Nazorat savollari.
1
.
Sezgi haqida tushuncha
2.Sezgining turlari
3.Sezgining rivojlanishi
Tavsiya etiladigan adabiyotlar:
1..Karimov I.A “Yuksak manaviyat yengilmas kuch.” Toshkent ,2008 yil.
1..Karimov I.A XXI asr bo‘sag‘asida. Toshkent 1997 yil.
2.Karimov I.A. Barkamol avlod orzusi. Toshkent 1999 yil.
4. Karimov I.A. Barkamol avlod O‘zbekiston kelajagining poydevori.Toshkent
3..G‘oziyev E. «Umumiy psixologiya». I.II.qism Toshkent 2002 yil.
4. G‘oziyev E.. «Umumiy psixologiya» Toshkent 2010 yil.
5. Petrovskiy A.V.. «Umumiy psixologiya». 1994 yil.
6. Ivanov P.I.. «Umumiy psixologiya» 2008 yil.
7..Rubnshteyn S.L «Osnovi obshaya psixologiya» 1998 god.
8..Nemov A.N. «Psixologiya» 1999 god.
7-MAVZU: IDROK
Mashg‘ulotning maqsadi:
Idrok haqida talabalarga uning xususiyatlari, insonning tajribalar to‘plash
jarayonidagi ahamiyati to‘g‘risida malumot berish.
Tushunchalar va tayanch iboralar:
idrokning predmetliligi, konstantliligi, yaxlitligi, strukturaligi.
REJA:
1.
Idrok haqida umumiy tushuncha
2.
Idrokning xususiyatlari
3.
Idrokning asosiy turlari
Asosiy o‘quv materiali qisqacha bayoni:
Sezgi a’zolariga bevosita ta’sir etib turgan narsa va xodisalarning kishi ongida butunligicha aks etishi idrok
deyiladi. Idrokning sezgidan farki, narsalarni umumlashgan xolda, uning xamma xususiyatlari bilan birgalikda aks
ettirilishidir. Idrokning muxim xususiyatlari uning predmetliligi, yaxlitligi, strukturaliligi, doimiyligi (konstantligi)
va anglashilganligidir.
Idrokning predmetliligi obyektivlashtirish xodisasi deb atalgan xodisada, ya’ni tashki olamdan olinadigan
axborotlarning usha narsaga mansubligida ifoda kilinadi.
Predmetlilik idrokning belgisi sifatida xatti-xarakatni boshkarishda aloxida rol uynaydi. Biz narsalarga
ularning kurinishiga karab emas balki ularni amaliyotda kay tarzda ishlatishimizga muvofik xolda, yoki ularning
asosiy xususiyatlariga karab xam baxolaymiz. Predmetlilik persevtiv jarayonlarning uzini ya’ni idrok jarayonlarning
bundan keyingi shakllanishida xam rol uynaydi.
Idrokning yana bir xususiyati uning yaxlitliligidadir. Sezgi a’zolariga ta’sir kiladigan narsaning ayrim
xususiyatlarini aks ettiradigan sezgilardan farkli ularok, idrok narsaning yaxlit obrazi xisoblanadi. Yaxlit obraz
narsaning ayrim xususiyatlari va belgilari xakida turli xil sezgilar tarzida olinadigan bilimlarni umumlashtirish
negizida tarkib topadi.
Idrokning yaxlitligi uning strukturaligi bilan boglan–gandir. Idrok ma’lum darajada bizning bir laxzalik
sezgilarimizga javob bermaydi va ularning shunchaki oddiy yigindisi xam emas. Biz ana shu sezgilardan amalda
mavxumlashgan va bir muncha vakt davomida shakllanadigan umumlashgan strukturani idrok etamiz. Agar kishi
biror kuyni tinglayotgan bulsa, oldinrok eshitgan oxangi yangisi eshittirila boshlagandan keyin xam uning kulogiga
chalinayotganday tuyulaveradi.
Idrokning yaxlitligi va strukturaliligi manbalari, bir tomondan, aks ettiriladigan obyektlarning uziga xos
xususiyat–laridir, va ikkinchi tomondan insonning konkret faoliyatida gavdalanadi, ya’ni analizatorlarning reflektor
faoliyati natijasidir.
Idroknnig doimiyligi, konstantligi narsani idrok kilish sharoitlari uzgarishiga karamay, narsaga xos bulgan
kattalik, shakl, rang va boshka xususiyatlarning idrokimizga nisbatan bir xilda aks etishidir. Masalan, yoritish darajsi
uzgarishiga karamay, biz korni ok, kumirni kora narsa sifatida idrok kilaveramiz. Kizil chirok ostida kitob saxifasi
kizil bulib kurinsa xam uni ok deb, samolyotdan karaganda yerdagi odamlar va narsalar kichkina bulib kurinsa xam
ularni odatdagiday kattalikda deb idrok kilaveramiz. Kitob kanday kurinsa xam uni turtburchak deb, stakandagi
koshik sinik kurinsa xam uni butun deb idrok kilamiz.
Narsalarning shakli, katta kichikligi, rangini doimo bir xilda idrok kilish amaliy jixatdan nixoyatda katta
axamiyatga egadir. Idrokning konstantliligina tevarak atrofdagi narsalarni aslida kanday bulsa shundayligicha
obyektiv ravishda bilishga imkon beradi.
Persevtiv sistemaning faol ta’sir kursatishi idrok konstantliligining xakikiy manbaidir. Bir narsaning bir
necha kurinishda bulishi uning invarianliligi deb, ya’ni obraz invarianliligi, xilma xilligi deb aytiladi.
Idrok yaxlitligi va konstantligi kishining utmish tajribasiga boglik bulib, bu xususiyat appersepsiya deyiladi.
Demak, idrok fakat narsa emas, idrok etayotgan subyektning uziga xam boglikdir. Idrokda xamisha idrok
etuvchi kishi shaxsining xislatlari, uning idrok etilayotgan narsalarga munosabati, kishining extiyojlari, kizikishlari,
intilishlari, istaklari va xis-tuygulari u yoki bu tarzda aks etadi. (Kandaydir shakllarni «uchburchak», «aylana»,
«krujka» deb idrok kilish).
Shunday kilib, idrokning yaxlitligi va konstantligi uning teskari aloka mexanizmi mavjud bulgan va idrok
etilayotgan obyektning xususiyatlariga xamda uning xayot sharoitlariga moslashadigan, uzini-uzi tartibga soluvchi
uziga xos xodisa ekanligi bilan xam izoxlanadi.
Idrokning anglangan bulishi. Garchand idrok kuzgatuv–chisining retseptorlarga bevosita ta’siri natijasida
xosil bulsa xam, perseptiv obrazlar xamisha muayyan ma’noli axamiyatga ega buladi. Kishining idroki uning
tafakkuri bilan, narsaning moxiyatini tushunib yetishi bilan, uning kuplab xossalarini bilish bilan xam boglikdir.
Narsani anglab idrok etish - unga fikran nom berish, ya’ni idrok etilgan narsani narsalarning muayyan guruxiga,
sinfiga kiritish, uni suz vositasida umumlashtirish demakdir. Shu nuktai nazaridan olganda gox shakl, gox fon
navbatma navbat idrok etish, «Ikki mazmunli» deb ataladigan rasmlar dikkatga sazovordir. (Kubiklar nechta?, vaza
yoki bir biriga karab turgan odamlarmi? va xokazo rasmlar.)
Shunday kilib, idrok subyektning bundan oldingi tajribasiga boglik buladi. Kishining tajribasi kanchalik boy
bulsa, uning bilimlari kanchalik boy bulsa, uning idroki shunchalik tulik buladi, buyumda u shunchalik kup
narsalarni kura oladi.
Idrokning mazmuni kishi oldiga kuyilgan vazifa bilan xam uning faoliyati sabablari bilan xam belgilanadi.
Subyektning ustanovkasi (yul–yurigi) xam, xis – xayajonlari xam idrok mazmuniga ta’sir etadi.
Idrok xam sezgi kabi reflektor jarayondir. Shartli reflekslar, miya pustlogidagi muvakkat boglanishlar
idrokning fiziologik asosini tashkil etadi. Bosh miya pustida eng kuchli, dominant kuzgalish uchastkalarining
yuzaga kelishi shaxsning xususiyatlari yoki xolati bilan boglik bulgan idrok yunalishining fiziologik asosini tashkil
etadi.
Idrokning fiziologik asosi nerv boglanishlarining ikkita turidan - bitta analizator doirasida xosil buladigan
boglanish–lardan va analizatorlar aro boglanishlardan tarkib topadi. (Bitta retseptor va bir necha retseptor bilan
idrok kilish).
Idrokni klassifikatsiya kilinishida xam sezgilardagi kabi idrok etishda ishtirok etuvchi analizatorlardagi
mavjud farklarga asoslanadi. Idrok etishda kaysi analizator ustunrok kelganiga muvofik kurish-eshitish, paypaslab
kurish, kinestezik, xidlash va ta’m bilish yuli bilan idrok kilinishi farklanadi.
Idrok kilish jarayoni odatda uzaro birgalikda bir kancha analizatorlar vositasida sodir buladi. Xarakat
sezgilari u yoki bu darajada idrokning barcha turlarida ishtirok etadi.
Materiyaning mavjud bulish shakllari - fazo, vakt va xarakat idrokni tasniflashga (klassifikatsiyalashga)
binoan fazoni idrok etish, vaktni idrok kilish va xarakatni idrok etish kabi aloxida turlari ajratib kursatiladi.
Idrok - pretseptiv xarakatlar sistemasi bulib uni egallash maxsus urgatishni va tajribani talab kiladi. Ixtiyoriy
idrok etishning muxim shakli kuzatish bulib, u narsalarni yoki tevarak atrofdagi xodisalarni kura bilish, bila olish va
rejali idrok etishdir. Kuzatishning muvaffakkiyati kup jixatdan vazifaning anikligiga, kuzatuvchining tajribasiga va
bilimiga boglikdir.
Fazoni idrok kilish. Fazoni idrok kilinishi kishining uzini kurshab turgan muxitni chamalashining mukarrar
shartlaridan bulib, uning ushbu muxit bilan uzaro birgalikdagi xarakatida katta rol uynaydi. Fazoni idrok kilish
obyektlarning shakli, xajmi va uzaro birgalikda joylashuvi, ularning satxi, olisligi va yunalishlarining idrok etilishini
uz ichiga oladi.
Fazoni chamalashda xarakat analizatori aloxida rol uynaydi. Fazoni chamalashning maxsus kurollari katoriga
analizatorlar faoliyatida xar ikkala yarim sharlar urtasidagi nerv boglanish–larini: binokulyar kurishni, binoural
eshitishni, terining bimanual tuyishini, dirinik xid bilishni va shu kabilarni kiritish lozim.
Kuzlarning turli olislikdagi narsalarini anik ravshan kurishga moslashuvi 2 ta mexanizm - akkomodatsiya va
konvergensiya yordamida yuz beradi.
Akkomidatsiya - kuz gavxarining egriligini uzgartirish yuli bilan uning aksini sindirib kaytarish kobiliyatini
uzgartirish demakdir. Akkomodatsiya, odatda konvergensiya bilan ya’ni kurish uklarini kayd kilinayotgan narsaga
yunaltirilishi bilan boglikdir. Konvergensiya burchagi bevosita masofa indikatori ya’ni uziga xos masofa ulchagich
(dalnomer) sifatida foydalaniladi.
Ikkita kuzgatuvchi - narsaning kuz turpardasidagi tasviri akkomodatsiya xamda konvergensiya natijasida
kuzdagi mushaklarning zurikishi ulchamlari bir biriga moslangan xolda birga kushilishi idrok etilayotgan narsaning
xajmi xakidagi shartli refleks tarzidagi signal xisoblanadi. (Uzoklikni va chukurlikni idrok kilish, emaklaydigan
bolaning oyna kuprik ostidagi xarakati, zinalar nechta, kubiklar nechta? Va boshka misollar).
Kurish illyuziyalari: 1) kamon uki ilyuziyasi; 2) temir yul yuzlari kurinishi; 3) tik chiziklarning boshkacha
kurinishi ilyuziyasi. (Silindr kalpok); 4) yelpigich ilyuziyasi; 5) kesishish ilyuziyasi; 6) umumiy markazli doiralar
ilyuziyasi v.b.
Ola-bula yuzaga chizilgan ketma-ket doiralar guyo burama (spirallar) chiziklar singari idrok kilinadi.
(Umumiy psixologiya kitobning 311 betidagi 24 rasm).
Illyuziya xayvonlarda xam kuzatiladi, ba’zi xayvonlar uz tusini uzgartirib, uzini muxofaza kiladi. Uzini
yashirishning samarali usuli mimikriyadir. Xayvonlarda rangini, kiyofasini uzgartirishdir. (Xayvonlarning yil
fasllariga, yashash joyiga karab rangini uzgartirishi).
Odamlar illyuziyadan maxsus maksadga muvofik foydalanishlarining eng kup tarkalgan turi maskirovka
kilishdir. Ogirlikni idrok kilishda xam ilyuziya xodisasi bulishi mumkin. Bunda xissiyot va xayol ta’sir etgan bulishi
mumkin.
Vakt va xarakatni idrok kilish. Vaktning idrok kilinishi vokelik xodisalarning obyektiv ravishda doimiyligini,
tezligi va izchilligini aks ettirish demakdir. Vaktni idrok kilish kishiga muxitdan muljal olish imkonini beradi.
Odamda vakt chamalash miya kobigi bulmalarida ruy beradi. Miya kobigining ma’lum bir joyida vakt
chamalash ruy beradi, vaktni sarxisob kilishning maxsus markazi mavjud degan taxmin asossizdir. Vaktni idrok
etilishi negizini kuzgalish va tormozlanishning ritmik tarzda almashinuvi, markaziy nerv sistemasida, bosh miya
yarimsharlarida kuzgalish va tormozlanish jarayonlarinig susayishi okibatidir.
Vaktni idrok kilishda turli analizatorlar ayniksa eshitish va kinestezik sezgilar ishtirok etadi. Makon va vakt
oraliklari vaktni idrok etishda juda muximdir. (Kuyosh xolati va vakt, turli tovushlar: xurozning kichkirishi, azon
tovushi, bir xil vaktda chalinadigan gudok, ma’lum jadval buyicha katnaydigan poyezdning utishi yoki kechkurun
ayrim kushlarning tuplanib utishi, sayrashi va boshkalar eshitish sezgilari ta’sir kilayotgan kuzgatuvchining vaktga
oid xususiyatlarini: uning davomiyligini, ritmik xususiyatlarini va shu kabilarni aks ettiradi.)
Vakt doimiyligini idrok etish kup jixatdan ichki kechinmalarga, xissiyotga xam boglik. Kizikarli va chukur
asoslangan faoliyat bilan band bulishdagi vakt juda kiska, zerikarli va mazmunsiz faoliyatda vakt utishi kiyin, uzok
deb idrok kilinishi mumkin.
Xarakatni idrok kilinishi – obyektlarnig fazoda egallagan xolati uzgarishining aks ettirilishdir. Xarakatning
idrok etilishi xayotiy muxim axamiyatga ega.
Xayvonlar uchun xarakat kiluvchi obyektlar xavf xatar yoki oziklanish imkoniyati paydo bulishi xakida
signal vazifasini utaydi va shunga javob berishga undaydi. (Masalan, baka fakat xarakatlanadigan xashorotlarnigina
yeydi, bazi baliklar ma’lum xarakatlardan– tulkindan kochadi, xurkiydi va xokazo.).Xarakatni idrok etishda kurish
va eshitish, kinestezik analizatorlar asosiy rol uynaydi. Tezlik, tezlanish, xarakat yunalishi xarakatdagi obyektning
perimetri xisoblanadi.
Kishi obyektning fazoda u yokdan bu yokka kuchishiga oid ma’lumotlarni 2 ta xar xil yul bilan, ya’ni
kuchish xodisasining uzini bevosita idrok etish va bir muncha vakt mobaynida boshka joyda turgan obyektning
xarakati xakida xulosa chikarish asosida olish mumkin.
Xarakatlanayotgan obyektning xarakatsizligi, agar u muayyan vakt vaziyat birligini kuz bilan idrok kilish
mumkin bulmasa, xarakatni utgan vakt birligida idrok kilamiz lekin bu xarakat natijasini idrok etish buladi. (Soat
millari siljishini bevosita kuzatib idrok kila olmasak xam bir necha vaktdan keyin uning siljiganligini vakt birligida
idrok kilamiz.)
Kurish orkali obyektlar xarakati xakidagi axborotni 2 yul bilan: kayd etilgan nigox va kuzlarning kuzatuvchi
xarakati bilan olishimiz mumkin. Kuzni uzmay kuzatish, kuzni, gavdani burib kuzatish. Masalan, biz utirgan vagon
xarakatlanmasada, yonimizda turgan vagonga karab bizning vagon yura boshladi deb idrok kilamiz yoki aksincha,
biz urnimizda turibmizu, temir yul chetidagi stolbalar, daraxtlar yurmokda deb idrok kilishimiz mumkin.
Xissiy tuyish – stroboskopik tuyish xarakatni idrok kilishga xam taaluklidir. Stroboskopik xarakat tuyulma
xarakatga misol buladi. Kinemotograf ana shunday tuyushga asoslanadi. Kurish sezgisi kuzgatgich tasir kila
boshlashi bilan darxol xosil bulmaydi va kuzgatgich ta’siri tuxtagandan keyin birmuncha vakt utgach yukoladi.
Kinoda sekundiga 24 kadr olmoshgani xolda biz lip-lip utib turgan manzaralar turkumini emas, balki ma’lum
darajada barkaror bulgan ta’sirni – tasvirni kuramiz. Ketma–ket yonadigan lampochkalar xarakatdagi nurni tasavvur
kilishga olib keladi. Bu xodisa «F-fenomen» ya’ni gayritabiiy, fakat xarakatni idrok kilishda kurinadigan xodisa deb
nomlangan.
Xarakat eshitish analizatorlari yordamida xam idrok etilishi mumkin. Poyezdning yakinlashib
kelayotganligini yoki uzoklasha–yotganligini, odam tovushining pastlashib yoki balandlashib borayotganiga karab,
uning xarakat yunalishini idrok kilish mumkin.Xarakatni idrok kilishda xarakat tasavvurlarini vujudga keltiruvchi
yordamchi belgilar, masalan, gavdaning tegishli xolatlari – oyok kutarilishi, kuloch yoyilishi, gavdaning biror yokka
bir muncha egilgan xolatda bulishi va xokazolar katta rol uynaydi.
Ta’lim jarayonida ukuvchilar idrok «texnikasini» egallaydilar: narsani sinchiklab kuzdan kechirishga,
tinglashga, narsaning asosiy va muxim xususiyatlarini ajrata olishga urganadilar, idrok maksadga yunalgan,
boshkariladigan, ongli jarayonga aylana boradi.
Ukuvchining yoshi ulgaygan sari, uning idroki yanada mazmunli bulib boradi. Ukuvchi idrokining kulami
kengayadi, ukuvchi narsalarni rejali, izchil, ixtiyoriy ravishda va xar tomonlama idrok kilishga urganib boradi.
Usmirlar uzlariga yokadigan narsalarni kunt va sabot bilan idrok kiladilar. Usmirlar bir narsaning uzini kup
marta idrok kilishni uncha yoktirmaydilar - bu xol xam usmirlar idrokiga xos bulgan xususiyatlardan xisoblanadi.
Ammo maktabgacha yoshdagi va kichik maktab yoshidagi bolalar yoktirgan narsalarini kayta–kayta eshitib yoki
kurib roxatlanaveradilar.
Usmirga narsa va xodisalarning yangi tomonlarini mustakil ochish juda yokib tushadi. Usmirlar xamisha
narsa va xodislarning akl va xayolni maftun etuvchi kandaydir yangi, galati tomonlarini izlaydilar. Bu yoshdagi
bolalarni kaxramonlar jasorati, buyuk vokealar, ulkan kashfityolar xakidagi va shu kabi xikoyalarni zur e’tibor bilan
tignlashlariga kaxramonona ishlar, sarguzashtlar xakidagi xamda ilmiy – fantastik adabiyotlarni sevib ukishlariga
sabab xam shundadir.
Usmirlar amalda ishlatib kurish mumkin bulgan narsalarni zur kizikish bilan idrok kiladilar. Shu sababli ular
tajribalar kursatilishini juda yoktiradilar.
Yukori sinf ukuvchilarining idroki maksadga kuprok yunalgan buladi va ular idroklarini uzlari idora kila
biladilar.
Ukituvchi tomonidan ukuvchilar faoliyatiga maksad kuzlagan xolda raxbarlik kilish jarayonida
ukuvchilarning idroki rivojlanadi. Shuning uchun darsda, ekskursiyada idrok va kuzatishning tugri uyushtirilishi
katta axamiyatga ega.
Ta’lim jarayonida kuzatishlarni aktivlashtirish uchun ukuvchining kuzatilgan va idrok kilingan narsalarni
keyin gapirib berishi lozimligi tugrisida ogoxlantirishning axamiyati kattadir. Agar ukuvchi nimani kuzatganligi va
idrok kilganligi xakida keyinchalik xisob berishi lozimligini oldindan bilsa, u kuzatish va idrok kilish jarayonida
ancha faol buladi.
Darsda ukuvchilar bilimlarini avvalo ukituvchining ogzaki tushuntirishlarini idrok kilish orkali
uzlashtiradilar. Suzlar yordamida tushuntirilgan materialning idrok kilinishi kup jixatdan ukituvchi nutkining
xususiyatlariga boglik. Materialni muvaffkiyatli idrok kilishining yana bir muxim sharti kurgazmali kurollardan
foydalanishdir. Material suzlar yordamida xar kancha yaxshi tasvir etib berilmasin, u bevosita kuzatishlar urnini
bosa olmaydi
Do'stlaringiz bilan baham: |