Ixtisoslashtirilgan tibbiy yordamni uyushtirish.
Shikastlangan odamlarni ko`pchiligi ixtisoslashtirilgan tibbiy yordamga muhtoj bo`ladi. Bunday tibbiy yordam ko`rsatish ishlari zararlangan shaharlar tashqarisidagi qishloq, tumanlarda tashkil etiladi. Qishloq va tuman markazlardagi kasalxonalar, dam olish uylari, sanatoriy, davolash-profilaktika muassasalarida kasalxonalar tashkil etiladi. Shuningdek, mehmonxona, yotoqxona, madaniyat uylari, dam olish lagerlarida ham kasalxonalar turlariga qarab maxsus tibbiy yordam ko`rsatish maqsadida quyidagi profillashtirilgan kasalxonalar:
- saralash evakuatsiya gospitali (SEG);
- bosh kasalxona (BK);
- neyroxirurgiya (NX);
- travmatologiya (TR);
- torako – abdominal (TA);
- kuyganlar uchun (K-O);
- soni va yirik bo`g`imlari shikastlanganlar uchun (BKS);
- toksika – terapiya (TT);
- yuqumli kasalliklar (Yu);
- psixiatriya (p) kasalxonalari ochiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |