2.Titrimetrik analiz metodlari.
Aniqlanayotgan modda bilan reaksiyaga kirishuvchi, konsentratsiyasi aniq bo‘lgan eritmaning hajmini o‘lchashga asoslangan metod titrimetrik metod deyiladi. Reaksiyaning oxiri ekvivalent nuqta deb ataladi.
Ekvivalent nuqtani aniqlashning ikki turi bor:
1) vizual yoki indikator yordamida - rang keskin o‘zgaradi
2) asbob-uskunalar yordamida - reaksiya oxirida moddaning fizik xususiyati keskin o‘zgarib ketadi.
Titrimetrik metodning afzalligi kam vaqt talab qiladi, sezgirligi gravimetrik metodnikidan qolishmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |