Nazorat savollar.
1
.
Diqqat nima
2.Diqqatning turlari
3.Diqqatning rivojlanishi
4.Diqqatning xususiyatlari
6-MAVZU: SEZGI
Mashg‘ulotning maqsadi:
Talabalarda сезги haqida tasavvurlarni shakllantirish.
Tushunchalar
va
tayanch
iboralar:
Analizator,
retseptor,
affektiv,
effektiv,
senisteziya,
sensiblizatsiya,kompensatorlik, eksteroretseptiv, interoretsiptiv, proprioretseptiv, taktil, distant, kontakt, adaptatsiya,
absolyut chegara.
REJA:
1
.
Sezgi haqida tushuncha.
2.Sezgi turlari.
3.Sezgilrning xususiyatlari umumiy qonuniyatlari
4.Sezgining rivojlanishi.
Asosiy o‘quv materiali qisqacha bayoni:
Tevarak atrofdagi olamning boyligi xakida, tovushlar va ranglar, xidlar va xarorat, mikdor va boshka kuplab
narsalar tugrisida biz sezgi a’zolari vositachiligida axborotlarga ega bulamiz.Sezgi deb sezgi a’zolarimizga bevosita
ta’sir etib turgan narsa yoki xodisalarning ayrim sifat va xodisalarning ayrim sifat xossalarining ongimizga aks
ettirilishiga aytamiz. Biz turli ranglarni, ta’mlarni, ogir–yengilni, issik–sovukni, tovushlarni sezamiz. Sezgi a’zolari
axborotni kabul kilib oladi, saralaydi, jamlaydi va miyaga yetkazib beradi.
Sezgi a’zolari tashki olamning kishi ongiga kirib keladigan yagona yulidir. Sezgi a’zolari kishiga tevarak
atrofdagi olamda muljal olish imkonini beradi.
Sezgilar xosil bulishi uchun kuyidagi shartlar bulishi kerak:
Birinchidan, sezgi a’zolarimizdan birontasiga ta’sir etadigan narsa yoki xodisa bulishi kerak.
Ikkinchidan, sezuvchi apparat soz bulishi kerak. Bu apparat kuyidagilardan iborat: 1. Sezuvchi organ
(retseptor). 2. Utkazuvchi yul (afferent nerv). 3. Bosh miya pustlogidagi markaz 4. Miyadan javob impulslarini
uzatuvchi yul (efferent nerv).
Bitta sezgi apparatini tashkil kiladigan kismlarni I. P. Pavlov analizator deb atagan.
Sezgi moxiyatiga kura obyektiv olamning subyektiv siymosidir. Lekin sezgilarning xosil bulishi uchun
organizm moddiy kuzgatuvchining tegishli ta’siriga berilishi kifoya kilmaydi, balki organizmning uzi xam
kandaydir ish bajarishi darkor. Sezgilar muayyan davr mobaynida retseptorga ta’sir utkazayotgan kuzgotuvchining
uziga xos kuvvatini nerv jarayonlari kuvvatiga aylanish natijasida xosil buladi. Sezgilarning xosil bulishida kuchli
ta’sir kiladigan jarayonlarning ishtirokini urganishga bagishlangan kuplab va kup kirrali tadkikotlar olib borilgan.
Sezgi a’zolari fakat moslashuvchanlik, ijro kilish funksiyalarini bajaribgina kolmasdan, balki axborot olish
jarayonlarini bevosita ishtirok etadigan xarakat organlari bilan mustaxkam boglangandir.
Analizator. Sezgi nerv sistemasining u yoki bu kuzgatuvchidan ta’sirlanuvchi reaksiyalari tarzida xosil buladi
va xar kanday psixik xodisalar kabi reflektorlik xususiyatiga egadir. Kuzgatuvchining aynan uziga uxshaydigan
analizatorga ta’siri natijasida xosil buladigan nerv jarayoni sezgining fiziologik negizi xisoblanadi.
Analizator uch kismdan tarkib topadi: 1) tashki kuvvatni nerv jarayoniga aylantiradigan maxsus
transformator xisoblangan periferik bulim (retseptor). 2) analizatorning periferik bulimini markaziy analizator bilan
boglaydigan yullarini ochadigan afferen nerv (markazga intiluvchi) va efferent (markazdan kochuvchi) nervlar.
3)Analizatorning periferik bulimlaridan keladigan nerv signallarining kayta ishlanishi sodir buladigan kobik osti va
kobik (miyaning uzi bilan tugaydigan) bulimlar.
Analizator periferik bulimlarining muayyan xujayralari miya kobigidagi xujayralarning ayrim kismlariga mos
buladi. Jumladan, kuz tur pardasining turli nuktalarida xosil buladigan tasvir miya kobigida xam xar xil nuktalarda
shuni aks ettiradi; eshitishda xam xuddi shu jarayonni kuzatishimiz mumkin: nogora parda va miyadagi aks sado.
Sezgining xosil bulishi uchun xamma analizatorlar yaxlit bir narsa sifatida ishlashi darkor. Kuzgatuvchining
retseptorga ta’siri kuzgalishning yuz berishiga olib keladi.
Analizator nerv jarayonlarining yoxud reflektor yoyining butun yuli manbai va eng muxim kismini tashkil
etadi. Reflektor yoyi retseptordan, ta’sirni miyaga olib boruvchi afferent nerv yullari va efferent nervlardan tarkib
topgandir. Reflektor yoyi elementlarining uzaro munosabati murakkab organizmning tevarak atrofdagi olamda tugri
muljal olishining, organizmning yashash sharoitlariga muvofik tarzdagi faoliyatning negizini ta’minlaydi.
Sezgilarning tasniflanishi. Aks etish xususiyatiga va retseptorlarning joylashgan urniga karab sezgilar odatda
uch guruxga ajratiladi: 1. Tashki muxitdan narsalar va xodisalarning xususiyatlarini aks ettiradigan xamda
retseptorlari tananing yuzasida joylashgan ekstrotseptiv sezgilar; 2. Tananing ichki a’zolarida va tukimalarida
joylashgan xamda ichki a’zolarining xolatini aks ettiradigan interotseptiv sezgilar; 3. Retseptorlari mushaklarda va
paylarda урнашган propriotseptiv sezgilar; ular gavdamizning xarakati va xolati xakida axborot berib turadi.
Xarakatni sezadigan propriotseptiv sezgi turi, shuningdek, kinesteziya deb xam atalib, uning retseptorlari kinestezik
yoki kinestetik retseptorlar deb xam ataladi.
Ekstrotseptorlarni ikki guruxga: kontakt va distant retseptorlarga ajratish mumkin. Teri orkali paypaslab
kurishga asoslangan sezgilarni taktil sezgilar deyiladi, bular xam uz funksiyasiga kura bir necha xil bulishi mumkin,
masalan, xaroratni sezish, sillik yoki gadir budirni, kattik yoki yumshokni sezish va xokazo.
Sezgilarning umumiy konuniyatlari. Sezgilar aynan bir xil kuzgaluvchilarning aks ettirish shakllaridan
iboratdir. Jumladan, elektro magnit nurlanishi kurish sezgisining kuzgatuvchisi xisoblanadi. Bu nurlanish tulkini
uzunligi 380 dan 770 millimikron doirasida buladi va kurish analizatorida nerv jarayoniga aylanadi. Eshitish
sezgilari–retseptorlarga tebranish tezligi (chastotasi) 16 dan 20 ming gersgacha bulgan tovush tulkinlari ta’sirining
aks etish natijasidir. Ta’sir kuchi shundan past bulsa xam, baland bulsa xam sezgi paydo bulmaydi. Taktil sezgilar
mexanik kuzgatuvchining teri yuzasiga ta’siri natijasida xosil buladi.
Sezgilarning sifat, jadalligi, davomiyligi, joylarda yuz berish kabi xususiyatlari bor.
Sifat–mazkur sezgining asosiy xususiyati bulib, uni boshka sezgi turlaridan farklaydi va ayni shu sezgi turi
doirasida uzgartirib turadi. Jumladan eshitish sezgisi past–balandligi, mayinligi, zurligi bilan, kurish sezgisi boyligi,
ranglarning tusi bilan fark kiladi va xokazo.
Sezgining jadalligi – uning mikdorini ifoda etadigan xususiyati bulib, ta’sir kilayotgan kuzgatuvchining
kuchi retseptorning funksional xolati bilan belgilanadi.
Sezgining davomiyligi uning vaktinchalik xususiyati xisoblanadi. Kuzgatuvchi sezgi a’zosiga ta’sir kilishi
bilanok xosil bulmaydi, balki, bir oz vakt utgach xosil buladi. Bu sezgining latent (yashirin) davri deb ataladi. Latent
davri xar xil sezgi turi uchun xar xil: masalan, taktil sezgilar uchun 130 millisekund bulsa, ogrik sezgisi uchun 370
millisekunddir. Ta’m bilish sezgisi esa tilning ustiga kimyoviy kuzgatuvchi surtilgandan keyin 50 millisekund
utgach xosil buladi.
Sezgi kuzgatuvchi ta’sir kila boshlashi bilan bir paytda xosil bulmaganidek, ta’sir tuxtashi bilan birdan
yukolmaydi. Sezgining bu xildagi sustligi okibat deb atalgan xodisada namoyon buladi.
Kurish sezgisi bir muncha sust bulib, uni kuzgagan kuzgatuvchi ta’sir kilishni tuxtatishi bilanok darxol
yukolib ketmaydi. (Kinematograf shunga asoslangan).
Nixoyat, sezgilar kuzgatuvchining muayyan joylarda yuz berishi xususiyatiga egadir. Distant retseptorlar
tomonidan amalga oshiriladigan fazoviy taxlil kuzgatuvchining muayyan joyda yuz berishi xakida axborot beradi.
Taktil sezgilar tananing kuzgatuvchi ta’sir kiladigan kismi bilan munosabatga kirishadi.
Sezuvchanlik va uning ulchovi. Sezgi a’zolarining sezuvchanligi muayyan sharoitlarda sezgini xosil kilishga
layokatli bulgan eng kuchsiz kuzgatuvchi yordamida aniklanadi. Bilinar bilinmas sezgi xosil kiladigan
kuzgatuvchining eng kam kuchi sezuvchanlikning kuyi absolyut chegarasi deb ataladi.
Eng kam kuchga ega bulgan va kuyi chegaradagi kuzgatuvchilar sezgi xosil kilmaydi va ular xakidagi
signallarni bosh miya kobigiga utkazmaydi.
Sezgilarning kuyi chegarasi mutlak sezuvchanligi darajasini belgilaydi. Mutlak (absolyut) sezuvchanlik bilan
kuyi chegara ulchami urtasida teskari boglanish mavjud: kuyi chegara ulchami kanchalik kichik bulsa, muayyan
analizatorning sezuvchanligi shunchalik yukori buladi. E=1/P, YE – sezuvchanlik, R – kuzgatuvchining ta’sir
chegarasi meyori. Bizning analizatorlarimiz xar xil sezuvchanlikka egadir. Kishining birgina xid bilish xujayrasining
chegarasi tegishli xid tarkatuvchi moddalar uchun 8 molekuladan oshmaydi. Ta’m sezgisini xosil kilish uchun xid
bilish sezgisini xosil kilishga sarflanadiganiga karaganda kamida 25 ming marta kup molekula talab kilinadi.
Kurish va eshitish analizatorlarining sezuvchanligi juda yuksakdir. S. I. Vavilov (1891–1951) ning tajribalari
kursatganidek, kishining kuzlari turpardaga bor–yugi 2–8 kvant atrofida nur tushgan takdirda xam yoruglikni seza
oladi. Buning ma’nosi shuki, biz tim koronguda 27 km masofada yonib turgan shamni kurish kobiliyatiga egamiz.
Ayni paytda biz badanimizga biror narsa tekkanini sezishimiz uchun kurish va eshitish sezgilari xosil bulishiga
sarflanadiganiga nisbatan 100–xatto 10 mln baravar ziyod kuvvat talab kiladi.
Sezgining mutlak yukori sezuvchanligi deb, kuzgatuvchining eng kup kuch bilan ta’sir kilishiga aytiladi.
Bunda ta’sir kursatayotgan kuzgatuvchiga aynan uxshaydigan sezgi xosil buladi. (Masalan, kattik tovush, kuchli
yoruglik ogrik paydo kiladi).
Sezgilar urtasida bilinar bilinmas farkni xosil kiluvchi 2 ta kuzgatuvchi urtasida mavjud bulgan minimal fark
– fark ajratish chegarasi deb ataladi. Ajratish chegara sezuvchanligi yoxud fark ajratish sezuvchanligi xam
farklanish chegarasining ulchamiga nisbatan teskari boglanishda buladi: farklanish chegarasi kanchalik katta bulsa,
ayirma sezuvchanlik shunchalik kam buladi. (Yuk 100 gr bulganda fark 3,4 gr, 1000 gr bulganda 33,3 gr buladi).
Adaptatsiya. Sezgi chegarasining absolyut meyori bilan belgilanadigan analizatorlarning sezgirligi barkaror
bulmasdan kator fiziologik va psixologik shart–sharoitlar ta’siri ostida uzgarib turadi. Ushbu shart-sharoitlar orasida
adaptatsiya (moslashish) xodisasi aloxida rol uynaydi.
Adaptatsiya yoxud moslashuv–sezgi organlari sezgirligining kuzgatuvchi ta’siri ostida uzgarishi demakdir.
Adaptatsiya xodisasining 3 turini aloxida kursatish mumkin:
1. Kuzgatuvchining uzok muddat davomida ta’sir etishi jarayonida sezgining tamomila yukolib kolishiga
uxshaydigan turi. Masalan, terining ustiga kuyilgan yengilgina yuk tezdayok sezilmay koladi. Xid bilish sezgilari
atrof muxitga yokimsiz xid yoyilganidan kup utmay batamom yukolib kolishi xam oddiy bir xodisadir. (Korongudan
yoruglikka va aksincha).
2. Adaptatsiya deb shuningdek, yukorida bayon etilgan xodisalarga yakinrok bulgan kuchli kuzgatuvchining
ta’siri ostida sezgining zaiflashib kolishiga ifodalanadigan yana bitta xodisaga xam aytiladi. Masalan, sovuk
kuzgatuvchi xosil kiladigan sezgining jadalligi kulni sovuk suvga solganda susayadi. Biz yarim korongu xonadan
yorkin yoritilgan joyga chikkanimizda oldiniga kuzlarimiz kamashadi va tevarak atrofdagi biror narsaning farkiga
yeta olmaydigan bulib kolamiz. Adaptatsiya–bu analizatorning sezuvchanligi susayib ketishi xamdir.
3. Nixoyat kuchsiz kuzgatuvchining ta’siri ostida sezgirlikning ortishi xam adaptatsiya deb aytiladi. Ayrim
sezgi turlariga xos bulgan adaptatsiyaning bu turini pozitiv adaptatsiya deb ta’riflash mumkin. Masalan,
korongulikda uzok vakt bulganlik ta’siri ostida kuzning sezuvchanlik ta’siri ortadi. Eshitish kunikmasining shunga
uxshaydigan shakli sokinlik adaptatsiyasi xisoblanadi. Masalan, shovkin sexda ishlaydiganlar bir birlari bilan
bemalol gaplashaveradilar.
Turli analizatorlarda adaptatsiya turlicha sodir buladi.
Sezgilarning uzaro munosabati. Sezgilarning jadalligi fakat kuzgatuvchining kuchi va retseptorning
adaptatsiyalanish darajasiga emas, balki muayyan paytda boshka sezgi a’zolariga ta’sir kursatadigan kuzgalishlarga
xam boglik buladi. Analizator sezuvchanligining boshka sezgi a’zolarining kuzgalishi ta’siri ostida uzgarishi
sezgilarning uzaro munosabati deb ataladi. Buning ta’sirida uning sezuvchanligi uzgaradi. Jumladan kurish
analizatorining sezuvchanligi eshitish kuzatuvchisining ta’sirida uzgaradi. S. V. Kravkov (1893–1951) bu uzgarishni
eshitish kuzgatuvchilarining balandligiga boglik ekanligini kursatib bergan edi. Yoki kurish sezuvchanligi xid
kuzgatuvchilari ta’sirida xam oshadi.
Sensibilizatsiya. Analizatorlarning uzaro munosabati va mashk kilish natijasida sezuvchanlikning ortishi
sensibilizatsiya deb ataladi. Kuzgalish jarayonining tarkalishi (irriradiatsiyalashuvi) natijasida boshka analizatorning
sezuvchanligi oshadi. Kuchli kuzgatuvchi ta’sir kilganda kuzgalishning aksincha tuplanish xususiyatiga ega bulgan
jarayoni yuzaga keladi. Uzaro induksiya konuniga binoan bu markaziy bulmalarda boshka analizatorning
tormozlanishiga va ular sezuvchanligining susayib kolishiga olib keladi.
Analizatorlarning sezuvchanligi ikkinchi sezgilarga mansub kuzgatuvchilar ta’siri ostida xam uzgarishi
mumkin. Jumladan sinaluvchilarga eshittirib «limon kabi nordon» degan suzlarga javoban kuzlarning elektr
sezuvchanligini uzgartirib yuborgani kuzatiladi.
Sezgi a’zolari sezuvchanligining uzgarishi konuniyatlarini bilgan xolda maxsus tanlangan kushimcha
kuzgatuvchilarni kullanish yuli bilan u yoki bu retseptorni sensibillashtirish, ya’ni uning sezuvchanligini oshirish
mumkin.
Sensibillashtirishga mashk kilish natijasida xam erishish mumkin. Masalan, musika bilan shugullanadigan
bolalarga past baland oxanglarni eshitish kobiliyati kanday rivojlana borishini bilamiz.
Sinesteziya. Sezgilarning uzaro munosabati sinesteziya deb ataladigan yana bir xodisada namoyon buladi.
Sinesteziya–bir analizatorning kuzgalishi ta’siri ostida boshka analizatorga xos sezgini xosil bulishidir. Sinesteziya
sezgilarning xar xil turlarida kuzatiladi. Tovush kuzgatuvchilari ta’sir kilganda subyektda kurish obrazlari paydo
bulganida kupincha kurish-eshitish sinesteziyasi uchraydi. N. A. Rimskiy–Korsakov, A.N. Skryabin va boshkalar.
«Rangni eshitish kobiliyatiga ega edilar».
Keyingi paytlarda tovush obrazini rang obraziga aylantiradigan rang–musikaviy (svetomuzika) sozlarining
yaratilayotganligi va rang–musikaning jadal tadkik kilinayotganligi sinesteziya xodisasiga asoslangandir.
Sinesteziya xodisalari kishi organizmidagi analizator sistemalarga uzaro doimiy boglan–ganligidan, obyektiv olamni
xissiy aks ettirishning yaxlitligidan yana bir dalolatdir.
Sezuvchanlik va mashklar. Sezgi a’zolari birgina kushimcha kuzgatuvchilarni kullanish yuli bilangina emas,
balki mashklar kilish yuli bilan xam sensibillashuvi mumkin. Sezgi a’zolari sezuvchanligining oshishiga olib
boradigan 2 soxani ajratib kursatish mumkin: 1)sensor nuksonlar (kurlik, karlik)ning urnini tuldirish zaruratidan
stixiyali tarzda kelib chikadigan sensibilizatsiya;
Kurish va eshitish sezgisining yukotilishi ma’lum darajada sezuvchanlikning boshka turlarini rivojlantirish
xisobiga tuldiriladi. (Kurlarda tuyish sezgisi rivojlanishi, barmoklari bilan ukishi, pulni ajrata olishi,
xaykaltaroshlikka moyilligi; karlar xavo tebranishidan ma’no anglay olishlari; Olga Skoroxodova (kur va kar) kulini
xamsuxbati tomogiga yakin keltirib, gapni «eshitishi» va xokazo).
Do'stlaringiz bilan baham: |