Tavsiya etiladigan adabiyotlar:
1..Karimov I.A “Yuksak manaviyat yengilmas kuch.” Toshkent ,2008 yil.
2...G‘oziyev E. «Umumiy psixologiya». I.II.qism Toshkent 2002 yil.
3. G‘oziyev E.. «Umumiy psixologiya» Toshkent 2010 yil.
4 Petrovskiy A.V.. «Umumiy psixologiya». 1994 yil.
5.. Ivanov P.I.. «Umumiy psixologiya» 2008 yil.
6..Rubnshteyn S.L «Osnovi obshaya psixologiya» 1998 god.
7..Nemov A.N. «Psixologiya» 1999 god.
9-MAVZU: XAYOL
Mashg‘ulotning maqsadi:
талабаларга хаёл, унинг турлари, ижодий фаолиятда хаёлнинг аҳамияти
туғрисида маьлумот бериш.
Tushunchalar va tayanch iboralar:
agglyutinatsiya, giperbolizatsiya, tipiklashtirish, fantaziya, ijodiy xayol,
tasavvur xayol.
REJA:
1.Xayol to‘g‘risida umumiy tushuncha
2.Xayol turlari tug‘risida umumiy tushuncha
3.Xayolning xususiyatlari
4.Xayolning analitik-sintetik xususiyatlari
Asosiy o‘quv materiali qisqacha bayoni:
Psixologiyada xayol tafakkur singari bilish jarayonlaridan biri hisoblanib, u insonining ichki va tashqi
xususiyatli va izlanishli faoliyatida, muayyan darajaga ega bo‘lgan muammoli vaziyatning vujudga kelishi va uning
hal qilinishida ishtirok etadi. Agarda xayolni genetik jihatidan kelib chiqishi tahlil qilinadigan bo‘lsa, u albatta
insonning mehnati mahsulini obrazlar, timsollar yordami bilan aks ettirmasdan turib, bevosita faoliyatga kirishish
mumkin emas, chunki fikri mulohazalarni tasavvur qilish tufayli yaqqol tafakkurning predmetiga uzatiladi. Xuddi
shu boisdan xayol yordami bilan inson tomonidan kutilayotgan natija, ya’ni kutilmagan tasav-vur obrazlari
yaratiladi, go‘yoki bu jarayonda ijodiy faoliyatning modeli ishlab chiqiladi, fantastik timsollar tizimi yangiliklar-
ning mutlaqtarkiblari bilan boyib boradi, ichki faollik esa uning mexanizmiga aylanadi. Odamning har qanday
izlanishli, mehnat va ijodiy faoliyatlari xayoliy jarayonlarni o‘z ichiga qamrab oladi, kashfiyotningdastlabki
obrazlari,tarkiblari aniqvoqeliqdan uzoq bo‘lishidan qat’i nazar, taraqqiyot (rivojlanish) turtkisi vazifa-sini bajaradi.
Odatda, xayol inson faoliyatining zaruriy tarkibi, muhim sharti sifatida uning turlari atamasi nomlari bilan
ifodalanadi, chunonchi badiiy, adabiy, ilmiy izlanishli, musiqaviy, loyihaviy, konstruktorlik. evristik (fikriy
topqirlik), ijodiy faoliyat kabilar. Shaxs tomonidan bajarilishi, amalga oshirilishi lozim bo‘lgan har qanday
faoliyatning mahsuli oldindan tasavvur qilinishi, yaxlit timsol shaklda ko‘z o‘ngiga keltirilish
Do'stlaringiz bilan baham: |