Birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish quyidagilardan tashkil topgan:
- qon oqishini to‘xtatish;
- bog`lam qo‘yish, suyak singanda immobilizatsiya qilish;
- sun`iy nafas oldirish;
- yurak sohasini massaj qilish;
- yonayotgan kiyimlarni o‘chirish;
- og`riq qoldiruvchi dorilarni qo`llash.
Kimyoviy zaharlovchi moddalardan zaharlanish xavfi paydo bo`lganda va zaharlanganda birinchi tibbiy yordam berish uch asosiy tadbirdan:
a) Odamni zaharli moddalar ta‘siridan himoya qilish (gazniqoblar, respiratorlar qo`llash);
b) Shikastlangan, zaharlangan odamga antidot (ziddizahar) yuborish;
d) Shikastlanganlar (zaharlanganlar) ni tezlik bilan zaharlangan joydan olib chiqishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |