Metodning titranti. Yodometriya usulining titranti sifatida natriy tiosulfatning odatda 0,1, 0,02, 0,01 mol/dm3 konsentratsiyali standart eritmasi ishlatiladi. Natriy tiosulfat kristallogidrati Na2S2O3 ∙ 5Н2О saqlanish muddatida qis-man suvsizlanib qolishi sababli uning standart eritmasini aniq tortimi bo‘yicha tayyorlash mumkin emas. Shuning uchun natriy tiosulfatning takribiy konsentratsiyali eritmasi tayyorlanib so‘ngra standartlanadi.
Natriy tiosulfat eritmasining titri vaqt o‘tishi bilan, kislotali sharoitda parchalanib, oltingugurt ajralishi (eritma loqalanib qolishi) sababli, o‘zgarib qoladi
S2O32- + Н+ = НSO3- + S↓
Tiosulfat- ioni xavodagi kislorod ta’sirida oksidlanib oltingugurt ajralib chiqadi:
2S2O32- + О2 = 2SO42 + 2S↓
Suvli eritmada yorug‘lik va mikroorganizmlar ta’sirida ham tiosulfat-ionlari parchalanib ketadi.Natriy tiosulfat eritmasi рН ~ 9-10 oraligida turg‘un bo‘lgani sababli, uning eritmasiga, barqarorlashtirish uchun, ozroq natriy karbonat Na2CO3 yoki natriy bikarbonat NaHCO3 qo‘shiladi.
Amalda quyidagi tadbir ko‘riladi. Natriy tiosulfatning 0,1 mol/dm3 konsent-ratsiyali eritmasini tayyorlash uchun bir litr (dm3) distillangan suvda 26 g Na2S2O3 ∙ 5Н2О va 0,1 g suvsiz natriy karbonat eritiladi. Tayyorlangan eritma 2 kecha-kunduz davomida qorong‘u joyda saqlanadi. Agar mazkur muddat davomida eritma loyqalanib qolsa, filtrlanadi yoki cho‘kma chayqatilmasdan ustidagi tiniq eritma boshqa idishga sekin quyib olinadi.
Natriy tiosulfatni suyultirilgan eritmasi 0,1 mol/dm3 konsentratsiyali eritmani distillangan suv bilan suyultirib tayyorlanadi. Natriy tiosulfatning suyultirilgan eritmasini uzoq muddat saqlash tavsiya etilmaydi.
Tayyorlangan eritma kaliy yodat KJO3, kaliy bromat КВrО3, kaliy dixromat К2Сr207 va boshqa oksidlovchilar bilan standartlanadi. Buning uchun aniq tortim bo‘yicha tayyorlangan kaliy dixromat eritmasining alikvota xajmiga kaliy yodid eritmasidan ortiqcha va НС1 eritmasidan ko‘shib, qorong‘u joyda bir necha muddat saqlanadi. Eritmalar aralashmasida quyidagicha reaksiya kechadi:
Сr2О72 + 6J- + 14Н+ = 2Cr3+ + 3J2 + 7Н2О
Reaksiyaga kirishgan kaliy dixromatga ekvivalent miqdorda ajralgan yod, kraxmal indikatori ishtirokida, standartlanuvchi natriy tiosulfat eritmasi bilan titrlanadi. Indikator - kraxmal eritmasi titrlash oxirrog‘ida, eritma sarg‘ish - yashil tusga kirgach, qo‘shiladi. Eritmaning ko‘k rangi och yashilga (xrom (III) akvakompleksining rangi) o‘tguncha titrlash davom ettiriladi.
Natriy tiosulfat eritmasining molyar konsentratsiyasi quyidagi reaksiyani hisobga olgan xolda ekvivalent qonuni asosida hisoblanadi
2S2O32- - 2е = S4O62- z = n/2 = 2/2 = 1;
Сr2О72- + 6е + 14Н+ = 2Сr3+ + 7Н2О; z = n = 6.
Binobarin,
n (Na2S2O3) = n (½ J2) = n (1/6 К2Сг2О7)
с (Na2S2O3) V (Na2S2O3) = с (1/6 К2Сг2О7) V (K2Cr2О7),
с (Na2 S2O3) = с (1/6 K2Cr2О7) V (K2Cr2О7) / V (Na2S2O3)
Natriy tiosulfatning standart eritmasi jigarrang shishali, shliflangan tikinlik idishda, qorong‘u joyda saqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |