To`liq sanitar qayta ishlash – tana a`zolarini zararsizlantiruvchi usullarni qo`llash (yuvish, dezinfeksiya qilish) tushuniladi. Bu barcha tana a`zolarimizni, kiyim-kechak, himoya vositalari va boshqalarni zararsizlantirish maqsadida qo`llaniladi.
To`liq sanitar qayta ishlash omili maxsus qurilgan yuvinish shaxobchalarida amalga oshiriladi. Bunda fuqarolar bir tomondan kirib kiyim-kechak, himoya vositalarini yechib, yuvinib-tozalangach, ikkinchi tomondan dozimetrik kimyoviy tekshiruvdan o`tib, so`ngra toza kiyim-kechak kiyishadi va ikkinchi dozimetrik ko`rikdan o`tadi.
Zararlangan kiyimlar, himoya vositalari, maxsus usullar yordamida zararsizlantiriladi.
Shikastlangan hududdan chiqishda yuqorida aytilgan muolajalar yuqori saviyada o`tkazilsa zararlanish miqyosi shuncha kichik va talofatlarga uchrashning oldi olingan bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |