Xayol inson ijodiy
faoliyatining mahsuli bo‘lib, mehnatning oraliq va yakuniy natijalarida namoyon bo‘ladi.
Muammoli
vaziyatda noaniqlik, noma’lumlik alomatlari vujudga kel-sa, u holda faoliyat rejasini qayta ko‘rib chiqishni
ta’minlaydi. Shu narsani alohida ta’kidlab o‘tish kerakki, hech qachon xayol ijo-diy faoliyat dasturining yaratuvchisi
sifatida namoyon bo‘lmaydi, balki uning ayrim o‘rinlarini to‘ldirishning va almashtirishning timsollarini yaratadi,
xolos.
Xayolning bilish jarayoni sifatidagi asosiy vazifasi shundan iboratki, u amaliy faoliyat boshlanmasdan turib,
uning mahsulini oldindan tasavvur qilish va ularning timsollar tariqasida vujudga keltirishdan iboratdir. Inson
shaxsiy faoliyatida ayrim qiyinchiliklar vujudga kelsa, ularni bartaraf qilish uchun odam o‘ylanadi, fikriy obrazlarni
yaratadi, ularga yangi qo‘shimchalar kiritadi, xullas mahsulotning sifatli chiqishini, uning buyum tariqasida na-
moyon bo‘lishini xayol uzluksiz ravishda ta’minlab turadi. Aytaylik, inson stul yasamoqchi bo‘lsa, u eng avval unga
oid qismlarni tayyor-laydi, shaxs xayolan uning sifatiga e’tibor beradi, keyin ularni yaxlitlaydi, o‘zaro birlashtiradi
hamda buyum shaklida gavdalantiradi. Binobarin, xayol ishning har bir bosqichida bevosita ishtirok qiladi, yo‘l-
yo‘lakay ko‘rsatmalar, qo‘shimchalar kiritib boradi.Xayol bilish jarayonlari bilan uzviy aloqada hukm suradi, ularni
aks ettirish imkoniyatining to‘laroq ro‘yobga chiqishiga yordam beradi. Ayniqsa, u tafakkur bilan bevosita aloqada
bo‘ladi, xuddi shu boisdan ularning har ikkalasi ham bashorat qilish, oldindan payqash, sezish, istiqbol rejasini
tuzish imkoniyatiga ega. Shuninguchun ular o‘rtasida bir qator o‘xshashliklar va ayrim farkdar mavjuddir. Bu holat
quyidagilarda o‘z ifodasini topadi: 1) xayol tafakkur singari muammoli vaziyatda, masala va topshirikdar yechish
jarayonida tug‘ila-di; 2) yangi yechim, usul, vosita qidirishda va ularni saralashda umumiylik mavjud; 3) xayolning
ham, tafakkurning ham paydo bo‘lishi shaxsning ehtiyojlariga bevosita bog‘liq; 4) ehtiyojlarni qondirish-ning
dastlab xayoliy obrazlari yaratiladi, uning natijasida vaziyatni yorqin tasavvur qilish imkoni tug‘iladi; 5) xayolda
oldindan aks ettirish jonli tasavvurlar tarzida, yaqqol timsollar shaklida vu-judga kelsa, tafakkurda ular
umumlashmalar, tushunchalar bilvosita-lik xususiyati orqali ro‘yobga chiqadi.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, muammoli vaziyatda aqp faoliyati natijalari ong nazoratidagi obrazlar,
tasavvurlar hamda tushunchalar tizimida ifodalanadi. Obrazlar vatasvirlar tanlash (saralash) xayolning funksiyasi
orqali, tushunchalar va ularning yangi-lik alomatlari esa tafakkur yordamida ro‘yobga chiqadi. Tasavvurlar bilan
tushunchalarning o‘zaro uyg‘unlashuvi ikkita ijodiy xususiyat-li bilish jarayonlarining hamkorlikdagi ijodiy
faoliyatida bir davrningo‘zida qatnashishni bildiradi. Faoliyatningtarkibiy qism-lari ularning qanday amalga
oshirilishi to‘g‘risidagi yaqqol obraz-larni uzviy bog‘lanib ketgan fikriy mulohazalarning qo‘shilishi tufayli
harakatchanlik imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Xayol jarayoni tafakkurdan farkdi o‘laroq muammoli vaziyatning ma’lumotlari qanchalik noaniq bo‘lsa,
shunchalik tasavvur obrazlari yaralishi uchun qulay imkoniyat tug‘iladi, uning mexanizmlari tez-korlikda ishga
tushadi. Masalan, yozuvchining xayoli asar qahramonlarining taqdiri bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, konstruktor,
muhandis, me’mor kabi mutaxassislarga qaraganda nihoyat darajada katta noa-nikdiklarga ega, voqelikdan tubdan
uzoq fantaziya olamida obraz-lar, chizg‘ilar, badiiy to‘qimalar yaratadi. Ma’lumki, aniq dunyoviy fanlarning
qonuniyatlariga qaraganda insonning psixikasi, uning xatti-harakatlari qonuniyatlari murakkab va yetarli darajada
ma’-lumotlarga ega emas. Xuddi shu boisdan bosh miya katta yarim sharlari funksiyasining qariyb uchdan bir
qismini ilmiy dalillar asosida tushuntirib bera olishimiz mumkin, xolos.
Muammoli vaziyat o‘zining xususiyatiga ko‘ra bir davrning o‘zida ham xayolning, ham tafakkurning ishtirok
etishini taqozo qiladi. Agarda muammoning yechimi, masalaning sharti aniq bo‘lsa, bu holda tafakkurning ishtiroki
ustuvorlik qiladi, mabodo noma’lumlik-larning miqsori ko‘payib ketsa, u taqsirda xayol yoki fantaziya yetak-chi rol
o‘ynay boshlaydi. Muammo yechimining turli usullari, ularninginvariantlari, muayyan qonunlari, qoidalari ta’riflari
mav-jud bo‘lgan taqdirda faoliyat tafakkur yordami bilan amalga oshiri-ladi.
Xayolning eng ahamiyatli tomoni shundan iboratki, u tafakkur predmetiga taalluqli holatlardagi
yetishmovchilikda ham u yoki bu yo‘l bilan muammoli vaziyatdan yengilroq chiqib ketishga muhim zamin
hozirlaydi. Insonda mavjud narsalarning ichki tuzilishi, uning rivojlanishi, o‘zgarishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarning
yetishmasli-gi tufayli shaxs xayolga va fantaziyaga murojaat qiladi. Biosfera va neosferada insoniyat uchun
noma’lum o‘rganilmagan sohalar mavjud ekan, demakki, xayol uzluksiz ravishda o‘z funksiyasini bajaravera-di,
shuning uchun xayolning qaysi turi hukm surayotganligidan qat’i nazar, u ijobiy hodisa sifatida baholanishi lozim.
Chunki, xayol insonning akdiy zo‘r berishda, stress, affekt holatlarida asab ti-zimining tangligidan xalos etib, tana
a’zolari funksiyasini tik-laydi, ishchanlik qobiliyatini barqarorlashtiradi.
Xayol o‘zining faolligi bilan atrof-muhitni o‘zgartirishga yo‘nal-tirilgan shaxsni ijodiy faoliyatining muhim
sharti sifatida xiz-mat qiladi. Ba’zi bir psixologik ma’lumotlarga qaraganda, goho xayol faoliyatning funksiyasini
bajaradi, bunda u xatti-harakatlar-ning sun’iy ravishdagi majmuasi vazifasini ijro etadi, xolos. Inson quyidagi
holatlarda yaqqol tasavvurdan yiroq bo‘lgan xayolot olamiga kirib borishi mumkin: 1) inson hech qanday yo‘l bilan
hal qilib bo‘lmaydigan masalalar, muammolar iskanjasidan berkinish maqsadida; 2) turmushningog‘ir
sharoitlaridan, zahmatlaridan himo-yalanish niyatida; 3) shaxsiy nuqsonlarning ta’qibidan; 4) ushalgan armondan; 5)
patologik holatga (ruhiy nuqsonga) uchraganda; 6) alko-golizm, narkomaniya va boshqa vaziyatlarda. Xayolot
(fantaziya) tur-mushda gavdalanishi mumkin bo‘lmagan, amalga oshirish imkoniyati yo‘q xatti-harakatlar dasturini
namoyon etadi.
Yuqoridagi mulohazalar negizidan kelib chiquvchi xayolning bun-day shakli psixologiya fanida passiv (sust)
xayol deb nomlanadi. Psixologiyada aktiv (faol), ixtiyoriy, ixtiyorsiz, tikpovchi va ijo-diy turlar to‘g‘risida ham
muayyan ma’lumotlar mavjuddir.
Inson passiv xayolni oldindan ixtiyoriy rejalashtirib yuzaga keltirishi ham mumkin. Xuddi shu bois iroda
bilan hech bir bog‘liq bo‘lmagan, jo‘rttaga «kashf» qilingan, biroqhayotda gavdalantirishga yo‘naltirilgan xayolning
o‘ziga xos obrazlari majmuasi «shirin xayol» deyiladi. Odatda, «shirin xayol»da fantaziyaning mahsullari bilan
insonning ehtiyojlari o‘rtasidagi aloqa yengillik bilan yuzaga kel-ganligi tufayli quvonchli, yoqimli, qiziqarli
narsalar haqida odam-lar xayol suradilar. Inson qanchalik shirin xayolga berilsa, u shuncha-lik darajada passiv shaxs
sanaladi, bu ko‘rinish uning nuqsoni hisob-lanadi. Passivlik (sustkashlik) kishinig qiyinchiliklarini yen-gishdan
chetlashtiradi, yashash uchun kurashga xohish yo‘qoladi, demak, u reallikdan tubdan uzoqlashadi. Goho passiv
xayol hech o‘ylamaganda, ixtiyorsiz ravishda vujudga kelishi ham mumkin, bunda quyidagi holat yuz beradi: a) ong
nazoratining kuchsizlanishi; b) ikkinchi signallar tizimining susayishi; v) insonning vaqtincha harakatsizlanishi, g)
uyqusirash kezida; d) affektiv vaziyatdan; ye) tush ko‘rishda; yo) gallyu-sinatsiyada; j) patologik holatlarda va
hokazo.
Yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek, passiv xayol ixtiyoriy va ixtiyor-siz turlarga ajratilganidek, aktiv xayol
tiklovchi va ijodiy ko‘ri-nishlarga bo‘linadi.
O‘zining mohiyati bilan tasavvurlarga muvofiq keladigan tasav-vurlar, tasvirlar tizimini yaratuvchi xayol
«tiklovchi xayol» deb ata-ladi. Tabiatga, jamiyatga va shaxslararo munosabatga, bilimlarga oid ma’lumotlar
o‘rganilishida xayol bevosita ishtirok etadi hamda matn-larda, rasmlarda, xaritalarda aks ettirilgan narsalar qayta
tikla-nadi. Ijtimoiy tajribada, ta’lim-tarbiya jarayonida fazoviy xayol, vaqt va harakat birliklariga oid axborotlar,
masofa, hajm to‘g‘risi-dagi xabarlarga diqqat bilan, sinchkovlik bilan qarash, tikilish jarayonida mazkur xayol turi
rivojlanadi.
Ijodiy xayol tiklovchi xayoldan farkdi o‘laroq original va qim-matli moddiy, ijodiy mahsulotlarda
gavdalanuvchi yangi obrazlar-ning yaratilishidan iborat xayolning turidir.
Xayelning muhim tomonlaridan biri — uning ijodiyot va shaxs munosabatining yaxlit holda talqin qilish
xususiyatidir. Ijodiyot shaxsning ichki imkoniyatlari va zaxiralarini ro‘yobga chiqishining asosiy shartlaridan biridir.
Xuddi shu sababdan shaxs o‘zining ijo-diy faoliyati bilan, birinchidan, insonning yaratuvchilik qudrati-ni
amaliyotda namoyish qiladi. Ikkinchidan, u ijodiyot ta’sirida yangi fazilatlarni egallaydi, nafosat, badiiy ijod, texnik
qobi-liyat, kashfiyot ijtimoiy muammolarni integratsiya qilish yoki mav-jud umumiy qonuniyatlardan kelib chiqib,
uni differensiallashti-radi. Uchinchidan, jahon faniga o‘z ulushini qo‘shadi va sivilizatsiya-ga o‘z ta’sirini o‘tkazadi,
ijtimoiy taraqqiyot harakatlantiruvchi-siga aylanadi. Ijodiyot davomida shaxs motivatsion, emotsional, iro-daviy
barqarorlik, xarakterning mustahkamligi va boshqa indivi-dual-tipologik xususpyatlardagi yetuklik ijodiyot
mahsuliga, uning samaradorligiga, sifatiga munosib ravishda ijobiy ta’sir o‘tkaza-di. Ijodiyot tarkibltri bilan
shaxsning xususiyatlari o‘rtasidagi uyg‘unlikning yuzaga kelishi ikkiyokdama ta’sir o‘tkazish mexanizmi sifatida
muhim rol o‘ynaydi, ya’ni faoliyatda shaxs o‘zining yangi qirralarini ochadi, uning fazilatlari esa ijodiy
izlanishlarning muvaffaqiyatli yakunlanishini ta’minlaydi.
Xayolning analitik xususiyati bo‘yicha nemischa «Gepyyepz», lotincha «1yeps1yege» kelib chiqqan bo‘lib,
psixologiyaning tarixiy taraqqiyoti davomida har xil ko‘rikishlarda hukm surib kelmoqsa. Analitik holat xayolning
mazmunini, mohiyatini, predmetini, asosan, tubdan yangi mahsullar, yangicha obrazlar, timsollar, tasvirlar
yaratilishidan, atrof-muhitning ifodasi, yangi bezakli, jiloli ekanligini qayd qilishdan iboratligini tan olishdir.
Yangilik elementlari, ba’zi jabhalarining qo‘shimcha alomatlar bilan boyitilishi, ijod qili-nishi xayolning asosiy
vazifasi ekanligi g‘oyasini aks ettiruvchi tendensiya psixologiya fanida aksariyat ilmiy maktablar tomonidan tan
olingan va taraqqiyot harakatlantiruvchisi sifatida qat’iy ra-vishda himoya qilinib kelinmoqda. Ikkinchi tendensiya
biosfera va neosfera to‘g‘risidagi ma’lumotlar, tasavvurlar, ta’sirlanish, tim-sollar ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot
davomida qaytadan tiklanish orqali xayol mahsuli sifatida saqlanib keladi, degan g‘oyaga asosla-nadi. Bu
tendensiyada obrazlarning tiklanishi, saklanishi, kuchayi-shi yoki o‘chmas iz tariqasida uzluksiz ravishda inson
xotirasida, ko‘z o‘ngida namoyon bo‘lishi, gavdalanishi hayot va faoliyat uchun birlamchi ekanligi isbotlashga
harakat qilinadi. Har ikkala tendensiya ham xayol holatining analitik vazifasini bajarish imkoniyatiga ega bo‘lib,
o‘zaro bir-birini inkor etish darajasiga olib bormaslikni taqozo qiladi. Shuning uchun ijodiy xayol yangi obrazlarni
vujudga keltirish bilan taraqqiyotga ulush qo‘shadi, yaqqol voqelik va ularning timsollar haqidagi ma’lumotlar,
chizg‘ilar tasviri hamda tasavvurlarini qayta tiklash orqali insoniyat bilimi, tajribasini boyitadi.
Tiklovchi xayol insoniyat tomonidan oldin yaratilgan narsalar va hodisalar to‘g‘risidagi obrazlar, axborotlar
sifatida qaytadan joy-lanishiga muhim ta’sir etadi, o‘zining harakat tezligi bilan har qanday texnika mo‘jizasini
dog‘da qoldiradi. Har ikkala tenden-siya uyg‘unlashuvi orqali ijodiy va tiklovchi xayol gurlari vazifa-siga,
ahamiyatiga, mahsuldorlik darajasiga oqilona baho berish mum-kin.
Aks holda ikki tendensiya ikki xil talqin, turlichl yakun, o‘zgacha mazmun, alohida yondashuv, ustuvorlikka
da’vo keltirpb chiqarishi ayni haqiqatdir.
Xayol analitik holatdan tashqari sintetik xususiya p a ham egadir. Xayolning sintetik holati ushbu
fenomenlar orqali ifodalanadi: agglyutinatsiya (lot. ayo£1i1tage yopishtirmoq, yelimlamoq ma’nosini bildiradi)
muayyan tasavvurlarni bir-biriga qo‘shib yoki ulardan foydalanib, narsa va hodisalarning yangi obrazlaripi
yaratishdan iborat xayol fenomenidan biridir; giperbolizatsiya (yunon. piregЬo1ye bo‘rttirish, kuchaytirish
ma’nosini anglatadi); sxematizatsiya (yunon. «5sЬyeta» obraz, shakl vujudga keltirish demakdir); tipizatsiya
(yunon. «Shroz» iz, chiziq degan ma’noni bildiradi) yoki tipiklashtirish; o‘xshatma — muayyan narsalarga. nisbatan
qiyoslash orqali muhim va nomuhim tomonlaridan umumiylikni tanlab olish kabilar.
Agglyutinatsiya fenomeni obrazlar (tasvirlar, timsollar) sintez-lashuv jarayonining soddaroq ko‘rinishidan
biri hisoblanib, inso-niyatning kundalik hayoti va faoliyatida ro‘y-rost yaxlitlashtirish imkoniyati yo‘q xilma-xil
xislatlar, fazilatlar, sifatlar va qism-larni «qorishiq» tarzida (birlashtirilgan) shaklda aks ettiradi.
Odatda, agglyutinatsiya yordami bilan donishmand xalqtomonidan yara-tilgan ertak timsollari, afsona
tasvirlari yaratiladi yoki xayoliy kompozitsiyasi to‘qib chiqariladi (lotincha sotrozto tuzilmasi, tar-kibiy jihatlari
degan ma’no anglatadi). Masalan, bulbuligo‘yo — odamsimon (boshi odam, tanasi qush) bir jonivor gavdalanadi;
suv parisi timsolida ayol mujassamlashadi (bosh va gavdasi odamniki, dumi baliqniki, sochi yashil suv o‘tlaridan
iborat); kentavr (ot va odam); pegas (qanot va ot) qanotli ot; tovuq oyoqli uycha, yettiboshli ilon ajdaho (ilon, ot va
qushdan iborat) va boshqalar.
Hozirgi zamonda agglyutsinatsiyadan texnik, badiiy, san’at ijo-diyoti keng ko‘lamda foydalanilmoqda,
chunonchi, samolyot amfibiya — (yunoncha atrgpЬyuz ikkiyoklama hayot kechirish ma’nosini bildiradi) uchuvchi
qayiq toifasidagi quruqlik va suvga moslashgan gidrosamo-lyot; aerosans (chana singari sirg‘anuvchi samolyot),
jangovar texnika amfibiya (tank, bronetransport, avtomobil); akkordeon-fortepya-no bilan bayan birlashmasi;
avtokran-avtomobil bilan kran qori-shig‘i; avtokor (inglizcha «sag» arava) o‘zi yurar arava va hokazo.
Giperbolizatsiya fenomeni xayol obrazlarini hamda tasavvur shakl-larini o‘zlashtirish jihatidan yaqin
agglyutinatsiyaga yondosh, o‘xshash psixik jarayondir. Giperbolizatsiya narsalar va jonivorlarni na-faqat haddan
ziyod katgalashtirish yoki kichiklashtirish (barmoqdek kichik balo, uydek tuxum, tog‘dek paxlavon, tariqdek bola,
tuyadek bur-ga va hokazo) bilan tavsiflanibgina qolmasdan, balki tasavvur ob-razlari (timsollar, tasvirlar) miqdorini
ko‘paytirish yoki ularning o‘rniga almashtirish xususiyatlarini ham namoyon etadi. Masa-lan, yetti boshli ajdarlar,
ko‘pqo‘lli va ikki qorinli maxluqotlar, olti oyoqli jonivorlar, quyosh nurini to‘sgan afsonaviy qushlar shu-lar
jumlasidandir.
Sxematizatsiya fenomeni xayolot (fantaziya) obrazlarini yaratish imkoniyati mavjud vositalardan biri
hisoblanib, u borliqdagi narsa va hodisalarning u yoki bu alomatlari hamda sifatlarini ta’kid-lashdan, shuningdek,
ularga butun diqqat-e’tiborni markazlashti-rishdan iborat psixik jarayondir. Xuddi shu usul, yo‘l, vosita yorda-mi
bilan muayyan yaqqol insonlarga mo‘ljallangan o‘rtoqlik hazilla-ri (sharji fransuzcha spag§ye so‘zidan olingan
bo‘lib, bo‘rttirish de-gan ma’noni anglatadi) va achchiq, ayanchli, kulgili tasvirlar (kari-katura italyancha
«sapsaShga» qayta mujassamlashuv degan ma’noni anglatadi. Mazkur jarayonda xayolot (fantaziya) tasvirlarida
yuzaga keladigan tasavvurlar o‘zaro birlashib ketishi natijasida tafovut-lar qariyb yo‘qoladi, o‘xshashlik alomatlari
esa birlamchi voqelikka aylanadi, qolaversa, ushbu holat sxematizatsiyalashni ro‘yobga chiqi-shiga qulay negiz
hozirlaydi. Masalan, bunga konstruktorning qush-lar olamidan andoza olib, yangi qurilmalar yaratishi, modeldan
haqiqiy asbob ishlab chiqishi; rassom tabiat mo‘jizalarining ma-toga tushirishi yaqqol misoldir.
Tipizatsiya fenomeni yordami bilan xayolda tasavvurlar sintezi ro‘yobga chiqishi mumkin. Odatda, badiiy
adabiyotda tipizatsiya yoki ti-piklashtirishdan keng ko‘lamda foydalaniladi hamda uning yordami-da ba’zi bir
jabhalari bilan o‘zaro o‘xshash, hatto mutanosib narsa va hodisalarda aks etuvchi muhim belgilari ajratib olinadi
hamda ular yaqqol obrazlarda mujassamlashtiriladi. Ijodiy jarayonlarning vujudga kelishi, kechishi, rivojlanishi bir
talay assotsiatsiyalar orqali paydo bo‘ladi, lekin ularning qayta tiklanishi xotira jara-yonlarida uchraydigan tiklanish
yoki jonlanishdan tafovutlanadi. Ijodiy ilhomlari hisoblanmish ehtiyojlar va motivlarga assotsiya-lar jarayonida
o‘zlashtirilgan yo‘nalish bo‘ysunadi.
Ijodiy xayol o‘ziga xos muayyan xususiyatlarga ega bo‘lib, ulardan eng muhimi assotsiatsiyalarning
an’anaviy yo‘l-yo‘rig‘idan voz ke-chib, ijodkor ruhiyatida favquloddalik qilayotgan his-tuyg‘ular, o‘y-fikrlar,
xohish-istaklarga tobe etishdir. Vaholanki, assotsi-atsiyalarning o‘xshashlik, yondoshlik, qarama-qarshilik (kontrast-
lik) ko‘rinishlari saqlanib qolsa-da, lekin tasavvurlarni sara-lash esa sababiy bog‘lanish mexanizmi bilan
tavsiflanadi. Ijod-kor (shoir, yozuvchi, rassom) asarida assotsiatsiyalar chizgisi paydo bo‘ladi, ularning vujudga
kelishiga asosiy sabab tashqi taassurot hisoblanadi.
Xayol jarayonlarining, shu jumladan, fantaziya obrazlarining vu-judga kelishi inson miyasi faoliyatining
mahsuli hisoblanib, bosh miya katta yarim sharlari po‘stloqqisminingfunkpiyasi orqali amalga oshadi. Xotira bilan
xayolning fiziologik asoslari, mexanizmlari o‘rtasida muayyan darajada o‘xshashlik va ba’zi tafovutlar mavjudli-
gini ta’kidlab o‘tish joiz.
Xotiraning fiziologik asosi muvaqqat nerv bog‘lanishlarining o‘zaro birikuvi hamda faollashuvi (qayta
jonlanishi, tormozlani-shi)dan iborat bo‘lsa, xayol jarayonida inson ontogenezida yuzaga kel-tirilgan bog‘lanishlar
tizimi buzilishi (yemirilishi) oqibatida yangi tizim hosil qilinadi. Favquloddagi bunday holat (birlashishi, yangi
tizim) ma’lum ehtiyoj yoki birorta tasodifiy taassurot (tashqi ta’sir) orqali miya po‘stida kuchli qo‘zg‘alish
o‘chog‘ining hosil bo‘lishi tufayli vujudga kelishi mumkin. Xuddi shu boisdan xayol surayotgan shaxsda nerv
hujayralarining guruxlari o‘zaro yangidan (qaytadan) bog‘lanishi, shuning uchun fantaziya obrazlariga xos yangilik
va o‘xshash-lik alomatlari mazkur yangicha bog‘lanishga bo‘ysunadi.
Psixologiyada qo‘rqinch holati to‘g‘risida muayyan materiallar to‘plangan va taxdil qilingan. Qo‘rqinch
«fobiya» deb nomlanadi. Fobiya muayyan sharoitlar va vaziyatlarda shaxsda vu-judga keladigan kuchli asosga ega
bo‘lmagan qo‘rqinch va tashvishla-nishdan iborat, inson tomonidan yengish imkoniyat yo‘qmuttasil psi-xopatologik
holati. Mazkur patologik holatning ba’zi birlariga tushuncha berishga harakat qilamiz: 1) agarafobiya — shaxsning
gavjummaydonlardan, shoh ko‘chalardan o‘tishiga qo‘rqishi; 2) kaustrofobiya— insonning eshigini qulflab yolg‘iz
o‘tirishidan qo‘rqishi; 3) mono-fobiya — shaxsning yakka-yu yolg‘iz, hech kimsiz qolishdan qo‘rqishi; 4)
atropofobiya - insonning ko‘pchilik davrasidan, haloyiqdan qo‘rqi-shi; 5) nazofobiya — odamning kasal bo‘lib
qolishdan qo‘rqishi; 6) eyrotrofobiya — shaxsning ko‘pchilik davrasida izza bo‘lishdan, o‘zini yo‘qotib qo‘yishdan
qo‘rqishi; 7) didaktogen — o‘quvchi yoki talabaning o‘qituvchidan qo‘rqishi; 8)'yatrogen — bemorning shifokordan
qo‘rqi-shi va hokazo.
Xayol shakllari to‘g‘risida tushuncha. Xayolning asosiy shakli xayolot yoki fantaziya deb nomlanadi, le-kin
chet el psixologiyasida xayolning sinonimi sifatida qo‘llanila-di. Fantaziya inson ongida in’ikos etila boshlagandan
e’tiboran borliqning qiyofasini o‘zgartirishga yo‘nalgan bo‘ladi, voqelikning unsurlari o‘rin almashtirish
xususiyatiga ham egadir. Shuningdek, fantaziya insoniyat dunyosi uchun ma’lum bo‘lgan omillarga nisbatan yangi
nuqtai nazar topishga va shu yo‘sinda yondashishga imkon beradi hamda badiiy, ilmiy bilish qadriyatlarni o‘zida
mujassamlashtira-di.
Odatda, bolaning asosiy faoliyati o‘yinga aylana borgan sari bog‘cha va kichik maktab yoshi davrida jadal
rivojlanishi bilan tavsifla-nadi. Ma’lumki, ta’kidlangan yosh davridagi bolalar uchun fantaziya obrazlari ularning
o‘yin faoliyati uchun dastur tariqasida vujudga keladi: a) bola o‘zini kosmonavt sifatida his qiladi; b) konstruktor
rolini bajaradi; v) o‘zini personaj xulq-atvori bilan taqqos-laydi; g) rolli, suyuyetli o‘yinlarda muayyan rollarga
kirishadi va hokazo.
Xayolning o‘zi faoliyatning har xil turlarida tarkib topadi, uni amalga oshirish va uyushtirish uchun alohida
ahamiyat kasb etadi. Bo-laning xayoli tashqi tayanchlarga (o‘yinchoqlarga) asoslanuvchi faoli yatdan so‘zlar bilan
sodda hamda badiiy ijodiyotni amalga oshirippa sharoit tug‘diradigan ichki faoliyatga o‘sib o‘tadi. Uning xayolida
nutq-ni egallash munosabati bilan shaxslararo muomala ham taraqqiy eta-di. Nutqfaoliyatining yuksak ko‘rsatkichi
ko‘rmagan, eshitmagan nar-sa va hodisalarni tasavvur qilish imkonini yaratadi. Xuddi shu bois bolalar cho‘plardan
ot obrazlarini, stuldan harakatlanuvchi texnika-ni yaratish imkoniga ega bo‘ladi. Shuning uchun fantaziya ijtimoiy
tajribani biri sifatida gavdalanadi. Badiiy fantaziya obrazlari (Bilmasvoy, Buratino, No‘xat polvon, Qorqiz,
Qorbobo, Jodugar kampir va hokazolar) ijtimoiy tajribalarni o‘zlashtirish va bi-lishning vositasi ekanligi psixolog
tadqiqotchilar tomonidan da-lillab berilgan. Voyaga yetgan odamlar esa atrof-muhitni va shaxs-lararo
munosabatlarni faol ijodiy izlanishlari tufayli o‘zgarti-radi.
Orzu xayol shakllaridan biri hisoblanib, shaxsning o‘zi uchun eng yoqimli istiqbol obrazlarini xayolida
(tasavvurida) yaratishda gav-dalanadi. Orzu insonning ehtiyojlari, xohish-istaklari, intilish-lari bilan bevosita bog‘liq
bo‘lib, uni kelajakda faoliyatni amalga oshirishga undaydi.
Shaxsning ijodiy faoliyati mohiyatida fantaziya ishtirok etmas-dan iloji yo‘q, chunki hamisha ham uning
amaliy xatti-harakatlarida xayol jarayonlari ro‘yobga chiqavermaydi. Aksariyat hollarda xayol jara-yonlari shaxs
amalga oshirishni istaydigan obrazlar shaklida mujas-samlashadi hamda ichki faoliyat tusiga aylanadi. Kelajakka
shaxsni undovchi, uning xohish-tilaklarini aks ettiruvchi obrazlar majmua-si orzu deyiladi. Orzu — shaxsningatrof-
muhitni, ijtimoiy voqe-likni o‘zgartirishga, o‘rin almashtirishga yo‘naltirilgan ijodiy kuchlari, ilhomlari va
intilishlarini turmushga tatbiq etishning asosiy shartlaridan biridir. Shu bilan birga orzu shaxsiy va ijti-moiy hayotni
ilmiy faraz qilishning unsurlaridan hisoblanadi. Mamlakatimizda taraqqiyotni oldindan ko‘ra bilish, maqsad
ko‘zlash, kelajagi buyuk davlat g‘oyalari, milliy istiqlol mafkurasi va mil-liy istikdol g‘oyasi g‘oyat muhim
ahamiyatga ega. Shuning uchun orzu batamom tugallanishi ma’lum bir sabablarga ko‘ra muvaqqat kechikti-rilgan
faoliyatga undovchi motiv (sabab) tariqasida yuzaga kelishi mumkin. Shuning uchun ham inson qo‘li bilan bunyod
etilgan narsa o‘zining ijtimoiy-tarixiy mohiyati jihatidan moddiylashtirilgan, tatbiqiy xususiyatli shaxsning
orzusidir. Ana shu narsalarga nisba-tan o‘ta zarur ehtiyoj his qilgan ajdodlarimizning orzulari yaqqol ko‘rinishda
gavdalanganligining shohidi bo‘lamiz: 1) uchar gilamlar;
2) oynai jahon; 3) elektr chirog‘i; 4) o‘zi yurar aravalar; 5) lip etib chiqish (lift); 6) dashtga suv chiqarish va
hokazolar.
Badiiy va ilmiy ijodda fantaziyaning o‘rni to‘g‘risida muayyan darajada ishlar qilgan, chunki san’at va
adabiyot ijodiy faoliyati-ning zaruriy unsuri sifatida xizmati baholangan. Ma’lumki, ras-som hamda yozuvchining
ijodiy faoliyatida ishtirok etuvchi xayol ob-razlarining muhim xususiyatlari — bu uning emotsional kechinmalar
his-tuyg‘ular bilan mujassamlashganidir. Hozirgi davrda: 1) badiiy ijodiyot; 2) badiiy tarjima; 3) ilmiy ijodiyot
psixologiyasi; 4) adabiy qobiliyat va iste’dod psixologiyasi singari maxsus sohalarda xayol turlari, jarayonlari,
shakllari kabilarga asoslangan holda tad-qiqot ishlari olib borilmoqda.
Mustaqil mamlakatimizning yoshlari (fuqarolari) yangiliklar yaratish va kashfiyotlar amalga oshirish, o‘zlari
yoqtirgan ishlar, mu-qaddas ijtimoiy xayol yo‘llari, vatanga muhabbat, iftixor, sadoqat, sodiq do‘stlik, qahramonlik,
iymon-e’tiqod, baxt va tole to‘g‘risida uzluksiz ravishda orzu qiladilar. Shaxs tomonidan tasavvur etila-yotgan
orzular haqiqatdan ham go‘zal, ezgu niyatli, porloq kelajakka qaratilgan bo‘lsa, ular inson xislatiga aylanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |