Qarshi davlat universitetining pedagogika instituti "tasdiqlayman"



Download 2,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/97
Sana26.05.2022
Hajmi2,44 Mb.
#610332
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   97
Bog'liq
fayl 2584 20220225

 
 
 
 
14 –MAVZU; HISSIYOT 
 
 
Mashg‘ulotning maqsadi: 
Shaxsning eng muhim xususiyatli jihatlarini, individualligini, insonning shaxsiy 
psixologik xususiyatlarining betakrorligini tushuntirib berish. 
Tushunchalar va tayanch iboralar: 
Individ, shaxs, individuallik, irsiyat, muhit, shaxs yo‘nalganligi, 
ekstroversiya, introversiya, 
 
REJA: 
1. Individ, shaxs, individuallik. 
2. Psixik taraqqiyotni harakatga keltiruvchi faktorlar. 
3. Psixik taraqqiyotni davrlarga bo‘lish, 
4. Shaxs xususiyatlari barkamollikka intilish darajalari sifatida. 
Asosiy o‘quv materiali qisqacha bayoni: 
1. Odam dunyoga odam bulib keladi. Subyektning odam zotiga mansubligi individ tushunchasida ifoda 
kilinadi. Xayvon bolasi esa dunyoga kelgan kunidanok xayotining oxirigacha jonzot deb yuritiladi. 
«Individ»tushunchasida kishining nasl–nasabi xam mujassamlashgan. Yangi tugilgan chakalokni xam, katta 
yoshdagi odamni xam, mutaffakkirni xam, akliy zaif ovsarni xam, yovvoyi odamni xam, madaniyatli mamlakat 
kishisini xam individ deb xisoblash mumkin.
Individ sifatida dunyoga kelgan kishi aloxida sotsial fazilat kashf etadi, shaxs bulib yetishadi. Psixologiyada 
individ tomonidan amaliy faoliyat va munosabatlar jarayonida xosil kilinadigan xamda ijtimoiy munosabatlarning 
individga ta’sir utkazish darajasi va sifatini belgilaydigan tarzdagi sotsial fazilatlar majmuasi asosidagi shaxs 
tushunchasida ifodalanadi.
Shaxsning uzi nima? Eng avvalo, biz shaxs individning fazilati ekanligini tan oladigan bulsak, bu bilan biz 
individ va shaxsning birligini tasdiklagan va ayni paytda bu tushunchalarning bir biriga uxshashligini inkor etgan 
bulamiz. «Shaxs» va «Individ» tushuchalarining bir biriga uxshashligini yetakchi psixologlar – B. G. Ananyev, A. 
N. Leontev va boshkalar inkor etishadi.
Sotsial munosabatlar tizimini uzida mujassamlashtirgan subyekt bulish degan ma’noni anglatadi.
«Individ»va «Shaxs» tushunchalarining uxshashligi emas balki birligi haqidagi fikr qo’yidagicha urtaga 
kuyilishi mumkin bulgan savolga javob berilishini takozo qiladi: Shaxs deb xisoblanmaydigan individning mavjud 
bulishi yoki aksincha individning konkret soxibi sifatida undan tashkarida va usiz mavjud bulish fakti kursatilishi 
mumkinmi? Taxminiy tarzda fikr yuritilgan takdirda unisi xam, bunisi xam bulishi mumkin.
Kishilik jamiyatidan tashkarida voyaga yetgan odam birinchi bor odamlarga duch kelib, biologik xos 
individual xususiyatlardan bulak xech kanday, kelib chikishi jixatidan xamisha ijtimoiy – tarixiy xarakter kasb 
etadigan shaxsiy fazilatlarga ega ekanligini namoyon kila olmaydi, balki tevarak atrofdagi odamlar mabodo uni 
birgalikdagi faoliyat va munosabat jarayoniga «torta olishgan» takdirda ularni paydo bulishi uchun zarur tabiiy 
shart–sharoitlargagina ega buladi. Xayvonlar orasida tarbiyalangan bolalar tajribasini urganish bu vazifani amalga 
oshirishning goyat darajada murakkabligidan dalolat beradi.
«Individ» va «Shaxs» tushunchalarining bir biriga mos kelmasligi va aynan uxshash emasligi faktidan shu 
narsa ayonki, shaxs tushunchasi birgalikdagi faoliyatning xar bir ishtirokchisi uchun ushbu faoliyatning mazmuni, 
kadriyatlari va moxiyati orkali namoyon buladigan shaxslararo barkaror boglanishlar tizimidagina anglanilishi 
mumkin. Tashkaridan shunchaki karaganda bu subyek–subyekt munosabatidek kurinadi, chukurrok yondoshadigan 
bulsak bevosita subyekt–subyek alokasi shunchaki uzicha mavjud bulishidan kura kuprok allakanday obyektlar 
(moddiy yoki xayoliy) obyektlar vositasida namoyon bulishi aniklanadi. Bu individning boshka individga 
munosabati faoliyat obyekti (subyekt–obyekt–subyekt) orkali namoyon buladi, demakdir.
Aytganlarning xammasi shaxsni faoliyatda va munosabatda tarkib topadigan individlar aro (subyekt–obyekt–
subyektlararo va subyekt–subyekt–obyektlararo) munosabatlarning nisbatan barkaror tizimi subyekti sifatida anglab 
yetish imkonini beradi.
Xar bir kishining shaxsi uning individualligini vujudga keltiradigan xislatlar va fazilatlarning fakat unga xos 
birikuvidan tarkib topgandir. Individuallik uziga xosligini, uning boshka odamlardan farkini aks ettiruvchi 
psixologik fazilatlar birikmasidir. «Individ» va «Shaxs» tushunchalari bir biriga uxshash bulmagani singari, uz 
navbatida shaxs va individuallik xam birlikni tashkil kiladi, lekin ular bir–biriga uxshash emasdir. Muayyan sotsial 
birlik uchun yetakchi faoliyatga kuprok darajada «jalb kilingan» individual fazilatlargina shaxsning xususan uziga 
xos fazilatlari sifatida yuzaga chikadi. Misol uchun epchillik va kat’iylik uspirinning individualligi belgilari bulgani 
xolda, jumladan u sportda tuman birinchiligiga davogar komandaga kushilmaguncha yoki uzok joylarga turistik 
sayoxat paytida u tezokar va muzdek daryodan kechib utilishini ta’minlash vazifasini uz zimmasiga olmagunga 


kadar uning shaxsini ta’riflaydigan belgi sifatida yuzaga chikmay keldi. Aynan shu sababli xam pedagog uchun 
axamiyatli bulgan ukuvchiga individual yondoshishni amalga oshirish vazifasini ajratib kursatish kerak. Bu esa 
ukuvchining dif–ferensial–psixologik xususiyatlari (xotirasi, dikkati ,temperamenti, u yoki bu kobiliyatlarining 
rivojlanganligi va xokazo) ni xisobga olishni, ya’ni ukuvchining uz tengdoshlaridan nimasi bilan fark kilishi va shu 
munosabat bilan tarbiyaviy ishni kanday tashkil etish kerakligini aniklashni takozo kiladi.
O’quvchining tafakkuri, irodasi, xotirasi, xis–tuygularining individual xislatlarini xisobga olish bilangina 
cheklanmasdan, balki individning jamoadagi va jamoaning esa uning shaxsidagi mavkeini aniklashga yunaltirilgan 
yondoshuvgina insonning sotsial boglanishlar tizimining shaxsda namoyon bulishi sifatidagi moxiyatini ilmiy 
anglab olishga mos keladigan shaxsiy yondoshuv tarzida talkin kilinishi mumkin. 
O’quvchining xakikiy munosabatlar tizimiga kiradigan shaxsi xamisha pedagogning dikkat markazida turishi 
kerak. O’quvchining ma’naviy dunyosini boyitish esa pedagogning doimiy vazifasi bo’lib qolishi kerak.
Psixologiyada individuallikning ko’pgina xislatlari – moslashuvchanlik, tajovuzkorlik, moyillik darajasi, 
tashvishlanish va shular kabilar aniqlangan. Bular jamlanib, individning uziga xosligin kursatadi. Bu psixologik 
xodisalar uz moxiyatiga kura uzaro munosabatda bulib, oshkora yoki oshkora bulmagan xolda allakanday muxitning 
mavjudligini takozo etadi. Shaxs aynan ana shunday muxitga nisbatan moslashuvchanlik, tajovuzkorlik, 
tashvishlanish va xokazolarni namoyon kiladi.
Shunday kilib, inson shaxsining tuzilishi individuallikning tuzilishiga karaganda keng ekanligi shubxasizdir. 
Shu boisdan bunga birinchi navbatda, uning individualligini kursatadigan va fakat extirosda, ichki kiyofada, 
kobiliyatlarda va xokazolarda ancha keng ifodalanadigan fazilatlari va umumiy tuzilishigina emas, balki shaxsning 
rivojlanish darajasi xar xil bulgan guruxlarda, ana shu gurux uchun yetakchi xisoblangan faoliyat orkali 
ifodalanadigan individlar aro munosabatlarda uzini namoyon etishini xam kushish shart. Individual– tipik xususiyat 
shaxs yashayotgan va shakllanayotgan birlikning rivojlanishiga va individlar aro munosabatlarning bilvosita ifodasi 
xisoblangan faoliyatning xarakteri, qadriyatlari va maqsadlariga bog’lik tarzda jiddiy ravishda turli xil ko’rinishda 
namoyon bo’ladi. 
Individ rivojlanishining tabiiy shart-sharoitlari, uning jismoniy tuzilishi, nerv va ichki sekretsiya bezlari 
tizimi, jismoniy tuzilishdagi afzalliklari va nuksonlari uning individual psixologik fazilatlari shakllanishiga jiddiy 
ta’sir kursatadi. Lekin biologik xususiyat kishi shaxsini tarkibiga singib, ijtimoiy omilga aylanib koladi va keyinch 
alik ijtimoiy shaklda (psixologik jixatdan) mavjud buladi. Jumladan, miya patologiyasi individda, uning 
tuzilishida, uning biologik jixatlari bilan boglik, lekin shaxsiy belgilari xisoblanmish individual psixologik 
xislatlarni keltirib chikaradi. Ular ijtimoiy sababiyatlarga (determinatsiyaga) kura shaxsning konkret fazilatlariga 
aylanib kolishi xam, aylanmasligi xam mumkin.Tabiiy, tarkibiy jixatlar va belgilar kishi shaxsining individualligi 
tuzilishida uning ijtimoiy jixatdan takozo etilgan kismlari sifatida mavjud buladi. Tabiiy (anatomik, fiziologik va 
boshkalar) fazilatlar va ijtimoiy xislatlar birlikni tashkil toptiradi va shaxsning mustakil kichik tuzilishi sifatida bir–
biriga uzidan–uzi karama–karshi kuyilishi mumkin emas. Shaxs tuzilishining uch tarkibiy kismi mavjud:
1) Shaxs tuzilishiga birinchi navbatda uning individualligining tizimli tuzilishi kiradi. Shu tarika shaxs 
tuzilishining birinchi tarkibiy kismi–uning individ ichkarisidagi (intraindivid) kichik tizimining aloxida namoyon 
bulishidir.
2) Shaxs tuzilishining ikkinchi tarkibiy kismi–shaxsning shaxslar aro bushlikdagi individlararo 
munosabatlarda, alokalarda mavjud bulishidir, ya’ni individning organik tarzdagi gavdasidan tashkaridagi 
«bushlikda», «fazoda» namoyon bulishdir.
3) Shaxs tuzilishini tarkib toptiradigan uchinchi bir kismi– metoindivid (individning ustki kurinishi) kichik 
tuzilishini xam aloxida kursatish imkoniyatidir. Bunda shaxs individning organik gavdasidan tashkariga chikarilib 
kolmasdan, balki uning boshka individlar bilan «shu yerda va endilikda» mavjud bulgan alokalaridan xam 
tashkarida joylashtiriladi.
Shunday kilib, inson shaxsining tuzilishi uchta tarkibiy kismdan, uchta kichik tizimdan iboratdir: shaxsning 
individualligi, uning shaxslararo munosabatlar tizimida gavdalanishi xamda shaxsning uzi kelib chikishiga kura 
individlararo, ijtimoiy alokalar va munosabatlar sube’kti sifatida mavjud bulishidir.
Xar uchala kichik tuzilishi birligi shaxs obru–e’tiborida namoyon bo’ladi.
Individning shaxs darajasiga kutarilishi extiyoji konkret tarixiy shaklda mavjud bulib, sinfiy mazmunga 
egadir. Jamiyatda yashayotgan kishida ta’lim–tarbiya berish ishlari tugri yulga kuyilgan takdirda ijtimoiy foydali 
faoliyatda shaxs darajasiga kutarilish extiyojining shakllanishi va kondirilishi uchun zarur barcha shart–sharoitlar 
tarkib topadi.
Shaxs faolligi va yunaltirilganligi. Kishining tevarak atrofga munosabatda, birgalikdagi va ijodiy faoliyatda 
namoyon buladigan ijtimoiy axamiyatga molik uzgarishlar kilish layokati shaxsning faolligi deb tushuniladi. Bu 
uning goyaviy prinsipialligida, uz nuktai nazarini ximoya kila olishida, suzi bilan ish birligida ifodalanadigan 
xayotiy pozitsiyasida kurinadi.
Xozirgi paytda garb psixologiyasida shaxsni tadkik kilish va tushunish borasida «Insonparvarlik 
psixologiyasi» deb atalmish– psixoanalitik (psixoanaliz) nazariyalari va karashlari (shaxsning ekzistensializm 
nazariyasi–«yashab kolish», «kun kurish» goyasi bilan boglik, uning tarafdorlari L. Binsvager, M. Boss, YE. 
Minkovski, R. Mey, V. Frankl, Dj. Bugental va boshkalar) eng nufuzli yunalishlar bulib xisoblanadi. 
Asrimiz boshlaridayok Venalik psixiatr va psixolog Zigmund Freyd (1856-1939) shaxs faolligi manbai va 
xarakterining uzicha talkinini tavsiya kilgan edi. Z.Freyd fikricha kishining faolligi xuddi xayvonlardagi kabi 
instinktlarga, birinchi navbatda jinsiy, shaxvoniy instinktlarga boglik emish.


Garb psixologiyasining, asosan amerikaparast psixologiya–ning yana bir nazariy yunalishi «Insonparvarlik 
psixologiyasi» bir karashda psixoanaliz nazariyasiga zid bulib kurinsada aslida bir biriga yakin. Karl Rodjers (1902–
1987), A. Maslou Abraxam Xarold (1908–1970), Olport Gordon (1897–1967) va boshkalar shaxs faolligining asosiy 
sababi kelajakka, uzligini namoyon kilishga intilishdir deb xisoblaydilar.
Dunyoni odamlarning uzlari uzgartiradilar, lekin buni ongli ravishda amalga oshirish uchun dastavval uni 
uzgartirishda, uni kurishda ishtirok etishga yunaltirilgan bulishi kerakki, bu ish jarayonida shaxsning uzi xam 
uzgaradi. Xozirgi zamon ilmiy–psixologiyasi kishi uz faolligini faoliyat jarayonida va eng avvalo, birgalikdagi 
faoliyat jarayonida namoyon kilishi tugrisidagi koidani kabul kiladi. Shaxs faolligini va faoliyatini yunaltirib 
turadigan va mavjud vaziyatlarga nisbatan boglik bulmagan barkaror motivlar majmui kishi shaxsining 
yunaltirilganligi deb ataladi. Motivlar oz yoki kup darajada anglangan bulishi yoki umuman anglanilmagan bulishi 
xam mumkin. Shaxsning yunaltirilganligida anglangan motivlar asosiy rol uynaydi.
Kishi faoliyat natijasini xayolan oldindan belgilab beradigan maksadning uzigina emas, balki ushbu maksad 
axamiyatiga molik obyektda ruyobga chikishining realligi xam anglanilgan bulsa, bu xol shaxsning istikboli deb 
karaladi. (Perspektiva). 
Istikbolni anglash kishiga tabi xiralik, uz kechinmalariga karama-karshi ruxsizlik, tushkunlik xolatini keltirib 
chikarishi frustratsiya deb ataladi. Bu kishining maksadiga erishishi yulida real tarzda bartaraf etib bulmaydigan deb 
xisoblangan yoki shunday deb idrok etiladigan tuskinlikka, govlarga duch kelgan xollarda yuz beradi. Frustratsiya 
shaxsning xulk atvorida va uning uzini anglashida turli xil uzgarishlarga olib keladi.
Shaxs yunaltirilganligi uning kizikishlarida, e’tikodi va dunyokarashida namoyon buladi. Kizikish – biron 
soxada tugri muljal olishga, yangi faktlar bilan tanishishga, vokelikni ancha tula va chukur aks ettirishga yordam 
beradigan motivdir.
Kizikishlar bilishning doimiy kuzgatuvchi mexanizm sifatida namoyon buladi. Kizikishlar mazmuniga, 
maksadlariga, mikyosi va barkarorligiga karab belgilanadi (ijobiy yoki salbiy). Kizikishlar–shaxs faoliyatini 
asoslashning birdan bir emas, lekin muxim shartidir. Xulk atvorning muxim motivlaridan biri e’tikoddir. E’tikod–
shaxsni uz karashlariga, prinsiplariga, dunyo–karashiga muvofik tarzda ish kurishga da’vat etadigan motivlar 
tizimidir. Bu bilimlar nuktai nazarlarning tartibga solingan va ichki uyushgan tizimini (falsafiy, estetik, axlokiy, 
tabiiy-ilmiy) tashkil etgan takdirda kishining dunyokarashi sifatida talkin kilinishi mumkin. Dunyokarash sinfiy 
xarakterga ega.
Psixologiyada shaxsning yul–yuriklari uning u yoki bu extiyoji kondirilishiga yordam berishi mumkin bulgan 
faolitga tayyorligining, moyilligining uzi tomonidan anglanilmaydigan xolatini belgilaydi. Buni N. D. Uznadze 
ustanovka deb atagan.Psixologik tadkikotlar yul – yurikning tuzilishi uchta tarkibiy kismdan iboratligini kursatdi. 
Bular kishining bilib olishga va idrok etishga tayyorligidan iborat bulgan kognitiv (lotincha bilish) kichik tuzilish, 
yul–yurik obyektiga nisbatan xayrixoxlik va xush kurmaslik xislatlari kompleksidan iborat bulgan – xissiy baxolash 
kichik tuzilishi, yul–yurik obyektiga nisbatan irodaviy kuch– gayratni safarbar etishga shaylikdan iborat bulgan xulk 
atvor kichik tuzilishdir.

Download 2,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish