Qarshi davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti biologiya yo


-BOB. BIR URUG’PALLALI O’SIMLIK SINFI



Download 114,09 Kb.
bet5/9
Sana01.08.2021
Hajmi114,09 Kb.
#134987
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
BIR URUG PALLALILAR SINFI.

1-BOB. BIR URUG’PALLALI O’SIMLIK SINFI.

1.1 Loladoshlar.

Fanda o`simliklarni qo`shaloq (ikki) nom bilan – tur va turkumning nomlari bilan atash (binar nomenklatura) qabul qilingan. Turni ikki nom bilan atashni birinchi bo`lib, shved tabiatshunosi Karl Linney (1707-1778) fanga kiritgan. Masalan, sarimsoq piyoz yoki anzur piyozidagi sarimsoq va anzur so`zlari turga tegishli, piyoz so`zi esa turkumga tegishli nom bo`lib, bu shu turlarning piyoz so’zi esa turkumga tegishli nom bo’lib, bu shu turlarning piyoz turkumiga oid ekanligini bildiradi.

Fanda har bit turning mahalliy nomlaridan tashqari yana ilmiy, ya`ni “lotincha” nomi ham bor. Istalgan o’simlikning ilmiy nomini maxsus kitoblardan (floradan yoki o’simliklar aniqlagichidan ) topish mumkin. Bir-biriga yaqin turkumlar qo’shilib, oilani tashkil qiladi. Masalan, bodom, olma, o’rik, na`matak, do’lana kabi turkumlar birlashib sinfni tashkil qiladi. Masalan, bir urug’pallali o’simliklardan tashkil topgan loladoshlar, bug’doydoshlar (boshoqdoshlar), chuchmomadoshlar kabi oilalar to’planib bir urug’pallali o’simliklar sinfini tashkil qiladi. Ikki pallali (ikki urug’pallali) o`simliklardan tashkil topgan ra`nodoshlar, ituzumdoshlar, gulxayridoshlar kabi oilalar birlashib ikki urug`pallali o`simliklar sinfini tashkil qiladi.

Bir urug`pallalilar va ikki urug`pallalilar sinfiga oid o`simliklarning hammasi gulli o`simliklar bo`lganligi uchun bu ikkala sinf qo`shilib gulli o`simliklar yoki yopiq urug`li o`simliklar bo`limini vujudga keltiradi.

O`simliklar dunyosi esa o`simliklar sistematikasidagi eng katta sistema bo`lib, yopiq urug`li o`simliklar, ochiq urug`li o`simliklar, qirqquloqtoifa, yo`sintoifa, yashil suvo`tlar va hokozo bo`limlarni o`z ichiga oladi.

Bir urug’pallali o’simliklarga:

1. Loladoshlar oilasi

2. Piyozdoshlar oilasi

3. Bug`doydoshlar (boshoqdoshlar) oilalari kiradi.

Bir urug’pallali o’simliklarning asosiy farqlari.

1. Murtagi faqat bitta urug’pallali. Unayotgan o’simlikda bitta urug’pallabarg bo’lib, u yer ostida qoladi.

2. Murtak ildizchasidan hosil bo’lgan asosiy ildiz tezda nobud bo’ladi, uning o’rnini esa murtak poyasidan o’sib chiqqan bir to’p qo’shimcha ildizlar egallaydi.

3. Barg yaprog’i yoysimon yoki parallel tomirlangan.

4. Poyasi kambiysiz, yo’g’onlasha olmaydi.

5. Gulqo’rg’oni oddiy, gultojbarglar halqada 3 tadan o’rnashgan.

Loladoshlar tartibi-Liliales.Loladoshlar oilasi-Liliaceae.

Bu oilaga 10 avlod, 470 tur kiradi, ulardan 230 ga yaqini madaniy holda o`stiriladi. Bu oilaga mansub o`simliklar asosan o`rta iqlimli mintaqalarda, SHg`arbiy va Sharqiy Osiyoda, Himolayda tarqalgan.

Bu oilaga asosan yo`g`on ildiz poyali, piyozli yoki tugunakli ko`p yillik o`t o`simliklar kiradi. Ba`zi daraxatlar (yukka, dratsena, aleoe kabilarlar) va qisman lianalar kiradi. Barglari lansetsimon chiziqli, ba`zan elips shakli, parallel yoki yoysimon tomirli. guli 2 jinsli aktinomorf, odatda shinggil, boshoq ro`vak va shu singari to`p gullarga yig`ilgan.

Yirik gullari yakka a`zoli. Gul formulasi R3-3A3-3G3

Ko`pchiligining tugunchasi ustki. Mevasi chokidan chatnaydigan ko`sakcha. Bu oilaga kiradigan avlodlardan Savrijon (Colchicum), shirach (Eremurus), piyozgul (Lilioideae), boychechak (usaqea) va lola (tulipa), liliya (Lilium) kabilarni misol qilish mumkin.

Greyg lolasi - T. gregii

Greyg lolasi lolalar avlodiga mansub bo`lib, u aprelning oxiri - mayning boshlarida adir va tog`larning quyi qismidagi yonbag`irlarda ochiladi yirik gulli, ko`rkam o`simlik. Bo`yi 20 - 45 sm. Piyozi tuxumsimon yoki yumaloq. Barglari 3-4 dona ustida to`q binafsha rangli dog`lari bor. Guli bitta, yirik sarg`ish - qizil osti qora dog`li changchi iplari qora va sariq, changdonlari sariq binafsha rang yoki kulrang. Uning mevasi 3 chanoqqa bo`linib ochiladigan ko`sakcha, iyulda pishadi. G. lolasi urug`idan va piyozidan ko`payadi. Urug`dan o`sgan lola 9-10 yilda piyozchasidan o`sgani esa 4-5 yilda gullab urug` beradi. Uning guli juda chiroyli. Keyingi paytlarda odamlarning shavqatsiz yulishi piyozchalarini kovlab olishi natijasida juda kamayib ketdi. Hozirgi paytda u muhofaza qilinadi va O`zbekistonning qizil kitobiga kiritilgan.

Daraxtsimon aloy - Aloyo arborescens Mill.

Yer yuzida aloening 250 dan ortiq turi mavjud. Ular orasida bo`yi 10 m ga yetadiganlari ham mavjud. Aloelar yovvoyi holda Afrikada, Hindistonda, madagaskar, va Saudiya Arabistonda tarqalgan. Bizda xonalarda va issiqxonalarda o`stiriladigan aloe Afrikadan chiqqan. Daraxtsimon aloe bo`yi 4 m ga yetadigan sershira doim yashil daraxtsimon o`simlik poyasi tik o`suvchi bo`lib pastki qismi shoxlangan. Poyasining asos qismidan chiqqan juda ko`p yon kurtaklar o`simlikning vegetativ ko`payishida katta ahamiyatga ega. Bargi yumshoq, etdor, sershira yashil qilichsimon yuqori tomoni botiq, pastki tomoni do`ng qirrasi tikanli uzunligi 20-65 sm qalinligi 12-15 mm ga teng bo`lib qini bilan poyada ketma ket joylashgan. Gullari to`pbarg o`rtasidan chiqqan uzun silindrsimon gul o`qiga joylashib shingil to`pgulni hosil qiladi. Gulqo`rg`oni oddiy tojsimon naycha shaklida qizg`ish gultojbargli 6 ta bo`lib 3 tadan 2 qator joylashgan. Otaligi 6 ta bular ham 2 qator o`rnashgan. Mevasi o`tmas 3 qirrali, silindrsimon, ko`sakcha. Aloe xona sharoitda kamdan kam gullaydi. Shunday qilib loladoshlar oilasiga bir va ko`p yillik o`simliklar kiradi. Ularni ichida aloe singari dorivorlari ham, lola kabi manzarali o`simliklar ham ko`p uchraydi.

Aloe tarkibida antratsen unumlari, smola, efir moylari saqlaydi. U tibbiyotda turli xil kasalliklarda, xususan, ichni yumshatadigan, o`t haydaydigan va bakteratsid ta`sir ko`rsatadigan, yallig`lanishga qarshi ta`sir ko`rsatadigan vosita sifatida foydalaniladi.

Loladoshlar (Liliaceas) oilasi vakillaridan biri lola turkumiga mansub qizil loladir. U aprelning oxiri – mayning boshlarida adir va tog’larning quyi qismidagi yonbag’irlarda ochiladiga yirik gulli o’simlik. Bo’yi 20-45 sm. Piyozboshli tuxumsimon yoki yumaloq. Barglari 3-4 dona , ustida to’q binafsha rangli dog’lari bor. Guli bitta, yirik, sarg’ish-qizil , pastki qismi qora dog’li. Changchi iplari qora, changdonlari sariq. Mevasi 3 chanoqqa bo’linib ochiladigan ko’sakcha.

Qizil lola urug’idan va piyozboshidan ko’payadi. Keyingi paytda odamlarning shavqatsiz ravishda yulishi va piyozboshlarining kovlab olinishi natijasida uning soni juda kamayib ketgan. Hozirgi vaqtda u muhofaza qilinadi va O’zbekistonning Qizil kitobiga kiritilgan. Uni yulish va piyozboshlarini kovlab olish qat’iy man etiladi. Shu bilan bir qatorda qizil lolani madaniylashtirish ustida O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Botanika ilmiy-ishlab chiqarish markazida tadqiqot ishlari olib borilmoqda.

O’zbekistonda lolalarning 23 ta turi uchraydi. Ular bir-birlaridan gullarining rangi , katta kichikligi, bargi piyozboshi va mevasining shakli va boshqa belgilari bilan farq qiladi. Shuningdek loladoshlarga yovvoyi holda o’sadigan olg’i va xolmonlar ham kiradi. Bularning hammasi O’zbekiston Respublikasi qizil kitobiga kiritilgan.

Muhitning iqlimlik mohiyati unda turli tirik organizmlarning yashashidir. Jumladan, O'rta Osiyo cho'l, dashtlari yoki Afrika savannalarida yuksak va tuban sv va erda o’suvchi o’simliklar uchun yashash muhiti har xildir. Shuning uchun ham organizmlarning yashash muhiti-iqlimini: makroiqlim, mezoiqlim va mikroiqlimlarga bo'lish mumkin.

Makroiqlim (yoki regional iqlim) ma'lum joyning geografik va orografik holatlaridan kelib chiqadi. Masalan, Toshkent viloyati yoki Farg'ona vodiysining yerlari, Qizilqum, Oloy vodiysi kabi katta maydonlar makroiqlimga misol bo'la oladi. Makroiqlim ichidagi ayrim abiotik omillar komponentlarining o'zgarib turishi, shu katta maydon ichida mezoiqlim (yerlik iqlim)ni keltirib chiqaradi. Masalan, Chimyon tog'idagi archazorlar, Qizilqumdagi saksovul o'rmonlari, katta tepalikning shimoliy yoki janubiy qiyaliklari, ko'l yoki suv omborlarining atrofi mezoiqlimdir. Makroiqlim va mezoiqlimlar uchun ilmiy materiallar ma'lum apparatlar yordamida yig'iladi. Apparatlar esa yer yuzidan 1-2-3 m balandlikda o'simlik bilan qoplangan tekis joyga o'rnatiladi va shu apparat yordamida yorug'lik, harorat, namlikka oid ma'lumotlar to'planadi.

Mikroiqlim (yoki ekoiqlim) - tirik organizm darajasidagi iqlimdir. Makroiqlim va mezoiqlimda tabiiy voqeliklar o'rganilsa, mikroiqlimda organizmlarda hosil bo'ladigan jarayonlar, harakatlar maxsus apparatlar yordamida o'rganiladi.

3.1. Yorug'lik va organizm

Tiriklikning hamma xillari va xislatlari kosmik hodisalar bilan chatishib ketgan. Yer yuzida hayotning kelib chiqishi va tirik organizmlarning faoliyati abiotik omillardan quyosh nuriga bog'liqdir.

Quyoshdan ajralayotgan radiatsiyaning (99,9%) taxminan 19% i atmosferadan o'tish vaqtida yutilib ketadi, faqat 47% igina to'g'ri va sochilgan nurlar holatida Yer yuzasiga yetib keladi (Laxer, 1978).

Quyoshdan kelayotgan energiyaning tarqalishi atmosferaning holati va quyoshning Yerdan qanday balandlikda turishiga bog'liq. Masalan, Yer yuziga yetib keladigan nurlarning 24% i to'g'ri va 23% i sochilgan nurlardan iborat. Shimoliy tumanlarda quyoshdan kelayotgan nurning 70% i sochilgan nurlar, ekvatorial mintaqalarda sochilgan nurlar 30%, to'g'ri nurlar esa 70% ni tashkil qiladi. Bulutsiz atmosfera quyosh radiatsiyasining 400-480nm to'lqinlarini mukammal o'tkazadi. Yer yuziga faqat uzun to'lqinlar (290-380nm) yetib keladi.

Yuqori Pomir tog' (3500-4100 m balandlikda) sharoitida ekologik omillar ta'sirida o'simliklar past, yer bag'irlab o'sadi, ularning yaproqlari kichik, ingichka, qalin bo'lib, boshqa joylarda uchraydigan shunday turlarning sistematik belgilariga to'g'ri kelmaydi.

Yorug'likning ekologik mohiyati kun davomida tirik organizmlarga ta'sir qiladi; energiya manbai va ta'sir qilish tezligi quyosh nurining (spektral) tarkibidan kelib chiqadi.

Quyosh energiyasi nurlarining o'simlik yaprog'iga ta'sirini 4 ta fiziologik mintaqaga bo'lish mumkin:

1) 300-520 nm uzunlikdagi to'lqinlar ta'sir qiladigan mintaqa: quyosh nurining bu to'lqinlari xlorofill, karotinoid, protoplazma, fermentlar tomonidan yutiladi, qabul qilinadi;

2) 520-700 nm uzunlikdagi to'lqinlar mintaqasi bo'lib, u nurli to'lqinlarni faqat xloroflllgina qabul qiladigan to'q sariq, qizil nurlardan iborat. Bu nurlar hamma fiziologik jarayonlar uchun, ya'ni fotosintez, rivojlanish va forma hosil qilishda katta ahamiyatga ega;

3) 700-1050 nm infraqizil nurlar mintaqasi yoki «abiotik radiatsiya» mintaqasi boiib, ularning hech qanday biologik roli yo'q;

4) 1050 nm dan yuqori mintaqa - uzun infraqizil radiatsiyalar, kuchli issiqlik omili boiib, uni sitoplazma va suvgina yutadi xolos.

O'simliklar yorug'likning uzoq va qisqa ta'sir qilishini juda tez sezadi. Ular kunning qorong'i va yorug' boiib qisman o'zgarishidan ta'sirlanadi. Tirik organizmlarning funksiyalari umumiy biologik fotoperiodizm, biologik soatlar kabi voqeliklarning mexanizmlariga moslashgan.

Quyoshning joylashishiga qarab, undan kelayotgan to'g'ri 28% dan 43% gacha fiziologik aktiv (FAN) nurlar boiadi. Ekologik spektr doirasida fiziologik aktiv nurlar (1=0,38-0,72) bulutsiz atmosferada 90% gacha, bulutli holatda esa 50-60% nurlarni tashkil qiladi. fiziologik aktiv nurlarni o'simlik yaproqlaridagi pigmentlar qabul qilib, o'simliklar rivojlanishida energiyani boshqarish ahamiyatiga ega, quyosh nurining qolgan qismi pigmentlar tomonidan yutilmaydi va fotosintez jarayonida qatnashmaydi.

Yashil yaproq normal holatida unga tushayotgan fiziologik aktiv nurlarning 85% ini yutadi. Nurning qolgan 15% barg yuzasidan va uning ichki hujayralari tomonidan qaytariladi.

Quyosh radiatsiyasining ekologik spektri ta'siri ostida o'simliklarda turli moslashishlar yuzaga keladi. Yashil o'simliklarda quyosh nuri ta'sirida: 1) Yorug'lik yutuvchi pigmentlar majmuai yuzaga kelib, ular yordamida xlorofill va xloroplast hosil bo'ladi, fotosintez jarayoni bolib o'tadi; 2) Ustitsa apparati ishlaydi; 3) O'simlik tanasida gaz almashish va transpiratsiya jarayoni bo'ladi; 4) Turli fermentlar, oqsil va nuklein kislotalarning sintezi tezlashadi; 5) Yorug'lik ta'sirida o'simliklar hujayralari ko'payadi, rivojlanadi, gullaydi, meva, don hosil bo'ladi; 6) Yorug'lik ta'sirida o'simliklarda turli ranglar hosil bo'lib, ular o'z navbatida gulni changlovchi hasharotlarni o'zlariga jalb qiladi.

Yerning o'z o'qi atrofida aylanishi organizmlarni muhitning kun davomida bo'ladigan o'zgarishlarga, Yerning quyosh atrofida aylanishi esa ularni fasllar, yil davomidagi muhit o'zgarishlariga moslashishga olib keladi va organizmlarda yorug'likka nisbatan moslashish mexanizmlari vujudga keladi.

Ochiq joyda uchraydigan o'simliklar to'g'ri va sochilgan nurlardan tashqari qishda qor yuzasidan qaytadigan nurlarni ham qabul qiladi. Qor yuzasi o'rtacha bir kunlik yorug'likning 30%, juda toza qor 80% gacha nurni qaytaradi. Yashil qalin o'tloqzorlar uzun to'lqinli nurlarning 4% ini qaytaradi. Ayniqsa, daryo, ko'l va dengizlarning janubiy qiyaliklaridan qaytadigan to'g'ri nurning miqdori 35-85% ni tashkil qiladi.

Suvning o'tkazuvchanlik xislati havoga qaraganda juda ham yuqori; ko'rinuvchi nurlar dengiz yuzasida 75%, infraqizil nurlar 88% yutiladi, dengizning 30 m chuqurligida ko'rinuvchi nurlar 17% yutilsa, infraqizil nurlar yo'q hisobidadir.

Fotosintez qiladigan yashil o'simliklar murakkab va har xil ichki tuzilishlarga ega bo'lib, qabul qilingan energiyaning ma'lum qismini qaytarish va ko'p qismini organlarga tarqatadigan o'zlariga xos optik ko'rsatkichlarga egadir. Yaproqning quyosh nurini yutish qobiliyatida, uning qay holda joylashib turishi katta ahamiyatga egadir, ya'ni barg yuzasiga kelayotgan quyosh nurlarining oqimi, uning yuzasi yoki orqa tomoni bilan joylashishi hamda janubga yoki shimolga qarab turishiga bog'liqdir. Ko'pchilik o'simliklar yorug'likka nisbatan fototropik reaksiya xususiyatining borligidan yaproq yuzasi nurning ko'p tomoniga qarab maksimum oriyentatsiya qiladi. Yaproqning bunday aktiv harakat qilishi barg mozaikalari hosil bo'lishi bilan bo'ladi.



Download 114,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish