2.2 Bir pallalilar sinfiga qisqacha tasnif.
Tuban o’simliklarning birinchi olti bo’lim vakillarida xlo-rofil bo’lib, shunga ko’ra ular yorug`likda {SO2} karbonat angidrid-ni o’zlashtirib mustaqil ravishda oziqlanadi va shu belgilariga asosan ular ko’pincha "suv o’tlari" degan umumiy nom bilan ham ay-tiladi. Bu esa ularning yashash joylari yoki yashash sharoita suv ekinligidan dalolat beradi. Suvo’tlari jumlasiga kiradigan 6 bo’lim o’z filogeneziga ko’ra mustaqil bo’lishlaridir.
Tuban o’simliklarning oxirgi 3 bo’limida - bakteriyalar, miksomitsetlar va zambrug`larda xlorofil bo’lmaydi, ular foto-sintez qilish xususiyatiga ega emas, ular saprofit yoki parazit holida tayyor organik modda hisobiga yashaydi.
Filogenetik sistematikada "bo’lim" deyilganda ayrim evol-gatsiya shoxlari bilan ularning hamma tarmoqlari yoki o’sha shox-larning uzoq tarixiy taraqqiyot bosqichlariga mos keladigan va yangi, o’ziga hos yashash sharoitlarida hayot kechirishga moslanish mu-nosabati bilan tuzilishning tubdan o’zgarishi jihatidan avvalgi va kelgusi bosqichlardan ajralib turadigan qismlar tushuniladi.
Yuksak o’simliklarning guli o’simliklar bo’limidan boshqa hamma bo’limlari, avvallari "arxegoniyli o’simliklar" - deb, ham nomlangan. Chunki, ular urg`ochi jinsiy organlari ko’p hujayrali bo’lib "arxegoniy" - deb nomlangan.
Gulli yoki yopiq urug`li o’simliklar esa urug`chi — deb ataluvchi jinsiy organga ega bo’lib, u birikib o’sgan bir nechta meva bargdan iborat va urug`chi ichida urug`kurtaklar joylashgan bo’lib, urug`lanishdan keyin urug` hosil bo’ladi Shuning uchun ham bu bo’limdagi o’simliklar yopiq urug`li o’simliklar, deb ham nomlanadi. Bu bo’limning asosiy xususiyatlari - ularda jinsiy yo’l bi lan ko’payish organ - haqiqiy gul bo’lishidir (gulli o’simliklar bo’limi).
Ochiq (Qarag`aytoifa) va yopiq urug`li (Magnoliyatoifa)lar bo`limi.
Yer yuzida ochiq urug`li o`simliklarning 660 ga yaqin turi borligi aniqlangan. Shulardan 18 turkumga mansub 40 ta turi O`zbekiston hududida uchraydi..
Ochiq urug`li o`simliklar bo`limi daraxt va butalardan tashkil topgan. Ular urug`lardan ko`payadi.
Ochiq urug`li o`simliklarning urug`lari gulli o`simliklarnikiga o`xshash meva ichida yopiq holda emas, balki maxsus qubbalarda oshiq holda yetishadi. Shuning uchun ham ular ochiq urug`li o`simliklar deyiladi.
Ochiq urug`li o`simliklarga misol qilib archa, saur, qarag`ay va qorqa qarag`ay kabi o`simliklarni keltirish mumkin.
Hozirgi vaqtda Yer sharini qoplagan o`simliklarning asosiy qismini yopiq urug`li o`simliklar tashkil qiladi.
Yopiq urug`lilar o`simliklar olamining boshqa guruhlariga qaraganda har taraflama, ancha murakkab tuzilgan. Ular gulli o`simliklardir.
Bu bo’limning ba’zi bir vakillari juda katta gigant daraxtlar bo’lib, bo’yi 100 metrdan ham baland bo’ladi (gigant evkalipt). Shu bilan birga ba’zi vakillar juda ham mayda-kichkina, kattaligi 1 mm gacha bo’lishi mumkin.(suvda suzuvchi-ryaska o’simligi).
Gulli o’simliklar bo’limi daraxt, buta, chalabuta ko’p yillik va bir yillik o’t o’simliklari bo’lishi bilan birga, tropik o’rmonlarda chirmashib o’suvchi vakillariga, shuningdek epifit o’simliklariga ega. Umuman olganda, bu bo’lim vakillari 100 mli. yildan ortiq yil moboynida quruqlikda ustunlik, xukumronlik qilib kelmoqda.
Bu bo’lim oz bo’lsada saprofit va parazit holda yashovchi va-killarga ham ega, yopiq urug`li o’simliklar urug`i meva ichida bo’lishi, changi va urug`chiga ega bo’lgan gulning bo’lishi, ularning xilma-xil yo’llar bilan changlanishi, ko’sh urug`lanishning kuza-talishi va shuningdek urug` kurtakning urug`ga, tugunchaning esa mevaga aylanishi kabi o’ziga hos belgilariga egadirlar.
Zamonaviy botaniklarning ko’pchiligi gulli o’simliklar mo-nofiletik yo’l bilai kelib chiqqan deb xisoblaydilar.
Gul yoki yopiq urug`li o’simliklarning kelib chiqish haqida ikki nazariya mavjud. Bular ichida eng qadimiysi, XX asrda Avstraliyalik botanik Rixard Vetteshteyn toyonidan taqdim etilgan psevdang-soxta gul nazariyasidir. Bu nazariyaga asosan-gul efedranomalar, gayetnamolar qabilasiga mansub bo’lgan erkak va urg`ochi gullalardan (to’pgulidan) vujudga kelgan (mayda ko’rimsiz gullar).
Ikkinchi nazariya esa-evant (haqiqiy gul) nazariyasi, bo’lib bunga asosan gul, bennetshtsimonlarning shakli o’zgargan strobilidan iborat bo’lib, o’qning uchki qismining shakli, vazifasi o’zgarib gul kosagacha aylangan (gullar yirik, gul kosachalarga ega).
Haqiqiy gul yopiq urug`lilardan boshqa o`simlik guruhlarining hech birida bo`lmaydi. Haqiqiy gul gulqo`rg`on, changchi va urug`chidan tashkil topgan.
Yopiq urug`li o`simliklarda urug`kurtak ochiq urug`lilardagiga o`xshash qubba tangachalari ustida ochiq holda emas, balki urug`chining tugunchasi ichida, tuguncha devoir bilan uralgan holda yetishadi.
Changlanish va urug`lanishdan so`ng urugkurtakdan urug, tugunchadan esa meva hosil bo`ladi. Demak, yopiq uruglilarning urug`I meva ichida yetishadi. Shuning uchun ham bu o`simliklar yopiq urug`lilar deb ataladi. Tugunchalar ichida yetiladigan urug`kurtaklar va meva ichida rivojlanadigan urug`lar muhitning noqulay sharoitidan: sovuq va ortiqcha issiqdan, qurg`oqchilik va ortiqcha namlikdan, zararkunanda va kasalliklardan myaxshiroq himoyalangan bo`ladi.
Bu bo`limga xos eng muhim belgilardan biri qo`sh urug`lanishdir.
Yopiq urug`li o`simliklar urug`ining yaxshi, sog`lom rivojlanish, tez va oson tarqalishi va o`sish xususiyatini tez yo`qotmasligi tufayli o`simliklar olamida asta-sekin hukumronlik qila boshlagan.
Yopiq urug`li o`simliklarning ichki tuzilishi ham ancha murakkab. Masalan, ularning idiz, poya va barglaridagi o`tkazuvchi to`qimalari uzun, yog`ochlashgan o`lik hujayralardan tashkil topgan naychalardan iborat.
Yopiq urg`li o`simliklarning hayotiy shakllari har xil. Ular ichida bir yillik, ikki yillik, ko`p yillik, chlabutalar, buta va daraxtlar mavjud.
Hozirgi vaqtda fanga yo`piq urug`li o`simliklarning 250.000 dan ortiq turi ma`lum. Bu boshqa barcha o`simlik guruhlari turlarining umumiy soniga teng demakdir.
Odamlar qadim zamonlardan beri o`simliklardan yem-xashak, oziq-ovqat sifatida, bo`yoqbor, dorivor va ziravor o`simlik sifatida foydalanib keiganlar. O`rta Osiyo olimlari Ibn Sino va Al Beruniy bundan deyarli ming yil ilgari o`zlarining tibbiyotga doir mashhur sarlarida yopiq urug`lilarga oid juda ko`p dorivor o`simliklar haqida ma`lumot keltirganlar.
O’zbekiston hududida 4500 ga yaqin yopiq urug’li o’simliklar o’sadi. Shulardan 3700 ga yaqini ikki urug’pallalilar sinfiga kiradi.
Shunday qilib, yopiq urug’li o’simliklarga gul, meva va urug’ga ega bo’lgan o’t, yarimbuta, buta va daraxtlar kiradi.
Madaniy o’simliklarning ko’pchiligi yopiq urug’li o’simliklarga kiradi.
Yopiq urug’li o’simliklar katta ikki sinfga bo’linadi.
1.Ikki pallalilar yoki magnoliyasimonlar (Magnolipipsida).
2.Bir pallalilar yoki lolasimonlar (Monocotyledonese, Liliopcida).
Ikki urug’pallali o’simliklar sinfiga 340 ta oilaga mansub 175 000 dan ortiqroq o’simlik turlari kiradi. O’zbekistonda bu sinfga 138 oilaga kiruvchi 37000 ga yaqin tur uchraydi. Ikki urug’pallali o’simliklarga:
1. Ra`nodoshlar oilasi
2. Karamdoshlar oilasi
3. Sho’radoshlar oilasi
4. Gulxayridoshlar oilasi
5. Burchoqdoshlar oilasi
6. Ituzumdoshlar oilasi
7. Tokdoshlar oilasi
8. Qovoqdoshlar oilasi
9. Ziradoshlar oilasi
10.Qoqio’tdoshlar oilalari kiradi.
Bu sinflar o’rtasidagi farq asosan quyidagi belgilar bilan aniqlanadi:
Ikki urug’pallali o’simliklarning asosiy farqlari.
Ikki urug’palli o’simliklar sinfi (magnoliyasimonlar).
1.Murtagi ikki urug’pallali. Unayotgan o’simlik tuproqdan ikkita urug’pallabarg bilan chiqadi.
2. Murtak ildizchasidan hosil bo’lgan asosiy ildiz uzoq muddat yoki o’simlik hayotining oxirigacha saqlanib qoladi.
3. Barg yaprog’i tomirlangan (patsimon yoki panjasimon).
4. Poyasi kambiyli, yo’onlasha oladi.
5. Ko’pincha gulqo’rg’oni murakkab gulkosachabarg va gultojbarglari halqada 4 -5 tadan o’rnashgan.
Bir urug’pallali o’simliklarga:
1. Loladoshlar oilasi
2. Piyozdoshlar oilasi
3. Bug`doydoshlar (boshoqdoshlar) oilalari kiradi.
Bir urug’pallali o’simliklarning asosiy farqlari.
1. Murtagi faqat bitta urug’pallali. Unayotgan o’simlikda bitta urug’pallabarg bo’lib, u yer ostida qoladi.
2. Murtak ildizchasidan hosil bo’lgan asosiy ildiz tezda nobud bo’ladi, uning o’rnini esa murtak poyasidan o’sib chiqqan bir to’p qo’shimcha ildizlar egallaydi.
3. Barg yaprog’i yoysimon yoki parallel tomirlangan.
4. Poyasi kambiysiz, yo’g’onlasha olmaydi.
5. Gulqo’rg’oni oddiy, gultojbarglar halqada 3 tadan o’rnashgan.
O’zbekistonda yovvoyi holda o’sadigan yuksak o’simliklarning 4000 dan ortiq turlari mavjud. Ular 1028 ta avlod va 145 ta oilaga mansub bo’lib: daraxt, buta, butacha, chala buta, o’tsimon va suvo’tlar ko’rinishida o’sadi.
O’simliklar butun yer yuziga tarqalgan bo’lib, faqat quruqlikda emas, balki ko’l, dengiz va okeanlarda, ba’zan, ancha katta chuqurliklarda ham o’sadi.
Yashil o’simliklar havodan karbonat angidrit gazini o’zlashtirib, yashil pigment – xlorofill yutgan quyosh nuri yordamida (urug’da) uni ildiz orqali tuproqdan shimilgan suv malekulalari bilan biriktirish xususiyatiga ega.
Fotosintez yoki uglerod assimilatsiyasi deb ataladigan bu protsess natijasida o’simliklar tanasining tuzilishi va hayot faoliyatining saqlanishi uchun zarur bo’lgan organik moddalar hosil bo’ladi.
Fotosintez oksidlangan karbonat angidritning tiklanish protsessi bo’lib, bunda erkin kislarod ajralib chiqadi. O’simliklar assimilatsiya protsessida 1 gr-molekula CO2 yutganda, ular tanasida ximiyaviy energiya sifatida qariyb 112 kkal fotosintez mahsuloti to’planadi.
Fotosintez natijasida atmosferaga ajralib chiqadigan juda ko’p miqdordagi kislarot planetamizda hayotni saqlab turadi, chunki o’simliklar, hayvonlar va odamning nafas olishi uchun kislarod zarur.
O’simliklar, hayvonlar va odam nafas olish protsessida karbonat gazini ajratadi, bundan tashqari, nobud bo’lgan organizmlarning chirishi, yonishi va achishi protsessida ham bu gaz atmosferaga chiqadi.
Biroq, atmosferada karbonat angidrid gazining zapasi ortib ketmaydi, chunki o’simliklar fotosintezi protsessida har yili bu gazning qariyb 175 milliard tonnasini o’zlashtirib, uni organik modda hosil qilishda sarflaydi. Shunday qilib, o’simliklar karbonat angidridning biogen aylanishida ishtirok etib, uni assimilatsiya protsessida sarflaydi.
Bundan tashqari, o’simliklar qurib, chiriganda ham karbonat angidrid atmosferaga o’tadi.
Fotosintez protsessida o’simliklar har yili quyosh radiatsiyasining Kuybeshov GEC to’xtovsiz 200 yil ishlaganda beradigan energiyasiga teng inergiyasini o’zlashtirib, ximiyaviy energiyaga aylantiradi. (Bu GEC ning unumdorligi yiliga 10 milliart kvt soatga teng). Yashil o’simliklar juda ko’p karbonat angidrid o’zlashtiri, milliard tonnalab organik modda hosil qilib va havoga nihoyatda ko’p kislarod ajratib, planetamiz tabiatini tubdan o’zgartiradi.
Yashil bo’lmagan o’simliklar (xlorofillsiz zamburug’lar va bakteriyalar) ham moddalarning o’zgarishiga ishtirok etadi. Ular o’simliklar va hayvonlarning nobud bo’lgan qoldiqlarida yashab, murakkab organik moddalarni birmuncha oddiyroq mineral moddalar (karbonad angidrid, ammiak , suv va boshqalar) ga parchalaydi.
Bu moddalarni yuksak o’simliklar osonlikcha o’zlashtiradi. Azotning biogen aylanishi protsessi ham o’simliklar yordamida sodir bo’ladi.
Bu protsesning mohiyati shundan iboratki, tuproq bakteriyalarining ayrim turlari atmosferadan erkin azotni o’zlashtirib, o’z tanasining oqsil moddalarini tuzish xususiyatiga ega ekan.
Bu bakteriyalar nobud bo’lgandan kiyin ularning tanasidagi organik azot tuproqda turli o’zgarishlarga uchrab, ammiak va element holidagi tuproq bakteriyalari ta’sirida azot saqlovchi organik moddalar va ammiak asta-sekin nitrat kislota tuzlariga aylanadi, undan yuksak o’simliklar mineral oziqlanadi.
O’simliklar boshqa ko’p moddalarning, masalan, oqsillar va bir qancha organik birikmalar tarkibiga kiradiga fosfir va oltingugurtning biologik aylanishida ishtirok etadi.
O’simliklar nobud bo’lib, tanasi parchalanib ketgandan kiyin bu elementlar qaytadan tuproqqa tushadi. Shunday qilib, agar yer yuzida o’simlik qoplami bo’lmaganda edi, organik olamning boshqa formalari (odam, hayvonlar) yashashi mumkin bo’lmas edi.
O’simliklar inson hayotida ham katta ahamiyatga ega. Ular tarkibidagi organik moddalar (oqsillar, uglevodlar, moylar ) ni inson non, sabzavot, meva shaklida iste’mol qiladi yoki ular mollarga beriladi. Inson o’simliklardan qurilish materiallari, gazlama to’qish uchun tola, qog’oz buyumlar uchun hom ashyo, yoqilg’i sifatida foydalanadi.
Ulardan ko’p dorivor priparatlar, oshlovchi va bo’yoq moddalar ham olinadi. O’simliklar orasida insonga katta zarar yetkazadigan turlar ham bor. Ko’p bakteriyalar odam organizmiga kirib olib, xavfli kasalliklar (o’lat, vabo, tif, sil va boshqalar) qo’zg’atadi.
Boshqalari hayvonlarda og’ir kasalliklar qo’zg’atadi. Ekinlarning ko’p kasalliklari ham parazit zamburug’larning faoliyatiga bog’liq. Begona o’tlarning ham ko’p turi bo’lib, ular dalalarda ekinlarni bo’g’ib (siqib) qo’yadi.
Bu oilaga bir yillik ikki yillik va ko`p yillik o`simliklar va ba`zan bo`yi bir necha metrga yetadigan daraxt o`simliklar kiradi. Poyalari poxol bo`lib, bo`g`im va bo`g`im oraliqlari bor, poyaning bo`g`im oralari ichi bo`sh (kovak) ba`zi xollardagina masalan, makkajo`xori, sava cho`llardir. Barglari chiziqli oddiy barg qini va barg plastinkasidan iborat bo`lib ko`pincha barg ko`rinib turadigan tilcha bor: Barglari poyaga navbat bilan joylashadi. Tilchaga yopishib, turib barg qini bilan poxol poya oralig`idagi bo`shliqdagi bo`shliqqa suv kirishiga yo`l bermaydi. Tilcha sistematik belgilari bo`lib, uning shakli va katta kichikligi har xil bo`ladi. Qin bo`g`inlar oralig`idagi o`sish zonalarini ximoya qiladi. Va ayni vaqtda poyani chidamliligini ortiradi.
Boshoqdoshlarning oilasi tuproq yuzasidagi yoki undan yuqori turgan qismida to`planish bo`g`imidan shoxlaydi. Falladoshlarning guli bir yoki ikki jinsli bo`lib, ular dastlabki to`pgul-boshoqchalarga yig`ilgan. Boshoqchalar ham o`z navbatida murakkab to`pgullar: murakkabboshoq, murakkab rovak, popuk va so`tana hosil qiladi. Boshoqchaning tuzilishi har xil bo`lib, u sistematik belgi hisoblanadi. Tipik boshoqning butun boshoqchani maxkam o`rab oladigan bir juft po`sti bo`ladi. Po`sti ichida 1 ta yoki ko`p gul turadi. Har bir gul po`stining ostki qismini ham o`rab. Ustki gul po`stining 2 ta qirrasi bor: bu uning gulqo`rg`onini tutashib o`sgan 2 ta bargchasidan iborat ekan ishchini ko`rsatadi. Bundan keyin 2 ta, ba`zan 3 ta va undan ham ko`p 2 ga ajralgan gulqo`rg`on pardasi (Lodikulae) joylashgan. Bu parda g`alladoshlarning gullash biologiyasida katta ahamiyatga egadir. Gullash oldidan pardalar nixoyatda shishib ketadi va shuning uchun gul po`sti ochiladigan, bu esa changchi va urug`chilarning gul ichida chiqishiga imkon beradi.
Changchi ko`pincha 3 ta , ba`zan 1, 2, 6 ta yoki undan ko`p bo`ladi. Changchilarning ko`p miqdor quruq va yengil chang chiqaradigan yirik changdoni bo`ladi. Changchi iplari o`simlik gullaguncha qisqa bo`ladi, lekin gullash vaqtida tez uzayadi va changdonlarini guldan tashqariga chiqaradi. Changchi tushib o`sgan 2-3 ta meva bargchadan tuzilgan. Changchi og`izchasi 2 bo`lakchali, ba`zan 1-3 bo`lakchali patsimon, faqat makkajo`xo-rining urug`chi og`izchasi ipsimon. Tugunchasi ustki, bir uyali to`g`ri yoki bir oz egilgan 1 ta urug`kurtakda bo`ladi.
Boshoqlar shamol yordamida, faqat ba`zilari o`z-o`zidan changlanadi. Mevasi don bo`lib, u gulqo`rg`on bilan zich tutashib o`sadi. Endosperma juda rivojlangan.
Ko`p yillik boshoqlar to`planish usuliga qarab 3 ta tipga bo`linadi.
1. Ildizpoyali boshoqlar boshoqdoshlarning to`planish bo`g`imlaridan birmuncha uzun novdalar chiqadi, ular yer tagiga gorizontal xolatda o`suvchi ildiz poyalardir. Bug`doyiq, suv bug`doyiq, qamish ildizpoyali boshoqdoshlarga misol bo`la oladi.
2. Siyrak to`planuvchi boshoqdoshlar Bularning bo`g`imi ham yer yuzasida bo`ladi, lekin bo`g`imdan chiqqan novdalar yer ustidagi asosiy poyaga nisbatan o`tkir burchak bilan ko`tariladi. Timofivka oq suxta siyrak to`planuvchi o`simliklarga misol bo`la oladi.
3. Zich to`planuvchi boshoqdoshlar Bularning ildizpoyali hamda siyrak to`planuvchi boshoqdoshlardan farqi shuki, to`planish bo`g`imi yer yuzasidan yuqorida bo`ladi. Har qaysi bo`g`imidan oraliqlarijuda qisqa bo`lgan novdalari chiqadi. Har bir novda o`zining to`planish bo`g`imini hosil qiladi. Undan xuddi yuqorida aytilganidek ichki yon novdalar paydo bo`ladi. Natijada, zich to`p vujudga keladi zich to`planuvchi boshoqdoshlarga chalov betagalar misol bo`la oladi.
Boshoqdoshlarning to`planish tipi tuproq hosil bo`lishda katta ahamiyatga ega. Boshoqdoshlar oilasi 3 ta kenja oilaga bo`linadi.
1. Bambuksimonlar
2. Tariqsimonlar
3. Qo`ng`irboshsimon
Bulardan MDX da 2 tasi ya`ni tariqsimonlar va qo`ng`irboshsimonlar kenja oilalariga mansub o`simliklar uchraydi.
Bambuklar kenja oilasi -Bambuseae
Bu oilaning deyarli hamma vakillari ildiz poyali ko`p yillik o`simliklar bo`lib, juda shoxlab ketadigan ko`p yillik daraxtsimon poyalar chiqaradi. Poyalarining bo`yi ba`zilari-da 40 m ga yo`g`onligi 30 sm ga boradi. To`pgullari supirgisimon, ko`pchiligining gullarida 3 ta lodikula, 6 ta otalik, 3 -2 ta ustuncha bor. Mevasi don, ba`zilarida yong`oqcha yoki rezavor meva holida 200 dan oshiq turi tropik va subtropik mintaqalarda o`sadi. Yovvoyi holda o`sadigan bambuklarni yerli aholi deyarli hamma xo`jalik ishlarida ishlatadi.
Tariqsimonlar kenja oilasi-Panicoideae.
Oilacha vakillari asosan o`t o`simliklar ba`zan poyalari yog`ochlashadi. Oddiy boshoqchalari 1 gulli, bittasi bir jinsli erkak gul bo`lib, ikkinchisi ikki jinsli gul. Boshqacha qobiqlari ikkitadan ko`p. Bu oilachaga bir qancha muhim ekinlar kiradi. Eng muhimlari makkajo`xori avlodi (Zea) , jo`xori avlodi (Sorghum) (bu avlod oddiy jo`xori, oq jo`xori, qand jo`xori, sudan o`ti, g`umay kabi o`simliklar kiradi), shakarqamish avlodi (Saccharum), tariq avlodi (Panicum) Suli avlodi (Avena), Chalov avlodi (Stipa), Sholi avlodi (Oryza), Silen avlodi (Aristida) kabilar hisoblanadi.
Makkajo`xorilar turkumi -Zea mays
1 yillik don o`simlik. Poyasining bo`yi 1-3 m gacha boradigan va bundan balandroq bo`ladi,uchidan changchi boshoqchali ro`vak, pastki qismlaridan esa murakkab to`pgullar chiqaradi. Barglari navbat bilan joylashgan, cho`ziq shaklda. Gullari - bir jinsli, mayda, gul qo`rg`oni yo`q. Mevasining rang tusi har xil, ancha yirik bo`ladigan yalang`och don.
Hamma joylarda ekiladi asl vatani janubiy Amerika Makkajo`xori popugida sintosterol, stigmasterol, efir moyi, S va K vitaminlar, alkaloidlar organik kislotalar va boshqa moddalar bor.
Tibbiyotda makkajo`xori popugi siydik o`t haydaydigan vosita sifatida tavsiya etiladi.
Qo`ng`irboshsimonlar kenja oilasi - Poaeoideae.
Boshoqchalari bir yoki ko`p gulli. Bu oilaga o`z ichiga muhim don va yem - xashak o`simliklarini qamrab oladi. Bu oilachaga qo`ng`irbosh avlodi Roa javdar avlodi (Secale) , Arpa avlodi (Hordeum) kabilar kiradi.
Sulilar turkumi-Avena
Bo`yi 120 sm gacha boradigan, poyasi yalong`och bo`ladigan bir yillik o`tsimon o`simlik. Poyasi ichi kovak bo`lib, qavarib chiqib turadigan qattiq bo`g`imlari bor. Barglari uzun nashtarsimon uchi o`tkirlashib kelgan. Gullari - ikki jinsli, mevasi boshoqlarda bo`ladigan cho`zinchoqroq shaklli don.
May iyulda gullaydi, doni iyun - avgustda yetiladi.
Suli donlarida anchagina (16% gacha) oqsil, uglevodlar yog` moddalari klechatka, va ko`pgina makro va mikroelementlar bor. Unda avenin degan alkaloid va efir moyi ham bor. Shuni takidlab o`tish kerakki ekiladigan suli egallaydigan maydon jihatidan jahon xo`jaligida g`alla ekinlari orasida 4 - o`rinda turadi. (bug`doy, makkajo`xori, sholilardan keyin) Zamonaviy tabobatda sulidan tayyorlangan qaynatmalar siydik o`t, yel haydovdigan va odamni terlatadigan xossalarga ega ekanligi aniqlangan. Suli yallig`lanishga qarshi ta`sirga ham ega bo`lib markaziy nerv sistemasi va yurak ishini ham yaxshilaydi.
XULOSA.
Xulosa qilib aytganda bir urug` pallalilarning moslashishlarini amalga oshirish yo’llari, o’simliklarning fiziologik jarayonlari, gullashi, ajoyib manzaralar hosil qilishi va transpiratsiyayani suv bug’latish bilan iqlim namligi haqida o’quvchilarda tasavvur va tushunchalarni hosil qilish orqali dunyo qarashni tarbiyalash masalalari etiborli.
O’simliklar haqida bi’lim va tarbiya jarayoni uning uslublari haqidagi fikrlar, O’simliklarning morfoekologik moslashishlari Botanika fanidan otiladigan darslarda o’qitish metodikasi, pedagogik texnologiyalar va inavatsion texnologiyalardan foydalanish usullari haqida buyuk pedagog olimlarimizning ilmiy ishlari bayon qilingan.
Talim vositalarining didaktik vazifalari va botanika darslarini o’rganishda didaktik, amaliy, tashviqot mashg’ulotlari va o’yinlar tashkil etish yo’llari ko’rsatilgan.
Ta'lim jarayoniga yangicha yondashib ijodkorlik, bunyodkorlik, tadbiq etilsa, ta'lim samarasi yangi bosqichga ko'tariladi, ya'ni bolaning talabi uning imkoniyati darajasida qondiriladi, erkin fikrlash, mustaqil ishlash, o'quv mehnatiga mas'uliyati oshadi, jamiyatda o'z o'rnini tezroq topib oladi. Biz yosh pedagoglar har bir dars jarayonini to'g'ri tashkil etsak, ilg'or pedagogik texnologiya va innovasiyalar asosida, texnika vositalaridan foydalanib olib borsak har tamonlama etuk yoshlarni barkamol inson bo'lib etshishiga o'z hissamizni qo'shgan bo'lamiz.
Yosh avlodni sog'lom barkamol inson qilib tarbiyalashga alohida barcha chora-tadbirlar ko'rilmoqda. O'z navbatida jamiyat kelajagi, rivoji ko'p jihatdan yosh avlodga beriladigan ta'lim-tarbiyaga bog'liq. Yosh avlodning milliy dunyoqarashini, ekologik bilim va ko'nikmalarini, estetik didini shakllantirishda, tabiiy boyliklarni, O’simliklarning ekomorfologik moslashishlari hamda o’simliklar olamini asrab avaylashda biologiya fanlarining ahamiyati beqiyosdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |