III Bob. Natijalar tahlili
3.1 Potensiometrik titrlashning qo’llanilish sohalari
Potensiometriya boshqa elektrokimyoviy usullar singari, tekshirilayotgan moddalarni elektrolitik yacheykada elektroliz qilish jarayoniga asoslangan. Ammo polyarografiyadan farq qilib, potensiometrik usul asosida tekshirilayotgan eritmada xalaqit beradigan elektrod potensialini aniqlash, uni tekshirilayotgan ion faolligi (konsentratsiyasi) ga bog'liqligini aniqlash yotadi. O‘lchashlarni olib borish uchun galvanik element rejimida ishlaydigan hamda indikatorli elektrod va solishtirish elektrodidan tashkil topgan elektrolitik yacheyka kerak. Shuningdek, termodinamik sharoitlarga yaqin sharoitda, ya’ni tokni galvanik elementdan uzmasdan indikatorli elektrod potensialini o‘lchash uchun boshqa asbob ham kerak bo'ladi. Potensiometriyada membranali (ionoselektiv) va metall indikatorli elektrodlardan foydalaniladi. Bu usul bilan ishchi zona atmosferasini va havosidagi ko‘plab anion va kationlarni aniqlash mumkin, ularning ko'pchiligi (simob qo‘rg‘oshin, kadmiy, mis va b. kationlari) nihoyatda zaharli bo’lib, salomatlik uchun katta xavf tug‘diradi.
AQSHda standart sifatida ishchi zona havosini ifloslovchi ko‘pgina birikmalar — ammiak, vodorod sia n id i, brom vodorod, ftor vodorod va azot kislotalari, gazsimon va qattiq ftoridlami aniqlashda potensionometrik usuldan keng foydalaniladi. Ionoselektiv elektrodli potensiometriya ko‘proq atmosfera havosi va ishchi zona havosidagi ifloslovchilarni nazorat qilishda qo‘llanilmoqda. Anorganik ionlar va gazlar: vodorod ftoridi, kremniy tetraftoridi, oltingugurt dioksidi, ammiak, azot oksidlari, nitrat va galogenid ionlarini aniqlash uchun o‘nlab ionoselektiv elektrodlar (ISE) mavjud. Rossiyada ishlab chiqarilgan portativ ionometri (1-102, 1-135, EKOTEST-120 va b.) nafaqat laboratoriyada, balki sanoat korxonalari sexlarida, zavod maydonlarida, kimyoviy chiqindilar axlatxonalarida, avtomagistrallar hududida ham zaharli moddalarni aniqlash imkoniyatini beradi. Bu asboblar foydalanish uchun qulay, arzon bo‘lib, aniqlashning o‘zi nisbatan kam vaqt talab qiladi. ISE (ionoselektiv elektrod) li potensiometriya asosida chet elda ishchi zona atmosferasida va havosida ko'pgina zaharli moddalar, jumladan oltingugurt va azot oksidlari, vodorod sulfid va boshqa toksik gazlarning m iqdorini nazorat qilish uchun qator portativ gazoanalizatorlar yig‘ilgan. Kulonometriya (aksariyat elektrokimyoviy usullar kabi) havoda, suvda va tuproqda uchuvchan organik birikmalami aniqlashda deyarli foydalanmaydi, ammo ko'pincha qator metallar, anorganik birikmalar va anorganik gazlarni aniqlashda qoMlaniladi. Kulonometrik tahlil M. Faradey nomi bilan bog'lanadi, amm o u amalda ilk marta 1938- yildagina oziq-ovqat mahsulotlarida og‘ir metallarni aniqlashda ishlatilgan.
Kulonometriya usuli ishchi zona atmosferasi va havosida sanoat chiqindilarida, avtomobil gazlarida bir qator muhim ifloslovchilar (galogenlar, ozon, oltingugurt va uglerod oksidlari, oltingugurt vodorodi va h.k)ni tez aniqlash im konini beruvchi turli xil gazoanalizatorlarda ayniqsa muvaffaqiyatli foydalaniladi. Gazlarning kulonometrik tahlili tekshirilayotgan modda kirishadigan elektrod reaksiyasining tokini o‘lchashga asoslangan. Bu modda depolyarizator bo‘lib, elektr yacheykaga tekshirilayotgan gaz bilan birga to ‘xtovsiz uzatiladi. Elektrodda kechayotgan reaksiyaning xususiyatiga ko‘ra kulonometrik usuldan qaytaruvchilar va oksidlovchilami aniqlashda foydalanish mumkin. Boshqa elektrokimyoviy usullardan farqli o ‘laroq (polyarografiya, konduktometriya, potensiometriya va h.k) kulonometrik tahlilda tok elektrolitik yacheykaga berilayotgan elektrokimyoviy faol moddaning miqdori bilan o ‘lchanadi va odatiy sharoitda boshqa usullar bilan o ‘lchashlar olib borilganda uning natijasiga ta’sir qiladigan omillarga bog'liq bo‘lmaydi. Bu omillar: harorat, elektrodlar yuzasi holati, aralashish jadalligi va boshqalar. Hozirgi paytda Rossiya, AQSH, Germ aniya, Yaponiya va boshqa mamlakatlarda sanoat miqyosida atmosferada, texnologik gazlarda, sanoat korxonalari chiqindilarida va ishchi zona havosida oltingugurt vodorodi, oltingugurt dioksidi, xlor, ozon, uglerod oksidlari, vodorod xlorid va boshqa gazlarning miqdorini nazorat qilish uchun 100 xildan ortiq gazoanalizatorlar ishlab chiqarilgan. Masalan, «Atmosfera» (Moskvadagi ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi) gazoanalizatorlarining sxemasi bazaviy bo'lib, uning asosida turli gazlarni aniqlash uchun asboblarning butun bir turkum i ishlab chiqilgan. Chunonchi, «Atmosfera-1М» — oltingugurt dioksidi va oltingugurt vodorodini, «Atmosfera — 11 М» esa ozon va xlorni aniqlaydi. Bu gazonalizatorlar kichik hajmli, ko‘tarib yurishga qulay (taxm. 10kg) uskuna bo‘lib, statsionar sharoitda laboratoriyada, dalada yoki ko‘chma laboratoriyalarning jihozlar jamlamasi tarkibida foydalanilishi mumkin. Ular uzluksiz ta ’sir uskunalari bo‘lib, signalizatsiya tizimi bilan jihozlangan, shuning uchun ularni avariya vaziyatlarida qo‘llash ham mumkin. Statsionar kulonometrik gazoanalizatorlar «Palladiy-М» va «Palladiy-2M» atmosfera havosida uglerod oksidi miqdorini o'lchash va avtomatik nazorat qilishga moMjallangan va statsionar sharoitda hamda ko'chm a laboratoriyalarda ishlatiladi (massasi 17 kg). «Palladiy-MP-1» ning afzalligi uning kichik massasi (300 gramm-
gacha) va uglerod oksidlarini o ‘lchashda keng diapazonli ekanligida (0—200 mg/m3). Bu avtomatik uskuna yorug‘lik va ovoz signalizatsiyasiga ega bo‘lib, ish xonasida CO ning hayot uchun xavfli darajasidan ogohlantiradi. DAN (GAT) gazoanalizatorlarining ta ’siri kulonometriya prinsipiga asoslanadi va avtomobil dvigatellarining ishlatilgan gazlaridagi CO va CO2 ni ekspress aniqlash imkonini beradi.
Potensiometriyada membranali (ionoselektiv) va metall indikatorli elektrodlardan foydalaniladi. Bu usul bilan ishchi zona atmosferasini va havosidagi ko‘plab anion va kationlarni aniqlash mumkin, ularning ko'pchiligi (simob qo‘rg‘oshin, kadmiy, mis va b. kationlari) nihoyatda zaharli bo’lib, salomatlik uchun katta xavf tug‘diradi.
Potensiometrik titrlash - neytrallash, cho‘kma va kompleks hosil qilish, oksidlanish - qaytarilish va boshqa usullar yordamida bajariladigan miqdoriy tahlilda ekvivalent nuqtani aniqlash uchun qo‘llaniladi. Rangli va loyqa eritmalarini titrlash uchun ham ushbu usuldan foydalanish mumkin. Bu usulda titrlash jarayondagi alohida tanlangan elektrod juftligida hosil bo‘ladigan elektr yurituvchi kuchini (EYUK) o‘lchash orqali titrantni ekvivalent hajmi aniqlanadi.
Xulosa
1. Xulosa qilib aytganda Pоtеnsiоmеtrik usul tеkshirilаyotgаn eritmаgа tushirilgаn ikki mахsus elеktrоdlаrdа hоsil bo’lаyotgаn elеktr pоtеnsiаllаri fаrqini o’lchаshgа аsоslаngаn. Bu elеktrоdlаrning biri sоlishtirish elеktrоdi bo’lib, u o’lchаsh jаrаyonidа o’zgаrmаs pоtеnsiаlgа egа bo’lаdi. O’lchаsh va sоlishtirish elеktrоdlаrini ulаgаndа gаlvvanik elеmеnt hоsil bo’lаdi.
2. Potensiometriya boshqa elektrokimyoviy usullar singari, tekshirilayotgan moddalarni elektrolitik yacheykada elektroliz qilish jarayoniga asoslangan. Ammo polyarografiyadan farq qilib, potensiometrik usul asosida tekshirilayotgan eritmada xalaqit beradigan elektrod potensialini aniqlash, uni tekshirilayotgan ion faolligi (konsentratsiyasi) ga bog'liqligini aniqlash yotadi.
3. O‘lchashlarni olib borish uchun galvanik element rejimida ishlaydigan hamda indikatorli elektrod va solishtirish elektrodidan tashkil topgan elektrolitik yacheyka kerak.
4. Shuningdek, termodinamik sharoitlarga yaqin sharoitda, ya’ni tokni galvanik elementdan uzmasdan indikatorli elektrod potensialini o‘lchash uchun boshqa asbob ham kerak bo'ladi. Potensiometriyada membranali (ionoselektiv) va metall indikatorli elektrodlardan foydalaniladi. Bu usul bilan ishchi zona atmosferasini va havosidagi ko‘plab anion va kationlarni aniqlash mumkin, ularning ko'pchiligi (simob qo‘rg‘oshin, kadmiy, mis va b. kationlari) nihoyatda zaharli bo’lib, salomatlik uchun katta xavf tug‘diradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |