Titrlashning bevosita va bilvosita usullari.
Bevosita titrlash usuli-aniqlanayotgan ionni ikkinchi aniq konsentratsiyali reagent bilan to‘g‘ridan - to‘g‘ri titrlab, ekvivalent nuqtani topish mumkin.
Bilvosita titrlash usuli - aniqlanayotgan moddani biror sababga ko‘ra (reaksiya tezligi kichik bo‘lsa, ekvivalent nuqtani aniqlash uchun indikator topilmasa va x.k.) bevosita titrlab bo‘lmasa, u vaqtda bilvosita titrlash usulidan foydalaniladi. Bilvosita titrlash «qoldi=ni titrlash" ham deyiladi. Uning mohiyati quyidagicha: analiz uchun olingan alikvot qismga, uning tarkibidagi ion bilan reaksiyaga kirishuvchi ikkinchi standart eritmadan mo‘l miqdorda solinadi, so‘ngra reaksiyaga kirmay qolgan ortiqcha miqdordagi reagent ikkinchi standart eritma bilan titrlanadi. Birinchi reagentning reaksiyaga kirmay qilgan qismini aniqlab, analiz qilinayotgan modda miqdorini aniqlash mumkin. Masalan, Al3 ioni komplekson - III bilan reaksiyaga kirganda reaksiya tezligi kichik bo‘ladi. Shuning uchun Al3 ioni solingan kolbaga ortiqcha miqdorda komplekson - III standart eritmadan aniq o‘lchab olamiz. So‘ngra Al3 ioni bilan reaksiyaga kirmay qolgan komplekson III ni ruxning standart eritmasi bilan titrlab topiladi.
Shunday qilib, bilvosita titrlash metodida ikkita standart eritma ishlatilar ekan. Birinchi standart eritma aniqlanayotgan modda bilan reaksiyaga kirsa, ikkinchi standart eritma birinchisi bilan reaksiyaga kirar ekan.
Moddaning miqdorini aniqlashda ba’zan «o‘rindoshlik metodi» ham ishlatiladi. Bunda aniqlanayotgan ion maxsus tanlangan reaksiya yordamida boshqa moddaga aylantiriladi va oxirgi modda biror standart eritma bilan titrlab topiladi. Masalan, Cr2 havoda tez oksidlanib ketadi va oksidlovchi bilan bevosita titrlash qiyin. Shuning uchun unga ortiqcha miqdorda aniq o‘lchangan Fe2 eritmasi quyiladi. Bu vaqtda Cr2 ga ekvivalent ravishda Fe2 hosil bo‘ladi va uni titrlab Cr2 ning miqdorini topish mumkin. Bu usul oksidlovchi yoki qaytaruvchi anionlar bilan qiyin eriydigan birikmalar hosil qiluvchi kationlarning miqdorini aniqlashda ham qo‘llaniladi. Masalan, Ca2 ionini aniqlash uchun ammoniy oksalat ta’sir ettirilsa, СаС2О4 hosil bo‘ladi va cho‘kmani filtrlab, yuvib, НСl da eritilsa, u holda Са2 ga ekvivalent miqdorda Н2С2О4 kislotasi hosil bo‘ladi va uni КМпО4 bilan titrlab, Са2 ning miqdorini aniq topish mumkin.
Fiksanal - qattiq yoki eritma holidagi, aniq o‘lchangan, ampu-laga solib kavsharlab qo‘yilgan reaktiv. Undan turli konsentratsiyadagi standart eritmalar tayyorlanadi.
Standart eritma - konsentratsiyasi aniq bo‘lgan eritma.
Alikvot qism - analiz uchun aniq o‘lchab olingan eritmaning hajmi.
Titrlash - konsentratsiyasi aniq bo‘lgan eritmani ikkinchi erit-maga byuretka yordamida asta-sekin qo‘shib borish jarayoni.
Do'stlaringiz bilan baham: |