2) Filtrlash va cho’kmani yuvish. Cho’kishni to’liq bo’lganligi sinab ko’rilgach, cho’kma darrov filtrlanadi. Filtrlash o’rta zichlikdagi — oq tasmali filtr qog’ozi bilan bajariladi. Cho’kma ustidagi suyuqlik filtrga qo’yilgach, stakandagi cho’kmaammoniy nitratning 2-foizli eritmasi bilan 2-3 marta yuviladi. Shundan keyin cho’kma miqdoran filtrga o’tkaziladi va cho’kma filtratda Cl-ionlari yo’qolguncha yuviladi.
3) Cho’kmani quritish va qizdirish. Cho’kmali filtr qog’oz quritish shkafida ozgina quritiladi, so’ng uni olib, filtr qog’oz chetlari buklanib, oldindan doimiy massaga keltirib quyilgan tigelga solinadi. So’ng filtrli tigel chinni uchburchakka o’rnatilib, gaz alangasida quritiladi va filtr KOH kuydiriladi. Tutun chiqishi to’xtagach, tigel cho’kmasi bilan mufel pechiga joylashtirilib, 900-1000°C haroratda doimiy massaga kelguncha qizdiriladi. Doimiy massaga kelgach, hisoblash bajariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |