Qarshi davlat universiteti tarix va ijtimoiv lanlar fakulteti


Huquqbuzarliklarning yakka tartibdagi profilaktikasi



Download 297,72 Kb.
bet20/33
Sana01.06.2022
Hajmi297,72 Kb.
#626660
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   33
Bog'liq
majmua skaner (1)

Huquqbuzarliklarning yakka tartibdagi profilaktikasi
Huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi organlar va muassasalaming g‘ayriijtimoiy xulq-atvorli, huquqbuzarliklar sodir etishga moyil bo‘lgan, huquqbuzarliklar sodir etgan shaxslami aniqlash, ulaming hisobini yuritish va ularga tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatishga doir faoliyati huquqbuzarliklaming yakka tartibdagi profilaktikasidir.
Huquqbuzarliklaming yakka tartibdagi profilaktikasi shaxsning, uning ijtimoiy muhitining o‘ziga xos xususiyatlari, ijtimoiy-maishiy sharoitlari va turmush tarzi, shaxsning g‘ayriijtimoiy xulq-atvorini, huquqbuzarlik sodir etishga moyilligini, shuningdek sodir etilgan huquqbuzarlikning ijtimoiy xavflilik darajasini tavsiflovchi boshqa omillar hisobga olingan holda belgilanadi.
Huquqbuzarliklaming yakka tartibdagi profilaktikasini qo‘llash uchun shaxsning g‘ayriijtimoiy xulq-atvori to‘g‘risida, uning huquqbuzarlik sodir etishga moyilligi yoxud u huquqbuzarlik sodir etganligi haqida dalolat beruvchi ishonchli ma’lumotlaming mavjudligi asos bo'ladi.
Huquqbuzarliklaming majburlovchi va cheklovchi xususiyatdagi yakka tartibdagi profilaktikasi qonunda nazarda tutilgan asoslarda qo‘llaniladi.
Huquqbuzarliklarning yakka tartibdagi profilaktikasi chora-tadbirlari
Huquqbuzarliklaming yakka tartibdagi profilaktikasi chora-tadbirlari quyidagilardan
iborat:
profilaktika suhbati; rasmiy ogohlantirish;
huquqbuzarliklaming sodir etilishi sabablari va ularga imkon berayotgan shart-sharoitlar to‘g‘risida xabardor qilish;
ijtimoiy reabilitatsiya qilish va ijtimoiy moslashtirish; profilaktik hisobga olish; majburiy davolanishga yuborish; ma’muriy nazorat.
Huquqbuzarliklaming yakka tartibdagi profilaktikasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa chora-tadbirlami ham o‘z ichiga olishi mumkin.
Profilaktika suhbati
Profilaktika suhbati shaxsni jamiyatda qabul qilingan xulq-atvor normalari va qoidalariga rioya etishga ishontirishdan, g‘ayriijtimoiy xulq-atvoming ijtimoiy va huquqiy oqibatlarini
hamda huquqbuzarlik sodir etganlik uchun qonunda belgilangan javobgarlikni tushuntirishdan iborat bo‘ladi. Profilaktika suhbati shaxsni profilaktik hisobga qo‘yishda ham o‘tkaziladi.
Profilaktika suhbati huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi organ yoki muassasaning huquqbuzarliklaming yakka tartibdagi profilaktikasini amalga oshirishga mas’ul bo‘lgan vakili tomonidan o‘tkaziladi.
Profilaktika suhbati huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi organ yoki muassasa joylashgan yerda, shuningdek shaxsning yashash, o‘qish, ish joyida yoxud bevosita g‘ayriijtimoiy xulq-atvor yoki huquqbuzarlik aniqlangan joyda o‘tkaziladi.
Profilaktika suhbati davomida shaxsning o'ziga xos xususiyatlari, uning turmush tarzi va
ijtimoiy-maishiy yashash sharoitlari, shuningdek g‘ayriijtimoiy xulq-atvoming yoki sodir etilgan
huquqbuzarlikning sabablari va shart-sharoitlari aniqlanadi. Ilgari o‘tkazilgan profilaktika
suhbati ijobiy natija benhagan va shaxs g‘ayriijtimoiy xulq-atvomi yoki huquqbuzarlik sodir
etishga moyillikni davom ettirgan hollarda, unga nisbatan rasmiy ogohlantirish qo‘llaniladi.

Download 297,72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish