Ishni bajarish tartibi:Misning tuzlari qishloq xo’jaligida zaxarli kimyoviy moddalar sifatida ishlatiladi. Bundan tashqari mis(II)ionlari mikroo’g’itlar tarkibiga kiradi. Binobarin, eritmadagi mis (II) ionlarining miqdorini aniqlashda amaliy jihatdan ahamiyatga egadir.
Mis (II) ioni miqdorini fotokolorimetrik anikqlashda Cu2+ ionlarini ammiak bilan to’q qizil rangli kompleks ion [Cu(NH3)4]2+hosil qilishidan foydalaniladi.
Bunday eritmaning rangi barqaror, uning rangining intensivligini o’lchashda FEK-56 M markali fotoelektrokolorimetrdan foydalaniladi.
Eritmadagi misning konsentratsiyasini aniqlashda mis tuzining standart eritmasi tayyorlanib, darajalangan grafik tuziladi va tekshirilayotgan eritmadagi mis (II) ioni mikdori shu grafik yordamida aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |