Test savollari:
1.Psixologiyaning tadqiqot metodlari
.
A.Kuzatish,Eksprement
B kuzatish,eksprement,egizaklar,anketa
S Anketa
D Suhbat
2.Ekspremental tadqiqot olib borgan olimlar qaysilar.
A E.LTorndayk
B.Vigotskiy
S.Sechenov
D T.Morgan.
3
.Psixikaning urganish metodlarini emperik qayta
ishlagan olim qaysi qatorda berilgan.
A A.Sechenov
B B.G.Ananev
S.Smirnov
D Blonskiy
Nazorat savollari:
1.Psiхologiyaning tadqiqot metodlari haqida ma’lumot bering.
2.Anketa metodi haqida tushuncha bering.
3.Test metodi,defferensiyal metodni tushuntirib bering.
4.Psixologiyaning tadqiqot metodlarini o’rgangan olimlar haqida ma’lumot bering.
Tavsiya etiladigan adabiyotlar:
1..Karimov I.A “Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch.” Toshkent ,2008 yil.
2... Karimov I.A. Barkamol avlod O`zbekiston kelajagining poydevori.Toshkent
3..G`oziyev E. «Umumiy psixologiya». I.II.qism Toshkent 2002 yil.
4. G`oziyev E.. «Umumiy psixologiya» Toshkent 2010 yil.
5. Petrovskiy A.V.. «Umumiy psixologiya». 1994 yil.
6. Ivanov P.I.. «Umumiy psixologiya» 2008 yil.
7.Rubnshteyn S.L «Osnove obshaya psixologiya» 1998 god.
3 -MAVZU. XULQ- ATVORNING PSIXOFIZIOLOGIK ASOSLARI.
Mashg‘ulotning maqsadi:
Psixika va ongning felogenetik va ontogenetik taraqqiyotini tushuntirib berishdan
iborat.
Tushunchalar va tayanch iboralar:
Koaservatlar,filogeniz, ontogeniz, aks ettirish, seskanuvchanlik,
quzg‘aluvchanlik, tropizm, instinkt, intellektual haraktlar, ong,
REJA:
1. Psixika haqida tushuncha.
2. Ong va uning taraqqiyoti.
3. Inson psixikasining rivojlanishi.
4. Ongsizlik muammosi.
Asosiy o‘quv materiali qisqacha bayoni:
Kishi psixikasining paydo bulishi va rivojlanishi eng murakkab muammolardan biri bulib, tabiat
konunlarining moxiyatini tushunib yetishga xarakat kiladigan tadkikotchilarni bu muammo xamma vakt kiziktirib
kelgan. Materialistik yunalishdagi olimlar psixikaning paydo bulishini materiyaning uzok davom etgan
rivojlanishining natijasi deb izoxlashadi. Ular materiyaning tabiatini tadkik kilisharkan, xarakat materiyaning xayot
kechirish usuli, uning tarkiban uziga xos ajralmas xususiyati ekanligi uchun xam materiya xarakatining turli xil
shakllarini urganadilar.
Utgan ajdodlarimiz psixologiya muammolarini izchil va atroflicha, muayyan yunalishda, ma’lum konsepsiya
asosida urgangan bulsalar xam, albatta, uz asarlarida psixik xolatlarning aks etishi, namoyon bulishi, rivojlanishi va
uzgarishlari tugrisida kimmatli fikrlar bildirishgan. Bular 4 xil manbada uchraydi: 1) xalk ijodiyotida-rivoyatlar,
makollar, matallar va masallar; 2) maxsus ijodkor kishilar ugit–nasixat va xikoyatlarida; 3) komusiy, Urta Osiyo
mutafakkirlarining ilmiy–nazariy karashlarida; 4) turli davrlarda ijod kilgan shoir va yozuvchilar ijodining
maxsullarida, ya’ni ilmiy–badiiy asarlarda.
Abu Nasr Forobiyning inson va uning psixikasi xakidagi karashlari «Ideal shaxar axolisining fikrlari»,
«Masalalar moxiyati», «Falsafiy savollar va ularga javoblar», «Jism va aksidensiyalarning shakllariga karab
bulinishi», «Sharxlardan», «Xikmat ma’nolari», «Akl ma’nolari tugrisida» kabi kator asarlarida bayon etilgan. Abu
Rayxon Beruniy uzining «Utmish yodgorliklari» kitobida inson xayotiga doir xilma-xil ma’lumotlarni keltiradi.
Ibn Sinoning 5 tomlik «Tib konunlari» asarida organizmning tuzilishi, undagi nervlar va nerv yullari,
fiziologik jarayonlar bilan boglik psixik jarayonlar xakida ancha muxim ma’lumotlar bor. Uning «Odob xakida»
risolasi xam inson shaxsini shakllantirish tugrisidagi jiddiy asardir.
Yusuf Xos Xojibning «Kutadgu bilig» asaridagi bosh masalalardan biri komil insonni tarbiyalashdir.
Abduraxmon Jomiyning «Baxoriston», «Xiradnomai Iskandariy», «Tuxfatul axror», «Sisilatuz zaxob» va
boshka asarlarida ilm–ma’rifat, ta’lim-tarbiya, kasb–xunar urganish, yaxshi xislatlar va odoblilik xakidagi fikrlar
ifodalangan.
Devoniy uzining «Axloki Jaloliy» nomli asarida insoniy fazilatlarni turtga buladi va bular donolik, adolat,
shijoat va iffatdir.
Alisher Navoiyning «Xazoinul Maoniy, «Maxbubul Kulub»» va boshka asarlarida yetuk, barkamol insonning
axloki, ma’naviyati, odamlarga munosabati, iste’dodi va kobiliyati tugrisida kimmatli muloxazalar yuritilgan. Ana
shu psixologik kategoriyalar ijtimoiy adolat karor topishi uchun muxim axamiyatga ega ekani ta’kidlangan.
Shuningdek, Navoiy asarlarida shaxsning kamol topishida ota–onaning roli, ayollarning iffatliligi, insonlarning
kamtarligi masalalari aloxida urin egallaydi.
Rossiyada psixologik karashlar namunalari. Shark va Garb madaniyati ta’sirida inson ruxiyati bilan boglik
kator ogzaki va yozma, amaliy va ilmiy asarlarda paydo bula boshladi. (Karang: Goziyev E. Psixologiya,
T:»Ukituvchi» 1994 y. 33-35 betlar).
Psixika xakidagi karashlar ma’lum vakt (salkam 5 asr) kun tartibidan olib kuyildi va XIX asr oxiri va XX asr
boshlarida Garbiy Ovrupa mamlakatlarida va AKSH da yana turli munozaralarga sabab bula boshladi. (I.M.Pavlov,
N.YE.Ribakov, K.N. Kornilov, P.P. Blonskiy, A.S. Vigotskiy – Rossiya, U. Djems, S.Xoll – AKSH, va boshkalar).
Jonsiz, noorganik materiyadan tortib to eng oliy va murakkab materiya xisoblanmish kishi miyasiga kadar
barcha materiya moddiy olamning yalpi xususiyati – in’ikos etish xususiyatiga, ya’ni ta’sirotga javob kaytarish
kobiliyatiga egadir.
Jonsiz tabiatda xarakat jism va moddalarning mexanik, fizikaviy yoki kimyoviy ta’siri tarzida yuz berishi
mumkin. Noorganik tabiatdagi xarakatning oddiy misollariga e’tibor kiling: dengizdagi koya suvning ta’siriga
muayyan karshilik kursatadi – tulkinlar koyaga urilib kaytadi, lekin koyaning uzi xam sekin– asta yemirila
boshlaydi; kuyosh nuri suv yuzasiga kelib urilgach, sinib kaytadi; elektr razryadlari natijasida ozon molekulalari
xosil buladi.Jonli materiyaga in’ikosning biologik shakllari xos bulib, jonli materiyaning ma’lum bir boskichida esa
in’ikosning yangi shakli sifatidagi psixika paydo buladi.Materiya xarakatining biologik shakli–xayot–tabiat
rivojlanishining sifat jixatidan yangi boskichidir. Ulik materiyadan tirik materiyaga utishni izoxlaydigan kator
gipotezalar mavjud. Ulardan biri A. I. Oparinga tegishli bulib, unga kura organik moddalar – atomlari turli shakllarla
azotning, kislorod–ning, vodorodning, fosfor va oltingugurtning atamalari bilan boglangan modda uglerod negizida
xosil bulgan birikmalarning paydo bulishi jonli materiya paydo bulishining zarur sharti xisoblanadi.
Oparinning gipotezasiga kura taxminan 2 mlrd yil ilgari atmosferada erkin kislorod ajralib chikib, organik
moddalarda fotoximiyaviy reaksiyaning va fotosintezning yuz berishiga olib keladi. Organik birikmalarning
rivojlanishi jarayonida ugle–rodning juda xam murakkab birikmalari – benixoya katta moleku–lalar paydo buladi.
Bu molekulalar muxit bilan doimiy modda almashinuvi bulib turishini takozo kiladi. Bir-biri bilan kushilib
kattalashuvi, yoki maydalashib kupayib turishi mumkin deb taxmin kilinadi. Bu uta katta molekulalar koatservatlar
deb atala boshlangan. Jarayon yana takrorlanadi: usish, parchalanish va x.k.
Xozirgi tirik organizmning extimoldan uzok bulmagan prototiplari-koatservatlarda bulgani kabi xar kanday
jonli materiyada in’ikos jonsiz tabiatdagi in’ikosga karaganda sifat jixatidan yangi shakl kasb etadi. U fakat tashki
taa’surotning kuchi va xarakteriga emas, balki organizmning ichki xolatiga xam boglik buladi. Xar kanday jonli
organizm barcha tashki kuzgatuvchilarga nisbatan tanlangan xolda «Faol» munosabatda buladi va bu bilan jonli
materiyaning sifat jixatidan yangi xususiyatini – uz–uzini tartibga solish xususiyatini namoyon kiladi.
Uzok vakt davom etgan evolyutsiya natijasida xozirgi organizmlarda in’ikosning kuzgaluvchanlikdan tortib,
to uning ancha yuksak darajadagi shakllari – psixik xayotning ifodalanishi shakl–lari bulmish sezgilar idrok, xotira,
tafakkurga kadar turli xildagi shakllarini kuramiz.
Ta’sirlanish – kuzgaluvchanlik Тропизм. Usimlik va xayvon–larga mansub shakllar evolyutsiyasining
barcha boskichlarida jonli organizmlar in’ikosining aloxida biologik shakli – ta’sirlanuv–chanlikka ega buladi.
Ta’sirlanuvchanlik tirik organizmning biologik axamiyatiga ega bulgan (biotik) ta’sirga javob berish kobiliyati
demakdir. Oddiy ta’sirlanuvchanlik sodda, bir xujayrali tirik organizm dayok seziladi. (Suvli probirkadagi bir
xujayrali amyoba probirka kizdirila boshlashi bilan xolatini uzgartirishi bunga misol buladi). Biotik ta’sir natijasida
jonli organizmda protoplazmaning xossasi uzgaradi.Biotik omillarga nisbatan uziga xos xarakatlar bilan javob
berish usullari tropizmlar yoki taksislar deb ataladi. Tropizmning bir necha xillari bor: foto tropizm, gelio tropizm,
xemo tropizm, topo tropizm, termo tropizm va boshkalar. Masalan, derezadagi gulning yoruglika karab intilishi –
fototropizm, usimlikning kuyoshga intilishi geliotropizm, kimyoviy moddalarga moslashuvi xemotropizm, tebranish
va kimirlashdan ta’sirlanish topotropizm deyiladi va boshkalar.
Xayvonlarga mansub shakllarda ta’sirlanuvchanlikning yangi turi – sezuvchanlik paydo buladi. A. N.
Leontyevning gipotezasiga kura, sezuvchanlik «genetik jixatdan karaganda, muxitning organizmni boshka ta’sirotlar
bilan boglovchi, organizmni muxitda muljal olishiga yordam beruvchi, signal beruvchilik vazifasini utovchi
ta’sirlarga javob ta’siridan bulak narsa emas.In’ikos etish darajasi kup xujayrali xayvonlarda ancha yuksakrokdir.
Kup xujayralilarning murakkabligi xujayralar kupligida emas, xar xilligidadir. Masalan, tanasining tashki kismida
sanchiladigan (chakadigan) xujayralar joylashgan bulsa, ichki kismi esa ovkat xazm kiladigan xujayralar bilan
koplangan. Kup xujayralilarning organizmida, shuningdek organizmning biron bir kismida ruy bergan kuzgalishning
utkazgichi funksiyasini bajaradigan aloxida sezuvchan protoplazmali xujayralar uzaro birikib, xayvonning butun
tanasiga yoyilgan nerv shoxobchasini tashkil etadi. Kovakichaklilardagi kiskichlar – uljani ushlab turish organlari
yuksak darajada sezuvchandir. Organizmning turli kismida joylashgan xujayralar urtasidagi boglanishlar shartli
reflekslar paydo bulishiga, xotira jarayoni shakllanishiga olib kelgan bulishi kerak.
Evolyutsion zanjirda kovakichaklilardan yuksak turadigan va bu yerda xayot kechiradigan kup xujayralilarda
xayot tarzining uzgarganligi munosabati bilan tananing tuzilishi murakkalashadi, kuzgatuvchilarning ma’lum bir
turlarini aks ettiradigan uziga xos organlar – sezgi a’zolari rivojlanadi, aks ettirish shakllari xam ancha
murakkablashadi. Chuvalchangning xar bir segmentida (murakkablashgan buginida) nerv xujayralarining tugunlari
– gangliylari mavjud buladi. Gangliylardan biri yetakchi, asosiy bulib, organizmning istalgan kismida yuz beradigan
kuzgalishlarni jamlaydi, ularni taxlil kiladi, boshka xujayralarga utkazadi, impulslarni segmentlarning mushak
apparatiga yunaltiradi.
Xatti–xarakatlarninginstinktiv shakllariChuvalchanglarning xatti-xarakatlari kovakichaklilardan kura ancha
murakkabrokdir. Chuvalchanglarga faol tarzda kidirish xususiyati xosdir. Bu ulardagi shartsiz refleks elementlaridan
dalolat beradi. Ayrim chuvalchang urgochisi tuxumini uzi bilan olib yuradi, xarakatlanib kislorod bilan ta’minlaydi,
yoki ayrimlari uziga juft tanlash uchun uzok yul bosadi va xokazo.
Birok shartsiz reflekslar fakat tashki muxitning mukarrar tarzda kat’iyan barkarorligi sharoitida xosil buladi;
muxit esa doimo uzgarib turadi va shuning uchun xam tugma taasurotlarning genetik jixatdan
programmalashtirilgan xolda yoyilishiga tuskinlik kilishi mumkin.
Gangliy funksiyali nerv tizimiga ega bulgan xayvonlarning aks ettirish imkoniyatlari shartsiz reflekslar
bilangina cheklan–maydi. Xayot kechirish jarayonida ularda tugma reaksiyalarga nisbatan yangi, ancha xarakatchan
reaksiya shakllari – shartli reflekslar paydo buladi. (T-shaklidagi labirintdagi chuvalchang xarakatini misol kilish
mumkin. «T» shaklidagi labirintda joylashtirilgan chuvalchang berilgan ta’sirga javobini tajriba 120–180 marta
takrorlangandan keyingina uzgartirgan).
Bugim oyoklilarda, ayniksa xashoratlarda muxitning muayyan sharoitlariga munosabat bildirishining
murakkab, tugma shakli – instinktlar mavjuddir. Instinktlar – izchil ravishda bir kancha moslashuvchi xarakatlarni
keltirib chikargan xolda xalkasimon xarakter kasb etadi. (Urgimchak tuxumi uchun pilla yasab uzi bilan olib yuradi,
bolalari mustakil xarakatlana boshlashi bilan tashlab ketadi).
Asalarilarda guruxiy xatti-xarakatlar bilan boglik bulgan eng murakkab instinktlarni kuramz. Asalari uyasida
bitta ona ari, bir necha unlab erkak va bir necha yuzlab bepusht ishchi arilar buladi, xammasining ishi turlicha
taksimlanganday (yer arisi ovkat topib kelishini, uyani karab chikishini fransuz olimi K. Fabri kuzatgan). K.Fabri
arining bir kolipdagi, maksadga muvofik bulmagan xatti–xarakatini kuzatgan. Yer arisi uz uyasi oldiga chalajon
chigirtkani keltirib,uya oldiga kuyadi va ichkarini karab chikish uchun kirib ketadi, shu vakt tajriba utkazuvchi Fabri
chigirtkani boshka joyga olib kuyadi, ari chikib karasa chigirtka urnida yuk, kidirib topadi va yana uyasi oldiga olib
kelib kuyadi va uya ichiga kirib ketadi, olim yana olib kuyadi va xokazo. Bu xolat 40 marta takrorlanadi.
Rus zoopsixologi V.A.Vagner (1849-1934) urgochi urgimchakning nomakbul bulib kolgan instinktlari
sharoitida uning xatti-xarakatlarini kuzatgan. (Urgimchak pillasi ichidagini zararkunandalar yeb ketsa xam ona
urgimchak kuriklab yuraveradi).
Bu misollar instinktning cheklanganligini kursatadi. Instinktiv xarakatlar muayyan shart-sharoitlarga kat’iy
boglik buladi.
Instinktiv xarakatlar undan standart shart sharoitlar uzgarishi bilanok uzining maksadga muvofikligini
yukotadi. Shunday kilib, xatti-xarakatlarning instinktiv shakllari fakat doimiy sharoitlardagina maksadga
muvofikdir.
Jonzotning individual xayot kechirishi jarayonida ort–tirilgan va tugma xatti–xarakat programmasining puxta
bajari–lishini ta’minlaydigan tajriba instinktlarining rivojlanishiga yordam beradi. Shartli boglanishlar fakat fe’l–
atvorning instinktiv xatti–xarakatlar programmalari doirasida xosil bula–di. (Uz nasli uchun kaygurish instinktini –
baliklarda, uzini ximoya kilish instinktini–skuns degan xayvonning uzidan yokimsiz xid chikarib uzini ximoya
kilishida kurishimiz mumkin).
Sodda xayvonlarga karaganda umurtkali xayvonlarda shartli boglanishlar mislsiz kup xosil buladi. Xayvon
evolyutsion tarakkiyotning yukori boskichiga kutarilgan sari xosil buladigan shartli boglanishlari xam shuncha
murakkabrok va yana xam nafisrok bulishi mumkin.
Jonli materiya aks ettirishning rivojlanishida navbatdagi boskich xatti-xarakatning yangi belgilarini mustakil
xosil kilishga asoslangan. Nafis-uzgaruvchan-plastik individual xatti xarakatning yanada murakkabrok shakllarini
keltirib chikaradi.(Tovukka don sepib oldini tur bilan tusib kuyilsa, uzini bir necha marta sim turga uradi, keyin
utish joyini topib oladi.).
Yuksak tarakkiy etgan xayvonlarda xatti–xarakatning instinkttiv shakklari bilan bir katorda uzgaruvchan
individual shakllari – malakalar va intellektual xatti–xarakatlar xam mavjud buladi. Malakalar deganda
xayvonlarning shartli boglanishlariga asosan bajaradagan va avtomatik tarzda takrorlanadigan xatti–xarakat
tushuniladi. (kuyonning nogora chalishi,zanjirdagi boglik itning keyingi oyogi bilan yemishini tortib olishi).
Xayvonlar intellektual xatti–xarakatlari. Ayrim narsalar urtasidagi murakkab munosabatlarning aks ettirilishi
intellektual xatti-xarakatlar negizini tashkil etadi. (Karga kuz ungida gushtni ipga boglab naycha ichidan utkazishi,
ikkinchi naychaga utib ketishini kuzatib turgandan keyin karga gushtning kayerda paydo bulishini kutib turadi va
xokazo…).
Yuksak tarakkiy etgan xayvonlar, narsalar urtasidagi munosabatlarni paykash kobiliyatiga va mazkur
vaziyatning natijasini oldindan bilish, ya’ni usha narsa agar u xarakat kilayotgan bulsa, kayerda paydo bulishini
xisobga olish kobiliyatiga egadir. Bunday xatti xarakatni endi akliy (intellektual) xatti–xarakat deb ayta olamiz.
Maymunlar intellekti (akli) ular bajaradigan vazifalar–ning fakat murakkabligi bilan emas balki ular
faoliyatining yunaltirilganligi bilan xam belgilanadi. (Ulardagi kuzatuv–chanlik). Maymun ovkat izlayotib,
mevalarning iste’mol kilish mumkin bulganlarini iste’mol kilib bulmaydiganlari va zaxarlilaridan bexato ajratadi.
Lekin kup xollarda instinktiv xarakat ustunlik kiladi. (Amerikalik olimlar G. Xarlou, M. Xarlou, S. Suomilarning
yangi tugilgan maymun bolachalariga «temir ona» va «yumshok ona» berib utkazgan tajribasini eslash kifoya ).
Maymunning individual tajribasi xam shunga asoslanadi. Intellektual xatti–xarakatlar xayvonlarning kupincha
yashirin imkoniyati sifatida kolib ketadi. Rafael isimli shimpanze meva solingan kutiga utish uchun yonib turgan
spirt lampasini dastlab tasodifan suvli bochkadan suv olib uchirdi, keyin kutini boshka joyga olib kuyilganda atrofda
suv bulishiga karamay baribir avvalgi bochkadan suv olib uchirdi.
Maymunlarning intellektual xarakatlari taxminiy xarakatlar jarayonida konkret amaliy tafakkur shaklida yuz
beradi. Yuksak tarakkiy etgan maymunlardagi xatti–xarakatlarning uziga xos xususiyati ularning taklidchanligidadir
Xayvon katorasiga bir necha bor muvaffakiyatsizlikka duch kelgandan keyingina masalani xal kilishning yuksakrok
darajadagi usuliga, ya’ni intellekt (akl–idrok) bilan ish kurish usuliga murojaat kiladi. Intellektual xatti–xarakat
xayvonlarning kupincha yashirin imkoniyati sifatida kolib ketadi.
Psixolog Ladigina – Kots (1889–1963) maymunlarning «Kurol yasashi» turli yogoch kalitlardan foydalanish
usulini kuzatdi. Maymunlarning intellektual xarakatlari taxminiy xarakatlar jarayonida konkret amaliy tafakkur
shaklida yuz beradi. Yuksak tarakkiy etgan maymunlardagi xatti–xarakatlarining uziga xos xususiyati ularning
taklidchiligidir. (Pol supurishi, artishi, beshik tebratishi va xokazo).
Xayvonlar mulokoti va «tili». Asalari shiraga boy gulni topib kelayotib «raksga tushadi» va boshkalarni
xabardor kiladi. Yuksak tarakkiy kilgan xayvonlar (kushlar, sut emizuvchilar)ning tudasida uzaro munosabatlarning
muayyan shakllari mavjuddir. Xayvonlarning xar kanday tarzda biron bir tudaga birlashuvi mukarrar ravishda
tudadagilarning bir-biri bilan aloka kilishlari uchun zarur bulgan «til»ning paydo bulishiga olib keladi. Xar kanday
tudada biologik jixatdan tengsizlik karor topadi: kuchli xayvonlar kuchsizlarini uziga buysundiradi. Kuchsizi
buysunganlik alomatini kursatadi. Xayvonlarda kiyofa, suykanish «tili»dan tashkari eshitiladigan signallar «tili»
xam bor. Sayroki kushlarda, delfinlarda, maymunlarda murakkab tovush signali borligi ma’lum. Xayvonlarning
«tili»da fakat bitta narsa yetishmaydi–xayvonlarning «tili» odamlarning tilidan farkli ularok, tajribani ifoda etish
vositasi bulib xizmat kila olmaydi.
Psixikaning muxitga va a’zolarning tuzilishiga boglikligi. Agar jonli mavjudodlarning xayot kechirish muxiti
xamma joyda mutlako bir xil bulganida, extimol, yer yuzi bir xil turdagi xayvonlar bilan tulib ketgan bulardi.
Xakikatda muxit xar xil.
Barcha jonzot mavjud shart–sharoitlarga moslasha boradi. Aks ettirish usullari kanchalik yuksalgan sari
xayvonlarning mazkur turi muxitning bevosita ta’siridan shunchalik ozod bula boradi.
Yashash sharoitlarining keskin uzgarishi xayvonlarni joyini uzgartirishga majbur etish azaldan ma’lum. Chul
toshbakasi va mayda kemiruvchilar issik kunlar boshlanishi va kishki sovuk tushishi oldidan uzlarining normal
xayot kechirishlari uchun zarur shart–sharoitlarga ancha mos keladigan xarorat saklanadigan chukur in kazib, yer
tagiga kirib ketadi. Bu urinda instinktlar xarakat kiladi. Fil uziga suv sepa boshlaydi, kalin soyaga yashirinadi.
Maymun xam issikdan yaxshi saklanishi uchun imkon beradigan joyni tanlashga va tayyorlashga urinadi. Bunda
instinktlardan tashkari individual xayot kechirish jarayonida orttirilgan tajriba – shartli boglanishlar xam kul keladi
Muxit–jonli organizmning xayet kechirish shart–sharoi–ti,jonli mavjudotlar xayot kechirishining bosh
omili,boshkacha aytganda, jonli organizmlarning xayot kechirishi muxitning shart sharoitlari bilan anik belgilab
kuyilgandir.
Psixika va nerv tizimining evolyutsiyasi. Aks ettirishning bir-biriga uxshashligi eng avvalo sezgi a’zolari va
nerv tizimining tuzilishiga boglik.
Retseptorlarning rivojlanishi ma’lum darajada muayyan turdagi nerv tizimining rivojlanishi bilan birga
boradi. Sezgi a’zolari va nerv tizimining rivojlanish darajasi mukarrar ravishda psixik aks ettirishning darajasi va
shaklini belgilab beradi.
Rivojlanishning kuyi boskichida (masalan, kovakichak–lilarda) nerv tizimi butun organizm buylab tarkalgan
va uzaro chatishib ketgan tursimon nerv xujayralaridan tarkib topgan buladi. Bu tursimon nerv tizimidir.
Rivojlanishning keyingi boskichida nerv tizimi sifat jixatidan bir kator uzgarishlarga uchraydi. Nerv
xujayralari fakat turlar emas, balki tugunlar (gangliylar) xam xosil kiladi. Tugunli yoki gangliyli nerv tizimi eng kup
mikdordagi kuzgatuvchilar ta’sirini kabul kilish va kayta ishlash imkonini beradi.
Tugunli nerv tizimining murakkablashuvi yuksak tarakkiy etgan umurtkasiz xayvonlarda – xasharotlarda
kuzatiladi. Tananing xar bir kismida gangliylar kushilib, bir-biri bilan nerv yullari orkali boglangan nerv
markazlarini xosil qiladi.Nerv tizimining oliy tipi – naychasimon nerv tizimidir. Umurtkalilarda evolyutsiya
jarayonida orka va bosh miya–markaziy nerv tizimi paydo buladi va rivojlanadi. Xayvonlarda nerv tizimi
rivojlanishi bilan bir paytda sezgi organlari rivojlana va takomillasha boradi. Nerv tizimi va retseptorlarning
rivojlanishiga muvofik ravishda psixik aks ettirish shakllari xam murakkablashadi. Yangidan–yangi psixik
funksiyalar paydo buladi, borlari takomillashadi. Nerv tizimi kanchalik murakkab bulsa psixika xam shunchalik
mukammal bo’ladi.Markaziy nerv tizimiga ega bulgan xayvonlar muxitning ta’sirini ancha uxshash xolda aks
ettiradi. Bunda yuksak darajada uyushgan xayvonlar nerv faoliyatining asosiy fondini shartli reflekslar yigindisi
tashkil etadi.
Shunday kilib, psixikaning evolyutsiyasi retseptorlar funksiyalari shakllarining, shuningdek signal
faoliyatining murakkablashtiruvida sezgirligi turlichadir.Birok bir xildagi muxit sharoitlarida, xayvonlarda fakat bir
tipdagi retseptorlar rivojlanadi va yetakchi bulib koladi, deb uylash yaramaydi. Urgimchak bir xildagi muxitning
uzida tebranishiga karab muljalga oladi; kurbaka – kishi eshitadigan shitirlashga, kurshapalak – ultratovushga, it –
kuprok xidga (barcha xidlarga xam emas, balki organik kislotalar xidiga, xid sezgisi pasaygan kezlarda – xushbuy
narsalar – gullar, utlar xidiga) karab muljal oladi va xokazo.
Muxit allakanday doimiy narsa emas. Xar kanday materiya singari muxit evolyutsiyalashadi. Ushbu
evolyutsiyalashuvchi muxitga unda yashaydigan xayvon turi moslashadi. Yashash sharoitining tubdan uzgarganligi
odamsimon maymunlarning xatti-xarakatlari sifat jixatidan kayta uzgarishiga sabab buladiki, bu okibat natijada
yerda odamning paydo bulishiga olib keladi.
Mexnat faoliyati jarayonida ongning paydo bulishi va uning ijti– moiy–tarixiy moxiyati. Odam psixikasi
bilan eng tarakkiy etgan xayvon psixikasi urtasida xam juda katta tafovut mavjud. Masalan, xayvon «tili» bilan
odam tilini bir–biriga takkoslab bulmaydi. Birinchidan, xayvon «tili» signal, xabar bersa, inson tili bundan tashkari
uz tajribalarini xam bayon kiladi. Ikkinchidan, tafakkurdagi tafovut. Xayvon fakat kurinib turganlarni idrok
etiladigan vaziyat chegaralaridagina xarakat kilishi mumkin. U bundan tashkariga chikishi, shu vaziyatni
mavxumlashgan xolda aks ettirib mavxum prinsipni uzlashtirishi mumkin emas. Xayvon– bevosita idrok kilinadigan
vaziyat kulidir.
Kishining xulk–atvori mazkur konkret vaziyatdan abstraksiya-lashuvga (mavxumlashishga) va ushbu vaziyat
munosabati bilan kelib chikishi mumkin bulgan okibatlarni oldinrok paykash layokatiga kura ajralib turadi.
(Kemaga suv kira boshlashi bilan teshigini tuzatish, yonilgi kamayishi bilan uchuvchining samolyotni yakinrok
aerodromga kundirishni muljallashi va xokazolar shunga misol bula oladi).
Xayvonlarning konkret amaliy tafakkuri ularni muayyan vaziyatdan bevosita ta’sirotga buysundiradi,
odamning mavxum–lashgan xolda tafakkur yuritishga bulgan kobiliyati uning ushbu muayyan vaziyatga bevosita
boglikligini bartaraf etadi. Kishi muxitning bevosita ta’sirinigina emas, balki uni xali kutayotgan ta’sirlarni xam
kaytarishga kodirdir.
I. Kishi xususan o‘zi anglagan zaruratga kura – ongli xatti – xarakat kilish kobiliyatiga ega. Bu inson
psixikasining xayvon psixikasidan eng birinchi muxim farkidir. II. Odamning xayvondan ikkinchi farki uning
kurolni yaratishga va saklashga layokatli ekanligidir. Xayvon kurolni konkret kurinib va ta’sir etib kurgan vaziyatda
yaratadi, ishlatadi va keyin tashlab yuboradi. Muayyan vaziyatda kurol o‘z rolini bajarib bulgandan keyin u maymun
uchun kurol sifatida mavjud bulmay koladi. Xayvon doimiy narsalar olamida yashamaydi, jamoa bulib kurol
yaratmaydi. Odam esa, oldindan o‘ylangan rejaga binoan kurol yaratadi, foydalanadi, saklaydi. Inson nisbatan
doimiy narsalar olamida yashaydi. Kishi kuroldan birgalashib foydalanadi. III. Inson psixik faoliyatining uchinchi
belgisi –ijtimoiy tajribaning biridan ikkinchisiga utkazib turishidir. Turli vaziyatlarda xayvon xam, odam xam
individual tajriba orttiradi. Lekin fakat odamgina ijtimoiy tajribani uzlashtiradi. Kishi psixikasini kuprok darajada u
egallab turgan ijtimoiy tajriba rivojlantiradi. IV. Xis–tuygularni rivojlantirishda xuddi abstrakt tafakkurning
rivojlanishida bulgani kabi, vokelikni kuprok darajada adekvat (bir xilda) aks ettirish vositasi mujassamlashgandir.
Shuning uchun xis–tuygulardagi tafovut xayvon bilan inson urtasidagi turtinchi, juda muxim tafovutdir.
Inson psixikasining xayvon psixikasidan, eng muxim farki ularning rivojlanish shart-sharoitlarida kurinadi.
Agar xayvonot dunyosining rivojlanishi davomida psixikaning tarakkiyoti biologik evolyutsiya konunlariga binoan
ruy bergan bulsa, inson psixikasining, kishi ongining rivojlanishi ijtimoiy–tarixiy tarakkiyot konunlariga buysunadi.
(Xayvonlar orasida usgan odam bolasi, Maugli, Tarzan, Amola va Kamola)
Inson psixikasi materiya evolyutsiyasining butun jarayoni davomida tayyorgarlikdan utdi. Psixika
rivojlanishining taxlili bizga ong paydo bulishining biologik shart–sharoitlari xakida gapirishimizga imkon beradi.
Demak inson–ijtimoiy munosabatlar maxsulidir.
Maymunning odamga, tudaning jamiyatga aylanishiga ta’sir kursatgan muxim omil – bu mexnat faoliyati,
ya’ni kurollarni birgalikda yaratish va kullanish jarayonida odamlar tomonidan amalga oshiriladigan mexnat
faoliyatidir.
Mexnat faoliyati–ijtimoiy munosabatlar rivojlanishining shart–sharoiti va natijasidir. Shunday kilib
mexnatning paydo bulishi va kishilik jamiyatining tuzilishi odamning odamsimon ajdodlarining odamga aylanishiga
sabab bulib xisoblanadi.
Mexnatda kishining ongi – aks ettirishning evolyutsion yuna–lishidagi eng oliy shakli – ashyoviy
faoliyatning obyektiv barkaror xususiyatlarini ajratib olish va shu asosda atrofdagi reallikni tubdan uzgartira olish
xususiyatiga ega bulgan shakli xam rivojlana boradi.
Yukorida aytib utilganidek, xayvonlar tasodifiy narsalar olamida yashaydi, odam esa uziga doimiy narsalar
olamini yaratadi. Odam yaratgan uzidan oldingi avlodlar bajargan ish jarayonlari, xatti–xarakatlar va faoliyatning
moddiy ifodasi xisoblanadi. Kurollar orkali bir avlod ikkinchi avlodga ish jarayonlari, xatti–xarakatlari, faoliyat
tarzida uz tajribasini yetkazadi.
Mexnat faoliyati davomida odamning dikkat–e’tibori yaratilayotgan kurolga va binobarin, uz faoliyatiga
karatilgan buladi. Kishining faoliyati ongli faoliyatga aylanadi.
Kurollar ishlab chikarish kanchalik yukori darajada bulsa, aks ettirish darajasi xam shunga muvofik ravishda
yukori buladi. Demak, mexnatning ijtimoiy tashkil etilishi jarayonida kurol ishlab chikarish darajasining yuksalishi
va ongli faoliyatni shakllantirishning eng muxim sharti bulib xisoblanadi.
Tabiatga ta’sir kursatgan va uni uzgartirgan xolda odam shu bilan bir katorda uzining xususiy moxiyatini
xam uzgartiradi. Odam tabiat maxsulini uz xayoti uchun yarokli shaklda uzlashtirib olish uchun uz tanasidagi tabiiy
kuchlarni: kul va oyoklarini, bosh va barmoklarini xarakatga keltiradi. Shu xarakat vositasida tashki tabiatga ta’sir
kilib va uni uzgartirib odam, shu bilan birga, uz tabiatini xam uzgartiradi.
Mexnatning ta’siri ostida kulning yangi funksiyalari karor topdi: kul xarakat kilishda goyat darajada epchillik
kashf etdi, anatomik tuzilish sekin–asta takomillasha borgan sari yelka va bilakning uzaro nisbati uzgara bordi,
barcha bugimlarning, ayniksa kul barmoklarining xarakatchanligi oshdi. Birok kul fakat ushlaydigan kurol sifatida
xam rivojlandi. Mexnat faoliyati shunga olib keldiki, faol xarakat kiluvchi kul asta–sekin faol (paypaslab) sezishga
ixtisoslashgan organga aylana boshladi. Paypaslab sezish – olamni bilishning odamga xos bulgan aloxida
xususiyatidir.
Kulning rivojlanishi butun organizmning rivojlanishi bilan uzaro boglik xolda davom etdi. Kulning ish kuroli
sifatidagi ixtisoslashuvi tanani tugri tutish, tik yurish rivojlanishiga yordam berdi.
Ishlaydigan kullarning xarakati doimo kuz bilan nazorat kilib turiladi. Kurish va sezish organlari urtasida
kuplab boglanishlar xosil buladi. Kulning faoliyati miyaning rivojlanishiga ayniksa katta ta’sir kursatdi.
Mexnatning paydo bulishi va rivojlanishi kishining ovkatga, boshpanaga va shu kabilarga bulgan
extiyojlarning bekiyos darajada muvaffakiyatli tarzda kondirilishiga olib keldi
Shunday kilib, mexnat kishilik jamiyati tarakkiyotiga, insoniy extiyojlarning shakllanishiga, fakat aks
ettiruvchi emas, balki dunyoni uzgartiruvchi inson ongini uzgartiruvchi inson ongining rivojlanishiga sabab buldi,
Mexnat jarayonida mexnat bilan birga aloka boglashning til yordamida amalga oshiriladigan oliy shakli rivoj
topdi.Ongning va vokelikni aks ettirishning ongga xos shakllari rivojlanishi bilan birgalikda shaxs sifatida odamning
uzi xam o’zgarmokda.
Mexnatda kishining ongi – aks ettirishning evolyutsion yunalishidagi eng oliy shakli – ashyoviy faoliyatning
obyektiv barkaror xususiyatlarini ajratib olish va shu asosda atrofdagi reallikni tubdan uzgartira olish xususiyatiga
ega bulgan shakli xam rivojlana boradi.
Odam va xayvon psixik rivojlanish urtasidagi tafovutlarni, ayniksa turli a’zolari takomillashuvi, mexnat
kurollarini yaratish, saklash ishlatish muammolari singarilar antropogenez (antropos – odam, genezis – tugilish,
kelib chikish) muammolari doirasiga kiradi.
Inson psixikasi bilan yuksak tashkil topgan hayvon psixikasi orasida katta farqqa ega bo‘lgan ijtimoiy
voqelik hukm suradi. Hayvon o‘z to‘dasidagi a’zolariga yaqqol holat bilan bog‘liq bo‘lgan, bsvosita favquloddagi
vaziyat bilan cheklangan hodisalar yuzasidan «o‘zining tili»da xabar uzatishi odatiy hodisa. Odam undan farkli
o‘laroq nutq vositasida o‘z qabiladoshlariga o‘tmish (xotirot), hozir-gi davr va kelajak to‘g‘risida ma’lumot
(axborot) berish hamda ijti-moiy turmush tajribalarini uzatish imkoniyatiga ega. Insoniyat-ning ijtimoiy-tarixiy
taraqqiyotida til tufayli aks ettirish (in’-ikos qilish) imkoniyatlari qayta qurildi, oqibat natijada odam miyasida atrof-
muhittimsollari, xususiyatlari aniqroqaks eta bosh-ladi. Buning natijasida yakkahol shaxs kishilik dunyosi
tomonidan orttirilgan tajribadan bahramand bo‘la bordi, shuningdek, uning uchun noma’lum hisoblangan borliq
hodisalari, holatlari, qonuni-yatlari to‘g‘risidagi bilimlarga egalik qila boshladi. His-tuyg‘ular, ichki kechinmalar,
taassurotlar, hayajonga soluvchi nafosat timsol-lar yuzasidan zavklanishi, maroq olish imkoniyatlari vujudga kel-di,
ularning mazmuni, ma’nosi, mohiyati bo‘yicha o‘ziga o‘zi hisobot berish, ijobiy yoki salbiy ta’sir etishini baholash
muammolarini keltirib chiqardi.
Hayvonot olami bilan insoniyatning xabar uzatish vositasi ora-sidagi farqi tafakkurda ham o‘z aksini topadi.
Chunki har qanday psixik funksiya boshqa turdagi, shakldagi, mazmundagi funksiyalar qobig‘ida namoyon bo‘ladi
va muayyan shart-sharoitlar vujudga kelga-nida rivojlanadi. Yuksak taraqqiy etgan hayvonlarda amaliy (sod-da)
tafakkur mavjud bo‘lib, chamalash orqali mo‘ljal olishga, favqu-loddagi vaziyat yuzaga keltirgan vazifani bajarishga
yo‘naltiril-gandir. Hayvonlar, aniqrog‘i maymunlar ayrim hollarda «qurol» yasash va undan muayyan masala hal
etishda foydalanish hodisalari tajri-balarda kuzatilgan, lekin ulardan birontasi tafakkurni mavhum tarzda amaliyotga
tatbiq eta bilmagan. Holbuki shunday ekan, hay-vonlar idrok qilish ko‘lamidan tashqariga chiqish imkoniyatiga ega
emas, binobarin, u yaqqollikdan mavhumlikka o‘ta olmaydi, hatto bun-day vaziyatni aks ettirish imkoni ham yo‘q.
Hayvon yaqqollik, bevo-sita idrok qilishlikni quli bo‘lsa, aksincha inson mavhum fikr-lashning gultojisidir. Inson
bilan hayvon o‘rtasidagi bu boradagi tafovut quyidagilarda mujassamlashadi: a) shaxsning xulq-atvori, faoliyati
yaqqollikdan mavhum holatga o‘tish imkoniyatiga ega; b) fav-quloddagi vaziyat munosabati tufayli vujudga kelishi
ehtimol oqibat-ni oldindan payqash layoqati mavjud; v) qiyinchiliklar uchrasa, ularni yengish uchun qo‘shimcha
vositalar qo‘llash, o‘zgartirishlar kiritish bilan ajralib turadi. Shuning uchun avtomobil ishdan chiqsa inson uni
sozlaydi, yomg‘ir yog‘sa narsalarni panaga oladi, ayb ish qilib qo‘ysa himoyalanish yo‘l-yo‘riqlarini o‘ylaydi,
muammo yechimini qidiradi va hokazo. Shaxs favquloddagi vaziyatning quliga aylanmaydi, ak-sincha u kelajakni
ko‘ra bilishga qodir, aql-farosat esa bashorat qilish imkoniyatini yaratadi. Faoliyat mahsulini oldindan payqash, fe’l-
atvor oqibatini ilgarilab ketib sezish uquviga egaligi bilan inson ustuvorlik qiladi. Hayvonlarning amaliy tafakkuri
ularni yaqqol vaziyatdan bevosita ta’sirotga bo‘ysunishni taqozo etadi. Shax-sni mavhum fikrlashga nisbatan
qobiliyati muayyan vaziyatga bevosi-ta bog‘liqlikdan uni xalos etadi. Inson bevosita muhim ta’siriga javob berish
bilan qanoatlanib qolmasdan, balki uni kutayotgan ta’-sirini ham bartaraf etish qurbiga egadir. Inson psixikasi bilan
hayvon psixikasi o‘rtasidagi birinchi farq shaxsning o‘zi anglagan qadriyatga binoan ongli xatti-harakat qilish
qobiliyati mavjudligidir.Shaxsning hayvondan ikkinchi farqi uning mehnat qurollarini yaratish va saqlashga
/ayoqatli ekanligi bo‘lib, oldindan tuzilgan reja bo‘yicha ularni yasaydi va ulardan muayyan maqsadni amalga
oshirishda foydalanadi hamda keyinchalik qo‘llash niyatida asrab olib qo‘yadi. Ulardan odamlar hamkorlikda
foydalanadi, hamkorlik faoliyatida esa qurollar yaratiladi, o‘zaro tajriba almashadi, bilimlarni bosh-qalarg‘a
uzatishadi, umumiy saviyaga vorislik tufayli yuksaladi.Inson psixikasining hayvondan yana bir farqli tomoni
shunda-ki, uning ijtimoiy tajribaning boshqalarga uzluksiz ravishda uza-tishida aks etadi. Tajribalarni instinktiv
xatti-harakatlar gar-zida o‘zlashtirish hodisasi ham insonga, ham hayvonga xos odatdir, lekin shaxsiy tajribaga ko‘ra
ijtimoiy tajribaning ustuvorligi odamning ongli mavjudodga aylanishining asosiy manbai hisobla-nadi. Shaxsni
ijtimoiy munosabat, ijtimoiy tajriba shakllanti-radi, moddiy va ma’naviy qurollarni egallash natijasida unda yuk-sak
insoniy funksiyalar (ixtiyoriy xotira, ixtiyoriy diqqat, mavhum tafakkur) vujudga keladi va rivojlana boradi. Subyekt
tomo-nidan kishilik dunyosida yaratilgan madaniy merosni o‘zlashtirili-shi, ayrim o‘zgartirishlar kiritilishi uning
kamolotida sifat ji-xatidan yuksak bosqichni yuzaga keltiradi. Yuksak funksiyalar, nutqiy faoliyatning
takomillashuvi, mehnatning hayotiy ehtiyojga ayla-nishi, ertangi hayot to‘g‘risida mulohazalar tug‘ilishi ongning
rivoj-lanishi uchun muhim imkoniyatlar yaratadi. Shu bois inson bilan hayvon o‘rtasidagi tafovut tajribaning
vorislik funksiyasi kasb etishi bilan yakunlanadi. Jismoniy va akliy faoliyat kundalik za-ruratga aylanishi sababli
ong bevosita nazorat funksiyasini baja-ra boshlaydi, shuningdek, jamiyat, jamoa, tabiat to‘g‘risidagi tasav-vurlarini
tushunishi, anglash ham uning tasarrufiga aylanadi.Borliq voqeliklarini bir tekis in’ikos ettirish vositasi si-fatida
insonda his-tuyg‘ular rivojlana boshlaydi. Inson bilan hayvonot olami orasidagi yana bir tafovut his-tuyg‘ular orqali
na-moyon bo‘ladi. Lekin atrof-muhitdagi o‘zgarishlarga nisbatan befarq-lik har ikkala toifadagi mavjudodlarda
hukm surmaydi, biroqtash-qi ta’sirlar ijobiy yoki salbiy hissiy qo‘zg‘atishni vujudga kelti-radi. Emotsional holatlar
hayvonlarda ustuvor rol o‘ynaydi, o‘zla-riningularga munosabatlarini bildiradi. Biroqhayvonlardan farq-li
o‘laroqodam o‘zining yuksak his-tuyg‘ulari (axloqiy, aqliy, nafosat, praksik — lazzatlanish) bilan jamiyatga va
tabiatga nisbatan munosabatini bildiradi, jumladan, quvonch, g‘am-g‘ussa, mehr-muhab-bat, achinish, hamdardlik,
zavklanish, faxrlanish, iftixor va bosh-qalar. Tabiat manzaralari, mehnat mahsuli, turmush lahzalari, ezgu-lik, armon
insonni faolikka undaydi, har bir soniyadan maqsadga muvofiqfoydalanish xohishlari motiv vazifasini bajarishga
o‘tadi. Yuksak his-tuyg‘ular inson xulq-atvorining regulyatoriga aylanadi. Undagi vijdon, uyat, mas’ullik esa
qadriyat tariqasida xizmat qiladi. His-tuyg‘ularni boshqarish, nazorat qilish onglilikni taqozo etadi, ko‘zlangan
maqsadni amalga oshirishni ta’minlashga yordam beradi.Agarda psixikaning taraqqiyoti biologik evolyutsion
qonunlar ta’siri bilan ro‘y bergan bo‘lsa, inson ongining rivojlanishi ij-timoiy-tarixiy taraqqiyot qonunlari tufayli
amalga oshgan. Hayvon bilan odam psixikasidagi yana bir tafovut ularni rivojlanish shart-sharoitlarida ko‘rinadi va
muhit, munosabat, ta’sir orqali aks etadi. Shaxslararo munosabatga kirishmasdan turib, yuksak his-tuyg‘ular
shakllanmaydi, yuksak psixik funksiyalar rivojlanmaydi, inson shaxsi kamol topmaydi. Odam faqat ijtimoiy
muhitda, shaxslararo munosabatda insoniy fazilatlarni egallab, til, aql, ong yordamida kamol topadi, xolos. Shunga
qaramasdan, ong paydo bo‘lishining biologik shart-sharoitlari mavjudligi to‘g‘risida mu-lohaza yuritish mumkin.
Chunki dastlabki ijtimoiy munosabatlarning biologik shart-sharoiti ibtidoiy jamiyatdagi to‘dadan iborat edi.
Shaxsning biologik shartlangan jihatlaridan tashqari, uning ijtimoiy omillari ham mavjud bo‘lib, u muayyan
ma’noda ijtimoiy munosabatlar mahsulidir. Bunga ijtimoiy muhitdan tashqarida (o‘rmonda) shakllangan inson
farzandlarining qiyofasi yaqqol misoldir.Muhitdagi keskin halokatli o‘zgarishlar tufayli inson o‘zining moddiy
ehtiyojini qondirish maqsadida mehnat faoliyatini kashf etdi va u ijtimoiy munosabatlarning rivojlanishiga, turmush
shart-sharoiti yaxshilanishiga, ongningtakomillashuviga, fikr almashish, axborot uzatish imkoniyatining tug‘ilishiga
olib keldi. Tartibsiz to‘dadardan kishilik jamiyati paydo bo‘lgunga qadar bir qancha davr-lar o‘tdi, odamning qo‘li
mo‘jizakor ish qurollarini yasaydigan, ularni takomillashtiradigan, keyinchalik foydalanishi uchun asray-digan ongli
mavjudodga o‘sib o‘tdi. Mehnat faoliyatida odamning ongi aks ettirishning yuksak shaklini egalladi, faoliyatning
obyektiv xususiyatlarini farkdash, ularni maqsadga muvofiqlashtirish tufay-li atrof-muhitni o‘zgartirish, unga ta’sir
o‘tkazish qudrati, qobi-liyati, layoqati vujudga kela boshladi. U faqat qurollardan muvaqqat foydalanishdan voz
kechib, avlodlarga qoldirish, asrashni ong ta’-sirida ro‘yobga chiqara bordi, buning natijasida insonning har xil
shakldagi faoliyati ongli faoliyatga aylandi, o‘zaro munosabatlar mazmuni, ko‘lami kengaya boshladi, shaxsiy
mehnat ulushi jamoa ehti-yojini qondirishnitasosiy manbaiga aylandi. Tabiatga ta’sir o‘tka-zish, uni o‘zgartirish
to‘g‘risidagi maqsad o‘z funksiyasini o‘zgartir-di, qo‘l esa yangidan-yangi mo‘jizalar ijodkoridan asta-sekin aks
ettirish quroliga, sezish, payqash, paypaslash, his etish organi va-zifasini bajarishga o‘sib o‘tdi.
Kishilik jamiyatida mehnat faoliyatining takomillashuvi, shaxs-lararo munosabatning yangi shakllarining
paydo bo‘lishi, til va nu-tqni vujudga keltiradi, ularning barchasini maqsadga muvofiqamal-ga oshirishni
ta’minlovchi ong jadal sur’atlar bilan rivojlandi. Ong faqat faoliyat, xulq-atvor, muomala, his-tuyg‘ular regulyatori
emas, balki yakkahol shaxsning ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini to‘g‘ri amalga oshishining asosiy manbai rolini
bajara boshladi.
Shunday qilib, insonning ongi ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot mahsuli bo‘lish bilan birga, u mehnat faoliyatida,
ijtimoiy tajri-bani o‘zlashtirishda, hamkorlikdagi o‘zaro ta’sirda, tabiatga, jami-yatga nisbatan munosabatlar
mohiyatida vujudga kelgan. Buning mah-sulasi, shakli sifatida individual, guruhiy, etnik (milliy), ij timoiy ong
namoyon bo‘lgan va ularning barchasi taraqqiyot tufayli o‘zining yangi bosqichlariga o‘sib o‘tgan hamda
keyinchalik fan, texnika yaralishiga puxta zamin hozirlagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |