Ko‘rgazmali-obrazli tafakkur.
Inson tomonidan bevosita idrok qilinayotgan predmetlar emas, balki faqat
tasavvur qilinayotgan narsa va hodisalar haqida fikr-lashdan iborat tafakkur turi ko‘rgazmali-obrazli tafakkur deb
ata-ladi. Tafakkurning mazkur ko‘rinishi 4—7 yoshgacha bo‘lgan bolalarda namoyon bo‘ladi. Bog‘cha yoshidagi
bolalarda ko‘rgazmali-harakatli tafakkurning amaliy elementlari ko‘rgazmali-obrazli tafakkur bos-qichiga o‘tgandan
so‘ng ham saqlanib qoladi, lekin u o‘zining yetakchi rolini yo‘qota boshlaydi. Ushbu yoshdagi kichkintoylar jism va
pred-metlar bilan tanishayotganda analitik-sintetik faoliyatdan foyda-lanib ish ko‘rayotganda ularni qo‘l bilan
ushlab ko‘rishga, ichki tuzi-lishi bilan amalda tanishishga intilmaydilar. Chunki ko‘p hollarda ulardan amaliy
harakat qilish talab qilinmaydi. Lekin bu ular jism va predmetlarni, obyektlarni aniq va to‘liq idrok qilish, yaqqol
tasavvur etish imkoniyatidan mustasno qilinadi, degan so‘z emas, albatta. Bog‘cha yoshidagi bolalar ilmiy
tushunchalarga ega bo‘lma-ganliklari uchun bilish faoliyatida asosan ko‘rgazmali-obrazlarga suyanib fikr
yuritadilar, mulohaza bildiradilar, hukm chiqaradi-lar. Yuqoridagi fikrimizni tasdikdash uchun shveytsariyalik
psixo-log Jan Piaje tajribalariga murojaat qilamiz. U 6—7 yoshdagi bo-lalarga xamirdan bab-baravar qilib yasalgan
ikkita zuvalachani ko‘rsatadi, shu zahotiyoq tekshiriluvchilar ularning bir-biriga teng ekanligiga ishonch hosil
qiladilar. Tajribaning ikkinchi bosqichida zuvalachaning bittasi non shakliga keltiriladi, bu holatni o‘z ko‘zla-ri
bilan kuzatib turgan bolalardan so‘ralganda, ular zuvalacha haj-mining o‘zgarishiga qarab tenglik buzilgan deb
javob berganlar. Ushbu holat bog‘cha yoshidagi bolalarda ko‘rgazmali-obrazli tafakkur bevosi-ta va batamom
ularning idrok jarayonlariga bog‘liqekanligini ko‘rsa-tadi. Shuning uchun ular narsa va hodisalarning, jism va
predmet-larning ko‘zga yaqqol tashlanib turuvchi alomatiga, xususiyatiga, ta-shqi belgisiga e’tibor qiladilar. Lekin
ularni ichki bog‘lanishla-ri, o‘zaro munosabatlarini bildirib keladigan muhim, asosiy si-fatlariga ahamiyat
bermaydilar. Obyektlarni fazoda joylashgan o‘rni, tashqi nomuhim belgisi ularning ko‘rgazmali-obrazli tafakkurini
vujudga keltiradi. Masalan, ularning nazarida odamlar bo‘yining baland va pastligi ularning yoshini (ulug‘ligini)
belgilaydilar.
Tafakkur aktivligiga qarab ixtiyorsiz (intuitiv) va ixtiyoriy (analitik) tafakkur turlariga ajratiladi. Intuitsiya
deb, mantiqiy tafakkur yordamida ko‘p vaqtlar davomida hal qilinmagan aqliy va-zifalarning to‘satdan,
kutilmaganda hal qilinib qolishi jarayoni ataladi. Shaxsning muayyan sohadagi hayotiy yoki ilmiy tajribalari-ga
asoslangan intellektual sezgirligidan iborat faoliyatdir.
Ko‘pincha ixtiyoriy tafakkur jarayoni mulohaza, muhokama, isbot-lash, gipoteza qilish kabi shakllarda
namoyon bo‘ladi. Matematika, fizika, kimyo, psixologiya va boshqa fanlardagi muammo va masala-larni yechish
jarayonlari bunga yorqin misol bo‘la oladi. Bundan tash-qari, ixtiyoriy tafakkurga tanqidiy yoki nazorat (kontrol)
tafakkur ham kiradi. Moddiy borliqni adekvat aks ettirish fikr yuritishni tanqidiy va sinchkov bo‘lishini taqozo etadi.
Binobarin, narsa va hodisalarni atroflicha bilish uchun obyektiv baho berish zaruriyati tug‘iladi, bu esa o‘z
navbatida, fikr yuritish ko‘lami keng, analitik-sintetik faoliyat doirasi mustahkam bo‘lishini talab qiladi.
Tafakkur jarayonlari ixtiyorsiz yuz berishi ham mumkin. Lekin bu holda ular ixtiyoriy tafakkurga suyangan
tarzda vujudga keladi. Jumladan, odamning amaliy, maishiy va hokazo faoliyatlarida ix-tiyorsiz ravishda qator
savollar paydo bo‘lishi va ularga beixtiyor javoblar axtarish hollari uchrab turadi. Bunday paytlarda inson fikr
yurityaptimi yoki yo‘qmi, buni bilish juda qiyin, vaholanki u o‘zicha go‘yo savollarga javob topganday, shirin his-
tuyg‘ularni boshdan kechirayotganday bo‘ladi, shuning uchun ko‘pincha «tilimning uchida turibdi» odamlar
qandaydir tekst yoki muammo, masala ustida bosh qotirib o‘tirganlarida (biror narsaning bevosita ta’siri natija-sida)
fikr yuritish mutlaqo beixtiyor o‘y berib qoladi va ularni asosiy topshiriqni bajarishdan uzoqlashtiradi. Ba’zan
amalga oshi-rilishi maqsad qilib qo‘yilgan topshiriqni ixtiyoriy ravishda ba-jarish jarayonimizda bu rejaga
kiritilmagan (favqulodda vujudga kelgan) ayrim vazifalarni ham bajaramiz, bu jarayon biz uchun ixti-yorsiz
ravishda o‘tadi.
Insoniyatning tarixiy taraqqiyoti tarixidan shu narsalar ma’-lumki, yirik ilmiy kashfiyotlar ham ko‘pincha
xuddi shunday beixti-yor fikr qilib turgan mahalda to‘satdan ochilgan. Jumladan, yunon olimi Arximed solishtirma
og‘irlik qonunini zo‘r berib aqliy meh-nat qilish paytida emas, balki hech kutilmagan jarayonda, vannada cho‘milib
turgan paytida kashf etgan. Ulug‘ rus olimi D. I. Mendele-yevning hikoya qilishicha, u elementlar davriy tizimi
jadvalini tu-zish vaqtida uch kechayu uch kunduz betinim mehnat qilgan, ammo bu vazifani nihoyasiga yetkaza
olmagan. Undan so‘ng charchagan olim ish stoli ustida uyquga ketgan va tushida bu elementlar tartibli joy-
lashtirilgan jadvalni ko‘rgan. Shunda D. I. Mendeleyev uyqudan uy-g‘onib, bir parcha qog‘ozga tushida ayon
bo‘lgan jadvalni ko‘chirib qo‘ygan.
Ko‘pincha psixolog va fiziologlar ta’kidlashlaricha, muammoning bunday oson ravishda yechilishi hech
kutilmagan yuqoridagi kabi beix-tiyor hal qilinishi shu kashfiyotlar olam yuzini ko‘rganicha bo‘lgan davr ichida
oylab, yo‘llab qilingan mehnatning yakuni, ya’ni tugal-lanmay qolgan tafakkur jarayonining nihoyasiga yetishdir,
deb baho-lamoqdalar.
Yirik fiziolog hamda psixolog V. M. Bexterevning izoxdicha, bunday kutilmagan jarayonlarning ro‘y
berishiga asosiy sabab — bu o‘rganilayotgan masala to‘g‘risidagi uxlashdan oldin zo‘r berib bosh qotirish o‘ylash
(fikr yuritish) va butun zehni, shuning bilan birga diqqat-e’tiborining tortilishi, kashf qilinishi zarur masalaga to‘la-
to‘kis yo‘nalishdan iborat maqsadga muvofiqlashtirilgan mu-rakkab, barqaror psixik holatning hukm surishidir.
Mazkur holat aniq obyektga qaratilgan aqliy zo‘r berishning intensiv tarzda da-vom etishi natijasida vujudga kelgan
mahsuldir va hokazo.
Fikr yuritilishi lozim bo‘lgan narsa va hodisalarni idrok yoki tasavvur qilish mumkin bo‘lsa, bunday tafakkur
konkret tafakkur deb ataladi. U o‘z navbatida yaqqol-predmetli tafakkur va yaqqol-ob-razli tafakkur nomi bilan ikki
turga ajratiladi. Agar fikr yuritish obyekti bevosita idrok qilinsa, bunday tafakkur yaqqol-pred-metli tafakkur
deyiladi. Fikr yuritilayotgan narsa va hodisalar faqat tasavvur qilinsa, bunday tafakkur yaqqol-obrazli tafakkur deb
ataladi. Tafakkurning bir turi xotira yoki xayol tasavvuriga asos-langan holda namoyon bo‘ladi.
Abstrakt tafakkur narsalarning mohiyatini aks ettiruvchi va so‘zlarda ifodalovchi tushunchalarga tayanib, fikr
yuritishdir. Algeb-ra, trigonometriya, fizika, chizma, geometriya, oliy matematika ma-salalarini yechish mahalida
fikr yuritish, mulohaza bildirish abst-rakt tafakkurga xos misollardir. Algebraik mikdorlarni konkret narsalarga
taqqoslab, nisbatan berib konkretlashtirilsa bo‘ladi, lekin bu yerda bizning maqsadimiz konkret miqsor to‘g‘risida
fikr yuritish emas, balki shu narsalar o‘rtasida mavjud umumiy mikdor aloqalari ustida mulohaza yuritishdir.
Chunonchi, bu holda biz faqat umumlashgan tushunchalarga tayanib fikr yuritamiz.
Abstrakt tafakkur konkret tafakkurdan g‘oyat keng ma’no anglati-shi bilan voqelikni chuqurroq bilishga olib
borishi bilan farq qiladi. Shuning uchun biz yakka hukm vositasi bilan qator narsa va hodisalarga taalluqli ichki
qonuniyatlar to‘g‘risida fikr yurita ola-miz. Idrok va tasavvur qilish mumkin bo‘lmagan narsa va hodisalar
to‘g‘risida abstrakt tafakkur yordamida mulohaza yuritsa bo‘ladi. Shu sababli jamiyat va tabiat qonunlari haqida,
borliq to‘g‘risida, chek-sizlik, sifat, miqdor, tenglik to‘g‘risida, go‘zallik yuzasidan mavhum abstrakt mulohaza
yuritish mumkin, xolos.
Biroq konkret tafakkur bilan abstrakt tafakkur o‘zaro uzviy bog‘-langandagina bir butun inson tafakkurini
vujudga keltiradi, chun-ki predmetningtashqi va ichki xususiyatlarini atroflicha ochish alo-hida olingan tafakkurning
u yoki bu turi yordamida ifodalab berish ancha mushkuldir. Abstrakt tafakkur konkret tafakkur zamirida vu-judga
kelgan, uning poydevori ustida o‘sgan va rivojlangan. Chunki tafakkurning genetik jihatdan kelib chiqishini analiz
qilib chiq-sak, konkret tafakkur amaliy tafakkur bilan parallel ravishda na-moyon bo‘la boshlagan, abstrakt tafakkur
esa tarixiy taraqqiyotning keyingi bosqichlarida hosil bo‘lgan. Shunga qaramasdan, hamma vaqt har qanday konkret
fikr, mulohaza abstrakt fikr muhokama ichiga ma’lum darajada singib ketgan bo‘ladi.
Hodisalarni izohlashga, faraz qilishga qaratilgan tafakkur na-zariy tafakkur deb ataladi. Tushunchalar
o‘rtasidagi bog‘lanishlarni, munosabatlarni, ichki bog‘lanishlarni yoritib borish va shu bog‘la-nishlarni nazariy
jihatdan fikr yuritish yo‘li bilan izohlash kabi jarayonlarni nazariy tafakkur yordamida amalga oshirish mumkin.
Izohlash paytida izohlanayotgan narsa va hodisalar, xossa va xususi-yatlar, jism va predmetlar, umuman butun
voqelik ma’lum turkumda-gi tushunchalar qatoriga kiritiladi va ularning farq qiladigan belgi va alomatlari fikran
ajratib ko‘rsatiladi. Bundan tashqari, muay-yan obyektlarning mohiyati, mazmuni, mavjud bo‘lishlik sabablari, kelib
chiqishi, taraqqiyoti, o‘zgarishi, shuningdek, ularning ahamiya-ti va funksiya hamda vazifalari izohlab beriladi.
Nazariy tafakkur jarayonlarda «Nega?», «Nima uchun?», «Nima sa-babdan?», «Buning o‘zi nima?», «Bu
hodisa yoki holatlar, yoxud tushun-chalar o‘rtasida qanday o‘xshashlik va tafovutlar mavjud?» kabi qator savollar
vujudga keladi. Berilgan savollarga atroflicha o‘ylab, man-tiqan oqilona tuzilgan javoblar ham topiladi. Jumladan,
«Quyosh botdi — qorong‘i tushdi», «Sovuqtushdi — suvlar muzladi», «Olmaxon — hayvondir», «Kit — sut
emizuvchidir», «15+2 va 20—3 miqdorlari o‘zaro tenp>, «TAT matematik appersepsiya ochib berish apparatidir»,
«Xarakter — ijtimoiy turmush mahsulidir» va boshqalar. Bu keltir-gan misollarda o‘quvchi va talabalar narsa va
hodisalardagi bog‘la-nishlarni, ichki qonuniyatlar va xossalarni, o‘zaro muntazam munosa-batlarni ta’kidlab
o‘tadilar, izoxdaydilar va tushuntirib berishga harakat qiladilar.
Nazariy tafakkurni ayni bir paytda abstrakttafakkur deb atash-lik an’ana tusiga kirib qolgan. Bunday nom
bilan atashga asosiy sabab nazariy tafakkurning umumiy hukmlarda ifodalanishidir. Misol uchun: «Metallar elektr
tokini yaxshi o‘tkazadi». «Jismlar ishqalanishdan qiziydi». «Hamma hayvonlar o‘zi yashayotgan muhitga
moslashadi». «Narsa va predmet nomini bildirib kelgan so‘zlar ot deb ataladi». «Diqqat barcha psixik jarayon va
holatlarning muva-faqqiyatli amalga oshirish garovidir». «O‘tish (o‘smirlik) davri ham jismoniy, ham jinsiy jihatdan
intensiv o‘sish davridir». «Shaxs taraqqiyoti nasliy (irsiy) belgi, ijtimoiy muhit va ta’lim-tarbi-yaga bog‘liqdir».
«Qiziqish va ehtiyoj inson shaxsining muhim jiha-tidir» va hokazo.
Abstrakt tafakkur maktab o‘quvchilarida dastavval elementar shakl-dagi abstrakt tushunchalarga suyangan
holda rivojlanadi, so‘ngra mu-rakkab tabiiy-matematik fan asoslarini egallash jarayonida ma’-lum tizimdagi abstrakt
tushunchalarni o‘zlashtirish evaziga yuqori-roq bosqichga ko‘tariladi. Oliy maktablarda tahsil olish davomida
abstrakt tafakkur o‘zining eng yuqori ilmiy dialektik nazariy bos-qichiga ko‘tariladi. Bunda ijtimoiy fanlar alohida
ahamiyat kasb etadi, jumladan filosofiya, psixologiya va boshqalar. Talabalar ham ko‘lam, ham daraja jihatidan
murakkab bo‘lgan tushunchalar bilan ta-nishadilar. Masalan: materiya, ong, xususiyat, umumiylik, reallik, makon,
zamon, harakat, psixika, sifat, krizis, bosqich va hokazo.
Abstrakt tafakkur orqali narsa va hodisalarni bevosita idrok qilish mumkin bo‘lmagan xususiyatlari, o‘zaro
munosabatlari aniqlanadi, u yoki bu sohaga oid qonuniyatlar ochiladi, sabab-oqibat bog‘lanishlari aks ettiriladi.
Ijodiy tafakkur murakkab bilish faoliyatidan biri bo‘lib, tad-rijiy ravishda, izchil o‘zaro bog‘langan
jarayonlardan tashkil topa-di: dastavval savollar tug‘iladi, vazifa aniqlanadi, masalani yechish yoki savollarga javob
qidirish jarayoni vujudga keladi. Inson ol-dida turgan aniq vazifa yoki masala — bu bajarilishi yoki hal qili-nishi
zarur bo‘lgan savolning ifodasidir. Namoyon bo‘lgan vazifa (masala) ko‘pincha ifodalanishi shart bo‘lgan maqsadni
ham o‘zida aks ettirib keladi. Maqsad esa insonning izlanayotgan noma’lum voqe-likni topishga gumon va hayajon,
shubha hislardan forig‘ etishga qara-tilgan maylidir.
Tafakkurning izlanish bosqichlarida vujudga kelgan masalaning ifodalanishi har xil darajada bo‘lishi
mumkin. Jumladan, voqe-likning nimalari ma’lumki, nimalari yana noma’lum, ularni aniq-lash, qay holatda va qaysi
yo‘l bilan yechilishi mumkin, uning tur-mush uchun qanday ahamiyati bor, singari jihatlarini aniklashga to‘g‘ri
keladi.
Ijodiy tafakkur turi o‘zining samaradorligi va dolzarbligi, universalligi bilan boshqa fikr yuritish
jarayonlaridan farq qiladi, yangi-yangi muammolarni o‘ylab chiqishda, masalani hal qilishda zarur jarayon bo‘lib,
insonning bilish faoliyatida yetakchi rol o‘ynaydi.
Psixologiya fanida tafakkurni realistik va autistik turlarga ajratib o‘rganish holati hukm surib kelmokda.
Odatda, realistik tafakkur qurshab olgan atrof-muhitni o‘rganishga, aks ettirishga qaratilgan fikr yuritish bo‘lib, u
mantiqiy qonun va qoidalarga bevosita bo‘ysunadi va ularning yordami bilan voqelikni in’ikos qiladi. Mavjud narsa
va hodisalarni aks ettirish mazkur tafakkur turi-ning obyekti bo‘lib hisoblanadi. Autistik tafakkur insonning xo-hish
va istaklarini amalga oshirish bilan uzviy bog‘liq ravishda sodir bo‘ladi.
Masala yechimini qabul qilishga va informatsion tayyorgarlik ko‘rishga qaratilgan fikr yuritish vizual
tafakkur deyiladi. Vizual tafakkur maqsadga muvofiqharakatlar yoki anglashilmagan operatsiya-lar, chunonchi,
obrazlar manipulyatsiyasi va transformatsiyasi yordami bilan amalga oshiriladi va «akdiy aylanish»dan namoyon
bo‘ladi.
Yirik psixologlardan biri 3. I. Kalmikova o‘z tadqiqotlarida tafakkurning produktiv va reproduktiv turlarga
ajratib o‘rgangan edi. Bu bo‘linish subyekt bilimlariga fikr yuritish faoliyatida olinadigan mahsulning yangilik
darajasining munosabati asos qilib olinadi. Qisqa vaqt birligi ichida yangi, original fikrlar yaratish yoki muhim
ilmiy, amaliy masalalarni hal qilish bilan belgilanadigan tafakkur produktiv tafakkur deyiladi. Reproduktiv tafak-kur
esa passiv, tayyor mulohazalarni o‘zlashtirib olishga va «tayyor holda» undan foydalanishga qaratilgan insonning
bilish faoliyati ko‘rinishidir.
Fikrlash yoki fikr yuritish inson akliy faoliyatining, aqlzakovatining, muomala maromining, ongli xulq-
atvorining yuksak shakli bo‘lib hisoblanadi. Mustaqil fikrlash tevarak-atrofni, ijtimoiy muhitni hamda voqelikni
bilish quroli, shuningdek, shaxs-ning keng ko‘lamli akliy faoliyatini oqilona, omilkorlik bilan amalga oshirishning
asosiy sharti sanaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |