Qarshi davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti



Download 418,52 Kb.
bet8/13
Sana31.12.2021
Hajmi418,52 Kb.
#205767
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Potensiometrik titrlash

II Bob. Tajriba qismi

II.1 Potensiometrning ishlash prinsipi

Potensiometrik titrlash - neytrallash, cho‘kma va kompleks hosil qilish, oksidlanish - qaytarilish va boshqa usullar yordamida bajariladigan miqdoriy tahlilda ekvivalent nuqtani aniqlash uchun qo‘llaniladi. Rangli va loyqa eritmalarini titrlash uchun ham ushbu usuldan foydalanish mumkin. Bu usulda titrlash jarayondagi alohida tanlangan elektrod juftligida hosil bo‘ladigan elektr yurituvchi kuchini (EYUK) o‘lchash orqali titrantni ekvivalent hajmi aniqlanadi.

Elektrod juftligi taqqoslash elektrodi va indikator elektroddan iborat. Indikator elektrod potensiali titrlash jarayonida faol qatnashuvchi yoki hosil bo‘luvchi ionlar konsentratsiyasi bilan bog‘liq bo‘lib, taqqoslash elektrodining potensiali doimiy qiymatini saqlab qoladi. Titrlanganda elektrod juftligi odatda tekshiriluvchi eritmaga tushiriladi.

Pоtеnsiоmеtrik usul vоdоrоd iоnlаrining аktiv kоnsеntrаsiyasini o’lchаshdа kеng qo’llаnilаdi. vоdоrоd hаmmа mеtаllаrgа o’хshаb, fаqаt musbаt iоnlаr hоsil qilаdi. shuning uchun ungа Nеrnst qоnunining hаmmа hulоsаlаrini qo’llаsh mumkin. vоdоrоd va mеtаllаrning bundаy o’хshаshligi, vоdоrоd iоnlаrining аktiv kоnsеntrаsiyasini, ya’ni, eritmаlаrning ishqоriy va kislоtа хususiyatlаrini ifоdаlоvchi, rH kаttаlikni o’lchаshdа Nеrnst qоnunidаn fоydаlаnish imkоnini bеrаdi. Аmаldа, eritmаlаrning ishqоriy va kislоtа хususiyatlаrini vоdоrоd iоnlаrining аktiv sоni (kоnsеntrаsiyalаri) оrqаli emаs, bаlki, bu sоnning mаnfiy ishоrаli lоgаrifmi оrqаli ifоdаlаnаdi. Bundа, 1 dаn 14 gаchа bo’lgаn sоnlаr qаtоri hоsil bo’lаdi

Taqqoslash elektrodidan diffundirlanayotgan ionlar titrlash jarayoniga to‘sqinlik qilsa, taqqoslash elektrodi va tekshiriluvchi eritma elektrolitik ko‘prik orqali tutashtiriladi. Ushbu elektrolitik ko‘prik ionlari to‘sqinlik qilmaydigan elektrolit eritmasi bilan to‘ldirilgan P -shakldagi naycha ko‘rinishda bo‘ladi (rasm 4). 

4-rasm. Potensiometrik titrlash usulida ekvivalent nustani anislash

 

Suvsiz sharoitda potensiometrik titrlash usulida elektrolitik ko‘prik yoki taqqoslash elektrodi kaliy yoki litiy xloridni tegishli suvsiz erituvchidagi eritmalari bilan to‘ldiriladi.



Tahlil davomida titrlangan eritmani byuretkadan bir xil miqdorda aralashtirib turilgan holda qo‘shiladi. Ekvivalent nuqtaga yaqinlashganda titrantni 0,1 ml yoki 0,05 ml dan qo‘shilib, har gal EYUK o‘lchanadi.

Indikatorli elektrod va taqqoslash elektrodi orasidagi potensiallar farqidan paydo bo‘ladigan EYUK yuqori omli potensiometr yordamida(pH- metr bilan) o‘lchanadi. Ekvivalent nuqtaga yaqinlashgan sari EYUK qiymati keskin o‘zgarib,  EYUK o‘zgarishi ()titrlovchi miqdorining o‘zgarishiga ( ) nisbatini mutloq qiymati bu nuqtada maksimal bo‘ladi.

Titrlash natijasini grafikda ifodalab, hosil bo‘lgan egri chiziq yordamida ekvivalent nuqtani hisoblash yo‘li bilan    va    maksimal qiymatini aniqlash mumkin.

XI Davlat farmakomeyasidagi «Potensiometrik titrlash» umumiy maqolasida potensiometrik titrlash egri chizig‘i, titrantning ekvivalent miqdorini hisoblash namunasi, turli usullarda titrlashda elektrod tizimini tanlash jadvali keltirilgan. Kislotali - asosli titrlashda - shisha elektrod, cho‘ktirish usuli qo‘llanganda - kumush elektrodi qo‘llanadi. Oksidlanish - qaytarilish reaksiyasiga asoslangan usullarda platinali indikator elektrod qo‘llanadi.




Download 418,52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish