lanib mehrsizlikni
ifodasa,keyingi holatda u "ichkari" va "tashqari" ma'nosida kelmoqda.
Yuz ochg'il,ko'z seni to'yguncha ko'rsin,
Necha bo'lg'ay bu ko'zim muntazir, och
Birinchi misradagi "och"-"ko'rsatmoq" ma'nosini beradi. Keyingisida esa
u"tashna" o'rnida kelyapti. Shakldosh so'zlardagi ma'no tovlanishi baytga
o'zgacha ruh berib turibdi.
Lutfiy ijodida tajnis san'ati
Mumtoz adabiyitimizda tajniga tayanidan maxsus janr
tuyuq shakllangan.
Ko'z yoshim tuproq ila gar qotila
Kelmagayman javridin, haqqo,tila
G'amzasi o'ltirdi-yu, ul bexabar,
Mem agar o'lsam ne g'am ul qotila.
Bu tuyuqning birinchi misrasida ko'z yoshing tuproq
bilan aralashishi(qotilmoq) haqida so'z bormoqda.
Keyingi misrada esa javrning ko'pligidan tilga
kelmaslik, ya'ni gapirolmaslik,o'zini yo'qotish holati
qayd etilgan.
Bu yerda tajnisni hosil qilish uchun ikkita so'zdan: haqqo
so'zining
"qo" bo'g'ini hamda "tilla" so'zining yondoah turgan
holatidagi shaklidan foydalangan.
Oxirgi misrada esa esa go'yo qotil-odamni qatl etgan
kishi to'g'risidagi fikr bor. Demak, bu o'rinda tajnislar
yanada boshqacha ko'rinishda namoyon etadi. Birinchi
va oxirgi misralarda "qotila" yozuv shakliga kora ham bir
xil. Ammo ikkinchi misrada u "haqqo" so'zining oxirgi
bo'g'ini bilan "tilla so'zining qo'shilishidan so'ng oldingi
shaklga uyg'unlashmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |