4.1. Bichuv sexida texnologik jarayon bosqichlari.
Bichish sexi tikuvchilik ishlab chiqarishdagi eng muhim bosqich hisoblanib, u yerda muljallangan sifatdagi kiyim tikishga asos solinadi. Bichish sexida quyidagi ishlar amalga oshiriliadi:
- gazlamalarni to’shash, bo’rlash;
- to’shamani tamg’alash;
- kiyim detallarini bichish;
- bichig’ detallarini nomerlash va komplektlash;
- ranglar ketma –ketligi talonlarini osish;
- bichiq pachkalarni saqlash va tashish;
- marshurt varaqalarini rasmiylashtirish;
- tovar yorlig’ini va nazorat yorlig’ini to’ldirish;
Bichish sexi gazlamalar to’plamini va bivhish uchun xujjatlarni (hisob va bichish xaritasini) tayyorlov sexidan, kerakli miqdorda furniturani furnitura omboridan, asbob uskuna, extiyot qismlari va yordamchi moslamalarni bosh mexanik bo’limidan va texnik xujjatlar, andozalar, gazlama sarfi va joylama nusxasini tajriba sexidan qabul qilib oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |